Авторы

  • Е’зозахон Бабаходжаева
    O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.98588

Ключевые слова:

Neyrolingvistika lingvistika psixologiya nevrologiya afaziya kognitiv fan hujayra neyron bosh miya o‘ng yarimshar chap yarimshar fonetika fonologiya morfologiya leksikologiya sintaksis semantika nutq patalogiyasi dislaliya dizartriya alaliya stammering disgrafiya disleksiya meditatsiya miya miyacha tashqi faktor ichki faktor.

Аннотация

Ushbu maqolada tilshunoslikning muhim sohalaridan biri bo‘lgan neyroligvistikani, uning boshqa sohalar bilan a’loqasi, kasalliklar turlari va ularning kelib chiqish sabablarini, shuningdek zamonaviy tilshunoslikdagi o‘rni tahlil qilinadi. Neyrolingvistika nevrologiya va lingvistika fanlarining o‘zaro kesishish natijasida sodir bo‘lgan jarayonlarni o‘rganadigan fan. Tezisdagi tahlil neyrolingvistikaning lingvistikadagi morfologiya, sintaksis, leksikologiya, semantika, fonetika va fonologik sathlar bilan bog‘liqligi ko‘rib chiqiladi.Shuningdek, neyrolingvistikaning nutq patalogiyasidagi kasalliklar va ularning inson nutqida ko‘rinishini tahlil etadi. Ushbu tezisda neyrolingvistikadagi muammolar va ularga miya faoliyatidagi nuqsonlar sababchi ekanligini ko‘rib chiqamiz.


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 49 ~

NEYROLINGVISTIKA: INSON TAFAKKURINING TIL ORQALI

NAMOYONI VA ZAMONAVIY HAYOTDAGI FUNKSIONAL ROLI

Babaxodjayeva E’zozaxon Jamshid qizi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti,

ezozababahozaeva@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada tilshunoslikning muhim sohalaridan biri bo‘lgan

neyroligvistikani, uning boshqa sohalar bilan a’loqasi, kasalliklar turlari va ularning
kelib chiqish sabablarini, shuningdek zamonaviy tilshunoslikdagi o‘rni tahlil qilinadi.
Neyrolingvistika nevrologiya va lingvistika fanlarining o‘zaro kesishish natijasida
sodir bo‘lgan jarayonlarni o‘rganadigan fan. Tezisdagi tahlil neyrolingvistikaning
lingvistikadagi morfologiya, sintaksis, leksikologiya, semantika, fonetika va
fonologik sathlar bilan bog‘liqligi ko‘rib chiqiladi.Shuningdek, neyrolingvistikaning
nutq patalogiyasidagi kasalliklar va ularning inson nutqida ko‘rinishini tahlil etadi.
Ushbu tezisda neyrolingvistikadagi muammolar va ularga miya faoliyatidagi
nuqsonlar sababchi ekanligini ko‘rib chiqamiz.

Kalit so'zlar:

Neyrolingvistika, lingvistika, psixologiya, nevrologiya, afaziya,

kognitiv fan, hujayra, neyron, bosh miya, o‘ng yarimshar, chap yarimshar, fonetika,
fonologiya, morfologiya, leksikologiya, sintaksis, semantika, nutq patalogiyasi,
dislaliya, dizartriya, alaliya, stammering, disgrafiya, disleksiya, meditatsiya, miya,
miyacha, tashqi faktor, ichki faktor.

Lingvistikaning nevrologiya bilan a'loqasi

Hozirgi XXI asrda lingvistika juda koplab sohalar bilan aloqaga kirishmoqda;

Biologiya, matematika, kompyuter va boshqalar. Shuningdek, bu fanlar bilan
chegaralinb qolmay, nevrologiya sohasi bilan ham chambarchars bog'liq holda
o'rganilayapti. Buni bizlar

neyrolingvistikada

ko'rishimiz mumkin.

