Авторы

  • Нодира Олимова
    Farg‘ona davlat universiteti
  • Шохжахон Абдумуталов
    Farg‘ona davlat universiteti

Биографии авторов

  • Нодира Олимова , Farg‘ona davlat universiteti
    i.f.n., professor
  • Шохжахон Абдумуталов , Farg‘ona davlat universiteti
    talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.80249

Ключевые слова:

qayta tiklanadigan energiya muqobil manbalar energiya samaradorligi yashil iqtisodiyot quyosh energiyasi shamol energetikasi

Аннотация

Mazkur maqolada qayta tiklanadigan resurslar va muqobil energiya manbalaridan foydalanish holati tahlil qilinib, ushbu sohadagi samaradorlikni oshirish imkoniyatlari o‘rganiladi. O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlar, investitsiya loyihalari va texnologik yangilanishlar misolida tahlillar keltirilgan, jumladan samaradorlikni oshirish bo‘yicha tavsiyalar ham taqdim etilgan.

background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

175

MAMLAKATIMIZDA QAYTA TIKLANADIGAN RESURSLAR VA

MUQOBIL ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISH

SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI

Olimova Nodira Xamrakulovna

i.f.n., professor Farg‘ona davlat universiteti

Abdumutalov Shohjahon Bahodir o‘g‘li,

Farg‘ona davlat universiteti talabasi


Annotatsiya:

Mazkur maqolada qayta tiklanadigan resurslar va muqobil

energiya manbalaridan foydalanish holati tahlil qilinib, ushbu sohadagi
samaradorlikni oshirish imkoniyatlari o‘rganiladi. O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishda
amalga oshirilayotgan islohotlar, investitsiya loyihalari va texnologik yangilanishlar
misolida tahlillar keltirilgan, jumladan samaradorlikni oshirish bo‘yicha tavsiyalar
ham taqdim etilgan.

Kalit so‘zlar:

qayta tiklanadigan energiya, muqobil manbalar, energiya

samaradorligi, yashil iqtisodiyot, quyosh energiyasi, shamol energetikasi

1. Kirish.

Bugungi kunda jahon hamjamiyati oldida turgan eng dolzarb

muammolardan biri - energiya resurslaridan samarali foydalanish va ekologik
barqarorlikni ta’minlashdir. An’anaviy energiya manbalari - neft, gaz va ko‘mir
zaxiralarining cheklanganligi, ularni ishlatish natijasida atmosferaga chiqadigan
zararli moddalarning ortishi, iqlim o‘zgarishi hamda tabiiy ofatlar sonining
ko‘payishi butun dunyo davlatlarini muqobil energiya manbalarini izlash va ulardan
foydalanishga undamoqda. Dunyo mamlakatlari energiya manbalaridagi tanqislik,
iqlim o‘zgarishi, atmosferaga chiqarilayotgan zaharli gazlar miqdorining ortishi kabi
muammolarga duch kelmoqda. Shu munosabat bilan qayta tiklanadigan resurslar va
muqobil energiya manbalariga talab oshib bormoqda. Qayta tiklanadigan energiya -
tabiiy ravishda tez tiklanadigan, muhitga kam ziyon yetkazadigan manbalardir
(masalan, quyosh, shamol, gidroenergiya, geotermal va biomassa energiyalari).

O‘zbekiston ham ushbu global tendensiyalardan chetda qolmayapti.

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan - quyosh,
shamol, gidro va biomassa energiyasidan foydalanishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Bu borada qator davlat dasturlari qabul qilingan, investitsiyaviy loyihalar amalga
oshirilayotgan hamda yangi innovatsion texnologiyalar joriy etilmoqda. 2030
yilgacha qayta tiklanadigan energiya ulushini oshirish, energiya tejamkorlikni
kuchaytirish va "yashil iqtisodiyot"ga o‘tish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar
ko‘rmoqda. Davlatimiz tomonidan "Yashil energiya" strategiyasi, quyosh va shamol
elektrostansiyalarini barpo etish loyihalari amalga oshirilmoqda.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

176

Qayta tiklanadigan resurslardan foydalanish nafaqat iqtisodiy jihatdan maqbul,

balki atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligini saqlash va kelajak avlod
uchun barqaror muhit yaratishda ham muhim ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan,
mazkur mavzudagi tadqiqot - mamlakatimizning energetika salohiyatini kengaytirish,
energetika xavfsizligini ta’minlash hamda “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish borasidagi
ilmiy va amaliy asoslarni o‘rganishga qaratilgan.

2. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.

Qayta tiklanadigan energiya va muqobil

energiya manbalari sohasi bugungi kunda jahon energetika tizimida eng tez
rivojlanayotgan yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Bu borada olib borilgan
tadqiqotlar asosida bir necha muhim xulosalarni keltirish mumkin.

Xalqaro energetika agentligi (IEA) hisobotlariga ko‘ra, 2023 yilda qayta

tiklanadigan energiya manbalari dunyodagi umumiy energiya ishlab chiqarishning
30% dan ortig‘ini tashkil etgan. Quyosh va shamol energetikasi bu o‘sishning asosiy
manbai bo‘ldi. IEA ta’kidlashicha, ushbu energiya turlari nafaqat ekologik barqaror,
balki iqtisodiy jihatdan ham samaralidir [6].

IRENA (International Renewable Energy Agency) tomonidan 2022-2023

yillarda e’lon qilingan ma’lumotlarda, qayta tiklanadigan energiya texnologiyalari
xarajatlari so‘nggi 10 yil ichida 60-80% ga kamaygani qayd etilgan. Masalan, quyosh
panellari narxi 2010 yildan buyon qariyb 85% ga arzonlashgani tufayli, iqtisodiy
samaradorlik darajasi ortib bormoqda [7].

REN21 xalqaro tadqiqot tashkiloti o‘zining “Global Status Report”ida qayta

tiklanadigan energiya sohasidagi global tendensiyalar, siyosatlar va moliyalashtirish
masalalariga to‘xtalib o‘tadi. 2023 yilgi hisobotda davlatlarning 80% dan ortig‘i
ushbu soha uchun milliy strategiya va subsidiyalar joriy etgani ta’kidlangan [12].

O‘zbekiston sharoitida esa bu sohada so‘nggi yillarda sezilarli o‘sish

kuzatilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra,
2023 yilda Navoiy, Buxoro va Jizzax viloyatlarida quyosh elektrostansiyalari
faoliyati boshlangan. 2030 yilgacha mamlakatda qayta tiklanadigan energiya ulushini
25% ga yetkazish rejalashtirilgan [14;1].

UNDP Uzbekistan va boshqa xalqaro tashkilotlar O‘zbekistonda “yashil

energiya”ni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirmoqda. Xususan, shamol
va biomassa energiyasidan foydalanish, quyosh kollektorlarini aholi o‘rtasida keng
joriy etish bo‘yicha tajriba loyihalari qo‘llab-quvvatlanmoqda [13]. Shuningdek,
Jahon bankining “Renewable Energy Progress Report”ida qayd etilishicha,
rivojlanayotgan

davlatlarda

qayta

tiklanadigan

energiyaga

investitsiyalar

ko‘paytirilmoqda. Bunda texnik salohiyat, tarif siyosati va moliyaviy kafolatlar hal
qiluvchi omillardan hisoblanadi [11].

Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish masalasi so‘nggi yillarda

nafaqat xalqaro darajada, balki O‘zbekistonda ham dolzarb tadqiqotlar mavzusiga


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

177

aylangan. Mamlakatimizda ushbu yo‘nalishdagi ilmiy izlanishlar, asosan, energetika
tizimini diversifikatsiya qilish, muhandislik va texnologik yondashuvlarni
takomillashtirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash kabi masalalarni qamrab
olmoqda.

Jumladan, J.Rahimov va Sh.Sattorov o‘z tadqiqotlarida [5] O‘zbekistonda

quyosh energiyasi bo‘yicha mavjud iqlimiy imkoniyatlarni chuqur tahlil qilib, quyosh
panellari orqali ishlab chiqarish hajmini oshirish imkoniyatlarini ilmiy asosda yoritib
berishgan. Ular ta’kidlaydiki, mamlakatimizning ko‘pgina hududlari quyosh
nurlanishi bo‘yicha yuqori salohiyatga ega bo‘lib, bu esa quyosh energetikasi
sohasidagi investitsiyalar uchun katta imkoniyatlar yaratadi.

