Авторы

  • Феруза Иботова
    O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent, O‘zbekiston
  • Бобир Умаров
    O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent, O‘zbekiston

Биографии авторов

  • Феруза Иботова , O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent, O‘zbekiston
    Talaba
  • Бобир Умаров , O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent, O‘zbekiston
    Ingliz tili integrallashan kursi kafedrasi 3 katta o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.98753

Ключевые слова:

Sun’iy intellekt mashinaviy tarjima tabiiy tilni qayta ishlash chatbot Grammarly Dualingo.

Аннотация

Bugungi kunda texnologiyalar hayotimizning deyarli barcha sohalariga kirib kelmoqda, va ulardan eng ko‘p e’tibor tortayotgan sohaga sun’iy intellekt (SI) kiradi. Ayniqsa, tilshunoslik sohasida sun’iy intellektning o‘rni tez o‘sib bormoqda, bu esa ilmiy tahlil, tarjima, matnni avtomatik qayta ishlash va tilni o‘rganish jarayonlariga yangi imkoniyatlar yaratmoqda. SI yordamida tilshunoslar endi tahlil jarayonlarini tezlashtirishi, murakkab matnlarni tahlil qilishda avtomatlashtirishni amalga oshirishi va til o‘rganishni interaktiv va samarali qilishda ko‘p muvaffaqiyatlarga erishmoqda.


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 99 ~

TIL VA SUN’IY INTELLEKT: YANGI UFQLAR

Ibotova Feruza Anvarovna

Talaba, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti,

Toshkent, O‘zbekiston

feruzaibotova05@gmail.com

Umarov Bobir Norboyevich

Ingliz tili integrallashan kursi kafedrasi 3 katta o‘qituvchisi,

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent, O‘zbekiston

bobirumarov80@gmail.com


Annotatsiya:

Bugungi kunda texnologiyalar hayotimizning deyarli barcha

sohalariga kirib kelmoqda, va ulardan eng ko‘p e’tibor tortayotgan sohaga sun’iy
intellekt (SI) kiradi. Ayniqsa, tilshunoslik sohasida sun’iy intellektning o‘rni tez o‘sib
bormoqda, bu esa ilmiy tahlil, tarjima, matnni avtomatik qayta ishlash va tilni
o‘rganish jarayonlariga yangi imkoniyatlar yaratmoqda. SI yordamida tilshunoslar
endi tahlil jarayonlarini tezlashtirishi, murakkab matnlarni tahlil qilishda
avtomatlashtirishni amalga oshirishi va til o‘rganishni interaktiv va samarali qilishda
ko‘p muvaffaqiyatlarga erishmoqda.

Shu bilan birga, AI texnologiyalarining tilshunoslikka kiritilishi faqat foyda

emas, balki, bir qator katta-kichik muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Bu
maqolada sun’iy intellektning tilshunoslik sohasiga ta’siri va uning amaliy jihatlari,
afzalliklari, shuningdek, yuzaga kelgan muammolar tahlil qilinadi. Mashina tarjimasi,
nutqni tanish, chatbotlar kabi AI asoslangan ilovalar va ularning tilshunoslikda
qanday qo‘llanilishi haqida so‘z yuritiladi. Maqola, shuningdek, tilshunoslik va AI
o‘rtasidagi integratsiyaning kelajagi, imkoniyatlari va cheklovlari haqida fikr
yuritadi.

Kalit so‘zlar:

Sun’iy intellekt, mashinaviy tarjima, tabiiy tilni qayta ishlash,

chatbot, Grammarly, Dualingo.


Avvallari tilshunoslar so‘zlardagi qoidalarni va grammatikani qo‘lda tahlil qilib,

har bir kichik detalni o‘rganish uchun ko‘p vaqt sarflar edi. Hozir esa SI yaratayotgan
qulayliklardan foydalangan holda bir necha daqiqalarda jarayonni amalga oshirish
mumkin. Mashinalar tilni avtomatik tarzda tahlil qilib, kerakli natijalarga osonroq
erishish imkoniyatini yaratadi.

