Авторы

  • Дурдона Матсабирова
    Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti

Биография автора

  • Дурдона Матсабирова , Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
    Filologiya va tillarni o‘qitish (nemis tili) ta‘lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.80429

Ключевые слова:

gender tilshunosligi lingvistik stereotiplar gender neytrallik feministik tilshunoslik gender omili til va jamiyat gender kommunikatsiyasi.

Аннотация

Mazkur maqolada gender tilshunosligi tushunchasi, uning shakllanishi va rivojlanishiga oid asosiy nazariyalar ko’rib chiqiladi. Shuningdek, turli tillarda gender omilining qanday namoyon bo’lishi, lingvistik stereotiplar va gender neytrallik masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari gender tilshunosligining amaliy va nazariy jihatlariga oid muhim xulosalarni taqdim etadi. Bundan tashqari, maqolada genderga oid lingvistik farqlarni keltirib chiqaruvchi omillar, jumladan, tarixiy, madaniy va ijtimoiy faktorlar chuqur tahlil qilinadi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

230

GENDER TILSHUNOSLIGI: TUSHUNCHA, TAMOYILLAR VA

METODOLOGIK YONDASHUVLAR

Matsabirova Durdona Maksudjon qizi

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, Filologiya va tillarni

o‘qitish (nemis tili) ta‘lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi

durdonamatsabirova@gmail.com


Annotatsiya:

Mazkur maqolada gender tilshunosligi tushunchasi, uning

shakllanishi va rivojlanishiga oid asosiy nazariyalar ko’rib chiqiladi. Shuningdek,
turli tillarda gender omilining qanday namoyon bo’lishi, lingvistik stereotiplar va
gender

neytrallik

masalalari

tahlil

qilinadi.

Tadqiqot

natijalari

gender

tilshunosligining amaliy va nazariy jihatlariga oid muhim xulosalarni taqdim etadi.
Bundan tashqari, maqolada genderga oid lingvistik farqlarni keltirib chiqaruvchi
omillar, jumladan, tarixiy, madaniy va ijtimoiy faktorlar chuqur tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

gender tilshunosligi, lingvistik stereotiplar, gender neytrallik,

feministik tilshunoslik, gender omili, til va jamiyat, gender kommunikatsiyasi.

Abstract:

This article explores the concept of gender linguistics, its formation,

and the primary theoretical foundations. It examines how gender factors manifest in
different languages, linguistic stereotypes, and gender neutrality issues. The study
provides significant conclusions regarding both practical and theoretical aspects of
gender linguistics. Additionally, the article delves into the historical, cultural, and
social factors influencing linguistic gender differences.

Keywords:

gender linguistics, linguistic stereotypes, gender neutrality, feminist

linguistics, gender factor, language and society, gender communication.

Аннотация.

В данной статье рассматривается понятие гендерной

лингвистики, её формирование и основные теоретические основы. Также
анализируется проявление гендерного фактора в различных языках,
лингвистические стереотипы и вопросы гендерной нейтральности. Результаты
исследования представляют важные выводы о теоретических и практических
аспектах гендерной лингвистики. Кроме того, рассматриваются исторические,
культурные и социальные факторы, влияющие на гендерные различия в языке.

Ключевые слова:

гендерная лингвистика, лингвистические стереотипы,

гендерная нейтральность, феминистская лингвистика, гендерный фактор, язык
и общество, гендерная коммуникация.

KIRISH.

Gender

tilshunosligi

zamonaviy

lingvistikaning

muhim

yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u tilda gender omilining ifodalanishiga, lingvistik
stereotiplarga va gender neytrallik masalalariga e‘tibor qaratadi. Ushbu yo‘nalish XX


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

231

asr o‘rtalarida feministik harakatlarning rivojlanishi bilan shakllangan bo‘lib, bugungi
kunda keng tadqiqot obyektiga aylangan. Gender tilshunosligi nafaqat lingvistika,
balki sotsiologiya, psixologiya, antropologiya va kommunikatsiya tadqiqotlari bilan
ham uzviy bog‘liqdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA.

