Конференсияи илмии байналмилалй
“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”
“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya
~ 216 ~
O‘ZBEKSTON VA ISLOM TARAQQIYOT BANKI O‘RTASIDAGI
HAMKORLIK ALOQALARI
Mamajonova Muslimaxon
O‘zbekiston Respublikasi Oriental universiteti 2-kurs magistranti
Annotatsiya:
Maqolada “Islom Taraqqiyot Banki” ning tashkil topishi va uning
O‘zbekiston Respublikasi bilan olib borilayotgan ishlari xususan moliyaviy
shartnomalar va ularning yo‘nalishi hamda ko‘zlangan maqsadlari shuningdek
munosabatlari haqida yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
Islom taraqqiyot banki, musulmon davlatlari, ta’lim, moliya,
rivojlanish, aloqalar, iqtisodiy birdamlik kabi siyosiy tushunchalarni o‘rganamiz.
O‘zbekiston Respublikasi bugungi kunda jadal iqtisodiy rivojlanish yo‘lidan
bormoqda. Biz ushbu maqola orqali O‘zbkiston va Islom taraqqiyot banki bilan
hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi shartnomalarni va ularning tahlilini ko‘rib
chiqamiz.
Islom Hamkorlik Tashkilotining tarkibiy qismiga kiradigan Islom Taraqqiyot
Bankining siyosiy jarayonlarga taʼsiri haqida qisqacha toʻxtalib oʻtadigan boʻlsak,
Islom taraqqiyot banki (ITB) xalqaro moliya tashkiloti bo‘lib, 1973 – yilning 18 -
dekabr kuni Islom Hamkorlik Tashkilotining (IHT) mamlakatlari ichida moliya
vazirlari yig’ilishlarining qaroriga ko‘ra ta’sis etilgan va 1975 – yil oktyabr oyida o‘z
faoliyatini boshlagan moliyaviy tashkilotdir. 2014 - yilning iyunida ITBning yillik
yig’ilishida bank faoliyati boshlanganing 40 yilligi nishonlandi. Islom Hamkorlik
Tashkilotiga a’zosi bo‘lgan har bir mamlakat Islom Taraqqiyot Banki a’zosi bo‘lish
huquqiga ega. Bank tashkil etilayotgan vaqtda ITB ga ishtirokchi a’zo davlatlar soni
57 taga yetgan edi
10
Tog’ayeva D.M. Islom taraqqiyot banki va O’zbekiston: iqtisodiy diplomatiya taraqqiyoti yo‘lida.// "Экономика и
социум" №3(82) ч.1 2021. -B.294
Конференсияи илмии байналмилалй
“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”
“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya
~ 217 ~
Qayd etish zarurki, yurtimiz Islom taraqqiyot bankiga 2003-yilda aʼzo boʻlgan.
Shu yillar mobaynida jami 2,5 milliard dollardan ortiq 30 ta yirik investitsiya loyihasi
maʼqullanib, loyihalar doirasida maktablar, arzon uy-joylar, avtomobil yoʻllari, elektr
va ichimlik suvi tarmoqlari qurilib, sogʻliqni saqlash muassasalari zamonaviy
jihozlangan
Dunyo mamlakatlaridagi iqlim oʻzgarishlari, yirik migratsion jarayonlar, tabiiy
resurslar va oziq-ovqat yetishmovchiligi kabi sinovli holatlar ham Prezidentimiz
eʼtiboridan chetda qolmadi. Bu borada bank faoliyatini takomillashtirish boʻyicha
asosli takliflar mamlakat rahbari tomonidan bildirib oʻtilgani barcha tomonlar uchun
manfaatli boʻldi.
Prezidentimiz tomonidan taʼkidlanganidek, ushbu xalqaro anjuman bank
doirasidagi hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishi va aʼzo
mamlakatlar xalqlarining umumiy farovonligiga katta hissa qoʻshishiga ishonch
bildirilmoqda.
Shu oʻrinda xalqimiz farovonligi yoʻlida Oʻzbekiston tanlagan yoʻl nega aynan
Islom taraqqiyoti banki bilan tutashmoqda degan savolga javob izlaymiz.
