International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
129
GYEONGJU SHAXRIDAGI SIRLI TOPILMALAR: TARIXIY VA MADANIY
AHAMIYATI
Yoqubova Munisa
Abdullayeva Kumush
Toshkent kimyo xalqaro universiteti talabasi
Ilmiy rahbar:
Yuldashev Abdumalik Ilxomovich
Kirish:
Gyeongju — Janubiy Koreyaning asosiy turistik markazlaridan biri boʻlgan
shahar. Gyeongsangbuk-do provinsiyasining janubi-sharqiy qismida, Yapon dengizi
sohilida joylashgan. Gyeongju qadimgi Koreyaning Shilla davlatining poytaxti va
Sharqiy Osiyodagi eng obod shaharlardan biri bo'lgan. Milodiy 1-ming yil boshida
tashkil topgan. Shillaning kuchi 7—9-asrlarda Koreya yarim orolining koʻp qismiga
tarqalgan. O'shandan beri shaharda ko'plab tarixiy va madaniy yodgorliklar saqlanib
qolgan. Shu qatorda qirollar qabristoni ham 21-asrga kelib ko'plab turistlarning va
janubiy Koreyaga kelgan mehmonlarning diqqatini o'ziga jalb qila boshlagan.
Janubiy Koreyaning Gyeongju shahridagi birinchi qirollarning qabrlari maqsadli
arxeologik qazishmalar natijasida emas, balki tasodifiy topilmalar va yer yuzida
yaqqol ko‘rinib turgan qadimiy qo‘rg‘onlarga qiziqish tufayli topilgan. Rivoyatlarga
qaraganda, 20-asr boshlarida Gyeongjulik bir dehqon ko'proq hosil olish maqsadida
dalasining biqinidagi katta bir do'nglikni tekkislab sholi ekaman deb chopayotgan
paytida do'nglik ostidan tilla buyumlarini topadi. Bu voqeadan keyin arxeologik
qazishmalar boshlanadi. Gyeongju Shilla qirolligining poytaxti (miloddan avvalgi 57
- miloddan avvalgi 935 yillar) bo'lgan va u yerda ko'plab tepaliklar mavjud — ular
ostida qirol qabrlari joylashgan.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Janubiy Koreyaning Gyeongju shahrida
joylashgan ming asrlik tarixga ega qirollar qabristoni to'g'risida so'z yuritiladi. Bu
qabrlarni qaysi paytda kimlar tomonidan topilgani va hozirda bu qabrlar Koreya
iqtisodiyotida qanday ahamiyatga ega ekanligi muhokama qilinadi.
Kalit so'zlar:
Qirollar qabrlaridagi artefaktlar, arxeologik topilmalar
Abstract:
This article discusses the thousand-year-old royal tombs located in
Gyeongju, South Korea. It discusses when and by whom these tombs were
discovered, and what their current importance is to the Korean economy.
Keywords:
Artifacts in the tombs of the kings, archaeological finds
Ilmiy izlanish va metodologiya
Janubiy Koreyaning Gyeongju shahridagi birinchi qirollarning qabrlari maqsadli
arxeologik qazishmalar natijasida emas, balki tasodifiy topilmalar va yer yuzida
yaqqol ko‘rinib turgan qadimiy qo‘rg‘onlarga qiziqish tufayli topilgan. Gyeongju
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
130
Shilla qirolligining poytaxti (miloddan avvalgi 57 - miloddan avvalgi 935 yillar)
bo'lgan va u yerda ko'plab tepaliklar mavjud — ular ostida qirol qabrlari joylashgan
bo'lib, bularning qabr ekanligini o'rta asrlardan buyon hattoki Koreya xalqi ham
bexabar bo'lgan. 20-asrga kelib yuzadagi aniq belgilar Gyeonjudagi tepaliklar
(masalan, Tumanli qabrlar bog'ida - “Daereungwon”) katta tepaliklar bo'lib, ular
sun'iy kelib chiqishi aniq bo'lib, uzoq vaqtdan beri mahalliy aholi va olimlarning
e'tiborini tortgan. Mustamlaka davri (Yaponiya istilosi, 1910–1945 yillar) birinchi
tizimli qazishmalar Yaponiyaning Koreyani bosib olish davrida boshlangan.
Yaponiya arxeologlari Koreya tsivilizatsiyasining qadimiyligi va ahamiyatini
tasdiqlash uchun ba'zi tepaliklarni qazishgan, garchi bu tadqiqotlar ko'pincha
munozarali metodologiya va talqinga ega bo'lgan. Koreya ozod qilingandan keyin
1960-1970 yillarda faolroq va ilmiy asoslangan qazishmalar boshlangan. Eng
mashhur kashfiyotlardan biri 1973 yilda Cheongmachon maqbarasi — "Samoviy
otning qabri" topilgani bo'ldi. Qurilish ishlari davomida qazishmalar natijasida 11
500 ga yaqin artefakt topilgan, ular orasida oltindan yasalgan toj, taqinchoqlar va
hozirda mashhur bo'lgan bo'yalgan yog'och taxtaga tasviri tushirilgan "Samoviy Ot"
artefakti ham shular jumlasidandir. Silla davlati podshohlari dafn etilgan qabrlar:
Adalla VIII (154-184 yy). Shin Dok LI II, Kyonmyon LI V, ulkan sopol tepaliklardan
iboratdir. Qirol Adalla VIII ning qabri hajmi 58 m, balandligi 5,4m, diametri 18m.
