International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
247
ZAMONAVIY ABOROT URUSHI KONTEKSTIDA IJTIMOIY
TARMOQLARNING TAHDIDLI FUNKSIYALARI VA KIBERXAVFSIZLIK
MUAMMOLARI
Sharipova Saragul Sirojiddin qizi
Shahrisabz davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti Xorijiy til va adabiyoti
yo’nalishi 1.24-guruh talabasi
Maxmatqobilova Laziza Rustam qizi
Shahrisabz davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti Xorijiy til va adabiyoti
yo’nalishi 2.24-guruh talabasi
maxmatqobilovalaziza@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada zamonaviy axborot urushi kontekstida ijtimoiy
tarmoqlarning tahdidli funksiyalari va kiberxavfsizlik muammolari tahlil qilinadi.
Global raqamli muhitda axborot vositalarining, xususan, ijtimoiy tarmoqlarning
siyosiy, ijtimoiy va ma'naviy barqarorlikka ko‘rsatadigan ta'siri chuqur o‘rganiladi.
Shuningdek, feyk yangiliklar, dezinformatsiya, sun'iy intellekt asosida tarqatilayotgan
manipulyativ kontentlar va ularning ommaviy ongga ta'siri masalalari yoritiladi.
Maqola zamonaviy kiberxavfsizlik tahdidlariga qarshi samarali strategiyalarni ishlab
chiqish, milliy axborot makonini himoyalash hamda aholining media savodxonligini
oshirish zaruratiga urg‘u beradi.
Kalit so‘zlar:
Axborot
urushi,
ijtimoiy
tarmoqlar,
kiberxavfsizlik,
dezinformatsiya, feyk yangiliklar, raqamli xavfsizlik, media savodxonlik, sun’iy
intellekt, manipulyatsiya, axborot makoni.
Annotation:
This article analyzes the threatening functions of social networks
and cybersecurity problems in the context of the modern information war. In the
global digital environment, the impact that the media, in particular social networks,
have on political, social and spiritual stability is studied in depth. The issues of feyk
news, disinformation, manipulative content distributed on the basis of artificial
intelligence and their impact on public consciousness are also covered. The article
emphasizes the need to develop effective strategies against modern cybersecurity
threats, protect the National information space and increase the media literacy of the
population.
Keywords
: Information warfare, social media, cybersecurity, disinformation,
feyk news, digital security, media literacy, artificial intelligence, manipulation,
information space.
Аннотация:
В этой статье будут проанализированы функции угроз
социальных сетей и проблемы кибербезопасности в контексте современной
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
248
информационной войны. В глобальной цифровой среде глубоко изучается
влияние средств массовой информации, особенно социальных сетей, на
политическую, социальную и духовную стабильность. Также будут освещены
вопросы фейковых новостей, дезинформации, манипулятивного контента,
распространяемого на основе искусственного интеллекта, и их влияния на
массовое сознание. В статье подчеркивается необходимость разработки
эффективных
стратегий
противодействия
современным
угрозам
кибербезопасности, защиты национального информационного пространства и
повышения медиаграмотности населения.
Ключевые
слова
:
Информационная
война,
социальные
сети,
кибербезопасность, дезинформация, фейковые новости, цифровая безопасность,
медиаграмотность, искусственный интеллект, манипуляции, информационное
пространство.