Biroq, bu degani, mashinalar tilni odamlardan ko‘ra yaxshiroq tushunadi

deganimi? Yo‘q, bunday ma’noni anglatmaydi. Sababi, tilshunoslik faqat grammatik
qoidalar va lug‘atlardan iborat emas. Bu soha, aslida, til orqali insonlarning his-
tuyg‘ularini, madaniyatini va o‘zaro aloqalarini tushunishga ham qaratilgan. AI bu


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 100 ~

jarayonlarda juda samarali, masalan, tilni tahlil qilishda tezlikni oshiradi, lekin ba’zi
narsalarni faqat insonlar to‘g‘ri anglay olishadi.

Bu maqolada sun’iy intellekt va tilshunoslikning bir-biriga qanday integratsiya

qilinishi, ularning bir-birini qanday to‘ldirishi va kelajakda tilni tushunishdagi qanday
o‘zgarishlarga olib kelishi haqida fikr yuritiladi.

Tabiiy tilni qayta ishlash (inglizchasiga Natural Language Processing – NLP) bu

mashinalarning inson tilini tushunishi, tahlil qilishi va unga javob qaytarishini
o‘rganuvchi soha. NLP yordamida kompyuterlar biz yozgan yoki aytgan so‘zlarni
matnga aylantiradi, tahlil qiladi, xatolarni topadi yoki tarjima qiladi. Masalan, Google
Translate, Siri yoki Yandex ovozli yordamchilari aynan NLP texnologiyasi asosida
ishlaydi.

Tilshunoslikda bu texnologiya juda katta foyda keltiradi. Matn tahlili,

grammatik qurilmalarni aniqlash, sintaktik va semantik munosabatlarni tahlil qilish
NLP yordamida tezroq va aniqroq bajariladi. Statistikaga ko‘ra, NLP bozorining
hajmi 2025-yilda 39 milliard dollarga yetishi kutilmoqda. Bu esa ushbu
texnologiyaga qiziqish va talab tobora ortayotganini anglatadi [1].

Shuni ta’kidlash kerakki, AI faqatgina ilmiy ishlar, tahlillarda emas, kundalik

hayotimizda nafaqat talabalarga, balki o‘qituvchilarga til o‘rganishda, o‘quv
jarayonida ham juda qo‘l kelmoqda. Bir qancha platformalar, masalan, Canva,
Edubve, Miro, Grammarly kabilar o‘qituvchilarga dars jarayonini qiziqarli va
samarali qilishda eng katta yordamchi desak ham bo‘ladi. Bu dasturlar orqali
prezentatsiya, video, hujjat, diagramma, matn, topshiriqlar yaratish va o‘quvchilar
bajargan topshiriq, insholarni tekshirish, xatolarini aniqlash va ularni tuzatish uchun
qo‘llanmalar berilishi mumkin.

Hozirgi vaqtda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanuvchi, chet tillaridagi

matnlarni tahrirlash uchun bir nechta samarali onlayn resurslar mavjud. Shunday
resurslardan biri — Grammarly bo‘lib, u grammatika, imlo, tinish belgilar, yozuv
uslubi va gap tuzilmasidagi 150 dan ortiq xatoni aniqlab, tuzatish imkoniyatini
beradi. Xatoliklar aniqlangan taqdirda, Grammarly ularni to‘g‘rilash bo‘yicha
tavsiyalar beradi va bir nechta variantlarni taklif qiladi. Ushbu servis bilan ishlash
talabalarni o‘z matnlarini tahlil qilishga o‘rgatadi hamda tanqidiy fikrlash
ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Bu esa ularga kelajakda kurs ishlari, magistrlik
dissertatsiyalari, ilmiy maqolalar, annotatsiyalar va boshqa yozma ishlarni yozishda
asqotadi.

Ta’limiy platforma Duolingo 30 dan ortiq tilni o‘rganish bo‘yicha kurslarni

taklif etadi. Duolingo BirdBrain sun’iy intellekt vositasi har bir foydalanuvchining
profilini o‘rganib, uning o‘quv yo‘nalishi bo‘yicha prognozlar beradi va shu orqali
individual yondashuvni ta’minlaydi. Tizim foydalanuvchi qaysi topshiriqlarda


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 101 ~

qiynalayotganini kuzatadi, shu topshiriqlarda yo‘l qo‘yilgan xatolarni eslab qoladi va
shu asosda keyingi o‘quv rejasini shakllantiradi.