O‘zbek tilshunosligida jins tushunchasi nazariyasi tilni umumiy o‘rganishning

muhim qismidir. Gender tilning asosiy qismi bo‘lib, ot va olmoshlarni farqlash uchun
ishlatiladi. O‘zbek tilshunosligida gender murakkab tushuncha bo‘lib, juda ko‘p
o‘rganilgan. Umuman tilning qanday ishlashini yaxshiroq tushunish uchun o‘zbek
tilshunosligida gender qanday ishlashini tushunish muhimdir. O‘zbek tilshunosligida
gender tushunchasi turli nuqtai nazardan o‘rganilgan. Asosiy nazariyalardan biri
jinsni grammatik tushuncha sifatida va jinsni ijtimoiy tushuncha sifatida ajratishdir.
Birinchisi jinsning til grammatikasida qanday qo‘llanilishini bildirsa, ikkinchisi
jamiyatda jinsning qo‘llanish usulini bildiradi. Bu tafovut o‘zbek tilshunosligidagi
gender murakkabliklarini tushunish uchun muhim ahamiyatga ega.

O‘zbek tilshunosligidagi gender nazariyasining yana bir muhim jihati bu gender

neytralligi nazariyasidir. Bu nazariya shuni ko‘rsatadiki, jinsga erkak va ayolning
ikkilik tuzilishi sifatida emas, balki neytral sifatida qarash kerak. Bu nazariya
an‘anaviy gender rollariga qarshi kurashish va o‘zbek jamiyatida gender tengligini
targ‘ib qilish uchun ishlatilgan.

Nihoyat, jinsga asoslangan til nazariyasi o’zbek tilshunosligida genderning yana

bir muhim nazariyasidir. Bu nazariya tilga gender rollarini amalga oshirish vositasi
sifatida emas, balki jinsni ifodalash vositasi sifatida qarash kerakligini ko‘rsatadi. Bu
nazariya gender tengligini targ‘ib qilish va o‘zbek jamiyatidagi an‘anaviy gender
rollariga qarshi kurashish uchun ishlatilgan.

Ilmiy tafakkur taraqqiyoti har qanday fan sohasidagi nazariy qarashlar

o‘zgarishiga, tadqiqotning yangi metodlari yaratilishiga va ushbu metodlar tadbiqida
yangi nazariy g‘oyalarga tayanish asosida tamoman o‘zga amaliy natijalarga
erishilishiga sabab bo‘ladi. Ilmiy jarayondagi bunday o‘zgarishlarga

bosqich tahlili, nazariyxulosalarning uzluksiz tadqiqot jarayonida shakllanishi va

tuzumli joriy qilinishi natijasida yuzaga keladi. Til doimo inson hayoti, lining
ijtimoiy faoliyati bilan bog‘liqdir. Lisoniy belgining qanday ijtimoiy vazifa o‘tashi,
undan qanday foydalanishni bilishi uchun insonning qaysi ijtimoiy tuzumda
yashashini ham e‘tiborga olish bugungi kun tilshunosligining asosiy vazifalaridandir.
Bugungi kunning yangi paradigmasi bo‘lgan gendero lingvistika o‘zi bilan bir qator
o‘rganish obyektlarni olib kirdi. Badiiy asarni genderolingvistik jihatdan tahlil qilish,
undagi obrazlarning gender xususiyatlarini o‘ziga hos murakkabligini yuzaga
chiqaradi. Genderologiyaning umumlingvistik mohiyatini belgilash uchun, avvalo,
uning boshqa turdosh, chegaradosh sohalar bilan munosabatini, uzviy aloqadorligini


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

232

ta‘minlovchi jihatlarni, shuningdek, individual o‘ziga xosliklarni aks ettiruvchi belgi
xususiyatlarini aniqlash lozim.