Aytish kerakki, gʻarb namunasidagi banklardan farqli oʻlaroq islom banki islom
qoidalariga qatʼiy rioya qilish boʻlib, kreditlashtirishdan foiz olishni taqiqlaydi.
Barcha islom moliya institutlari shunday tashkillanganki, ular mijozlarga berayotgan
kreditidan foiz olmaslik shartini bajargan xolda oʻz faoliyatlaridan daromad oladilar.
Maʼlumki gʻarb mamlakatlari banklari pul mablagʻlarini oldi-sotdisi bilan
shugʻullanadilar va bunda foizlangan holda naf (foyda) koʻradilar. Islom banki esa
moliyaviy biznesning kredit asosini investitsiyaga koʻchiradi. Islom banki faoliyatini
asosiy prinsipi shundaki, bank yoki uning omonatchisi koʻradigan naf oldindan
kafolatlanmagan boʻlib, u tadbirkorning biznesi foydasiga bogʻliq.
Islom bankida anʼanaviy bank tizimining asosiy elementi, yaʼni kredit uchun
foiz umuman yoʻq. Ushbu bank faoliyatini asosi shunda mujassamlashganki, pul
tovar boʻlmaganligi uchun ularni ssuda (kredit) sifatida berilganligi uchungina foyda
11
Shermuhammadov B. O‘zbkiston va islom taraqqiyot banki: Hamkorlik va rivojlanish istiqbollari.// Yangi
O‘zbekiston. 07.09.2021. Yana qarang.
https://yuz.uz/uz/news/ozbekiston-va-islom-taraqqiyot-banki-hamkorlik-va-
Конференсияи илмии байналмилалй
“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”
“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya
~ 218 ~
olib rivojlanish mumkin emas. Shu oʻrinda savol tugʻilishi mumkin, u ham boʻlmasa
bank mijozga berayotgan kreditidan foiz olmasa, qanday qilib daromad koʻradi? Shu
munosabat bilan aytish kerakki, bank daromadni berayotgan krediti sarmoya sifatida
yotqizilib, ular real qoʻshimcha qiymat yaratsagina daromad oladilar.
Shu oʻrinda Islom bankiga xos boʻlgan bank va investitsion xizmatlar toʻgʻrisida
maʼlumotlar keltirish joiz.
“Mushoraka” — bu operatsiyani amalga oshirishda bank bilan tadbirkor ishlab
chiqilgan loyihalarni bajarilishini birgalikda taʼminlaydilar. Bank tadbirkor
loyihalarining moliyalashtirilishining asosiy manbasi sifatida xizmat qiladi.
Taʼkidlanganidek, foiz olish yoʻq, lekin bank foydani taqsimlashda toʻlaqonli
ishtirokchiga aylanadi. Qarz beruvchi loyihada ishtirok etganligi uchun foydadan
qayd qilingan ulushni oladi. Daromadni qolgan qismi esa tadbirkor bilan bank
oʻrtasida loyihaga ulardan har biri yotqizgan sarmoyasi ulushiga qarab boʻlinadi.
Zarar ham xuddi shunday tartibda taqsimlanadi
“Mudoroba” — bu moliyaviy operatsiyaning bir turi boʻlib, unda omonatchi
bankda depozit hisob raqam ochadi, bank esa, oʻz navbatida uni mablagʻlarini turli
xil loyihalarga sarmoya sifatida yotqizadi. Agar loyiha iqtisodiy nafli boʻlsa, u holda
foyda shartnomada koʻrsatilgan ulushlarga muvofiq taqsimlanadi. Agar loyihani
amalga oshirish zarar bilan yakunlansa, u bilan bogʻliq boʻlgan tavakkalni tadbirkor
oʻz zimmasiga oladi. Operatsiyani asosiy xususiyati shunda mujassamlashganki,
sarmoyasini qayerga yuborayotgani toʻgʻrisida axborotga ega boʻladi. Banklar
mablagʻlarini taqiqlangan faoliyat turlariga (spirtli ichimlik ishlab chiqarish, turli xil
oʻyinlarni tashkil qilish bilan bogʻliq boʻlgan) sarmoya sifatida yotqizmaydi
“Murobaxa” — bu oldi- sotdi operatsiyalarini moliyalashtirish turidir. Bunda
banklar oldindan olingan tovarni sotadi, bu narsa shariat qonunlari bilan
taqiqlanmagan boʻlib, savdo bevosita shaxsiy ishtirokni koʻzda tutadi. Bank tovarlar
savdosi, ularni tashish va saqlashni tashkillashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatadi.
