International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
243
XORIJIY TILNI O’QITISHDA SUN’IY INTELLEKTNING TUTGAN ROLI
Asqarova Mumtozbegim Asqar qizi
Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi
Nazarova Hulkar Narzi qizi
Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi
Annotatsiya
Xorijiy tillarni o'rganish sohasida sun'iy intellektning ahamiyati
bugungi globallshgan dunyoda muhimdir. Ushbu tadqiqot xorijiy tillarni o'rgatishda
sun'iy intellektning ta'sirini hamda uning chet tilini o'rganishdagi afzalliklari, salbiy
jihatlari va kelajakdagi istiqbollarini ta'kidlaydi. Shuningdek, tadqiqot zamonaviy
ilmiy va uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish va empirik tadqiqot metodlarini qo'llash
orqali samarali yondashuvlarni o'rganadi. Ushbu metodologiyalarni o'rganish orqali
tadqiqot ushbu modelni talabalarning ta'lim jarayonidan qoniqish darajasiga qarab
baholashga qaratilgan.
Kalit so‘zlar:
Sun’iy intellekt, ChatGPT, Duolingo, Sun’iy intellektning roli
THE ROLE OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE IN FOREIGN LANGUAGE
LEARNING
Abstract
In today's globalized world artificial intelligence plays a significant
role in the field of learning foreign languages. This research delves into the impact of
artificial intelligence, highlighting its benefits, challenges and future implications in
foreign language learning. It also explores effective methods and approaches
including analysis of contemporary scientific and methodological literature as well as
empirical methods. By examining these methodologies the study aims to assess this
model on the level of students satisfaction with educational process.
Key words:
Artifical intellegence, ChatGPT, Duolingo, role of artificial
intellegence (AI)
РОЛЬ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА В ПРЕПОДАВАНИИ
ИНОСТРАННЫХ ЯЗЫКОВ
Аннотация
Значение искусственного интеллекта в изучении иностранных
языков имеет важное значение в современном глобализированном мире.
Данное исследование рассматривает влияние искусственного интеллекта на
процесс изучения иностранных языков, а также подчеркивает его
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
244
преимущества, недостатки и перспективы развития. Кроме того, исследование
включает анализ современной научной и методической литературы, а также
применение эмпирических методов для изучения эффективных подходов.
Изучая эти методологии, исследование направлено на оценку данной модели с
точки зрения уровня удовлетворенности студентов образовательным
процессом.
Ключевые слова:
Искусственный интеллект, ChatGPT, Duolingo, Роль
искусственного интеллекта (ИИ).
Introduction
Bugungi globallashayotgan dunyoda sun’iy intellekt (AI) turli sohalarda,
jumladan, til o‘rganishda ham keng qo‘llanila boshladi. Sun’iy intellekt xorijiy
tillarni o‘qitishda muhim vosita va samarali yo'ndashuvlardan biriga aylandi. Virtual
darslar, interaktiv va qiziqarli til o‘rganish usullarini o'z ichiga olgan AI
dasturlarining integratsiyasi xorijiy tillarni o‘rganish jarayonini samarali qilishga
yordam beradi. Bundan tashqari, u shaxsiylashtirilgan ta’lim tajribasini taqdim etadi
hamda qisqa muddat ichidal fikr-mulohaza bildirishi orqali xorijiy tillarni o‘qitish
usullarini tubdan o‘zgartirishga xizmat qiladi. Sun'iy intellekt asosida ishlaydigan til
o‘rganish platformalari orqali talabalar virtual muloqot qilib haqiqiy suhbatlarga
qo'shila oladilar. Sun’iy intellektning til o‘rganishda qo‘llanishi ko‘plab afzalliklarga
ega bo‘lsa-da, muayyan muammolar ham yuzaga kelishi mumkin. Masalan, (AI)
sun'iy ong tomonidan yaratilgan ma’lumotlarning aniqligi, onlayn ta’lim jarayonida
hissiy intellektning yetishmasligi kabi masalalar dolzarbdir. Zamonaviy ilmiy-
metodik adabiyotlarni va talabalar qoniqish darajasini o‘rganish bo‘yicha empirik
metodlarni tahlil qilish orqali ushbu tadqiqot sun’iy intellektning ta’limiga ta’sirini,
uning ijobiy va salbiy jihatlarini o‘rganishga qaratilgan. Ushbu yondashuvlarni
tushunish va amalga oshirish orqali tadqiqot ma’lumotlari sun’iy intellektni xorijiy
tillarni o‘qitishda kelajakda samarali integratsiya qilish uchun tavsiyalar berilgan.