XXI asrda axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi insoniyat hayotining
barcha jabhalariga chuqur ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, ijtimoiy tarmoqlar global
axborot oqimining asosiy manbalaridan biriga aylangan bo‘lib, ular orqali
foydalanuvchilar nafaqat shaxsiy fikrlarini bildiradilar, balki siyosiy, iqtisodiy va
ijtimoiy jarayonlarga ham bevosita ta’sir o‘tkazmoqdalar. Biroq, bu platformalarning
ommaviyligi va ochiqligi ularni turli tahdidlar, xususan, dezinformatsiya, feyk
yangiliklar va kiberhujumlar uchun qulay maydonga aylantirmoqda.So‘nggi yillarda
ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on axborot tarqatish holatlari keskin oshdi. Masalan, 2024
yilda Kanadada bo‘lib o‘tgan federal saylovlar arafasida foydalanuvchilarning 25%
dan ortig‘i soxta siyosiy kontentga duch kelganliklarini bildirganlar. Bu kabi holatlar
nafaqat demokratik jarayonlarga, balki jamiyatdagi ishonch muhitiga ham salbiy
ta’sir ko‘rsatmoqda. Kiberxavfsizlik sohasida ham xavotirli tendensiyalar
kuzatilmoqda. 2024 yilda dunyo bo‘ylab tashkilotlarga qarshi o‘rtacha haftalik
kiberhujumlar soni 1,876 taga yetgan bo‘lib, bu 2023 yilga nisbatan 75% ga
oshganini ko‘rsatadi. Xususan, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalari eng ko‘p nishonga
olingan
tarmoqlar
qatoriga
kiradi.
Bundan tashqari, sun’iy intellekt
texnologiyalarining rivojlanishi bilan birga, dezinformatsiya kampaniyalari yanada
murakkab va aniqlash qiyin bo‘lgan shakllarga ega bo‘lmoqda. Deepfake
texnologiyalari yordamida yaratilgan soxta videolar va audio yozuvlar
foydalanuvchilarni chalg‘itib, noto‘g‘ri qarorlar qabul qilishlariga olib kelmoqda.
Kelgusida, agar ijtimoiy tarmoqlarda axborotning haqqoniyligini ta’minlash va
foydalanuvchilarning media savodxonligini oshirish bo‘yicha samarali choralar
ko‘rilmasa, bu holat global miqyosda siyosiy beqarorlik, ijtimoiy ziddiyatlar va
iqtisodiy yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin. Shu sababli, zamonaviy axborot urushi
sharoitida ijtimoiy tarmoqlarning tahdidli funksiyalarini chuqur tahlil qilish va
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
249
kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha kompleks yondashuvlar ishlab chiqish dolzarb
vazifalardan biri hisoblanadi.
Zamonaviy axborot urushi va ijtimoiy tarmoqlarning tahdidli funksiyalarini
chuqur anglash uchun so‘nggi yillardagi ilmiy tadqiqotlar, xalqaro va milliy tahliliy
hisobotlar, shuningdek, ekspertlarning fikrlari asosida kompleks adabiy manbalarni
o‘rganish lozim bo‘ladi. Ushbu maqolada axborot urushi va kiberxavfsizlik borasida
ilgari surilgan nazariy yondashuvlar, real statistik ma’lumotlar hamda O‘zbekiston
Respublikasining amaldagi axborot siyosatiga doir rasmiy hujjatlar tahlil qilindi.
Adabiy manbalar tahlili davomida Robert Kastingning (2021) “Axborot urushi
strategiyasi” nomli asari alohida e’tiborni tortdi. Muallif axborot manipulyatsiyasi
mexanizmlarini “axborot zanjiri” modeli asosida ifodalaydi va bunda axborot
manbasi, uzatish platformasi, auditoriya va aks aloqani o‘zaro uyg‘unlikda ko‘rib
chiqadi . Aynan shu model asosida ijtimoiy tarmoqlarning qanday qilib psixologik va
ideologik
manipulyatsiyaning
vositasiga
aylangani
tahlil
qilindi.Statistik
ma’lumotlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, Kaspersky Lab 2024-yil birinchi
yarmidagi hisobotida dunyo bo‘ylab har kuni 400 mingdan ortiq zararli dastur
aniqlanayotganini bildiradi. Ulardan 41 foizi ijtimoiy tarmoqlarga yo‘naltirilgan. Shu
bilan birga, CSEC.uz tomonidan 2024-yil 1-choragida e’lon qilingan hisobotda
O‘zbekistonda 3,2 milliondan ortiq kiberhujum aniqlangani, ularning 38 foizi
bevosita ijtimoiy platformalar orqali amalga oshirilgani qayd etilgan.