Agar bank mijoz buyurtmasi boʻyicha tovarni oʻz hisobidan xarid qilsa, u holda
12
https://yuz.uz/uz/news/ozbekiston
va islom taraqqiyot banki hamkorlik va rivojlanish istiqbollari
13
https://yuz.uz/uz/news/ozbekiston
va islom taraqqiyot banki hamkorlik va rivojlanish istiqbollari
Конференсияи илмии байналмилалй
“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”
“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya
~ 219 ~
savdo operatsiyasining natijasi uchun masʼul boʻladi. Oʻz navbatida bank tovarni
ustama bilan sotadi, bu narsa shartnomada koʻrsatilgan boʻladi. “Muboraxa”da bank
foydasi uch tomondan shakllanadi.
Yuqorida keltirilganlardan tashqari Islom bankingida moliyaviy operatsiyalarni
quyidagi turlari mavjud:
- “Ijar” — lizing, mulk yoki jihozni uzoq muddatli ijaraga olish;
- “Zakot” — u kam taʼminlangan aholini moliyaviy qoʻllab quvvatlashga
yoʻnaltirilgan soliq boʻlib, uni badavlat musulmonlar majburiy tartibda toʻlaydilar;
- “Kard al xasan” — ijtimoiy ahamiyatga molik boʻlgan loyihalarni, yaʼni
yoʻllarni taʼmirlash, uy joy qurilishi va shunga oʻxshaganlarni amalga oshirish uchun
bank tomonidan shartnoma boʻyicha ajratiladigan foizsiz ssudadir
Shuningdek 12 ta a'zo mamlakat mahalliy vakolatxonalariga egadir.
Jumladan: Afg'oniston, Ozarbayjon, Bangladesh, Gvineya, Indoneziya, Eron,
Nigeriya, Pokiston, Serra-Leona, Sudan, O'zbekiston va Yaman davlatlaridir.
ITBning asosiy vazifasi a'zo-mamlakatlarda shariatga muvofiq ijtimoiy va iqtisodiy
taraqqiyotni qo'llab-quvvatlashdan iborat bo‘lib, ITBning qarashlar: 2020 - yilda
a'zo mamlakatlar inson kapitalini barqaror rivojlantirishga jiddiy ta'sir ko'rsatuvchi
shariat tamoyillariga muvofiq faoliyat ko'rsatadigan jahon miqyosidagi taraqqiyot
banki bo'lishga erishdi va bank tashkil etilayotgan vaqtda uning nizomiy
jamg'armasi 6 mlrd. islomiy dinorni, a'zolari soni esa 22 ta davlatni tashkil etgan
edi. Islomiy dinor – ITB foydalanadigan hisob birligidir2013 yilda ITB
boshqaruvchilar kengashi umumiy hissadorlik kapitalini 30 mlrd.islomiy dinordan
100 mlrd.islomiy dinor(150 mlrd.AQSH dollar)ga ko'tarish haqida qaror qabul
qildi. Bankning obuna kapitali ham 18 mlrd.islomiy dinordan 50 mlrd.islomiy
dinorga oshirildi
2020- yilning 2-dekabr kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida
joylashgan Islom Taraqqiyot Banki (ITB) ning XSRIK bosh direktori janob Ayman
Amin Sejiniy va O'zbekiston Respublikasi xalq Bankining Boshqaruvi raisi janob
14
https://yuz.uz/uz/news/ozbekiston
va islom taraqqiyot banki hamkorlik va rivojlanish istiqbollari.
