Авторы

  • Доно Адинаматова
    Toshkent Kimyo xalqaro universiteti

Биография автора

  • Доно Адинаматова , Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
    talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.83798

Ключевые слова:

o ‘zini baholash xatolar qiyinchiliklar “Traffic LightSystem” svetofor o ‘yini “Yashil” va “Qizil” chiroq 1dan 4gacha barmoqlar suhbat videorolik “Rene Jilya” testi “Zina” testi Kahoot Quizizz.

Аннотация

Maqolada globallashuv davrida o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda ularda o‘ziga-o‘zi baho berishni shakllantirish va uni rivojlantirishda foydalansa bo‘ladigan, samarali noodatiy va hozirgi kundagi texnologiyaga xos bo‘lgan metodlar, qolaversa o‘yinlar orqali baholashga o‘rgatish to‘g‘risida fikr yuritiladi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

131

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARI UCHUN O‘Z-O‘ZINI

BAHOLASHDA KREATIV, TEXNOLOGIK METODLAR VA O‘YINLAR

Adinamatova Dono Ilxom qizi

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti talabasi

adinamatovadono@gmail.com

Annotatsiya:

Maqolada globallashuv davrida o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya

berishda ularda o‘ziga-o‘zi baho berishni shakllantirish va uni rivojlantirishda
foydalansa bo‘ladigan, samarali noodatiy va hozirgi kundagi texnologiyaga xos
bo‘lgan metodlar, qolaversa o‘yinlar orqali baholashga o‘rgatish to‘g‘risida fikr
yuritiladi.

Kalit so`zlar:

o ‘zini baholash, xatolar, qiyinchiliklar, “Traffic LightSystem”

svetofor o ‘yini, “Yashil” va “Qizil” chiroq, 1dan 4gacha barmoqlar, suhbat,
videorolik, “Rene Jilya” testi, “Zina” testi, Kahoot, Quizizz.


Barchamizga ma’lumki, XXI asr texnologiyalar asri hisoblanadi. Shunday ekan,

texnologiyalar rivojlanib borar ekan, kelajak avlodlar ham ularga moslashib boradi.
Shulardan biri bo‘lgan, yurtimizga endi kirib kelayotgan tushunchadan biri bu
o‘quvchilarda o‘zini-o‘zi baholay olish tushunchasidir.

O‘z-o‘zini baholash – o‘quvchining o‘z imkoniyatlari, qobiliyatlari, shaxsiy

sifatlariga bo‘lgan obyektiv munosabatini ifodalovchi tushuncha. O‘z-o‘zini baholash
shaxsning bilish faoliyati, atrofdagi odamlar va moddiy borliqqa munosabatining
ifodasidir.

Andrade H.G. ta’kidlashicha, o‘quvchilarda ushbu qobiliyatni shakllantirish

orqali ularga o‘z faoliyatlari va natijalari haqida tahlil qilishni o‘rgatadi. Bu ularning
shaxsiy javobgarlik va o‘z xatolarini tan olish, o‘rganish jarayonidagi
muvaffaqiyatlarini aniqlash qobiliyatlarini oshiradi[1]..

O‘z- o‘zini baholash uchun o‘quvchilarga mo‘ljallangan ko‘plab metodikalar,

o‘yinlar mavjud. Quyida ularning bir nechtasi keltirilgan:

Omma orasida eng ko‘p qo‘llaniladigan metodlar biri “Taffic Light System”

ya’ni Svetofor o‘yini hisoblanadi.

Ushbu o‘yinni boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan birgalikda sinfda o‘tkazish

maqsadga muvofiq. Bu o‘yin fanlar kesimida “Yangi mavzuni mustahkamlash”,
“Bo‘lim yuzasidan takrorlash”, “Mustahkamlash” darslaridan so‘ng o‘tkazilsa foydali
bo’ladi. O‘yin orqali o‘quvchilar o‘zlarining mavzularni qanchalik yaxshi
tushunganini anglab oladi va keying safar yanada yaxshi o‘rganishga harakat qiladi.
O‘yinda har bir o‘quvchi uchun 3 xil rangdagi (qizil, sariq, yashil) aylana shakldagi
kartochkalar beriladi. Kartochkalar quyidagilarni ifodalaydi:


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

132


Men topshiriqlarni yordamlarsiz bajara oldim.


Men

ba’zi topshiriqlarni bajarishda qiyinchilikka duch keldim.

Men deyarli topshiriqlarni bajara olmadim. Ko‘p qiyinchilikka duch

keldim.

Keyingi metodlardan biri bu 1dan 4gacha baholash metodikasi bo‘lib,

barmoqlar yordamida bajariladi. Buni ko‘pincha mustaqil bajariladigan topshiriqlar
uchun qo‘llagan ma’qul. 1dan 4gacha bo‘lgan raqamlar quyidagilarni anglatadi:

1.

Buni hammasini yordam orqali bajardim. Umuman tushunmadim.