Neyrolingvistika va tilshunoslik o'rtasidagi bog'liqliklar
Neyrolingvistika

— Miyadagi ayrim hududlar shikastlanishi nutq

jarayonlarining shakllanishi, o'zgarishi, tushunilishini va ularning sabablari va
yechimlarini o'rganuvchi fan. U psixologiya, lingvistika va nevrologiya sohlari bilan
uzviy bog‘liq va aloqador. Zamonaviy neyrolingvistika nutqni tizimli sistema,
afaziyani (nutqni ishlab chiqarish va qabul qilishning buzulishi) esa bu sistemning
buzulishi deb qaraydi. Soddaroq qilib aytsak, nutqimiz miyamiz orqali boshqariladi,
miyada turli xil neyron va hujayralar bor va ularning holatiga qarab bizning nutqimiz
shakllanadi. Biz neyrolingvistikani kognitiv fanlar sirasiga kiritishimiz mumkin. Bu
fanning asosiy yo‘nalishi tilni bosh miyaning kommunikatsiya paytida nevrologik
reaksiya va o‘zgarishlarini o‘rganish. Buni o‘rganish paytida ikkita asosiy faktor bor :


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 50 ~

Tilni aloqa vositasi sifatida miya tomondan qabul qilinishi, ya’ni tashqi

faktorlarni o‘rganish;

Til miyaning turi zonalarida bir biri bilan ta’siri,ya’ni ichki faktorlarni

o‘rganish;

Neyrolingvistika tilshunoslikning ko‘pgina sathlari bilan aloqador holda

o‘rganiladi :

Fonetika : qay holda odam miyasi nutqni turli xil akustik tovushlar va

shovqinlardan ajratib olishini ;

Fonologiya : qanday qilib ma’lum bir tilning fonologk sistemasi odam

miyasida tasavur qilinishini yokida aks etishini;

Morfologiya va leksikologiya : inson miya yarimsharlarida bir tilning

so‘z boyligini saqlanishi va inson lekskasini foydalana olish darajasini;

Sintaksis va semantika : gaplar va iboralarga so‘zlarning birikishi,

gaplarni anglashda strukturaviy va semantikadan qanday foydalanishi.

Neyrolingvistikaga hozirgi kunda ehtiyoj sabablari

Hozirgi kunda neyrolingvistikaga bo‘lgan talab kundan kunga oshmoqda. Ya’ni

buni biz bir yoshdagilarning nutqidagi farqlari, logopetga bo‘lgan ehtiyojning ortishi,
alsigeymer kasalligiga moyillik va uning yosharishi, so‘zlarni xotira bilan bog‘liqligi,
bilingvizm, tashqi va ichki nutq-ong ostidagi nutqning turliligi,qizlar va bollar tilni
qo‘llayotganda ohang, ton, ritm, pauza, temp, intonatsiyalarida farqlarda yaqqol
namoyon bo‘ladi. Har bir inson nega bunday bo‘layotganiga qiziqishi tabiiy holat va
bularni sabablarini quyida bilib olsangiz bo‘ladi:

Dislaliya

- tovushlarni noto‘g‘ri talafiz qilish;

Afaziya

- nutq sistemasida miyadagi neyron va hujayralarni shikastlanish

natijasida sodir bo‘lgan muammolar;

Dizartriya

- nutq mushaklarining harakati buzulishi tufayli vujudga keldigan

talaffuzdagi muammolar;

Alaliya

- nutqni rivojlanmaslgi yoki bolalarda kechikishi;

Stammering

- so‘zlarni boshlashda yoki davom ettirishdagi qiyinchilik;

Disgrafiya va disleksiya - yozma nutq va o‘qish paytidagi buzulishlar va

qiyinchiliklar;

Meditatsiyaning bosh miyaga va odam fe’liga ta’siri ;

Bosh miyadagi onkologik kasalliklarni o‘rganish ;

O‘ng va chap qo‘lliklarda miya yarimsharlarida til va nutqni kodlashni

o‘rganish;

Ona tilida so‘zlashuvchilarning tilning sistemasi va tuzilshini tadqiq qilish;

Yozuvning(chapdan o‘ngga, o‘ngdan chapga, o‘ngdan tepadan pastga va

chapga yozish) tilni o‘rganish jarayonida ta’siri;

Miya yarim sharlari va ular javob beradigan funksiyalar


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 51 ~

Insonda ikkita miya : miya va miyacha bor. Miyacha - ta’na muvozanatini

saqlaydi. U engsa chuqurchasida joylashgan. Miya esa ikkiga : o‘ng va chap
yarimsharlarga bo‘lgan holda o‘rganamiz. Chap yarimshar - nutq markazlari
joylashgan, mantiqiy, ratsional tafakkur qilish vazifasini bajaradi. Fransuz olimi
Mark Daks : ” Nutqning yo‘qolishi va shikastlangan miya yarimsharlarining orasida
a’loqa borligini va chap yarimsharda nutq funksiyalari joylashgan”, - degan tahminni
birinchilardan bo‘lib ilgari suradi, ammo uning fikrini hech kim inobatga olmaydi.

