Авторы

  • Шодиёна Рахимова
    O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Toshkent, O‘zbekiston

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.98982

Ключевые слова:

Lingvomadaniyatshunoslik til va madaniyat ilmiy metodologiya filologiya madaniyatshunoslik etnolingvistika psixolingvistika XX asr lingvomadaniyatshunoslik maktablari tilshunoslik.

Аннотация

Maqola lingvomadaniyatshunoslik fanining shakllanishi va rivojlanish tarixini, uning til va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘rganishga bo‘lgan e’tiborini ko‘rsatadi. Tilshunoslik, madaniyatshunoslik, etnolingvistika va psixolingvistika kabi sohalar bilan bog‘liq ravishda, lingvomadaniyatshunoslikning ilmiy metodologiyasi va asosiy olimlarining yondashuvlari tahlil qilinadi. Maqolada XX asr oxirida Moskvada shakllangan lingvomadaniyatshunoslik maktablarining metodologik yondashuvlari hamda til va madaniyatning o‘zaro ta’siri alohida ta’kidlanadi.


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 267 ~

LINGVOMADANIYATSHUNOSLIKNING O‘RGANILISH TARIXI

Raximova Shodiyona Shuxrat qizi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Toshkent, O‘zbekiston

shodiyona.1003@gmail.com


Annotatsiya:

Maqola lingvomadaniyatshunoslik fanining shakllanishi va

rivojlanish tarixini, uning til va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘rganishga
bo‘lgan e’tiborini ko‘rsatadi. Tilshunoslik, madaniyatshunoslik, etnolingvistika va
psixolingvistika kabi sohalar bilan bog‘liq ravishda, lingvomadaniyatshunoslikning
ilmiy metodologiyasi va asosiy olimlarining yondashuvlari tahlil qilinadi. Maqolada
XX asr oxirida Moskvada shakllangan lingvomadaniyatshunoslik maktablarining
metodologik yondashuvlari hamda til va madaniyatning o‘zaro ta’siri alohida
ta’kidlanadi.

Kalit so‘zlar:

Lingvomadaniyatshunoslik, til va madaniyat, ilmiy metodologiya,

filologiya,

madaniyatshunoslik,

etnolingvistika,

psixolingvistika,

XX

asr,

lingvomadaniyatshunoslik maktablari, tilshunoslik.


Til va madaniyat o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lib, har bir xalqning

madaniyati uning tilida aks etadi. Lingvomadaniyatshunoslik aynan shu bog‘liqlikni
o‘rganadigan fan sohasi sifatida shakllangan bo‘lib, uning tarixi uzoq asrlarga borib
taqaladi. Qadimgi davrlardan beri mutafakkirlar til va madaniyatning o‘zaro ta’sirini
o‘rganib kelishgan, biroq mustaqil ilmiy yo‘nalish sifatida lingvomadaniyatshunoslik
XX asrning ikkinchi yarmida shakllangan.

Ushbu fan filologiya, madaniyatshunoslik, psixolingvistika, etnolingvistika va

sotsiolingvistika bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, til orqali milliy o‘ziga xoslik va madaniy
qadriyatlarni o‘rganishga qaratilgan. Lingvomadaniyatshunoslikning rivojlanishiga
Gumboldt, Sepir, Uorf kabi olimlarning asarlari katta ta’sir ko‘rsatgan. Ularning
tadqiqotlari til faqat aloqa vositasi emas, balki xalqning tafakkuri va dunyoqarashini
shakllantiruvchi omil ekanini ko‘rsatdi.

Zamonaviy lingvomadaniyatshunoslik turli tillar va madaniyatlarni taqqoslash,

tarjima jarayonlari, madaniy kodlar va milliy mentalitetni o‘rganish bilan ham
shug‘ullanadi. Ushbu maqolada lingvomadaniyatshunoslikning ilmiy fan sifatida
shakllanish tarixi va asosiy rivojlanish bosqichlari haqida batafsil so‘z yuritiladi.

“Lingvokulturologiya” atamasi birinchi bor 1996-yilda V.V. Vorobyov

tomonidan yozilgan “Lingvokulturologiyaning nazariy va amaliy jihatlari” nomli
doktorlik

dissertatsiyasida

qo‘llanilgan.