Shuningdek, A.Abduvaliyev tomonidan qayta tiklanadigan energiya manbalarini

iqtisodiy jihatdan baholashga bag‘ishlangan ishlarida investitsiyaning qaytimi, ishlab
chiqarish xarajatlarini qisqartirish hamda tashqi energiya manbalaridan mustaqillikni
ta’minlash masalalariga e’tibor qaratilgan [3]. Muallif, ayniqsa, “yashil iqtisodiyot”ga
o‘tish jarayonida qayta tiklanadigan energiya manbalarining ijtimoiy va iqtisodiy
samaradorligini ilmiy asosda ko‘rsatib beradi.

2020-2023 yillar davomida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda

Energetika vazirligi hamkorligida qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida
qator amaliy tadqiqot loyihalari amalga oshirildi. Ushbu loyihalarda mahalliy olimlar
tomonidan shamol va biomassa energiyasidan foydalanish imkoniyatlari, ularni
amaliyotga joriy etish bo‘yicha texnik va moliyaviy mexanizmlar ishlab chiqildi.

Xalqaro tadqiqotlardan, masalan, Xalqaro qayta tiklanadigan energiya agentligi

(IRENA) hisobotlarida ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida
qayta tiklanadigan energiya salohiyati bo‘yicha yuqori o‘rinlarni egallaydi. Unda
mamlakatning quyosh va shamol energetikasidagi ulkan zaxiralariga e’tibor
qaratilgan va ushbu sohadagi islohotlar ijobiy baholangan.

Boshqa mualliflar - I.Jo‘rayev va N.Qurbonova - o‘z maqolalarida aholini

muqobil energiya manbalariga bo‘lgan munosabatini, shuningdek, mahalliy darajada
“yashil” energetikani kengaytirish uchun zarur huquqiy va iqtisodiy islohotlarni tahlil
qilib o‘tganlar [4]. Ularning xulosalariga ko‘ra, ushbu sohani rivojlantirish uchun
xo‘jalik yurituvchi subyektlar, jumladan, xususiy sektor ishtirokini faollashtirish
muhim hisoblanadi.

3. Materiallar va metodlar. Mazkur ilmiy maqolani tayyorlash jarayonida bir

qator ilmiy tadqiqot usullaridan foydalanildi. Birinchidan, tahliliy usul orqali jahonda
va O‘zbekistonda qayta tiklanadigan energiya sohasidagi hozirgi vaziyat hamda
tendensiyalar chuqur tahlil qilindi. Ikkinchidan, qiyosiy tahlil

usuli yordamida

an’anaviy energiya manbalari va qayta tiklanadigan energiya turlari o‘rtasidagi
samaradorlik va iqtisodiy afzalliklar taqqoslab o‘rganildi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

178

Shuningdek, statistik ma’lumotlarga tayanish asosida Xalqaro energetika

agentligi (IEA), O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va boshqa
manbalardan olingan rasmiy ko‘rsatkichlar tahlil etildi. Nihoyat, tavsiyaviy
yondashuv asosida sohada samaradorlikni oshirish va rivojlanishni tezlashtirishga
qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqildi.

4. Tahlil va natijalar.

So‘nggi yillarda dunyo miqyosida qayta tiklanadigan

energiya manbalariga bo‘lgan ehtiyoj va e’tibor sezilarli darajada ortib bormoqda.
2023 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, bunday manbalar jahonda ishlab chiqarilayotgan
umumiy energiyaning 30 foizdan ortiq qismini tashkil qilgan. Ayniqsa, quyosh va
shamol energetikasi bu sohadagi eng jadal rivojlanayotgan yo‘nalishlar sirasiga
kiradi. Xitoy, AQSh, Germaniya, Hindiston va Ispaniya kabi mamlakatlar qayta
tiklanadigan energiya bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlarni egallab turibdi.

O‘zbekistonda ham keyingi yillarda qayta tiklanadigan energiya manbalariga

e’tibor kuchaymoqda. Shu jihatdan qator yirik loyihalar amalga oshirilmoqda:

2023 yilda Navoiy, Buxoro va Jizzax viloyatlarida jami 1 GVt quvvatga ega

quyosh elektrostansiyalari ish boshladi;

2030 yilgacha mamlakatimizda umumiy quvvati 8 GVtdan ortiq bo‘lgan

quyosh va shamol elektrostansiyalarini ishga tushirish rejalashtirilgan;

“Yashil energiya” sertifikatlari tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Prezident qarori qabul qilindi [2], investorlar uchun soliq imtiyozlari va boshqa qulay
shart-sharoitlar yaratildi.