“Sun’iy intellekt” atamasi birinchi marta Jon Makkarti tomonidan 1956 yilda
fanga kiritilgan [2]. Innovatsion sun’iy intellekt texnologiyasi ta’lim oluvchilarning
yangi tillarni o‘zlashtirish usulini o‘zgartirib, ularga shaxsiylashtirilgan, qulay va
samarali o‘rganish tajribasini taqdim etmoqda.“So‘nggi yillarda sun’iy intellektning
rivojlanishi bu pedagogik yondashuvni ancha samarali va ta’sirchan qildi, va bu hissa
ta’lim sohasidagi sun’iy intellekt uchun eng katta imkoniyat sifatida taklif etilgan”
Chen va at al..(2020)[3]. Virtual repetitorlar va chat-botlar, masalan, ChatGPT va
Duolingo, o‘quvchilarga realistik til muloqotlari orqali raqamli muhitda
kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyatini beradi. Widyastuti &
Kusumadewi (2018) shunday yozadi: “Duolingo qulay o‘rganish tajribasini yaratish
uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, o‘quvchilarga ma’lumotni samarali o‘zlashtirishga
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
245
yordam beradi” [4]. Bundan tashqari, turli sun’iy intellektga asoslangan ilovalar
grammatik xatolarni tahlil qilib, to‘g‘ri iboralarni taklif qiladi. Masalan, ChatGPT til
o‘rganishda muhim rol o‘ynab, darhol ma’lumot va tuzatishlar beradi. FX. Risang
Baskara & FX. Mukarto (2023) ta’kidlaydi: “ChatGPT tomonidan yaratilgan
matnning aniqligi va izchilligini baholash hamda uning natijasida paydo bo‘lishi
mumkin bo‘lgan stereotiplarga barham berish ChatGPT’ning til o‘rganishdagi
xavfsizligi va samaradorligini oshirishga yordam beradi” [5].
Tadqiqot metodologiyasi
Chet tillarini o‘rganishda sun’iy intellektning o‘rni bo‘yicha tadqiqot bir necha
jihatlarni, yangi tushunchalarni, samarali amaliyotlarni hamda yosh o‘quvchilar duch
keladigan muammolar va cheklovlarni o‘z ichiga oladi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi
quyidagi yo‘nalishlar orqali namoyon bo‘ladi.
Tadqiqotning uslubiyati
-
Pedagogik integratsiya.
Tadqiqot sun’iy intellektning an’anaviy va virtual
ta’lim muhitlariga integratsiya qilinishi usullariga e’tibor qaratadi hamda onlayn
ta’lim platformalaridan tizimli foydalanishni ta’kidlaydi.
-
So‘rovnoma usuli.
Ushbu tadqiqot sun’iy intellekt asosidagi vositalardan
foydalanuvchilarning qoniqish darajasini statistik ma’lumotlar orqali baholash uchun
so‘rovnoma usulidan foydalanadi
.
Ma’lumot to‘plash usullari:
-
Intervyular.
Tadqiqot doirasida o‘qituvchilar, o‘quvchilar va sun’iy intellekt
mutaxassislari bilan suhbatlar o‘tkazilib, ekspert fikrlari to‘planadi.
-
Anketalar va so‘rovnomalar.