1997-yilda

esa

u

tomonidan

“Lingvokulturologiya: nazariya va metodlar” nomli o‘quv qo‘llanmasi nashr etilgan
[5,331].


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 268 ~

Tilshunoslikning yangi yo‘nalishi sifatida lingvokulturologiya rivojiga katta

hissa qo‘shgan olima V. N. Teliya bo‘lib, u til va madaniyatni o‘zaro bog‘liq holda,
ularning sinxroniy o‘zaro ta’siri doirasida chuqur tadqiq qilgan [6, 378].

Vilgelm Gumboldt ta’kidlaganidek, til insoniyat taraqqiyotidagi eng muhim

antropologik omildir: “Inson faqat til orqali fikrlaydi, his qiladi va yashaydi hamda
avvalo til orqali shakllanadi” [8]. Bu nuqtada tilshunoslikning natijalari va yutuqlari
falsafa, psixologiya, antropologiya, madaniyatshunoslik, etnolingvistika, hattoki
fiziologiya, biologiya kabi bir qator fanlar bilan uzviy bog‘liq holda rivojlanadi.

XX asrning oxirlarida Moskvada lingvomadaniyatshunoslikning 4 ta maktabi

vujudga keldi:

1)

Yu.S. Stepanov maktabi. Bu maktab metodologik jihatdan E.Benvenist

konseptsiyasiga mos kelib, maqsadi diaxron aspektda madaniyatning o`zgarmasligini
tavsiflashdir. Uning mundarijasini tasdiqlash uchun turli davrlarga oid matnlarni xolis
– tashqaridan turib tahlil qilish kerak [1].

2)

N.D.Arutyunova maktabi turli davr va turli xalqlarga oid bo`lgan matnlarda

uchrovchi madaniyatning universal terminlarini tadqiq etadi. Bu terminlar ham til
egasi sifatida emas, tashqi kuzatuvchi nigohi bilan izohlanadi [2].

3)

V.N. Teliya maktabi Rossiya va butun dunyo ilmida Frazeologizmlarni

lingvokulturologik analiz qilish Moskva maktabi nomi bilan mashhur. V.N. Teliya va
uning izdoshlari til borlig`ini jonli til egasi reflekslari orqali o`rganadilar, ya’ni
madaniy semantika bevosita til va madaniyatning subyekti nuqtai nazaridan tadqiq
etiladi. Bunday tadqiq usuli A.Vejbitskayaning qarashlariga mos keladi. Unda
so`zlovchining nutqiy faoliyati uning ruhiy holati taqlidi hisoblanadi.

4)

V.V. Vorobyov, V. M. Shakleyin va boshqa olimlar tomonidan Rossiya

Xalqlar Do‘stligi Universitetida tashkil etilgan lingvokulturologiya maktabi, E.M.
Vereshchagin va V.G. Kostomarovning konsepsiyasini davom ettirgan holda
rivojlantirilgan [4].

Lingvomadaniyatshunoslik bu nima degan savolga ba’zi tilshunoslar,

lingvomadaniyatshunoslik — etnolingvistikaning bir yo‘nalishi hisoblanadi desa
(V.N. Telia, S.G. Vorkachev, A.T. Xrolenko, A.E. Karlinskiy), boshqalarning fikriga
ko‘ra esa, bu fan lingvo-mamlakatshunoslikning tarkibiy qismi sanaladi (E.M.
Vereshchagin, V.G. Kostomarov, V.P. Oshchepkova) [4]. Yana bir guruh olimlar uni
madaniyatlararo kommunikatsiya nazariyasining bir bo‘lagi deb hisoblaydi (O.A.
Leontovich), ayrimlar esa uni etnopsixolingvistika bilan bog‘laydi (Yu.S. Sorokin,
V.P. Belyanin) [5].

A.A.

Leontyev,

N.I.

Tolstoy

va

A.T.

Xrolenkolarning

fikricha,

lingvomadaniyatshunoslik hali mustaqil fan sifatida to‘liq shakllanmagan.

