“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 17 ~
CHET TILINI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR VA JAHON
TAJRIBASI
Abdumalikova Ruhshona Baxtiyor qizi
O‘zDJTU Tarjima nazaryasi va amaliyot (italyan tili) yo‘nalishi 1-kurs talabasi
Annotatsiya:
Zamonaviy, rivojlangan davlatlarda tilga bo‘lgan qiziqish va
e’tibor kundan kunga ortib bormoqda. Ushbu maqolada interaktiv o‘quv
yondashuvlari va ularning til ixlosmandlari uchun qanchalik foydali ekanligi, chet
tillarini samarali o‘rganishda jahon tajribalari ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar
: Chet tili, interaktiv darslar, Innovatsion yondashuvlar, CBI, kross,
CLT, virtual haqiqat(VR),
Abstract:
In modern, developed countries, interested in and attention to
language are growing day by day. This article examines interactive learning
approaches and their usefulness for language enthusiasts, as well as global
experiences are effectively learning foreign languages.
Key words:
foreign language, interactive lessons, innovative approaches, CBI,
cross, CLT, virtual real(VR).
Аннотация:
В современных развитых странах интерес и внимание к
языкам растут с каждым днем. В данной статье рассматриваются
интерактивные подходы к обучению, их полезность для любителей языков, а
также мировой опыт в эффективном изучении иностранных языков.
Ключевые
слова
:
Иностранный
язык,
интерактивные
уроки,
инновационные подходы, CBI, кросс, CLT, виртуальная реальность (VR).
Kirish:
Chet tilini o‘qitish innovatsion yondashuvlar, zamonaviy texnologiyalar
va pedogogik metotlarni birlashtiradi. Bundan tashqari chet tillarini o‘rganishda
an’anaviy metodlardan ham hozirgi kungacha foydalanib kelinmoqda . To‘g‘ri
an’anaviy metodlar uzoq yillar davomida yig‘ilgan tajribalar asosida chet tilini
o‘rganishda asosiy ro‘l o‘ynab kelgan. Lekin bugungi kunda uning o‘rnini interaktiv
o‘qitish tizimi egallamoqda. Sababi biz virtuallashgan olamda zamon bilan hamnafas
yashamoqdamiz va bu bizga til o‘rganishning oson va qulay yechimlarini
o‘rgatmoqda. Chet tilini o‘qitishda jahon tajribasi juda keng va xilma-xildir.
Bilamizki turli mamlakatlar va ta’lim tizimlarida o‘zlariga xos metodologiyalar va
yondashuvlardan foydalanadilar.
Interaktiv o‘quv yondashuvi o‘quvchi onlayn platforma va raqamli o‘quv
materiallar orqali til o‘rganishi mumkin bo‘lgan yondashuv usuli . Masalan : “ Khan
academy
” o‘quv platformasi. Bu onlayn platforma yangi chet tillari, matematika, ilm
“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 18 ~
– fan, va boshqa fanlarni bepul o‘rganish uchun yaratilgan bo‘lib , insonlar bu
platforma orqali sifatli va bepul darslarni topa oladi. Bunday platformalar bilan
nafaqat yangi til o‘rganiladi , shu bilan birga o‘rganayotgan tilli orqali yangi
bilimlarni orttirib , foydali qo‘llanma materiallarni topa oladi . Hozirgi kunda
O‘zbekistonda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan Ibrat Farzandlari -
xorijiy tillarni bepul o‘rgatishga mo‘ljallangan loyiha doirasida Ibrat Academy ilovasi
ham ishlab chiqildi. Shu kabi bepul yaratilgan ilovalarga Duolingo, Rossetta Stone,
Babbel kiradi. Yuqoridagilari bepul va foydalilari hisoblanadi. Bundan tashqari pulli
bo‘lgan foydali til o‘rgatuvchi ilovalar ham talaygina. Memrise ushbu platformaning
to‘liq funksiyalarini ochish uchun premium versiyada ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak
bo‘ladi. Oyiga - $ 8. 99, Bust bussu veb - saytiga ko‘ra, ilovaning premium
versiyasida 22 soatni muvaffaqiyatli bajarish universitetda til o‘rganishning bir
semestriga teng. Buning sababi , ilova kundalik hayotga integratsya qilish uchun
yetarlicha oson kurslarni yaratishga qaratilgan . Millisekundlar ham muhim ahamiyat
kasb etadigan tezkor zamonda, dunyo bilan hamqadam bo‘lishdagi muhim omillardan
biri - bu kommunikatsiya va til vositasi sanaladi. Yuqorida sanab o‘tilgan
platformalar esa yangi til o‘rganichda eng yaxshi yondashuvlardan biridir. Odamlar
bu kabi interaktiv yondashuvlardan foydalanishni boshlaganlarida texnologiyaga
asoslangan ta’limga ham duch kelishadi. Texnologiyaga asoslangan ta’lim o‘zi nima
? Chet tillarini o‘rganishda insonlarga qulaylik yartib beruvchi ta’lim deb ham atasa
bo‘ladi. Bilamizki texnologiya odamlarning qiyin mashg‘ulotlarini yengillshtirishda
