Конференсияи илмии байналмилалй
“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”
“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya
~ 228 ~
SURXON VOHASI CHORVACHILIK TARIXIDAN
Narbayeva Dilovar Mamatmurotovna
Denov tadbirkorlik va Pedagogika instituti ayanch doktoranti
Annotasiya:
Ushbu tezisda tarix va etnologiya fanlarida xo‘jalik munosabatlari
Surxon vohasi misolida tadqiq qilingan.
XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshiga oid turli yozma manbalar, ilmiy
– tarixiy adabiyotlar, arxiv hujjatlari va tadqiqotchi tomonidan yig‘ilgan dala
materiallaridan foydalanilgan.
Kalit so‘zlar:
Sharqiy Buxoro, Mang‘itlar, chorvachilik mahsulotlari,
qo‘ychilik, tuyachilik, yilqichilik.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach bu borada amalga oshirilgan ishlar
salmog‘i talaygina. Biroq yurtimiz hududlarining geografik joylashuvi, iqlimi,
aholisi, xo‘jalik yuritish shakllari turli xil bo‘lib, bir-biridan farq qiladi. Shu sababdan
respublikamizning janubiy mintaqasining o‘ziga xos tabiiy iqlimi va xo‘jaligi
xususiyatlarini hisobga olgan holda alohida tadqiq etish maqsadga muvofiq sanaladi.
O‘zbek davlatchiligi tarixida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan Surxon vohasining
XIX asr oxiri –XXI asr boshlaridagi xo‘jalik munosabatlarini tarixiy-xronologik
izchillik, hududiy-muammoviy yondashuv asosida ochib berish vatanimiz tarixini
yangi ma’lumotlar bilan boyitish imkonini beradi. O‘zbekiston prezidenti
ta’kidlaganidek:” Surxondaryo viloyati – o‘zining iqtisodiy salohiyati, muhim
geografik o‘rni, tabiiy imkoniyatlari bilan mamlakatimiz taraqqiyotida alohida
ahamiyatga ega”[1].
Buxoro amirligi agrar davlat bo‘lib, aholi katta qismining iqtisodiy hayoti
bevosita dehqonchilik, chorvachilik va xalq hunarmandchiligining rivoji bilan bog‘liq
bo‘lgan. XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi o‘zaro urushlar nafaqat iqtisodni izdan
chiqardi, balki aholini o‘zi yashab turgan hududlarni tashlab chiqib ketishga majbur
Конференсияи илмии байналмилалй
“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”
“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya
~ 229 ~
etdi. Mang‘itlar davridan boshlab, mamlakatda o‘tkazilgan siyosiy, iqtisodiy
islohatlar natijasida xo‘jalik hayotida, xususan qishloq xo‘jaligida rivojlanish
kuzatiladi[2, 89].
XIX asr oxiri XX asr boshlariga kelib, aholining 85% ini qishloq xo‘jaligida[3,
85], 10% chorvachilik hamda 5 % hunarmandchilikni tashkil etgan deb Meyendorf
ta’kidlagan:” Buxoroda qishloq xo‘jaligi-xalq boyligining eng katta manbaidir, unda
еtishtirilgan ko‘p va turli xil mahsulotlar aholi ehtiyojini qondirish bilan birga savdo
rivojida ham o‘z o‘rniga ega bo‘lgan”.
Chorvachilik Surxon vohasi xo‘jaligida еtakchi tarmoqlardan biri hisoblangan.
Qulay iqlim, keng yaylovlarning bo‘lishi chorvachilik rivojiga keng imkoniyat
yaratgan. Yana muhim tomonlaridan biri chorva mollari boqish uchun o‘simliklar
dunyosining mo‘lligi va rang-barangligi, uning davriy ketma-ketligidir.
Vohada, o‘simliklar dunyosi iqlim sharoitiga qarab va yuqoriga ko‘tarilib
borishi bo‘yicha quyidagicha joylashgan. Cho‘l, adir, tog‘ oldi vayaylov(baland tog‘
o‘rmonliklari). Cho‘l mintaqasiga dengiz sathidan 300-500 metr balandlikdagi еrlar
kiradi. Voha hududining 51.1 foizi shu zonaga to‘g‘ri keladi[4, 179].
Mang‘itlar davrida ham vohaning Sherobod, Denov bekliklari aholisi asosan
dehqonchilik, Boysun aholisi esa chorvachilikni lalmi dehqonchilik bilan qo‘shib olib
borganlar. Shuni alohida qayd etish lozimki, Sherobod bekligining Sherobod va
Pattakesarda istiqomat qiluvchi bir necha o‘n savdogar va hunarmand oilasi
mavjudligi haqida yozib qoldirgan[5].
Voha chorva mollarining katta qismi yoz faslida tog‘ yaylovlariga haydalgan.