Dastlabki genderolingvistik tadqiqotlarda til vositalaridan foydalanishning

gender xususiyatlariga ko‘proq e‘tibor qaratilib, gender parametrlarining
tilshunoslikdagi o‘rnini o‘rganishga jiddiy ahamiyat berilmas edi. Hozirgi kunda esa
tilshunoslikda

gender

tadqiqotlarni

amalga

oshirishga

qiziqish

kuchayib

bormoqda,shuningdek, tilning jamiyatdagi o‘rni haqidagi g‘oyalar ham tubdan
o’zgardi. Gender hodisalarining nutqiy muloqot va lisoniy faoliyatda voqelanish
jarayoni boshqacha mazmun va mohiyatga ega bo‘lgan lisoniy hodisalar bilan
mushtarakdir. Ma‘lumki, so‘zlovchi, qaysi jins yoki toifa vakili bo‘lishidan qat‘iy
nazar, hamma uchun yagona bo‘lgan lisoniy tizimdan foydalanadi. Ammo, ta‘kidlash
o‘rinliki, har bir shaxsning nutqiy yoki lisoniy qobiliyati va imkoniyat darajasi
turlicha bo‘lishi aniq. Badiiy matnni, umuman, til birliklarini gendero lingvistik
tadqiq qilish bugungi kun tilshunosligining muhum vazifalaridan biridir.

Til va gender parametrlari o’rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tadqiq etish

masalasi g‘arb va rus tilshunosligida ancha keng va atroflicha o‘rganilgan, bu borada
qator tadqiqotlar olib borilgan va hozir ham davom etmoqda. O‘zbek tilshunosligida
ham bu muammo qo‘yildi. Ko‘pchilik mutaxassislarning e‘tiborini tortmoqda shular
jumlasidan: M. Qurbonova, S. Boymirzaeva, N.Bekmuxamedova va B.
Yo‘ldoshevlarni misol qilishimiz mumkin. Mazkur soha borasida muntazam ravishda
xalqaro konferensiyalar ham o‘tkazilgan.

Ushbu tahlil, nutqning gender xususiyatlari va lingvistik vositalar o‘rtasidagi

bog‘liqlikni yanada chuqurroq tushunishga yordam beradi va tilning ijtimoiy rolini


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

233

yoritadi.

Gulxumor Yusupova tadqiqotlarni kuzatib bu sohada ikkita jihatga alohida

e’tibor qaratilayotganligini ta’kidlaydi:

1. Ayol va erkaklar ma‘lum bir voqelik yoki uning parchasini tasvirlashda yoki

boshqa holatlarda fikrlarni o‘ziga hos tarzda bayon etishi (nutqning gender
xususiyati.

2. Muayyan til tizimida ayollik va erkaklik belgilari bilan bog‘liq tushunchalarni

ifodalovchi lingvistik vositalarning mavjudligi (til tizimida ayol va erkaklarni bir-
biridan ajratish, farqlashga xizmat qiluvchi til birliklarini belgilash)ga katta e‘tibor
qaratilgan va tahlil qilingan.