Qayta tiklanadigan energiya turlarining iqtisodiy samaradorligi oxirgi o‘n

yillikda yanada oshgani kuzatildi. Quyosh va shamol energiyasida ishlab chiqarish
xarajatlari 60-80 foizgacha kamaygan. Masalan, hozirda 1 kVt/soat quyosh energiyasi
an’anaviy gaz elektr stansiyalarida ishlab chiqariladigan energiyaga nisbatan 1,5-2
barobar arzon tushadi. Biroq, samaradorlik ko‘p omillarga bog‘liq bo‘lib, ular
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

o‘rnatilgan uskunalarning sifat va texnologiya darajasi;

elektr tarmoqlariga ulanish imkoniyatlari;

iqlim sharoiti (shu’la kuchliligi, shamol tezligi va barqarorligi);

moliyaviy va institutsional muhitning barqarorligi.

Ushbu omillar qayd etilgan energiya manbalarining rivojlanish sur’ati va ishlab

chiqarish samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

5. Xulosa va takliflar. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda qayta tiklanadigan

energiya manbalaridan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Quyosh va
shamol energiyasini jalb qilish, yangi stansiyalarni barpo etish hamda «yashil»
loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha bir qator muhim ishlar amalga oshirilyapti. Shu
bilan birga, sohada yechimini kutayotgan qator muammolar ham mavjud:

Asosiy texnologiyalar va uskunalar importiga yuqori darajada bog‘liqlik;


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

179

Malakali mutaxassislar yetishmasligi;

Elektr tarmoqlarining texnik jihatdan tayyor emasligi;

Jamoatchilikning yetarlicha xabardor emasligi.

Mazkur muammolarni bartaraf etish uchun bir qator amaliy taklif va chora-

tadbirlar taklif etiladi:

1.

Mahalliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish - quyosh panellari, shamol

turbinalari va invertorlar kabi asosiy uskunalarni O‘zbekistonda ishlab chiqarishni
kengaytirish orqali importga bo‘lgan bog‘liqlikni kamaytirish mumkin.

2.

Mutaxassislar tayyorlash tizimini kuchaytirish - oliy ta’lim muassasalari va

kollejlarda «yashil energetika» yo‘nalishi bo‘yicha zamonaviy bilim va
ko‘nikmalarga ega kadrlarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yish zarur.

3.

Infratuzilmani rivojlantirish - qayta tiklanadigan energiya manbalarini

mavjud milliy elektr tarmoqlariga to‘liq va samarali ulash imkoniyatlarini yaratish
talab etiladi.

4.

Investitsiya muhitini yaxshilash - xususiy sektorni jalb qilish uchun yengil

shartlarda kreditlar, moliyaviy kafolatlar va subsidiyalar taqdim etilishi zarur.

5.

Aholini xabardor qilish ishlarini kuchaytirish - qayta tiklanadigan energiya

manbalari va ularning afzalliklari haqida keng jamoatchilikka ma’lumot berish,
targ‘ibot ishlarini olib borish muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekistonda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan (quyosh, shamol,

biomassa, geotermal va boshqalar) foydalanishni kengaytirish mamlakatning
ekologik, iqtisodiy va energetik barqarorligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Ammo ushbu sohada samaradorlikni oshirish uchun quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda
ishlar amalga oshirilishi zarur:

1. Texnologik yangilanish va innovatsiyalardan foydalanish sohasida:

Zamonaviy, energiya tejamkor uskunalar va yuqori samarali texnologiyalarni

joriy etish;

Quyosh paneli, shamol generatorlari, invertor va batareya tizimlarining

energiya qaytarish koeffitsiyentini yaxshilash;

"Aqlli energiya" (smart grid) tizimlarini joriy etish orqali real vaqtda tarmoq

nazorati va energiya taqsimotini optimallashtirish.

2. Mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish yo‘nalishida:

Qayta tiklanadigan energiya uskunalarini mahalliylashtirish (asosiy qismlar –

panellar, generatorlar, montaj qurilmalari);

Mahalliy sanoatni rag‘batlantirish orqali import xarajatlarini kamaytirish va ish

o‘rinlarini yaratish.