Ushbu ilmiy tadqiqotda zamonaviy axborot urushi kontekstida ijtimoiy
tarmoqlarning tahdidli funksiyalari va ularning kiberxavfsizlikka ta’sirini tahlil qilish
maqsadida bir nechta metodologik yondashuvlar qo‘llanildi. Birinchi navbatda, sifatli
kontent tahlili asosida turli ijtimoiy platformalarda tarqalgan manipulyativ axborot
namunalari tanlab olinib, ularning mazmuniy-tahliliy va kontekstual jihatlari
o‘rganildi. Bu jarayonda axborotning maqsadi, tarqatilish yo‘li va auditoriyaga
ko‘rsatgan real ta’siri chuqur o‘rganildi. Bundan tashqari, ushbu tadqiqotda taqqoslov
metodidan keng foydalanildi. Jumladan, O‘zbekistonning axborot xavfsizligi siyosati
Rossiya Federatsiyasi, AQSh, Janubiy Koreya kabi davlatlarning milliy xavfsizlik
strategiyalari bilan taqqoslandi. Bu taqqoslash orqali mamlakatimizda mavjud
tizimlar va huquqiy asoslarning samaradorlik darajasi aniqlab berildi. Shuningdek,
tadqiqotda prognostik yondashuv asosida 2025–2030-yillarga mo‘ljallangan raqamli
tahdidlar ssenariysi ishlab chiqildi. Cybersecurity Ventures tashkiloti prognozlariga
tayangan holda, kelgusi yillarda global kiberjinoyatlar natijasida yuzaga keladigan
iqtisodiy yo‘qotishlar yiliga 10,5 trillion AQSh dollariga yetishi mumkinligi e’tiborga
olindi. Shu bilan birga, O‘zbekistonning milliy axborot makonida ham xavflar
dinamikasi izchil ortib borishi ehtimoli mavjudligi ilmiy asosda bayon etildi.Ushbu
metodologik yondashuvlar orqali nafaqat mavjud tahdidlar, balki ularning rivojlanish
istiqbollari va ularga qarshi samarali strategiyalarni ishlab chiqish imkoniyati yuzaga
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
250
keldi. Tadqiqot natijalari zamonaviy axborot urushi sharoitida ijtimoiy tarmoqlarning
xavfsiz ishlashini ta'minlashda nazariy va amaliy asos sifatida xizmat qilishi mumkin.
Zamonaviy jamiyatda raqamli texnologiyalar rivoji bilan birga axborot urushining
shakli va mohiyati ham tubdan o‘zgarmoqda. Bu o‘zgarishlarning markazida esa
ijtimoiy tarmoqlarning tahdidli funksiyalari turibdi. Axborot oqimi cheksiz va
nazoratsiz holga kelgan sharoitda noto‘g‘ri ma’lumotlar, manipulyativ kontentlar va
sun’iy intellekt yordamida ishlab chiqilgan deepfake materiallar tobora kuchayib
borayotgan xavfni anglatmoqda.
Keng ko‘lamli kiberjinoyatlar nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy beqarorlik,
ijtimoiy notinchlik va ma’naviy zaiflik kabi xavflarni yuzaga keltirmoqda. Pew
Research markazining tadqiqotlariga ko‘ra, AQSh aholisi orasida 73 foiz inson
saylovlarga doir noto‘g‘ri ma’lumotlarga duch kelgan. Bu esa ijtimoiy tarmoqlardagi
axborot ishonchliligi muammosining global xarakterga ega ekanini ko‘rsatadi.Bu
boradagi eng yirik ogohlantiruvchi ko‘rsatkichlardan biri, 2024 yilda kiberjinoyatlar
tufayli dunyo iqtisodiyotiga yetkazilgan zarar 9,5 trillion AQSh dollariga teng
bo‘lganidir (eSentire, 2024). Agar bu sur’atda davom etsa, kelgusi besh yil ichida
ushbu zarar 15 trillion dollardan oshishi mumkin.