Birinchi navbatda, lingvomadaniyatshunoslikning shakllanishidagi murakkablik

til va madaniyat kabi tushunchalarni talqin qilishdagi jiddiy qarama-qarshiliklar bilan


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 269 ~

bog‘liqdir. Madaniyatning 500 dan ortiq ta’riflari mavjud bo‘lib, til uchun ham
shunday ko‘p ta’riflar keltirilgan.

Ikkinchidan,

lingvomadaniyatshunoslikning

shakllanishidagi

murakkablik

shundaki, u vaqt jihatidan ikki katta paradigma — kommunikativ-pragmatik va
kognitiv-diskursiv

paradigmalarning

shakllanishi

bilan

to‘g‘ri

keladi.

Lingvomadaniyatshunoslik ushbu paradigmalarning yutuqlaridan foydalangan holda
juda tez rivojlandi. Lingvomadaniyatshunoslikning shakllanish jarayoni hali
tugamagan, hozirgi kunda tadqiqotning maqsadlari, obyekti va predmetini aniqlash,
shuningdek, o‘z metodlarini ishlab chiqish bo‘yicha izlanishlar davom etmoqda.

Lingvokulturologiya sohasiga XIX asrda Vilgelm Fon Gumboldt o‘zining

“Tilning tuzilishi va insoniyat ma’naviy rivojiga ta‘siri” kitobi bilan tamal toshini

qo‘ygan bo‘lib, til va millat xususiyatlarining munosabatlari haqida qayd etgan

edi.

Ayniqsa, uning “turli tillar, o‘z xususiyatlari, fikrlash va his-tuyg‘uga ta’siriga

ko`ra amalda turlicha dunyoqarashni ifodalaydi”, “tilning o‘ziga xos xususiyatlari
millatning o‘zligiga ta’sir qiladi, shuning uchun tilni chuqur o‘rganish tarix va falsafa
insonning ichki dunyosi bilan bog‘lab tushuntiradigan barcha narsani qamrab olishi
kerak” kabi fikrlari keng tarqalgan.

Yu.S. Stepanov “Konstantlar: Rus madaniyati lug‘ati” asarini yaratib, rus tilida

faol qo‘llaniladigan va ushbu til egalarining dunyoqarashida muhim o‘rin tutadigan
konseptlarni jamlagan hamda ular haqida batafsil ma’lumot bergan [12]. Ushbu
kitobda muallif rus madaniyatining o‘ziga xos belgilarini aniqlab, ularning tarixiy
shakllanishi, lingvistik xususiyatlari va jamiyatdagi roli haqida keng izoh beradi.
Shuningdek, u madaniy konstantalar tushunchasini asoslab, ularning vaqt o‘tishi bilan
qanday saqlanib qolishi yoki o‘zgarishini ko‘rsatib beradi. Stepanovning yondashuvi
tilshunoslik, semiotika va madaniyatshunoslik nuqtai nazaridan qimmatli bo‘lib, rus
tilining chuqur qatlamlarini tushunishga yordam beradi.

N.D. Arutyunovaning “Til va inson olami” tadqiqoti turli davrlar va turli xalqlar

madaniyatiga tegishli universal terminlarni o‘rganishga bag‘ishlangan.

Lingvomadaniyatshunoslik, tilshunoslik va madaniyatshunoslikning o‘zaro

chambarchas bog‘liqligini namoyon etadi. Bu ilmiy soha, tilni faqat aloqa vositasi
sifatida emas, balki xalqning tafakkuri va dunyoqarashini shakllantiruvchi omil
sifatida ko‘radi. Lingvokulturologiya va uning turli maktablari til va madaniyatning
o‘zaro aloqalarini yanada chuqurroq o‘rganish imkonini yaratadi.

Lingvomadaniyatshunoslik — til va madaniyatning o‘zaro ta’sirini, ular

orasidagi bog‘liqlikni o‘rganadigan ilmiy soha sifatida o‘zining ahamiyatini kundan-
kunga oshirib bormoqda. Til orqali madaniy qadriyatlar va milliy xususiyatlar
namoyon bo‘lib, bu fan faqat tilning nutqdagi o‘rnini emas, balki tilning xalqlar
tafakkuri va dunyoqarashiga qanday ta’sir ko‘rsatishini ham o‘rganadi.