Ayol va erkaklarning nutqiy xulqini o‘rganish Rossiya va Yevropa

tilshunosligida sezilarli darajada ko’zga tashlana boshlandi. Jahon tilshunosligida
gender muammosi turli aspekitlarda o‘rganiladi. Gender -umumiy mazmuniga ko‘ra
erkak va ayollar o‘rtasidagi farq. Ikkala jins vakillari nutqiy xulqini jahon
tilshunosligida nemis olimi Joul Oates o‘zining “ayol, erkak va til” asarida ham ayol
va erkaklarning nutqidagi o‘zaro farqlanuvchi jihatlarni ochib beradi. U ko‘proq ayol
va erkaklardagi salbiy va ijobiy konatassiyalarni olib, o‘zaro qiyoslab gender nuqtai
nazardan taxmin qiladi. U ko‘proq ayol va erkaklardagi salbiy va ijobiy
konatassiyalarni olib, o‘zaro qiyoslab gender nuqtai nazardan taxmin qiladi. Erkaklar
o‘rtasidagi o‘zaro nutq siyosiy mavzular, dunyoda bo‘layotgan yangiliklar, sport va
mashinalar haqida kechadi. Shuningdek, nutqlarida ko‘proq bosiqlik, vazminlik va
ular ruhiyatida boshqaruvchilik aks etib turadi. Ayollar nutqida ko‘proq nolish, xasrat
qilish uy-ro‘zg‘or, oila kabi mavzular uchraydi. Ayollar o‘z xursandchiligini bazan
yuqori darajadagi emotsiya va turli noverbal hodisalar (qichqirib yuborish, qarsak
chalish kabi holatlar. Bunday holatlar asosan, qizlarda uchraydi) orqali namoyon etsa,
erkaklar o‘z quvonchini bosiqlik bilan ifodalaydi. Ammo shaxsning salbiy hislati
bo‘lmish jahl qilish, g‘azablanish ayollarga nisbatan erkaklarda kuchliroq nomoyon
bo‘ladi. Ayollar jahli chiqqanini sukut saqlash, jim turish bilan ifodalasa, erkaklar
ko’pincha o‘z g‘azabini baqirish, so‘kish va boshqa noverbal hodisalar orqali
nomoyon etadi.

Ayollar va erkaklar nutqining o‘ziga xos jihati qarg‘ish va so‘kishlarni yosh

jihatdan taqqoslaganda ayollar nutqidagi qarg‘ishlar 40 yoshdan oshgan ayollar
o‘rtasida ko‘proq uchraydi. Albatta, erkaklar nutqiga bosiqlik, vazminlik, ayollar
nutqiga esa nolish, hasrat qilish kabi holatlar mos deya keskin fikr bildirish nisbiydir.
Shuningdek, bunday holatlarni farqlashda, yuqorida aytib o‘tganimizdek, shaxsning
ijtimoiy holatini ham inobatga olmoq zarur. Masalan, o‘qimishli, ziyoli o‘qituvchi
ayolning suhbati bilan oddiy uy bekasining nutqida farq bo‘ladi.

Gender tilshunosligi — bu tilni ijtimoiy jins nuqtai nazaridan o‘rganadigan fan

sohasidir. Bu yo‘nalish XX asrning ikkinchi yarmida, ayniqsa, feministik tilshunoslik


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

234

asosida shakllana boshlagan. Uning asosiy vazifasi — til vositasida gender
tafovutlarini aniqlash, ayol va erkaklarning tildagi ifodalanish shakllari, nutqdagi
ijtimoiy stereotiplar, muomala uslublari va kommunikativ strategiyalarni
o‘rganishdan iboratdir.

Til ijtimoiy hodisa sifatida jamiyatdagi gender rollarni aks ettiradi. Masalan,

Robin Lakoffning fikricha, ayollarning nutqida ishonchsizlik, noaniqlik va ortiqcha
muloyimlik unsurlari ko‘proq uchraydi, bu esa ularning jamiyatdagi
subordinatsiyalangan (past) maqomini ifodalaydi. [1]

Shuningdek, Deborah Tannen erkaklar va ayollar o‘rtasidagi til ishlatishdagi

farqlarni “aloqa va ta’sir” modeliga tayangan holda tahlil qiladi. Tannenning
ta’kidlashicha, erkaklar ko‘proq informatsiyani yetkazishga, ayollar esa o‘zaro aloqa
o‘rnatishga intilishadi. [2]

Gender tilshunosligida metodologik yondashuvlar xilma-xildir. Ularga korpus

tilshunosligi, diskursiv tahlil, etnografik kuzatuv, psixolingvistik eksperimentlar va
sotsiolingvistik intervyular kiradi. Bu metodlar orqali ayollar va erkaklar nutqida
qanday fonetik, leksik va sintaktik farqlar mavjudligi, shuningdek, media va rasmiy
matnlarda genderga oid stereotiplar qanday ifodalanganini aniqlash mumkin.