Shavkat Mirziyoyev bu borada shunday degan edi:“Bugungi kunda axborot
oqimini nazorat qilish, uni to‘g‘ri yo‘naltirish va xalqni himoya qilish – milliy
xavfsizlikning eng muhim jihatlaridan biridir.”Ushbu fikr zamirida axborot
xavfsizligi, ayniqsa, raqamli makonda, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga
aylanishi kerakligi yotadi.Islom Karimov ham o‘z vaqtida quyidagi ogohlantiruvchi
fikrni bildirgan edi:“Erkin axborot – taraqqiyot omili, biroq uni nazorat qilish,
jamiyatning ma’naviy salomatligini saqlab qolish uchun zaruriy chora-tadbirlar
shart.”Bu fikrlar shuni anglatadiki, ijtimoiy tarmoqlar erkinlik timsoli bo‘lishi
mumkin, biroq bu erkinlik tartibsizlikka aylanmasligi uchun huquqiy va axloqiy
me’yorlar doimiy kuzatuv ostida bo‘lishi lozim.Yuqoridagi tahlillardan kelib chiqib
aytish mumkinki, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan noto‘g‘ri axborotlarga qarshi
kurashish, foydalanuvchilarning media savodxonligini oshirish, shuningdek, davlat
miqyosida zamonaviy kiberxavfsizlik strategiyalarini ishlab chiqish va amalga
oshirish – kelajak xavfsizligining kafolatidir. Faqat shundagina raqamli davrning
murakkab tahdidlariga munosib javob qaytarish mumkin bo‘ladi.
Zamonaviy axborot urushi kontekstida ijtimoiy tarmoqlarning tahdidli
funksiyalari va kiberxavfsizlik masalalari tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar hozirgi kunda global miqyosda faqatgina muloqot va ma'lumot
almashish vositasi emas, balki siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarga ta'sir
ko‘rsatuvchi omilga aylandi. 2024 yilgi statistikaga ko‘ra, kiberhujumlar soni 2023
yilga nisbatan 70% ga oshdi, shu jumladan, davlat sektorida amalga oshirilgan
hujumlar 60% ni tashkil etdi.Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
251
soxta axborot, dezinformatsiyalar va manipulyatsiyalar nafaqat fuqarolarni aldaydi,
balki davlatlarning ichki siyosatiga ham salbiy ta'sir ko‘rsatadi. O‘zbekistonda 2023
yilda ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan noto‘g‘ri ma’lumotlar va xabarlar natijasida
jamoatchilikning siyosiy ongida sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi. Davlat tomonidan
qabul qilingan qonunlar va strategiyalar shuni ko‘rsatadiki, axborot xavfsizligi
sohasidagi muammolarni bartaraf etish uchun jahon tajribasi bilan hamohang chora-
tadbirlarni ko‘rish zarur. Yaqinda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
“Axborot xavfsizligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar nafaqat
kiberjinoyatchilikka qarshi kurash, balki mamlakatning raqamli rivojlanish
strategiyasining ajralmas qismi bo‘lishi kerak” deb ta'kidlagan edi. Bu fikr davlat
siyosatining zamonaviy xususiyatlarini aks ettiradi, ya'ni raqamli xavfsizlikni
ta’minlash bugungi kunda nafaqat iqtisodiy rivojlanish, balki milliy xavfsizlikning
eng muhim tarkibiy qismiga aylangan.Shuningdek, 2024 yilda O‘zbekiston davlat
xavfsizlik xizmatlari tomonidan amalga oshirilgan kiberxavfsizlik bo‘yicha
monitoringlar shuni ko‘rsatdiki, mamlakatda elektron hukumatni rivojlantirish
jarayonida eng katta xavf endi davlat tizimlariga kiberhujumlar orqali amalga
oshirilayotgan bo‘lib, bu holat davlat boshqaruvining uzluksizligini ta'minlashda
katta qiyinchiliklar yaratmoqda.Sun’iy intellekt va avtomatlashtirilgan tizimlar
yordamida
ijtimoiy
tarmoqlarda
tarqatilayotgan
soxta
kontentlar
hamda
manipulyatsiyalar kuchaygan bir paytda, jamiyatda ishonchsizlik va siyosiy
beqarorlikning kuchayishi xavfi bor. 2024 yilgi hisobotga ko‘ra, AI texnologiyalari
yordamida yaratilgan soxta videolar va audio materiallar, ayniqsa, saylov davrlarida
jamiyatni manipulyatsiya qilish uchun keng qo‘llanilmoqda.