yordam beradi . Aynan shu texnologiya ta’lim bn uyg‘unlashsa, ta’limdagi
qiyinchiliklar ham ossonlashadi, nafaqat osonlashadi balki ta’limga til o‘rganishga
bo‘lgan qiziqishni oshiradi. Texnologiyaga asoslangan ta’limga - raqamli vositalar,
videodarslar, podkastlar, slaydlar, audiodarslar kiradi. Tillarni tez va osson
o‘rganishda yana bir qancha usullar mavjud. Kammunikativ til o‘qitish usuli ( CBI )
Bu yondoshuv talabalarga tilni real hayotda muloqat qilish uchun o‘rganishga
yordam beradi. Bunda asosan til o‘rganuvchilar amaliy jihatdan ko‘proq
shug‘ullanadi . Bu ularga ravon muloqat qilishda ko‘proq yordam beradi . Immensiv
usul til o‘rganuvchilarni chet tilida muloqot qiladigan muhitga joylashtirish usuli
hisoblanadi. Bu chet tilida yaxshi muloqot qilishga yordam beradi. Misol uchun
aynan o‘rganayotgan chet tilini o‘sha davlat, millat bilan o‘rgansa, muhitni chindan
his qilib, to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘sha davlatning odamlari ya’niy neytivlar bilan muloqot
qilsa tilni organishdagi moslashuv tezlashadi. Kross-kultural yondashuv: Bu uslub
tilni o‘rganish jarayonida boshqa madaniyatlarni ham o‘rganishdir . Bu esa o‘z
navbatida talabalarni global fikrlashiga va madaniyatlararo muloqot qilishiga yordam
beradi. Bu yondashuv bir necha asosiy tamoyillarni o‘z ichiga oladi . Birinchi tamoyil
axborotni qayta ishlash. Bu tamoyilda o‘quvchilar ma’lumotni o‘rganib, uni tahlil
qiladi qayta ishlaydi va yaxshi tushunishga harakat qiladi. Ikkinchi tamoyil - ijtimoiy
“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 19 ~
va kontekstual o‘rganish. Bu jarayonda o‘quvchilar tilni iltimoiy muloqot jarayonida
va kontekst asosida o‘rganadi, ya’ni odamlar o‘rtasidagi muloqot chet tilini yanayam
ko‘proq mashq qilishga va uni yaxshilashga yordam beradi. Audiovizual
materiallardan foydalanish Chet tilidagi filmlar, musiqalar orqali til o‘rganishni
qiziqarli va samarali qilish usulidir. Bu usul talaffuz va tinglab tushunishni
rivojlantirishga yordam beradi. Shu kabi innovatsion yondashuvalar bilan jahon
tajribalari til o‘rganishning yuqori sifat va samarasini ko‘rsatgan. Gaplarimga isbot
tariqasida rivojlangan davlatlarning qo‘llab kelgan usullarini ta’kidlab o‘taman.
Finlandiya – U yerda bolalar maktabgacha yoshdan ikki yoki undan ortiq tilni
o‘rganishga jalb qilinadi. Bunda Finlandiya immersion dasturlardan foydalanadi.
Bundan tashqari Finlandiya maktablarida bir necha horijiy til o‘rganish majburiy. Bu-
multilingual siyosatidir.
Germaniya - ta’lim borasida juda rivojlangan davlat bolib, tillarni o‘rganishda
yetakchi hisoblanadi.Ularda ham bolalar erta yoshdan kamida 2ta chet tiilarini
o‘rganadi. ”Erasmus+” dasturi tilni amaliy o‘rganish uchun boshqa mamlakatlarda
ta’lim olish dasturi hisoblanadi. Bu bilan germaniyaliklar tilni tezroq o‘rganish
mumkunligini yana bir bor tajribalar orqali ko‘rsatgan.
AQSH da o‘zlashtirishga asoslangan o‘quv dasturidan foydalanishadi. Har bir
o‘quvchining o‘ziga mos metodlar qo‘llaniladi. Tashqi muhitdagi tajriba degan uslub
ham AQShda ko‘p foydalaniladi. Unda talabalrga sayohat qilish va madaniy tadbirlar
orqali o‘rganish imkoniyatini beradi.
Xulosa qilganda, shuni aytish joizki, chet tillarini o‘qitishda innavatsion
yondashuvlardan foydalanish o‘rganuvchilarning mantiqiy fikrlash qobilyatini
rivojlantiradi va nutq jarayonini yaxshilaydi. Bunday usullar va o‘yinlar ‘texnologik
qurilmalar tilga bo‘lgan qizqishni yanayam oshiradi. Samaradorlikni kuchaytiradi.
Chet tillarini o‘rganishda turli hil grammifikatsiyalar, interaktiv yondashuvlar,
immensive usullar til o‘rganishdagi muammolarning eng to‘g‘ri yechimi hisoblanadi.
Til o‘rganish insonlarga juda ko‘p foydalar olib keladi. Ammo bu ko‘nikmalarni
shakillantirish oson ish emas. Til o‘rganishda malakali ustoz, samarali startegiya,
o‘rganilgan bilimlarni mustahkamlash, tog‘ri yondashuv usullarini bilish birlamchi
hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
https://www.wosjournals.com/index.php/medical/article/view/291/559
2.2023-yil,
5-avgust,
19:00
Jamiyat
society/)
Reklama Кириллчада (
https://www.gazeta.uz/uz/2023/08/05/ibrat-academy/
https://www.thelearningapps.com/uz/
4.https://www.thelearningapps.com/uz/yomon-o%27rganish-odatlarini-engish-
uchun-vositalar/p