O‘zbek tilshunosligida gender masalalariga oid tadqiqotlar hali keng

rivojlanmagan bo‘lsa-da, so‘nggi yillarda bu mavzuga e’tibor ortmoqda. Jumladan,
G‘.Ochilova, D.Nosirova, M.Mirzayeva kabi tadqiqotchilar o‘zbek tilida jinsga xos
nutq xususiyatlari va ularning ijtimoiy-madaniy ildizlarini o‘rganishga urinmoqda³.

TAHLIL VA NATIJALAR.

Gender tadqiqotlari lisoniy faoliyat subyektini ijtimoiy biologik maqomga ega

bo‘lgan shaxs sifatida ta‘riflash maqsadini nazarda tutib, u sotsiolingvistikaning
ajralmas qismidir deya munosabat bildirish mumkin. Sotsiologlarning fikricha,
gender ijtimoiy nuqtai nazardan jamiyatning erkaklarga va ayollarga ijtimoiy
bo‘linishga tegishli hollarda qo‘llanishi mumkin. Ijtimoiy omillar toifa, yosh, irq va
kelib chiqishi alohida gender mazmunini ifodasi va tajribasini tashkil etadi.
Atamashunoslik nuqtaiy nazaridan gender tushunchasi feminizmning nazariy
rivojlanishi jarayonida, bevosita gender tadqiqotlari jarayonida shakllandi. Gender
tatqiqotlari dunyodagi eng yosh va istiqbolli ilmiy yo‘nalishlardan biridir. U huquq,
oilaviy munosabatlar, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat va hokazo sohalarni
qamrab oladi.

Gender atamasi har qanday jamiyatda erkak va ayol jinsiga xos bo‘lgan shaxsga

nisbatan anglashiladigan xatti harakatlar va nuqtai nazarlar birligidir.Gender
yo‘nalishi markazida ham inson va uning nutqini tadqiq etish muhimobyektlardan
hisoblanadi. Gender tilshunosligi biror jinsga mansub shaxsning ijtimoiy jarayonlarda
yoki hayotning boshqa jabhalarida bajaradigan ro‘li bilan bog‘liq muammolarni
o‘rganadi.Gender yondoshuv erkaklar va ayollar o‘rtasidagi biologik yoki jismoniy


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

235

farqlarga emas, balki maskur jamiyat tomonidan belgilangan madaniy va ijtimoiy
ahamiyatga asoslanadi. Ijtimoiy munosabatlarni gender tahlilida gender nomunofiqlik
aniqlanadi. ”Gender” tushunchasining mazmuni avvalo jinsni ijtimoiy
modellashtirish yoki tashkil etishda mujassamlashgan ijtimoiy jins, ijtimoiy amaliyot
yordamida tashkil qilinadi.Gender ijtimoiy jinsning madaniy niqobi, bizning o‘z
ijtimoiy madaniy tasavvurlarimiz doirasidagi jins haqidagi qarashlarimizdir [6].