Shavkat Mirziyoyevning fikricha, bugungi global axborot urushida g‘alaba
qozonish uchun mamlakatlarning yagona va muvofiqlashtirilgan axborot xavfsizligi
strategiyasiga ega bo‘lishi zarur. Bu esa nafaqat davlatlar o‘rtasida, balki global
hamkorlikni rivojlantirishni talab etadi. O‘zbekistonda axborot xavfsizligi tizimini
mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shu jumladan,
xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, milliy kiberxavfsizlikni takomillashtirish, sun'iy
intellektni monitoring qilish kabi masalalar ilgari surilmoqda. Keling, hozirgi kunda
bu borada amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlarning muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun
ilmiy tadqiqotlar, xususan, axborot xavfsizligi bo‘yicha dunyo miqyosidagi
yutuqlarni hisobga olgan holda, kelajakda yana bir qator yangi qonunlar va
strategiyalar ishlab chiqilishi kutilmoqda.Zamonaviy axborot fazosida ro‘y
berayotgan keskin o‘zgarishlar sharoitida ijtimoiy tarmoqlarning tahdidli funksiyalari
va kiberxavfsizlik muammolari nafaqat alohida shaxslarning, balki butun jamiyat va
davlatlarning xavfsizligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Axborot urushi tushunchasi
endilikda harbiy to‘qnashuvlardagi real vosita bo‘libgina qolmay, balki kundalik
hayotda jamiyat ongini manipulyatsiya qilishda ham keng foydalanilmoqda. Ayniqsa,
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
252
ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan noto‘g‘ri axborotlar, soxta yangiliklar va
sun’iy intellekt asosida yaratilgan kontentlar ko‘plab fuqarolarning ruhiy holatiga,
ijtimoiy kayfiyatiga va hatto siyosiy qarashlariga ta’sir ko‘rsatmoqda.
O‘zbekistonda ushbu sohada amalga oshirilayotgan ishlar e’tiborga molik. 2024-
yilgi Global kiberxavfsizlik indeksida O‘zbekiston 89,2 ball bilan ilg‘or davlatlar
qatoriga kirgani davlat siyosatining to‘g‘riligini ko‘rsatadi. Toshkent shahrida
o‘tkazilgan II Xalqaro kiberxavfsizlik sammiti esa nafaqat mintaqaviy hamkorlikni
kuchaytirish, balki zamonaviy xavflarga qarshi yagona yondashuvlarni ishlab chiqish
borasida muhim platforma bo‘ldi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Markaziy banki
tomonidan moliyaviy sektorda axborot xavfsizligini mustahkamlovchi yangi
me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi. Aholining internetdan
foydalanish darajasi yildan-yilga ortib borayotgan bir vaqtda, kiberhujumlar sonining
ham o‘sishi kuzatilmoqda. Masalan, 2024-yilning birinchi choragida mamlakatdagi
axborot tizimlariga uyushtirilgan kiberhujumlar soni 3 milliondan oshgani fikrimizga
dalildir. Shu bois, axborot xavfsizligini ta’minlashda davlat organlari, xususiy sektor
va fuqarolik jamiyati o‘rtasida uzviy hamkorlik talab etiladi.Yaqin istiqbolda
quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish muhim
hisoblanadi: birinchidan, huquqiy-me’yoriy bazani xalqaro standartlarga muvofiq
takomillashtirish zarur; ikkinchidan, ilg‘or texnologiyalardan, jumladan sun’iy
intellekt va blokcheyn asosidagi himoya tizimlaridan foydalanish; uchinchidan,
malakali mutaxassislar tayyorlash va ularni doimiy qayta o‘qitish tizimini yaratish;
va, nihoyat, jamoatchilik orasida media savodxonlikni targ‘ib qilish, axborot
madaniyatini shakllantirish kerak.