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 270 ~

Lingvomadaniyatshunoslikning shakllanishi va rivojlanishi XX asrning ikkinchi
yarmida o‘zining alohida yo‘nalishini topdi, bu jarayonning muhim bosqichlari
Gumboldt, Stepanov, Arutyunova va Teliya kabi olimlarning ilmiy merosi bilan
bog‘liqdir.

Shunday qilib, lingvomadaniyatshunoslik til va madaniyatni o‘rganishda yangi

yondashuvlar va metodlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu fan
nafaqat tilshunoslik, balki barcha madaniyatlarni o‘rganishga bo‘lgan yangi va keng
qamrovli yondashuvni taqdim etadi.

Adabiyotlar ro‘yhati:

1.

Арутюнова Н.Д., Язык и мир человека. –М.: «Языки русской

культуры», 1999.

2.

Арутюнова Н.Д., Язык и мир человека. –Москва, 1999.

3.

В. Гумбольдт, Избранные труды по языкознанию (пер. Г.В.

Рамишвили). –Москва, 1984.

4.

Верещагин Е.М., Костомаров В.Г., Лингвострановедческая теория

слова. –Москва, 1980.

5.

Воробьёв В. В. Лингвокультурология. Теория и методы. М: РУДН,

1997.

6.

Ильинична П.В., Наука о языке ХХ-XXI в.в. и ее творческие лики.

из жизни сектора общего языкознания: т.в. Булыгина, Ю.С. Степанов, В.Н.
Телия. Вопросы психолингвистики. ISSN 2077-5911. –Москва, 2020.

7.

Красных В.В., Этнопсихолингвистика и лингвокультурология. –

Москва, 2002.

8.

Левиной М.И., Гулыга О.А., Михайлова А.В., Старостина С.А.,

Журинской М.А., Язык и философия. –Москва, 1985.

9.

Леонтович О.А., Введение в межкультурную коммуникацию. –М.:

Гнозис, 2007.

10.

Малхазова М.И., Лингвокультурология как самостоятельное

направление лингвистики. – Москва, 2015.

11.

Маслова В.В., Лингвокультурология. –Москва, 2001.

12.

Степанов Ю.С. Константы: словарь русской культуры. –Москва:

Акад. проект, 2001.

13.

Хроленко А.Т., Основы лингвокультурологии. –М.: Флинта: Наука,

2009.

14.

https://uz.wikipedia.org/wiki/

15.

https://www.researchgate.net/publication/377579727_Lingvomadaniyats

hunoslik

Библиографические ссылки

Арутюнова Н.Д., Язык и мир человека. –М.: «Языки русской культуры», 1999.

Арутюнова Н.Д., Язык и мир человека. –Москва, 1999.

В. Гумбольдт, Избранные труды по языкознанию (пер. Г.В. Рамишвили). –Москва, 1984.

Верещагин Е.М., Костомаров В.Г., Лингвострановедческая теория слова. –Москва, 1980.

Воробьёв В. В. Лингвокультурология. Теория и методы. М: РУДН, 1997.

Ильинична П.В., Наука о языке ХХ-XXI в.в. и ее творческие лики. из жизни сектора общего языкознания: т.в. Булыгина, Ю.С. Степанов, В.Н. Телия. Вопросы психолингвистики. ISSN 2077-5911. –Москва, 2020.

Красных В.В., Этнопсихолингвистика и лингвокультурология. –Москва, 2002.

Левиной М.И., Гулыга О.А., Михайлова А.В., Старостина С.А., Журинской М.А., Язык и философия. –Москва, 1985.

Леонтович О.А., Введение в межкультурную коммуникацию. –М.: Гнозис, 2007.

Малхазова М.И., Лингвокультурология как самостоятельное направление лингвистики. – Москва, 2015.

Маслова В.В., Лингвокультурология. –Москва, 2001.

Степанов Ю.С. Константы: словарь русской культуры. –Москва: Акад. проект, 2001.

Хроленко А.Т., Основы лингвокультурологии. –М.: Флинта: Наука, 2009.