Dengiz sathidan 1700-3000 metr balandlikda yaylovlar (baland tog‘lar) bo‘lib, bu
еrda turli-tuman alp o‘tloqlari bo‘lib archa, zarang, uchqat, irg‘ay, olmurut, qorataloq
va boshqalar o‘sgan. Hisori qo‘ylar va yilqilar uchun qisqa muddatli yozgi yaylov
vazifasini o‘tagan. Surxon vohasining tog‘ oldi va tog‘-yaylov zonasi umumiy
maydonning 48. 9 foizini tashkil etadi[6, 17]. Yuqorida ta’kidlaganimizdek,
o‘simliklar dunyosining davriy ketma-ketligi voha chorvachiligi rivojida muhim omil
sanaladi. XIX asrning oxiri XX asr boshlarida vohada istiqomat qilgan aholini 2
guruhga: o‘troqlashgan va yarim o‘troqqa bo‘lish mumkin. O‘troq aholi
Конференсияи илмии байналмилалй
“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”
“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya
~ 230 ~
chorvachilikni dehqonchilik bilan birga qo‘shib olib borgan, dehqonchilik еtakchi
o‘rin tutgan, yarim o‘troq aholi xo‘jaligida dehqonchilik chorvachilik bilan qo‘shib
olib borilgan, bunda chorvachilik еtakchi o‘rinda turgan.
O‘troq aholining chorvachilik bilan shug‘ullanishining o‘ziga xos sabablari bor.
Birinchidan,
dehqonchilik uchun еr haydashda, xirmon yanchishda, tegirmon,
juvozlarni yurgizishda, transport (ulov) vazifasini bajarishda chorva mollari: ot,
ho‘kiz, tuya, eshakdan foydalanilgan.
Ikkinchidan,
dehqon oilalarini go‘sht, sut, qatiq, jun, teri bilan chorva mollari
ta’minlagan[7], uchinchidan, dehqon ekini hosildorligini oshirishda qo‘y, sigir porisi
o‘g‘it vazifasini o‘tagan. Qolaversa, chorvachilik mahsulotlari vohaning ichki va
tashqi savdosida asosiy tovar vazifasini o‘tagan.
Surxon vohasida chorvachilikning qo‘y-echki, sigir, ho‘kiz, ot, eshak katta
miqdorda boqilgan. Denov, Yurchi, Boysun, Sho‘rchi, Jarqo‘rg‘on, Sherobod tog‘-
adirlarida katta miqdorda chorva mollari boqish imkoni bo‘lgan. Qorako‘l qo‘ylari
Denov, Sherobod, Sho‘rchi, Boysun, Jarqo‘rg‘on hududlarida boqilgan, qorako‘l
terilari asosiy daromad manbai hisoblanib, tashqi savdoda yuqori baholangan.
Voha chorvachiligida tuyachilikka alohida e’tibor berilganligi manbalarda qayd
qilinadi. Tuyalar yarim ko‘chmanchi o‘troq xo‘jalikda yuk tashuvchi, karvonlarni
еtaklovchi, jun va sut beruvchi zotlarga bo‘lingan. Tuya boqish bilan asosan
Sherobod va Boysun bekligidagi qo‘ng‘irotlar ko‘proq shug‘ullangan. Xususan,
Surxon vohasida asosan baquvvat va baland bo‘yli bir o‘rkachli tuyalardan og‘ir
yuklarni tashishda, yеr haydashda foydalanishgan. Voha chorvachiligining еtakchi
tarmog‘i qo‘ychilik hisoblanib, aholini go‘sht, sut, yog‘, jun, teri kabi mahsulotlar
bilan ta’minlashda muhim o‘rin tutgan. Buxoro amirligi yaylovlarida asosan quyidagi
tur qo‘ylar boqilgan:
1.
Arabi yoki qorako‘l qo‘ylari.
2.
Turkman qo‘ylari.
3.
Afg‘on qo‘ylari.
4.
Qorako‘l va afg‘on qo‘ylari chatishmasidan olingan qo‘y.
5.
Qirg‘iz qo‘ylar.
Конференсияи илмии байналмилалй
“Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ”
“Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya
~ 231 ~
6.
Eron qo‘ylari.
7.
Hisori qo‘ylar.
Xulosa qilganimizda tarixdan ma’lumki, Surxon vohasining o‘ziga xos tabiiy-
geografik sharoiti qadim davrlardan boshlab aholi xo‘jaligining turli yo‘nalishlarini
qaror topishiga olib kelgan. Har bir moddiy va ma’naviy madaniyat (xo‘jalik,
turmush tarzi va h.) har xil narsalarda o‘z aksini topgan xususiyatlardan iborat. Har
bir xalqning xo‘jalik madaniyati o‘z mantiqiga ega.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Мирзиёев Ш. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз
билан бирга қурамиз. – Тошкент : Ўзбекистон, 2017 – 279-бет.
2.
Иванов П.П. Очерки по истории Средней Азии. – С. 89.
3.
Холиқова Р. Россия-Бухоро тарих чорраҳасида. – Тошкент:
Ўқитувчи, 2005. – Б. 85.
4.
Сатторов
А.
У.
Сурхондарё
вилояти
қишлоқ
аҳоли
манзилгоҳларининг ривожланиш ва жойлашиш хусусиятлари. Геогр. фан. ном.
дисс… – Тошкент: ЎзМУ, 2009. – Б. 179.
5.
ЎзР МДА. И- 3-жамғарма, 1-рўйхат, 678-иш, 298-варақ.
6.
Сатторов
А.У.
Сурхондарё
вилояти
қишлоқ
аҳоли
манзилгоҳларининг ривожланиш ва жойлашиш хусусиятлари. – Б. 17.
7.
Пещерева Е.М. Молочное хозяйство горных таджиков и некоторые
связанные с ним обычаи.-Ташкент, 1927; Кармышева Б.Х. Узбеки-локайцы
Южного Таджикистана. – Душанбе, 1954; Абдураимов М. Пережитки сельской
общины в узбекском кишлаке Хумсан// Советская этнография, 1959. № 4.