2.

Tushunib bajarishga harakat qildim, lekin chalkashliklar bo`ldi.

3.

Men misollar orqali yoki yordam bilan bajardim.

4.

Men buni o‘zim bajardim va yaxshi tushundim.

Ushbu metodda o‘quvchilar dars yakunida barmoqlari yordamida 1,2,3,4

raqamlarini ko‘rsatadi. Bu orqali o‘qituvchi mavzuni nechta o‘quvchi yaxshi
tushungan tushunmaganligini, nechta o‘quvchida nimada qiyinchiliklar bo‘lganini
aniqlay oladi.

“Qizil-chiroq yoki yashil-chiroq” metodi

O‘quvchilar har bir topshiriqni yakunlaganidan keyin, “qizil” yoki “yashil”

chiroqni tanlab, o‘z ishlari haqida baho berishadi. “Yashil” — ishni muvaffaqiyatli
bajardim, “qizil” — ishni to‘liq tugatmadim yoki xatolarim bor. Bu metod
o‘quvchilarga o‘z muvaffaqiyatlarini va xatolarini aniq ko‘rsatadi.

Bundan tashqari suhbat orqali o‘quvchilarda o‘zini-o‘zi baholash qobiliyatini

paydo qilish va rivojlantirish mumkin. Bu o‘qituvchi yoki darsdan tashqari ota-ona
bilan o‘tkaziladi. O‘tkazilish tartibi:

Maktabda: o‘qituvchi dars so‘ngida baholash qismiga kelganda har bir

o‘quvchidan bir nechta savollar so‘rashi zarur:

1.

Sen bugun o‘zingni dars davomida qanday his qilding?

2.

O‘zingni bugungi ishtirokingni qanday baholaysan?

3.

Nima uchun bu bahoga loyiqman deb o‘ylaysan?

Past baho berilsa:
4.

Keyingi safar yaxshi baho olish uchun nima qilmoqchisan?

Bu orqali o‘quvchi o‘zining xatolarini anglaydi va ularni keyingi darslarda

to‘g‘irlashga harakat qiladi. Rivojlanish va darsni yaxshi tushunish uchun samarali
metod hisoblanadi.

Uyda: Buni ta’limiy maqsadda emas, balki tarbiyaviy maqsadda qo‘llash yana

ham foydali bo‘ladi. Ota-ona farzandi uchun biror tarbiyaviy videorolik, sahna


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

133

ko‘rinishi, ertak, hikoya, she’riy misralar tayyorlaydi. Masalan, “Telefon” nomli
videorolikni ko‘rsatadi. Ushbu videorolikda ustozga ota-ona tomonidan tahdid,
telefon darsda qanday zarar berayotganini, o‘quvchi telefon orqali qolgan
o‘quvchilarni darsga bo‘lgan munosabati pasayishiga sababchi bo‘layotgani,
telefondan nima maqsadda foydalanayotgani tasvirlangan. Ushbu rolikdan so‘ng ota-
ona farzandiga ushbu savollarni berish orqali tarbiyaviy tomonlama ibrat bera olishi
mumkin:

1.

Ushbu rolikda ota-ona farzandiga telefon sovg‘a qilib to‘g‘ri ish qildimi?

2.

Maktab o‘quvchisiga telefon ishlatish mumkinmi?

3.

Telefondan u to‘g‘ri foydalandimi?

4.

Ustoz haqiqatni aytib yaxshi qildimi?

5.

Ota-ona farzandini qanday to‘g‘ri yo ‘lga boshladi?

6.

Sen ham shu bola kabi bo‘lasanmi?

7.

Nima uchun uning odati senga yoqmadi?

Bu orqali o‘quvchining xulqini yaxshilash mumkin.

“Rene Jilya” testi. Ushbu test psxiologik jihatdan oilada, maktabda o‘quvchi

o‘zini qanday o‘ringa qo‘yadi, uning qadri qanchalik muhimligini aniqlovchi test. Bu
testni 4-sinflarda o ‘tkazish

maqsadga muvofiq.

“Zina” testi. Testning maqsadi: boladagi o‘ziga bo‘lgan ishonchni aniqlash.

Bu testni ham boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘tkazish mumkin.

O‘quvchilarga quyidagi vazifa beriladi:

“Bolalar, qo‘lingizdagi qog‘ozga 10 ta zinani chizing (psixolog yoki o‘qituvchi

bu zinalarni doskaga chizib ko ‘rsatadi).

Eng pastki zinaga chiqa oladigan o‘quvchilar past bahoga o‘qishar ekan.
Ikkinchi zinaga o‘rtacha o‘quvchilar


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

134

Uchinchisida undan yaxshiroqlari va eng baland zinaga eng kuchli o‘quvchilar

chiqa olishar ekan.

O‘zingizga baho bergan holda qaysi zinaga chiqa olishingizni chizib bering.