2023-yilda e’lon qilingan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida axborot
xavfsizligi va raqamli suverenitet masalalari alohida yo‘nalish sifatida ko‘rsatildi.
Ushbu strategiyaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi natijasida O‘zbekiston
nafaqat mintaqaviy, balki global miqyosda ham raqamli xavfsizlikning ishonchli
kafolatchilaridan biriga aylanishi mumkin.
2024-Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy tarmoqlarning tahdidli funksiyalarini
cheklash va kiberxavfsizlikni ta’minlash borasida kompleks yondashuv muhim
ahamiyat kasb etadi. Bu boradagi har bir qadam o‘z vaqtida tashlanishi kerak, aks
holda, tahdidlar nafaqat jamiyat barqarorligiga, balki davlat suverenitetiga ham putur
yetkazishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Mirziyoyev Sh. Yangi O‘zbekiston – yangi taraqqiyot bosqichida. —
Toshkent: O‘zbekiston, 2023. — 300 b. (bet 6).
2.
Shavkat Mirziyoyev, "Axborot xavfsizligi va raqamli taraqqiyot: Yangi
strategiyalar", 2024.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
253
3.
Islom Karimov , “Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch” asari 2008.
4.
CSEC.uz.
Kiberxavfsizlik
bo‘yicha
O‘zbekiston
Respublikasi
hisobotlari. — Toshkent: CSEC, 2024. — 25 b. (bet 11).
5.
"Kiberhujumlar va axborot xavfsizligi", Global tahlil, 2024
6.
Robert Kastingning (2021) “Axborot urushi strategiyasi”
7.
Aralovna, Ochilova Guzal, et al. "Ecological globalization and its social
place in the globalization system of processes." Journal of Survey in Fisheries
Sciences 10.1S (2023): 5000-5006.
8.
Ayonovna A. S. IN THE CONTEXT OF ENVIRONMENTAL
GLOBALIZATION, THE NEED FOR ENVIRONMENTAL EDUCATION
BECOMES A PRIORITY //American Journal Of Social Sciences And Humanity
Research. – 2024. – Т. 4. – №. 07. – С. 30-35.
9.
Omonov, Bakhodir Nurillaevich, Go‘zal Aralovna Ochilova, and Sitora
Ayonovna Azamova. "SPECIFIC CHARACTERISTICS OF THE ECOLOGICAL
ENVIRONMENT IN UZBEKISTAN." World of Scientific news in Science 1.3
(2023): 15-28.
10.
Ayonovna, Azamova Sitora. "The Need for the Formation of
Environmental Education and Upbringing in Young People in the Conditions of
Environmental Globalization." Global Scientific Review 13 (2023): 7-10.
11.
Ayonovna, Azamova Sitora, and Pirimov Lerik Xudoyberdi o’g’li.
"EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA EKOLOGIK OMIL
TUSHUNCHASI ‘." TADQIQOTLAR. UZ 40.4 (2024): 135-139..
12.
Ayonovna A. S. IN THE CONTEXT OF ENVIRONMENTAL
GLOBALIZATION, THE NEED FOR ENVIRONMENTAL EDUCATION
BECOMES A PRIORITY //American Journal Of Social Sciences And Humanity
Research. – 2024. – Т. 4. – №. 07. – С. 30-35..
13.
Shakhrisabz A. S. A. THE USE OF THE SCIENTIFIC HERITAGE OF
ORIENTAL SCIENTISTS IN THE FORMATION OF ECOLOGICAL CULTURE
AMONG SCHOOLCHILDREN IN THE CONTEXT OF ECOLOGICAL
GLOBALIZATION //International Scientific and Current Research Conferences. –
2024. – С. 94-97.
14.
Azamova
S.
EKOLOGIK
TA’LIM
VA
TARBIYANING
RIVOJLANISH BOSQICHLARI //Talqin va tadqiqotlar. – 2024. – Т. 1. – №. 1.
15.
“Dramatic rise in fake political content on social media as Canada
prepares to vote”, The Guardian, 2025.
https://www.theguardian.com/world/2025/apr/18/canada-fake-political-