Chet tillarini o‘rganuvchilar va o‘qituvchilardan
AI-dan foydalanish samaradorligi va muammolari bo‘yicha ma’lumotlar yig‘iladi.
-
Empirik dalillar.
Tadqiqot AI yordamida ta’lim olishga oid eksperimental
natijalar va so‘rov ma’lumotlarini o‘z ichiga oladi hamda da’volarni isbotlash uchun
sifat va miqdoriy tahlillarni o‘z ichiga oladi.
Tahlil va Natijalar
Ushbu muhokama, adabiyotlar sharhi va empirik ma’lumotlardan olingan
natijalarni tahlil qilib, xorijiy tillarni o‘rganishning kelajakdagi yo‘nalishlari haqida
to‘liq tushuncha berishga qaratilgan.
Tadqiqotimizning asosiy yo‘nalishi o‘quvchilarning sun’iy intellekt
vositalaridan foydalanish imkoniyatlariga bo‘lgan munosabatlarini baholashdan
iborat bo‘lib, talabalar AI yordamida yaratilgan turli xil til o‘rganish dasturlari va
topshiriqlarga qanday munosabatda ekanligini o‘rganishga qaratildi.
Diagramma talabalar fikriga ko‘ra sun’iy intellektning til o‘rganishdagi ta’sirini aks
ettiradi. Olingan natijalardan ma’lum bo‘lishicha, 40% talaba AI ni til o‘rganishda
juda foydali deb hisoblaydi, 30% esa uni foydali deb biladi. Bundan tashqari, natijalar
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
246
shuni ko‘rsatadiki, 15% o‘quvchi AI ni o‘rtacha foydali deb hisoblaydi, 7% uni kam
foydali deb o‘ylaydi, va 3% umuman foydali emas deb hisoblaydi.
Xulosa
Ushbu tadqiqotning natijalari sun’iy intellekt vositalarining xorijiy til
o‘rganishdagi katta potensialini ta'kidlaydi. Tadqiqotga ko‘ra, AI vositalari ijobiy
ta’sirlar bilan birga ba'zi qiyinchiliklarni ham keltirib chiqaradi, ular
shaxsiylashtirilgan va samarali til o‘rganish tajribalarini taqdim etgan bo‘lsa-da,
emosional intellektdan mahrum. AI ni samarali ravishda qo‘llash orqali o‘qituvchilar
va o‘quvchilar til o‘rganish muhitini yanada qiziqarli va moslashuvchan qilib
yaratishlari mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. FX. Risang Baskara, FX. Mukarto. (ChatGPT ning oliy ta'limda til
o‘rganishga ta’siri: Tahlil va muhokama) Indoneziya ingliz tili o‘qitish va
qo‘llanilgan lingvistik tadqiqotlar jurnali. 2023, 7-jild, 2-son, 343-358-betlar. [5]
2.. Hansol Lee, Jang Ho Lee. (Sun’iy intellekt asosida shaxsiylashtirilgan til
o‘rganishning ta’siri: Meta-tahlil) Til o‘rganish texnologiyalari. 2024, 28-jild, 2-son,
134-162-betlar. [3]
3.I.A. Kolegeva, I.A. Levina (Sun’iy intellektni xorijiy tilni o‘qitishda raqamli
vosita sifatida qo‘llash) Ta'lim fanlari. 2024, 16-jild, 1-son, 102-110-betlar. [1]
4.Kushmar, Vernachev, Korobova va Kaida (Til o‘rganishda sun’iy intellekt:
Nima uchun qo‘rqamiz?) Arab Wenglish jurnali. 2022, www.awej.org, 262-273-
betlar. [2]
5.Widyastuti, M va Kusumadewi, H. (Duolingo dasturining ingliz tili lug‘atini
o‘qituvchilar orasida oshirishdagi roli: Omega Sains Institutidagi o‘qituvchilar
uchun) Jurnal Pengabdian Kepada Masyarakat, 2018, 1-jild, 2-son, 237-244-betlar.
[4]