O‘ng yarimshar - dunyoni so‘zsiz idrok etadi va obrazli, emotsional anglaydi,

asosiy vazifani ko‘zlar bajaradi.

Tepadagi faktlarni inobatga olib aytadigan bo‘lsak o‘ng yarimsharga zarar

yetkazilgan taqdirda ham, nutq faoliyatiga javob beradigan chap yarimshar ishlaydi
va bu nutqga hech qanday ta’sir o‘tkazmaydi.

Xulosa

Neyrolingvistikani oddiy qilib tushunishimiz mumkin, chunki bizning nutqimiz

va tilimizning shakllanishi, o'zgarishi va tushunilishi miyadagi turli hududlar va
neyronlar faoliyatiga bog'liqdir. Bu jarayonlar nafaqat tilshunoslik, balki psixologiya
va nevrologiya bilan ham chambarchas bog'liqdir. Biz tilni o'zaro aloqada va
kommunikatsiya vositasi sifatida qabul qilamiz, va bu jarayonning har bir jihati
miyaning turli sohalari orqali amalga oshiriladi. Shunday qilib, neyrolingvistika
nafaqat tilni o'rganishda, balki nutqdagi buzilishlar va kasalliklarning sabablarini
aniqlashda ham muhim ahamiyatga ega.

Miyaning chap va o'ng yarimsharlari orasidagi farq, ular o'rtasidagi aloqalar va

turli til va nutq jarayonlarining kodlanishi haqidagi bilimlar, bizga nafaqat nutq
patologiyalarini tushunishda, balki insonning nutq va fikr jarayonlarini yanada
chuqurroq o'rganishda yordam beradi. Neyrolingvistikada, tilshunoslik va
nevrologiyaning o'zaro bog'lanishini tushunish, bizga inson miya faoliyatining sirli va
murakkab tabiatini yanada yaxshiroq anglash imkoniyatini beradi.

Shunday qilib, bu sohaning rivojlanishi nafaqat tilshunoslikda, balki ilm-fan,

tibbiyot va pedagogika kabi boshqa sohalarda ham muhim o'zgarishlarga olib keladi.
Nutq va tilni boshqaradigan miyaning murakkab jarayonlarini yanada chuqurroq
o'rganish, insonlarning nutqdagi farqlarini, kasalliklarni va boshqa faktorlarni
yaxshiroq tushunishimizga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

https://www.researchgate.net/publication/360931202_Neyrolingvistika

2.

https://cyberleninka.ru/article/n/neyrolingvistika-tahlil-va-talqin/viewer

3.

https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%9D%D0%B5%D0%B9%D1%80

%D0%BE%D0%BB%D0%B8%D0%BD%D0%B3%D0%B2%D0%B8%D1%81%D
1%82%D0%B8%D0%BA%D0%B0


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 52 ~

4.

https://4brain.ru/blog/nejrolingvistika-kratkoe-opisanie/

5.

Юсупова Д.Х. – Логопедия: Диагностика и коррекция речевых

нарушений у детей, Тошкент, 2018.

6.

Назарова З.Х. – Nutqiy rivojlanishida logopedik xizmat, Toshkent,

2020.

7.

Мастюкова Е.М. – Общая и специальная педагогика для логопедов,

Москва, 2006.

8.

Соколова Е.Т. – Патопсихология речи у детей, Санкт-Петербург,

2010.

9.

Vygotsky, L.S. – Thought and Language, MIT Press, 1986.

10.

American

Speech-Language-Hearing

Association

(ASHA)

www.asha.org

11.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi – Logopediya

asoslari bo‘yicha uslubiy qo‘llanma, 2021.

12.

Majidova R.U. Yuldasheva F.F. - “Umumiy tilshunoslik” fani bo‘yicha

ma’ruzalar matni 2024

Библиографические ссылки

Юсупова Д.Х. – Логопедия: Диагностика и коррекция речевых нарушений у детей, Тошкент, 2018.

Назарова З.Х. – Nutqiy rivojlanishida logopedik xizmat, Toshkent, 2020.

Мастюкова Е.М. – Общая и специальная педагогика для логопедов, Москва, 2006.

Соколова Е.Т. – Патопсихология речи у детей, Санкт-Петербург, 2010.

Vygotsky, L.S. – Thought and Language, MIT Press, 1986.

American Speech-Language-Hearing Association (ASHA) – www.asha.org

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi – Logopediya asoslari bo‘yicha uslubiy qo‘llanma, 2021.

Majidova R.U. Yuldasheva F.F. - “Umumiy tilshunoslik” fani bo‘yicha ma’ruzalar matni 2024