O‘qituvchingiz sizni qaysi zinaga chiqaradi, deb o‘ylaysiz? Ota-onangiz sizni qaysi
zinagacha chiqa oladi, deb o‘ylashadi?

Testni baholash:
1-3 zina – o‘ziga past baho berish;
4-7 zina – o‘ziga adekvat baho berish;
8-10 zina –o‘ziga yuqori baho berish.
Bu test orqali bola o‘zidagi imkoniyatlarni, hozirgi ahvolini anglab yetadi.
Real “Men” bilan, maqsad qo‘yganidagi paydo bo‘lgan “Men”iga o‘zini

solishtiradi.

Ushbu testni ikkinchi qismi ham bor. Endi o ‘quvchi 7ta zina chizadi va 7-

zinaning o ‘rtasini kattaroq maydon qilib chizadi.

Instruksiya: Agar barcha bolalarni mana shu maydondagi o ‘rta zinaga o

‘tqazsak, tepa zinaga chiqish judayam oson va pastki zinaga sakrb tushish ham
osonlashadi.

Undan so ‘ng ushbu savollar beriladi?
1.

Siz tepaga sakrab chiqa olarmidingiz?

2.

Pastga sakrab tushish sizga nima uchun kerak?

3.

Siz pastki zinaga sakrab tushdingizmi?

4.

Endi o ‘zingizni qaysi zinada tasavvur qilyapsiz?

Yana bir o‘yinlardan biri bu Kahoot o‘yini. Kahoot orqali turli mavzuga oid

savollar tuzish mumkin. Bundan tashqari tayyor qilingan testlarni ham qo‘llasa
bo‘ladi. Bu o‘yinda har bir o‘quvchining ballari alohida avtomatik tarzda hisoblanib
boriladi. Bu orqali har bir savolda o‘quvchi o‘zini bahosini bilib boradi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

135

Elektron platformalardan yana biri – Quizziz

Bu elektron o ‘yin

orqali variantli testlar tuzish mumkin. Bajaruvchi to‘g‘ri – noto‘g‘ri variantni topish
orqali ball to‘playdi. Bu ham boshqa metodlar singari o‘zlashirish darajasini aniqlab
beradi.

Xulosa, bugungi rivojlanayotgan ta’lim tizimida o ‘quvchilarni o‘zini

baholashga o ‘rgatish, ularda ushbu qobiliyatni rivojlantirish ko ‘plab imkoniyatlarni
yaratadi va afzalliklarga ega. O‘z-o‘zini baholashni rivojlantirish uchun turli metodlar
— "Svetofor", "1 dan 4 gacha barmoq metodi", "Qizil va yashil chiroq", suhbat
shaklidagi savol-javoblar, "Rene Jilya" testi, "Zina" testi, shuningdek, zamonaviy
elektron platformalar — Kahoot va Quizziz kabi vositalar samarali qo‘llanilmoqda.
Ular o‘quvchilarda o‘z o‘rni va imkoniyatlarini aniqlash, bilim darajasini tahlil qilish,
shuningdek, o‘z ustida ishlashga bo‘lgan motivatsiyani oshirishga yordam beradi.
Ta’lim jarayoniga o‘z-o‘zini baholashni muntazam kiritish orqali boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortadi, mustaqil fikrlash va o‘z faoliyatiga
mas’uliyat bilan yondashish ko‘nikmalari shakllanadi. Bu esa ularning kelajakdagi
shaxsiy va kasbiy rivojlanishi uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Andrade H. G., 2010 “How to Teach Students to Self-Assess”

2.

Andrade, H.G. (2009). Self-assessment through reflective journaling.

Educational Psychology Review.

3.

“Traffic Light System” game methodology. (2016).

Innovative

educational practices for early learners

. Journal of Child Education

4.

Yuldashev, A. (2018). Innovative pedagogical technologies in modern

education. Toshkent: Fan va texnologiya.

5.

Stiggins, R.J. (2002).

Assessment for learning: An essential component of

teaching and learning in the classroom

. Educational LeaderTecnologia.

6.

Kahoot! Inc. (2015).

Game-based learning for students: An interactive

approach to learning assessment

. Retrieved from

https://www.kahoot.com

.

7.

Quizizz Official Website (https://quizizz.com)

Библиографические ссылки

Andrade H. G., 2010 “How to Teach Students to Self-Assess”

Andrade, H.G. (2009). Self-assessment through reflective journaling. Educational Psychology Review.

“Traffic Light System” game methodology. (2016). Innovative educational practices for early learners. Journal of Child Education

Yuldashev, A. (2018). Innovative pedagogical technologies in modern education. Toshkent: Fan va texnologiya.

Stiggins, R.J. (2002). Assessment for learning: An essential component of teaching and learning in the classroom. Educational LeaderTecnologia.

Kahoot! Inc. (2015). Game-based learning for students: An interactive approach to learning assessment. Retrieved from https://www.kahoot.com.

Quizizz Official Website (https://quizizz.com)