15
w.w.w.http//google.uz.international financial and banking foru
Конференсияи илмии байналмилалй
“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”
“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya
~ 220 ~
Farhod Islomovich Salomov xalq bankida Islomiy darcha ochilishi munosabati
bilan masalhat хizmatlari to'g'risidagi Bitimni imzoladi
Ko'zda tutilgan Islomiy darcha xalq banki uchun yaхshi foyda keltiradigan
Islomiy banklardan biri bo'lish va O'zbekistonda islomiy mahsulot va хizmatlarni
taklif qilish imkonini beradi. Natijada, Bank o'z mahsulotlarini, moliyalashtirish
manbalarini diversifikasiya qilish va daromadini oshirish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Islomiy bank orqali taklif qilinadigan хizmatlar mamlakatda kichik va o'rta biznes
sub'ektlarini va jismoniy shaхslarni moliyalashtirish, yangi ish o'rinlarini yaratish va
aholi turmush darajasini oshirishda muhim rol o'ynashi ko'zda tutilgan. Ushbu
munosabat bilan janob Sejiniy quyidagicha izoh berdi: Ushbu хamkorlik xalq banki
bilan strategik sheriklik bo'lib, O'zbekistondagi bank va Islomiy moliya sanoatini
qo'llab-quvvatlashga qaratilgan deb ta’kidlab o‘tadi
Yuqorida keltirilgan moliyalashtirishni barcha turlaridan dinidan qatʼi nazar, har
qanday mamlakat tadbirkorlari foydalanishi mumkin. Shuning uchun Islom
taraqqiyot banki boʻlinmalari Yevropaning yetakchi va boshqa mamlakatlarida ham
ochilgan.
Koʻrinib turibdiki, mazkur bank Oʻzbekistonning asosiy 10ta kreditorlari
qatorida turishi bejiz emas.
Xalqimiz uchun hamkorlikning yangi istiqbollari ochilib, yigʻilish doirasida
Islom taraqqiyot banki Oʻzbekistonda Islom banki va moliya sohasining huquqiy
asoslarini ishlab chiqishni qoʻllab-quvvatlash uchun texnik yordam granti ajratishi,
ushbu loyiha orqali mamlakatda islomiy bank va moliya uchun qonuniy va texnik
asoslar yaratilishi, shuningdek, aholining islom moliyasidan xabardorlik darajasini
oshirishni koʻzlanganligi quvonarli boʻldi.
Kichik va o‘rta tadbirkorlikni moliyalashtirishda qo‘shimcha imkoniyatlarni
yaratish, taklif etilayotgan moliyaviy xizmat turlarini kengaytirish, shuningdek,
islomiy moliyalashtirish salohiyatini oshirish orqali kichik va o‘rta tadbirkorlikni
16
Uz-Report 36
17
Tog’ayeva D.M. Islom taraqqiyot banki va O’zbekiston: iqtisodiy diplomatiya taraqqiyoti yo‘lida.// "Экономика и
социум" №3(82) ч.1 2021. -B.296
Конференсияи илмии байналмилалй
“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”
“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya
~ 221 ~
qo‘llab-quvvatlash hamda Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikni yanada
kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qildi:
-
O‘zbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki o‘rtasida 2024-yil 18-
aprelda “Kichik va o‘rta korxonalarning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash”
loyihasini moliyalashtirish uchun 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga jami
30 mln AQSh dollari mikdorida hadli va agentlik to‘g‘risidagi kelishuvlar
imzolangani;
-
O‘zbekiston Respublikasi va ITB (Rivojlanish uchun islom birdamlik
jamg‘armasi nomidan) o‘rtasida 2024-yil 18-aprelda loyihani moliyalashtirish uchun
3 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga jami 10 million dollar mikdorida qarz
bitimi imzolangani;
-
loyiha doirasida O‘zbekiston Respublikasi hissasi soliq va bojxona
imtiyozlarini taqdim etish ko‘rinishida 0,3 mln AQSh dollari miqdoridagi
mablag‘larni tashkil etayotgani;
loyihani amalga oshirish uchun loyiha oldi baholash hujjatlari ITB tomonidan
ma’qullangani ma’lumot uchun qabul qilindi
. Loyiha 2025−2027-yillar davomida
amalga oshiriladi
Bitim doirasida ITB loyihani amalga oshirish uchun 30 mln dollar, uning
guruhiga kiruvchi Islom birdamligi taraqqiyot jamg‘armasi (ISDF) — yana 10 mln
dollar ajratadi
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlab o‘tish joizki Islom Hamkorlik Tashkiloti
bugungi kunda mususlmon davlatlarining revojlanish bosqichida muhim ahamiyat
kasb etib kelmoqda. Nafaqat siyosiy aksincha iqtisodiy, madaniy, diniy, ijtimoiy,
diniy, gumanitar sohalarda xalqaro siyosiy olamda tayanch vazifasini o‘tamoqda.
