Talabalik yillari inson hayotidagi eng faol, ijtimoiy va psixologik jihatdan shakllanish jarayonining muhim bosqichidir. Bu davrda yoshlar o‘z shaxsiy identifikatsiyasini topishga, maqsadlarini belgilashga va ijtimoiy rolining qanday bo‘lishini anglashga harakat qiladilar. Bunday keskin o‘zgarishlar va yangi mas’uliyatlar, tabiiyki, turli psixologik bosimlarni keltirib chiqaradi. Ana shunday omillardan biri – xavotirlanish bo‘lib, bu holat talabalar orasida keng tarqalgan muammolardan biridir.