3. Infratuzilmani modernizatsiya qilish sohasida:

Elektr tarmoqlarini qayta jihozlash va markazlashtirilmagan (decentralized)

mikro-energetika tizimlarini rivojlantirish;


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

180

Qayta tiklanadigan energiyani umumiy milliy elektr tarmog‘iga samarali ulash

uchun texnik imkoniyatlarni kengaytirish.

4. Mutaxassislar tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha:

Oliy ta’lim muassasalari va texnikumlarda “yashil energetika” bo‘yicha ta’lim

dasturlarini joriy etish;

Amaliy ko‘nikmalarga ega injener, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi

mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha maxsus kurslarni tashkil etish.

5. Moliyalashtirish va investitsiya muhitini yaxshilash yo‘nalishida:

Qayta tiklanadigan energiya loyihalari uchun subsidiyalar, soliq imtiyozlari,

lizing va yengil kreditlar taklif qilish;

Xususiy sektor va xalqaro moliyaviy institutlarni faol jalb etish (masalan, IFC,

UNDP, World Bank, ADB loyihalari orqali).

6. Jamoatchilikni xabardor qilish va ma’rifat ishlarini kuchaytirish sohasida:

Aholi va tadbirkorlar o‘rtasida qayta tiklanadigan energiyaning afzalliklari

haqida keng targ‘ibot ishlarini olib borish;

Qishloq joylarda aholini quyosh kollektorlari, issiq suv generatorlari va shamol

qurilmalariga o‘rgantirish.

7. Huquqiy-meyoriy bazani takomillashtirish bo‘yicha:

“Yashil energiya” va “energiya samaradorligi” bo‘yicha qonunchilik

hujjatlarini hayotga tatbiq etish;

Litsenziyalash, tarmoqqa ulanish, kafolatlangan xarid tariflari (feed-in-tariff)

mexanizmlarini aniq belgilash.

Aynan ushbu yo‘nalishlar, fikrimizcha, O‘zbekistonning qayta tiklanadigan

energiya salohiyatidan to‘liq foydalanish, energiya mustaqilligini ta’minlash va
barqaror iqtisodiy o‘sishga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qayta tiklanadigan energiyani rivojlantirish nafaqat iqtisodiy samaradorlikni

oshiradi, balki atrof-muhitni muhofaza qilish, energiya mustaqilligiga erishish va
yangi ish o‘rinlari yaratishda ham muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston bu sohada
izchil islohotlar olib borayotgan davlatlardan biri bo‘lib, oldinga qo‘yilgan vazifalarni
amalga oshirishda innovatsion yondashuv, mahalliy salohiyatdan foydalanish va
jamoatchilikning faol ishtiroki hal qiluvchi omil bo‘lib qoladi.


Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. “Yashil iqtisodiyot”ga

o‘tish bo‘yicha 2023-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiya to‘g‘risida”, 04.10.2023
yil, PQ-4477-son

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, “Yashil energiya”

sertifikatlari tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida. 12.05.2023 yil, PQ-156-
son


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

181

3.

Абдувалиев А. Қайта тикланадиган энергия манбаларини иқтисодий

баҳолашнинг услубий асослари // Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар. -
2022. - №6. - Б. 103-110.

4.

Жўраев И., Қурбонова Н. Ўзбекистонда "яшил" энергетикани

ривожлантиришнинг ҳуқуқий ва иқтисодий асослари // Жаҳон иқтисодиёти ва
халқаро иқтисодий муносабатлар. - 2023. - №2. - Б. 45-50.

5.

Раҳимов Ж., Сатторов Ш. Қуёш энергетикаси ва унинг ривожланиш

истиқболлари // Илмий амалий тадқиқотлар журнали. - 2021. - №4. - Б. 52-57.

6.

International Energy Agency (IEA).

Renewables 2023. Analysis and

forecast to 2028. - Paris: IEA, 2023. - 174 p. - Режим доступа:
https://www.iea.org/reports/renewables-2023 (дата обращения: 29.03.2025).

7.

International Renewable Energy Agency (IRENA).

Renewable Power

Generation Costs in 2022. - Abu Dhabi: IRENA, 2023. - 96 p. - Режим доступа:
https://www.irena.org/publications/2023/Jul/Renewable-Power-Generation-Costs-in-
2022 (дата обращения: 29.03.2025).

8.

Олимова Н.Х. (2015). Инновационно-инвестиционная деятельность

интегрированных корпоративных структур: мирохозяйственные аспекты и
национальные приоритеты. Молодой ученый, (18), 279-280.