Platformaning "Explain My Answer" funksiyasi til o‘rganuvchilarga Duo bot

bilan muloqot qilish imkonini beradi. Bot foydalanuvchining javobini baholashi, izoh
berishi va mavzuni chuqurroq tushunishga yordam beradigan qo‘shimcha misollar
keltirishi mumkin.

"Roleplay" funksiyasi orqali foydalanuvchi turli mamlakatlardan bo‘lgan virtual

personajlar (lingvo-botlar) bilan real muloqot vaziyatlarida mashq qilib, ball to‘plash
imkoniyatiga ega bo‘ladi [4b,2].

Shuningdek, chet tilini o‘rganish uchun maxsus yaratilmagan, biroq bu

maqsadda foydalanish mumkin bo‘lgan sun’iy intellekt vositalari ham mavjud.
Bunday vositalardan biri yuqorida aytib o‘tilgan Chat GPT hisoblanadi. Chat
GPT’ning muhim xususiyatlaridan biri bu — kontekstga bog‘liq holda matnni
tushunish va yaratish qobiliyati bo‘lib, platforma oldingi xabarlarni inobatga olib,
muloqot kontekstiga mos va tabiiy javoblar beradi. Aynan shu xususiyati tufayli Chat
GPT o‘qituvchilar va talabalar uchun “virtual suhbatdosh” bo‘lib xizmat qiladi —
ular bilan suhbatlashish, turli mavzularni muhokama qilish, savollar berish va ularga
javob olish mumkin.

Chat GPT yordamida talabalar auditoriyadan tashqarida ham qo‘shimcha mashq

qilishlari va yordam olishlari, o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalarini
yaxshilashlari, so‘z boyliklarini kengaytirishlari hamda muloqot uslubini
rivojlantirishlari mumkin.

Biroq, P.V. Sysoyev va Ye.M. Filatov ta’kidlaganidek, ta’lim jarayonining

asosiy tashkilotchisi sifatida auditoriyada baribir o‘qituvchi qoladi. U xorijiy til
sohasidagi “yordamchi va ekspert” rolini bajarib, o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash
va rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratishi kerak [5p,2].

Sun’iy intellekt texnologiyalarining tilshunoslikda qo‘llanilishi katta

imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Biroq bu jarayon ba’zi muammolarni ham keltirib
chiqarmoqda. Ular orasida semantik noaniqlik, madaniy kontekstni tushunmaslik va
algoritmik xatolar alohida e’tiborga loyiq.

Kontekstual noaniqlik muammosi: NLP (tabiiy tilni qayta ishlash) dasturchilari

duch keladigan asosiy muammolardan biri bu — kontekstual noaniqlikdir. Tillar
murakkablikka, iboralar va madaniy murojaatlar bilan boy bo‘lib, bu jumlalarning
ma’nosiga kuchli ta’sir qiladi. Masalan, ingliz tilidagi bir so‘z turli kontekstlarda har
xil ma’noga ega bo‘lishi mumkin. Bu esa NLP algoritmlari uchun katta muammo
tug‘diradi, chunki ular foydalanuvchining so‘zlari orqasidagi asl ma’noni to‘g‘ri
tushunib, talqin qilishi kerak.

Masalan, quyidagi jumlani olaylik: "I saw a man on a hill with a telescope."

(Men tepalikda durbin bilan bir odamni ko‘rdim). Bu gap bir nechta ma’noni


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 102 ~

anglatishi mumkin: tepalikdagi odam durbinga qarayaptimi yoki gapirayotgan shaxs
durbin yordamida tepalikdagi odamni ko‘ryaptimi? NLP algoritmlari ushbu
ma’nolardan qay biri to‘g‘ri ekanini kontekstual ishoralar va til naqshlari asosida
aniqlashi kerak bo‘ladi.

Turli tillardagi nozikliklarni tushunish: NLP dasturchilari uchun yana bir katta

to‘siq bu — har bir tilning o‘ziga xos nozik tomonlari va murakkabliklarini tushunish
zarurati. Har bir tilning o‘ziga xos qoidalari, sintaksisi va grammatik tuzilmalari
bo‘lib, ular bir-biridan ancha farq qiladi. Masalan, yapon va koreys tillarida hurmat
shakllari (honorifiklar) va turli darajadagi rasmiylik ishlatiladi. Bu esa gap ma’nosiga
sezilarli darajada ta’sir qiladi.