Jumladan Yaqin SHarq arab davlatlarining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy
integratsiyasiga ta’sir ko‘rsatgan va xalqaro munosabatlar tizimida etakchi o‘rin
egallagan tashkilot hisoblanishiga alohida e’tibor beriladi. SHundan kelib
chiqib,«Islom Hamkorlik tashkiloti Yaqin SHarq arab va musulmon davlatlari
18
https://www.gazeta.uz/oz/2025/01/07/itb/
19
https://www.gazeta.uz/oz/2025/01/07/itb/
20
Конференсияи илмии байналмилалй
“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”
“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya
~ 222 ~
siyosiy
integratsiyalashuvining
omili
sifatida
qaralmoqda.
Xalqaro
munosabatlarning shakllanishi va rivojlanishi o‘ziga xos bo‘lib, mintaqaning
integratsiyaviy salohiyati, moliyaviy istiqbollari, iqtisodiy ittifoqchilik, diniy,
mafkuraviy, til birligi, milliy va etnik yaqinlik, madaniy o‘xshashlik munosabatlarni
muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun asos yaratdi. Xalqaro nizolar va geosiyosiy
kurashlarning avj olishi, dunyoning qudratli davlatlarini hududga nisbatan
manfaatdorligining yuqoriligi hamda o‘z pozitsiyalarini mustahkamlash maqsadida
olib borgan siyosiy o‘yinlari tufayli mintaqada xalqaro munosabatlarning o‘ziga xos
tizimi shakllanishida Islom taraqqiyot bankining ahamiyati juda ham salmoqlidir.
O‘zbekiston misolida fikr mulohaza qiladigan bo‘lsak, ta’lim va ishsizlikni
mukammal darajada tartibga solish va uning tashqi siyosatda qay darajada ta’sir
doiraga ekanligi alohida ahamiyatga egadir. Barcha musulmon dunyosi siyosiy,
iqtisodiy va eng muhimi, ma’naviy salohiyati to‘liq shakllanganligi, o‘zaro
birlashish istagi, milliy, diniy o‘zlikni anglash va Islom dini omili Islom Hamkorlik
Tashkilotini dunyoning yirik xalqaro tashkilotlaridan biriga aylantirdi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. http://prezident.uz/Islom hamkorlik tashkilotining ushbu nufuzli sammiti
“Fan, texnologiyalar, innovatsiyalar va islom olamini modernizatsiya qilish”: 10
sentyabr 2017
2. https://oz.prezident.uz.com/Shavkat Mirziyoyevning Islom Hamkorlik
Tashkiloti Tashqi ishlar... 2017.
3. www.uz/ru: O‘Zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning
Islom Hamkorlik Tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasining ochilish
marosimidagi nutqi. Iyul 25, 2018
4. International Financial And Banking Forum2019
5. Uzreport Tv
6. .w.w.http//google.uz.International Financial And Banking Foru
7. w.w.w.http//google w.w.w.http//google.uz. Islom moliyasi
Конференсияи илмии байналмилалй
“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”
“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya
~ 223 ~
8.w.w.w.http//google.uz.INTERNATIONAL FINANCIAL AND BANKING
FORUM 2019.uz
https://www.gazeta.uz/oz/2025/01/07/itb
10. Tog’ayeva D.M. Islom taraqqiyot banki va O‘zbekiston: iqtisodiy
diplomatiya taraqqiyoti yo‘lida.// "Экономика и социум" №3(82) ч.1 2021.
11.
https://yuz.uz/uz/news/ozbekiston
va islom taraqqiyot banki hamkorlik va
rivojlanish istiqbollari
12. Shermuhammadov B. O‘zbkiston va islom taraqqiyot banki: Hamkorlik va
rivojlanish istiqbollari.// Yangi O‘zbekiston. 07.09.2021
