Mazkur tezisda interaktiv ta’lim platformalarining o‘quvchilarning fanga oid kompetensiyalarini shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim tizimida interaktiv platformalardan foydalanish o‘quvchilarning mustaqil bilim olish, amaliy mashg‘ulotlar bajarish, muammolarni hal qilish va raqamli savodxonligini oshirishga xizmat qiladi. Tadqiqotda interaktiv ta’lim vositalarining nazariy bilimlarni mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish, hamkorlikda o‘rganish va baholash jarayonlariga ta’siri yoritilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, interaktiv ta’lim platformalaridan foydalanish ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilarni zamonaviy mehnat bozoriga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.