Bu kabi nozikliklarni to‘g‘ri tarjima qilish uchun til ishlatiladigan madaniy

kontekstni chuqur tushunish talab etiladi. NLP ishlab chiquvchilari ushbu tilga xos
omillarni hisobga olishi lozim, shundagina to‘g‘ri tarjima va talqinni ta’minlash
mumkin bo‘ladi.

Kontekstual noaniqliklarni bartaraf etishning afzalliklari: Kontekstual

noaniqliklar ko‘plab muammolarni yuzaga keltirsa-da, ularni yengish orqali katta
foyda olish mumkin. Aniqligi yuqori bo‘lgan NLP algoritmlari tillararo muloqotni
osonlashtiradi, madaniyatlararo tushunishni mustahkamlaydi va butun dunyo bo‘ylab
odamlar uchun ma’lumotlardan foydalanishni soddalashtiradi [4].

Sun’iy intellekt texnologiyalari bugungi kunda ta’lim, tarjima, tahlil, aloqa va

boshqa ko‘plab sohalarda katta imkoniyatlar yaratmoqda. U dars jarayonini interaktiv
va qiziqarli qilish, yozma ishlarni tahlil qilish, tarjima qilishda aniqlikni oshirish kabi
jihatlarda muhim vosita sifatida xizmat qilmoqda.

Tadqiqot yakunida ba'zi insonlarda tug‘ilgan “Sun’iy intellekt ustoz o‘rnini bosa

oladimi?”, “Turli sohalarda rivojlansa, insonlar bajarishi uchun ish qoladimi?” kabi
savollarga javoban aytish mumkinki, AI inson o‘rnini to‘liq bosa olmaydi. Sababi,
insoniy hissiyot, ijodiy yondashuv, madaniy kontekstni chuqur anglash va pedagogik
ehtiyojlarga moslashish kabi ko‘nikmalar hali ham faqat o‘qituvchi va mutaxassis
tarjimonlarga xos.

Dars jarayonida o‘qituvchi nafaqat bilim beruvchi, balki tarbiyachi, kuzatuvchi

va yo‘naltiruvchi rolini bajaradi. Bu esa sun’iy intellektga xos bo‘lmagan murakkab
va nozik jihatlardir. Tarjima sohasida ham matnni aynan tarjima qilishdan tashqari,
uning ma’no qatlamlarini anglash, stilistik moslikni saqlash va madaniy nozikliklarni
hisobga olish zarur. AI bu borada yordamchi sifatida foydali bo‘lishi mumkin, biroq
inson tafakkuri va tajribasiga tenglasha olmaydi.

Shu bois, inson tafakkuri va AI imkoniyaridan birgalikda foydalangan holda,

yanada samarali natijalarga erishish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 103 ~

1.

https://www.mordorintelligence.com/industry-reports/natural-language-

processing-market

2. УДК 378.147:372.881.1 Применение Искусственного Интеллекта Для

Обучения Иностранному Языку В Вузе Ковальчук С.В., Тараненко И.А.,
Устинова М.Б.

3. Высшее образование в России. 2023. T. 32. № 4. ChatGPT в высшем

образовании и науке: угроза или ценный ресурс?

4.

https://moldstud.com/articles/p-lost-in-translation-nlp-developers-confront-

issues-of-contextual-ambiguityhttps://moldstud.com/articles/p-lost-in-translation-nlp-
developers-confront-issues-of-contextual-ambiguity

5.

https://cyberleninka.ru/article/n/chat-boty-v-obuchenii-inostrannomu-yazyku-

preimuschestva-i-spornye-voprosy

Библиографические ссылки

УДК 378.147:372.881.1 Применение Искусственного Интеллекта Для Обучения Иностранному Языку В Вузе Ковальчук С.В., Тараненко И.А., Устинова М.Б.

Высшее образование в России. 2023. T. 32. № 4. ChatGPT в высшем образовании и науке: угроза или ценный ресурс?