Genderni belgilashga nisbatan mavjud yondoshuvlar va nuqtai nazarning xilma-

xilligiga qaramay ikkita konsepsiyani ajratib ko‘rsatish mumkin. Genderning ijtimoiy
tuzulish nazariyasi va gender tuzumi nazariyasi. “Tilshunoslikda gender
parametrlarining qo‘llanilishini tadqiq etish tilshunoslikning ayol yoki erkaklarga xos
konstruktiv tamoyillarini o‘rganishda ham muhim ekanligi o‘z isbotini topdi”.
Lingvistikada genderologik tadqiqotlardan ko‘zlanadigan asosiy maqsad ayollar va
erkaklar nutqiga xos bo‘lgan, shuningdek, har ikkala jins vakillariga xos uslubda
voqelangan yozma yoki og‘zaki matnlarni farqlash ko‘rinishidagi “lisoniy
asimmetriya” hodisasining turlari va sabablarini aniqlashdir. Og‘zaki so‘zlashuv
nutqidan tortib, yozma matnlargacha turli tarzdagi o‘ziga xosliklar mavjuddir.
Matnlarning tuzilishi tekshirilganda, ayollar va erkaklar nutqining fonetik, leksik-
frazeologik, stilistik va boshqa turdagi farqlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ayol yoki
erkaklar nutqidagi, ularning lisoniy faoliyatidagi individual xususiyatlarni aniqlash,
bu borada samarali tahlil va tadqiq ishlarini olib borish talab etiladi. Mutaxassislar
haqli ravishda ta‘kidlaganidek, istalgan turdagi matn genderologiya nuqtai nazaridan
o‘rganilganda, muallif tomonidan amalga oshiriladigan til birliklari tanlovining
sotsial, etnomadaniyat sabablarini aniqlashga imkoniyat yaratiladi.O‘zbek tilida
faqatgina ayollarga xos bo‘lgan so‘zlashuvning gender xususiyatlari, ayrim xorijiy
tillarda ikkala jins vakillariga ham xos bo’lishi mumkin. Bu fikrni dalillash kelgusida
o‘zbek tilining gender xususiyatlarini o‘rganuvchi tadqiqotchilar zimmasiga tushadi.
Tilshunoslikda gender xususiyatlaming o‘rganilishida qiyosiy tahlil usullaridan
unumli foydalanish kutilgan natijalarni berishi shubhasiz.

XULOSA.

Xulosa qilib aytish mumkinki, o‘zbek tilshunosligida jins nazariyasi tilni

umumiy o‘rganishning muhim bo‘g‘inidir. Umuman tilning qanday ishlashini
yaxshiroq tushunish uchun o‘zbek tilshunosligida gender qanday ishlashini tushunish
muhimdir.Gender tilshunosligi muammolarni bartaraf etish, gender neytral til
yaratish va til vositasida gender tenglikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Ushbu
maqolada muhokama qilingan nazariyalar o‘zbek tilshunosligida genderni tushunish
uchun foydali asos bo‘lib xizmat qiladi.




background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

236

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Nosirova D. “Gender aspektida o‘zbek tilidagi muomala madaniyati” O‘zbek

tili va adabiyoti jurnali. Toshkent. 2020. 45-49 b

2. Tannen D “You Just Don’t Understand: Women and Men in Conversation”.

1990. 389 b

3. Ochilova G. Til va Gender: lingvokultrologik tahlil. Toshkent: O‘zbekiston

milliy ensiklopediyasi, 2018. 164 b

4. Qo‘chqarova L. “Gender va til munosabati: semantik yondashuv” Filologiya

va tillarni o’qitish jurnali. Nukus: Qoraqalpoq DU 2021. 98-102 b

5. Holmes J. An Introduction to Sociolinguistics. London: Longman, 2001. 389

b

6. Yusupova G. Tilshunoslikda gender tadqiqining nazariy asoslari //

O‘zbekistonda xorijiy tillar. — 2023. — № 2 (49). — B. 18-37

Библиографические ссылки

Nosirova D. “Gender aspektida o‘zbek tilidagi muomala madaniyati” O‘zbek tili va adabiyoti jurnali. Toshkent. 2020. 45-49 b

Tannen D “You Just Don’t Understand: Women and Men in Conversation”. 1990. 389 b

Ochilova G. Til va Gender: lingvokultrologik tahlil. Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2018. 164 b

Qo‘chqarova L. “Gender va til munosabati: semantik yondashuv” Filologiya va tillarni o’qitish jurnali. Nukus: Qoraqalpoq DU 2021. 98-102 b

Holmes J. An Introduction to Sociolinguistics. London: Longman, 2001. 389 b

Yusupova G. Tilshunoslikda gender tadqiqining nazariy asoslari // O‘zbekistonda xorijiy tillar. — 2023. — № 2 (49). — B. 18-37