“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 115 ~
NOAN’ANVIY TA’LIM SHAKLLARINING ZAMONAVIY TA’LIM
TIZIMIDAGI O‘RNI
Imomova Subhida Salohiddin qizi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti,
sharq filologiyasi fakultetining 1-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ta’limning noan’anaviy shakllari haqida so‘z
yuritiladi va ularning ta’lim jarayonidagi o‘rni haqida muhokama qilinadi.Masofaviy
ta’lim, o‘yinlashtirilgan ta’lim, MOOK ta’lim kabi usullarning afzalliklari va shular
bilan bir qatorda yuzaga kelish mumkin bo‘lgan kamchiliklari haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:
Noan’anaviy ta’lim, masofaviy ta’lim, o‘yinlashtiilgan ta’lim,
gamification, individual, MOOK ta’lim, flipped classroom, teskari ta’lim, mustaqil
ta’lim.
Tobora zamonaviylashib borayotgan ta’lim tizimida ham sifatga, ham natijaga
e’tibor qaratish bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi. Albatta, yuqorida
keltirib o‘tilgan xususiyatlar bilan bir qatorda qulaylikni ham eng muhim omillardan
biri hisoblashimiz mumkin. Bunday bir paytda yoshlarning ta’lim olish jarayoni
davomida nafaqat an'anaviy ta’lim tizmiga shu bilan bir qatorda tamoman yangicha,
innovatsion va moshlashuvchan ta’lim tizimiga ham e’tibor kuchaymoqda.Ayniqsa,
raqamli texnologiyalar asrida masofaviy o‘qitish tizimi, online ta’lim dasturlari va
shu kabi yangicha ta’lim shakllari yanada rivojlandi va o‘z taraqqiyotining yuqori
cho‘qqisiga erishib kelmoqda.
Bilamizki, noan’anaviy ta’lim tizimlari an’anaviy, odatiy o‘qitish tizimidan
tubdan farq qilgan holda o‘quvchining individual shug‘ullanishiga, ularda paydo
bo‘lgan ma’lum bir sohadagi bo‘shliqni to‘ldirishga va shu bilan birga ularning
kreativ yondashuvini kuchaytirishga katta e’tibor qaratadi.Bugungi kunda ko‘p
uchraydigan odatiy bo‘lmagan ta’lim shakllari quydagilar:
•
Masofaviy (online) ta’lim
– hozirgi kundagi eng ko‘p tarqalgan ta’lim shakli.
Internet orqali istalgan hududdan, istalgan vaqt oralig‘ida ta’lim olishga imkon
beruvchi tizim hisoblanib unga hech qanday geografik cheklovlar to‘siqinlik qila
olmaydi. Nafaqat O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida online o‘qishning
mumkinligi, balki O‘zbekistonda yashayotgan holda boshqa bir davlat
universitetlarida ta’lim olish, malaka oshirish kabi bir qator qulayliklar ushbu
ta’limga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirmoqda.
•
O‘yinlashtirilgan ta’lim (gamification) –
o‘quvchilar va talabalar uchun eng
kerakli ta’lim shakllaridan biri.Gamification (ingl. o‘yin, o‘yin orqali, o‘yinga
“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 116 ~
asoslangan) hozirgi kundagi eng zamonaviy usul bo‘lib, u o‘zida turli xil afzalliklarni
namoyon qilishi bilan ajralib turadi. Asosan, o‘yinlar bilan ishlash talaba va
o‘quvchilarda ichki qo‘rquvni kamaytirish, jamoaga qo‘shilish va birgalikda
ishlashga qulay muhit yaratadi. Umumiy qilib aytganda bu ta’lim tizimining eng
muhim jihati shundaki, ushbu shakl orqali talabalarni o‘qishga qiziqtirish anchagina
oson va qulay hisoblanadi.
•
MOOC (Massive Open Online Courses) –
masofaviy, ommaviy va albatta
bepul zamonaviy tizim bo‘lib, bu tizim online kurslarni o‘z ichiga qamrab qoladi.
2011 – yil Stanford universiteti professori tomonidan sun’iy intellektga oid bepul
online kursini nashr etadi va shundan boshlab masofaviy kurslar ommalashib ketadi.