Qirol Shin Dok LI II qabri hajmi 61m, balandligi 5,8 m, diametri 18m. Bu qabr ikki
marta talon-taroj qilingan bo'lib, 1953 va 1963 yillarda qabrning ichki qismida ilmiy
tadqiqotlar olib borilgan. Bu tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, qabriston ichida juda ham
tor bo'lgan kirish kamerasi joylashgan, uning keyingi qismida tosh bilan qoplangan
xona mavjud. Qirol Kyonmyon LI V qabr hajmi 50 m, balandligi 4,5 m, diametri esa
16m ni tashkil qiladi. Gyeongju yaqinida Shilla sulolasining 23 qirollik qabridan
iborat mashhur qabrlar majmuasi — Tumuli bog'i joylashgan.
Ko‘rgazma va
topilmalar:
Ko‘rgazmada Koreya tarixining eng qadimiy davrlariga oid yodgorliklar,
jumladan, tojlar, marosim kiyimlari, idishlar va turli diniy buyumlar o‘rin olgan.
Qabrlar baland tepaliklar ostida insonlar nigohidan berkitilgan bo‘lib, atrofga
ajabtovur ko‘rinish bag‘ishlaydi. Birinchi qabr Cheonmachon 70-yillarda arxeologik
qazishmalar paytida topilgan. Devorlardan birida Shilla sulolasidan hozirgi kungacha
saqlanib qolgan yagona rasm bo'lgan otning tasviri borligi bilan mashhur. Endi
sayyohlar qabrni ichkaridan ko'zdan kechirishlari, nafaqat qirollik qoldiqlarini, balki
ularning hashamatli va isrofgarchilik turmush tarzining dalillarini ham ko'rishlari
mumkin. Ikkinchi mashhur qabr Xvannamdaecheon bo'lib, u qadimgi dafn etish
madaniyatining eng yirik yodgorliklaridan biridir. Undan turmush o'rtoqlarning
jasadlari bilan birga 30 mingdan ortiq zargarlik buyumlari va tilla buyumlar,
xotinning jasadi yonidan juda ham ajoyib aksessuarlar topilgan. Olimlar buni tahlil
qilib, eri qanday bo'lishidan qat'i nazar, ayol yuqori ijtimoiy mavqega ega bo'lishi
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
131
mumkin degan xulosaga kelishdi. Va bu deyarli 1500 ming yil avval dafn qilingan
qirollar qabrlar majmuasiga tashrif buyurgan sayyohlar o'rganadigan narsalarning
faqat kichik bir qismidir.
Natija
Arxeologik qazilma ishlari va ilmiy tadqiqotlar natijasida Koreya davlatining
necha asrlik tarixga ega ekanligini, xususan ko'p ming yillik qabrlar orqali topilgan
qirollar tarixi, ular davlatni boshqargan paytlaridagi urf-odatlar, madaniyat, ilm-fan
va an'analar to'g'risida ma'lumotlarga ega bo'ldik. Bu tadqiqotlar natijasi shuni
ko'rsatadiki, qirollar qabrlarida topilgan buyumlar asosida Koreya davlatining ming
yillar tarixida hunarmandchilik: zargarlik, kulolchilik, temirchilik, o'ymakorlik va
tikuvchilik bosqichma-bosqich rivojlangan.
Xulosa
21-asrga kelib xalqaro turizm juda ham rivojlandi. Sayyohlar dam olish
maqsadida o'zi tanlagan davlatlarda ko'proq muzeylarni, tarixiy inshootlarni, diqqatga
sazovor manzaralarni tomosha qilishga harakat qilishadi va bundan o'zlari uchun
madaniy ozuqa oladilar. Bugun bu maqolani tayyorlashdan maqsad — o'zbek
sayyohlari janubiy Koreyaga safar qilishganda Koreya tarixining yana bir yangi
sahifasini ochishidir. Aynan 20-asr boshlarida aniqlanganiga qaramay, 21-asrga kelib
butunlay o'rganilgan va butun ommaga namoyon qilingan Koreya qirollarining
qabrlar majmuasi xalqaro turizmga juda katta hissasini qo'sha boshladi va ko'plab
sayyohlarni e'tiborini o'ziga jalb qildi. Bu esa o'z o'rnida Koreya turizm iqtisodiyotini
yuksaltira boshladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1.
Kang, Bong W. (2002). A study of success and failure in the water
management of the Buk Chun in Kyongju, Korea. Paper delivered at the Eighteenth
Congress of the International Commission on Irrigation and Drainage.
2.
Kim, Deok-muk.
전 국 의
기 도 터 와
굿 당
(Jeon-gukui gidoteo wa
gutdang. Tr. 'Sites of Buddhist prayer and shamanic practice nationwide') (2003)
3.
Kim, Won-yong. (1982). Kyŏngju: The homeland of Korean culture.
Korea Journal 22(9), pp. 25-32. D. (2007 yil 27 sentyabr)
4.
Kookmin University, Department of Korean History.
경 주 문 화 권
(Gyeongju Munhwagwon. The Gyeongju cultural area.) (англ.). — Seoul:
역 사 공 간
,
2004.
5.
Korean Overseas Information Service. Handbook of Korea (11th ed.) —
Seoul: Hollym, 2003.
6.
Lee, Ki-baek (Tr. by E.W. Wagner & E.J. Schulz). A new history of
Korea (rev. ed.) — Seoul: Ilchogak, 1984.
7.
Nilsen, Robert. South Korea. — Moon Handbooks, 1997
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
132
Nilsen, Robert. South Korea. — Moon Handbooks, 1997