9.

Олимова Н.Х., Уринов М.У. (2017). Воздействие маркетинговой

стратегии на деятельность предприятий региона. www. issledo. ru Редакционная
коллегия, 116.

10.

Олимова Н.Х. (2022). Оценка эффективности антикризисных мер

реализуемых на предприятиях. In Государственное и муниципальное
управление в России: состояние, проблемы и перспективы (pp. 169-174).

11.

The World Bank.

Renewable Energy Progress Report. - Washington,

D.C.:

World

Bank

Group,

2023.

-

112

p.

-

Режим доступа:

https://www.worldbank.org

(дата обращения: 29.03.2025).

12.

REN21 Secretariat.

Renewables 2023 Global Status Report. - Paris:

REN21, 2023. - 294 p. - Режим доступа: https://www.ren21.net/reports/global-
status-report/ (дата обращения: 29.03.2025).

13.

United Nations Development Programme (UNDP) in Uzbekistan.

Green Energy Initiatives in Uzbekistan. - Tashkent: UNDP Uzbekistan, 2023. -
Режим доступа: https://www.uz.undp.org (дата обращения: 29.03.2025).

14.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi. O‘zbekistonda qayta

tiklanadigan energiya manbalari rivoji to‘g‘risida ma’lumot. - Toshkent, 2023

. -

Режим доступа:

https://minenergy.uz

(murojaat sanasi: 29.03.2025).

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish bo‘yicha 2023-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiya to‘g‘risida”, 04.10.2023 yil, PQ-4477-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, “Yashil energiya” sertifikatlari tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida. 12.05.2023 yil, PQ-156-son

Абдувалиев А. Қайта тикланадиган энергия манбаларини иқтисодий баҳолашнинг услубий асослари // Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар. - 2022. - №6. - Б. 103-110.

Жўраев И., Қурбонова Н. Ўзбекистонда "яшил" энергетикани ривожлантиришнинг ҳуқуқий ва иқтисодий асослари // Жаҳон иқтисодиёти ва халқаро иқтисодий муносабатлар. - 2023. - №2. - Б. 45-50.

Раҳимов Ж., Сатторов Ш. Қуёш энергетикаси ва унинг ривожланиш истиқболлари // Илмий амалий тадқиқотлар журнали. - 2021. - №4. - Б. 52-57.

International Energy Agency (IEA). Renewables 2023. Analysis and forecast to 2028. - Paris: IEA, 2023. - 174 p. - Режим доступа: https://www.iea.org/reports/renewables-2023 (дата обращения: 29.03.2025).

International Renewable Energy Agency (IRENA). Renewable Power Generation Costs in 2022. - Abu Dhabi: IRENA, 2023. - 96 p. - Режим доступа: https://www.irena.org/publications/2023/Jul/Renewable-Power-Generation-Costs-in-2022 (дата обращения: 29.03.2025).

Олимова Н.Х. (2015). Инновационно-инвестиционная деятельность интегрированных корпоративных структур: мирохозяйственные аспекты и национальные приоритеты. Молодой ученый, (18), 279-280.

Олимова Н.Х., Уринов М.У. (2017). Воздействие маркетинговой стратегии на деятельность предприятий региона. www. issledo. ru Редакционная коллегия, 116.

Олимова Н.Х. (2022). Оценка эффективности антикризисных мер реализуемых на предприятиях. In Государственное и муниципальное управление в России: состояние, проблемы и перспективы (pp. 169-174).

The World Bank. Renewable Energy Progress Report. - Washington, D.C.: World Bank Group, 2023. - 112 p. - Режим доступа: https://www.worldbank.org (дата обращения: 29.03.2025).

REN21 Secretariat. Renewables 2023 Global Status Report. - Paris: REN21, 2023. - 294 p. - Режим доступа: https://www.ren21.net/reports/global-status-report/ (дата обращения: 29.03.2025).

United Nations Development Programme (UNDP) in Uzbekistan. Green Energy Initiatives in Uzbekistan. - Tashkent: UNDP Uzbekistan, 2023. - Режим доступа: https://www.uz.undp.org (дата обращения: 29.03.2025).

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi. O‘zbekistonda qayta tiklanadigan energiya manbalari rivoji to‘g‘risida ma’lumot. - Toshkent, 2023. - Режим доступа: https://minenergy.uz (murojaat sanasi: 29.03.2025).