Afzalliklari; bepul online ta’lim olish, zamonaviy mutaxxasisliklar, dunyoning eng
yaxshi o‘qituvchilari, erkin dars jadvali, interfaollik va boshqalar. Dunyoning Oxford,
Harvard, Princeton singari yetakchi universitetlari tomonidan turli saytlarga
joylashtirilgan videoroliklar, turli xildagi viktorinalarni o‘z ichiga oladi. Ya’ni bu
istalgan bir sohada ma’lumotga ega bo‘lmoqchi bo‘lgan izlanuvchilar uchun ulkan
ochiq platforma demakdir.
•
Flipped classroom (teskari ta’lim) –
talabalar va o‘quvchilar uchun har bir
mavzu ustida o‘zlari izlanish olib borishlariga va o‘sha mavzudagi bilimlarini darsda
ya’ni amaliyot paytida mustahkamlashga imkoniyat yaratadigan ta’lim shakli. Teskari
sinf modelida o‘qituvchi va professorlar tomonidan barcha qo‘llanmalar va o‘quv
materiallari o‘quv semester boshida talabalarning o‘z platformalariga barcha uchun
ochiq holatda joylashtiriladi. Talabalar ushbu o‘quv qo‘llanmalarini o‘zlari mustaqil
holatda o‘rganib chiqadilar va sinfda turli o‘yinlar va faol metodlar yordamida
qanchalik darajada o‘zlashtirganlilarini namoyon qiladilar.
Shubhasiz, yuqoridagi yangicha shakllar yoshlarga anchagina qulaylik yaratadi,
xususan, ularning istalgan resurslar orqali ta’lim olishida yoki yangicha interaktiv
metodlardan foydlanishida. Ammo, shu narsani unutmaslik lozimki, bu ta’lim
shakklari orqali ba’zi bir ko‘z ilg‘amas muammolar yuzaga kelmoqda. Masalan,
elektron jihozlarga bog‘lanib qolish, topshiriqlarni to‘liq nazorat qilishning
cheklanganligi, o‘quv materiallarini mustaqil va yakka holda o‘rganish va shu
sabablar
samaradorlikda
sustlashish
singari
turli
muammolarni
keltirib
chiqarmoqda.Bundan tashqari shuni inobatga olish kerakki, ushbu ta’lim shakllari
barcha sohalar uchun ham qulay hisoblanmaydi, ya’ni labaratoriya singari
tajribalarda an’anaviy tizim eng yaxshi yechimga aylanadi
Noan’anaviy ta’lim tizimlari yoshlarning o‘z ustida ishlash, mavzuni chuqur
o‘rgnish, mushohada qilish, o‘z fikrlarini bayon qilish uchun qulayliklar yaratsa,
an’anaviy darslar esa vaqtning ko‘p qismini mavzuni tahlil qilish, topshiriqlar orqali
mavzuni mustahkamlash, o‘zlashtirishni nazorat qilish uchun sarflaydi.Garchi ikkala
ta’lim shakli ham o‘z muhim vazifalariga ega bo‘lsa-da, noan’anaviy ta’lim shakillari
“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 117 ~
an’anaviy tizimni to‘ldiruvchi muhim vazifa hisoblanib, kelajak ta’lim rivoji uchun
ajralmas bir qism bo‘lib qoladi.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1)
Nazirova N.N. (2022). Ta’lim jarayonida noan’anaviy darslar
metodikasi. 15-17
2)
Egamberdiyeva U.A. (2022). Ta’limni tashkil etishning yordamchi
shakllari. 636-638
3)
To‘xtaboev, G‘.T. (2020). Masofaviy taʼlimning afzalliklari. Taʼlim va
Innovatsiyalar, 4(2), 12–16.
4)
Karimova, D. (2022). O‘zbekiston taʼlim tizimida noanʼanaviy
yondashuvlar. Ilm va Amaliyot, 3(1), 45–50.
5)
Informatika kitobi. MOOC (Massive Open Online Courses) haqida. 27-
dars
6)
Berdiyeva I.X. (2021) O‘qitishning “Flipped Classroom” modeli:
Mazmuni, qo‘llash talablari va imkoniyatlari, 3-6.
7)
ScienceWeb.uz – O‘zbekiston olimlarining ilmiy maqolalari portali.
(https://scienceweb.uz )
8)
https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%93%D0%B5%D0%B9%D0%BC
%D0%B8%D1%84%D0%B8%D0%BA%D0%B0%D1%86%D0%B8%D1%8F
