Ushbu maqolada Abdulla Avloniyning pedagogik qarashlari ilmiy asoslangan holda tahlil qilinadi. Avloniy o‘z davrining ilg‘or ma’rifatparvar mutafakkiri sifatida milliy ta’lim tizimini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan. Uning ta’lim va tarbiya borasidagi fikrlari, pedagogik yondashuvlari, yangi usul maktablarini tashkil etishdagi roli hamda zamonaviy ta’lim jarayonidagi dolzarbligi batafsil yoritiladi.
Maqolada Avloniyning "Turkiy Guliston yoxud axloq" asarida ilgari surilgan g‘oyalar, pedagogik tamoyillar va ularning bugungi kunda qanday qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Shuningdek, uning axloqiy tarbiya, ma’naviy kamolot, ona tilida ta’lim berish, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim metodologiyasi va zamonaviy pedagogika bilan bog‘liq qarashlari chuqur o‘rganiladi.