Авторы

  • Дилноза Холикова
    O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti
  • Ирода Рискибоева
    O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.98986

Ключевые слова:

neologizmlar shaklning neologizmlari semantik neologizmlar funktsional neologizmlar ijtimoiy neologizmlar texnologik neologizmlar texnologik taraqqiyot globalizatsiya.

Аннотация

Ushbu ilmiy ishda neologizmlar, ya’ni yangi paydo bo‘lgan so‘zlar yoki yangi ma’no kasb etgan iboralarning kelib chiqishi, shakllanish jarayoni va jamiyat hayotidagi o‘rni tahlil qilinadi. Globalizatsiya, texnologik taraqqiyot va madaniy aloqalarning kuchayishi natijasida lug‘at tarkibiga tez-tez yangi so‘zlar kirib kelmoqda. Tadqiqotda neologizmlarning tilga va jamiyatga ta’siri, ularning rasmiy va norasmiy nutqda qo‘llanilishi, shuningdek, yoshlar orasida keng tarqalishi o‘rganiladi. Neologizmlarning turlari va kelib chiqish sabablari haqida ma’lumotlar beriladi.


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 278 ~

NEOLOGIZMLAR VA ULARNING JAMIYATDAGI O‘RNI

Xoliqova Dilnoza

Risqiboyeva Iroda Shavkat qizi

O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti

irodarisqiboyeva941@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu ilmiy ishda neologizmlar, ya’ni yangi paydo bo‘lgan

so‘zlar yoki yangi ma’no kasb etgan iboralarning kelib chiqishi, shakllanish jarayoni
va jamiyat hayotidagi o‘rni tahlil qilinadi. Globalizatsiya, texnologik taraqqiyot va
madaniy aloqalarning kuchayishi natijasida lug‘at tarkibiga tez-tez yangi so‘zlar kirib
kelmoqda. Tadqiqotda neologizmlarning tilga va jamiyatga ta’siri, ularning rasmiy va
norasmiy nutqda qo‘llanilishi, shuningdek, yoshlar orasida keng tarqalishi
o‘rganiladi. Neologizmlarning turlari va kelib chiqish sabablari haqida ma’lumotlar
beriladi.

Kalit so‘zlar:

neologizmlar, shaklning neologizmlari, semantik neologizmlar,

funktsional neologizmlar, ijtimoiy neologizmlar,texnologik neologizmlar, texnologik
taraqqiyot, globalizatsiya.


Kirish

Zamonaviy dunyo keskin o‘zgarishlar davrini boshdan kechirmoqda. Ilm-fan,

texnologiya, axborot vositalari va global ijtimoiy tarmoqlarning taraqqiyoti natijasida
har bir tilga yangi tushuncha va hodisalarni ifodalovchi yangi so‘zlar — neologizmlar
kirib kelmoqda. O‘zbek tili ham bu jarayondan chetda qolmagan. Neologizmlar tilni
boyitadi, unga yangi ma’no va ifoda imkoniyatlarini qo‘shadi, ammo shu bilan birga,
ba’zan til madaniyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatish ehtimoli ham mavjud. Ushbu
maqolada neologizmlarning xususiyatlari, ularning yaratilish manbalari va
jamiyatdagi o‘rni tahlil qilinadi.

Neologizmlar (yun. neos — yangi, logos — soʻz) - jamiyat taraqqiyoti,

hayotning talab-ehtiyoji bilan paydo boʻlgan yangi narsa va tushunchalarni
ifodalovchi so‘zlar. Neologizmlarning yangiligi dastlab paydo boʻlgan vaqtlardagina
sezilib turadi: vaqt oʻtgach, ular "yangilik" xususiyatini yoʻqotib, odatda, faol soʻzlar
qatoriga oʻtadi. Masalan,o‘zbek tili uchun bir qancha yil davomida yangi hisoblangan
marketing,reyting soʻzlari hozirgi kunda umumisteʼmoldagi soʻzlarga aylanmoqda.
Tildagi umumiy neologizmlar bilan bir qatorda individual,uslubiy neologizmlar ham
mavjud. Bunday neologizmlar mualliflar tomonidan maʼlum bir kontekstda uslubiy
talab asosida yaratiladi.

Neologizmlar ilmiy asarlarda shu uslubga xos termin sifatida atash (nominativ)

vazifasini bajaradi. Badiiy asarlarda, odatda, uslubiy vazifani bajaradi.


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 279 ~

Neologizmlarning paydo boʻlish yoʻllari xilma-xil boʻlib, ular tilning mavjud
lugʻaviy tarkibi va grammatik qonun-qoidalari asosida yangi soʻz yasash yoʻli,
shuningdek, mavjud soʻzning lugʻaviy maʼnolaridan birini yangi maʼnoda qoʻllash
yoʻli bilan va boshqa tildan soʻz qabul qilish orqali hosil qilinadi.

29

Neologizmlarning tilga kirib kelishiga bir qancha sabablar bor. Ular ko‘pincha

texnologik, madaniy, siyosiy va ijtimoiy hayotdagi yangiliklarni ifodalash zaruratidan
kelib chiqadi. Leksikologiyada neologizmlar tilning tabiiy rivoji sifatida baholanadi
va ular til boyligining kengayishida muhim o‘rin tutadi.

Evolyutsion taraqqiyot bir joyda turmaydi va har bir mamlakatda yangi narsalar

va tushunchalar, kasblar, texnik moslashuvlar va madaniy hodisalar doimo paydo
bo'lib turadi. Leksik neologizmlar shunday paydo bo'ladi. Birlashtiriladigan
neologizmlar so'zlarning bir-biri bilan aloqasi g'ayrioddiy bo'lgan iboralar deb ataladi.
Notanish ma'no so'zning eski shakliga bog'langanda, ular semantik neologizm haqida
gapirishadi. Lingvistik tillardan tashqari, til muntazam ravishda mualliflik yoki
individual

neologizmlar

bilan

yangilanadi.

Bunday

lingvistik

yangi

shakllanishlarning muhim xususiyati shundaki, ularning o'ziga xosligi vaqt o'tishi
bilan o'chib ketmaydi. Neologizmlarning tilda paydo bo'lishining bir necha
algoritmlari mavjud: 1) morfemalardan yangi shakllanishlarning paydo bo'lishi
bo'lgan so'z hosil qilish usuli tilda samarali modellarga muvofiq mavjud bo'lgan; 2)
allaqachon mavjud bo'lgan so'zda ikkilamchi ma'no hosil bo'lishini anglatuvchi
semantik lotin usuli; 3) chet el so'zlarini qarzga olish; 4) tilga mahalliy, dialektik va
jargon iboralarini kiritish orqali. Neologizmlarni okzionalizm bilan aralashtirmang.
Occasionalizm - og'zaki muloqotning maxsus sharoitlarida shakllangan so'z. Bu
ko'pincha lingvistik me'yorga zid keladi va nutqda til o'yini orqali paydo bo'ladi.
Shunday qilib, tilda neologizmlarning paydo bo'lishi uning tabiiy rivojlanishi va
kengayishi uchun zaruriy shartdir.

30

Neologizmlarning asosiy vazifalari:
1. Yangi tushunchalarni ifodalash:
Texnika, ilm-fan, internet, moda kabi sohalar doimiy ravishda rivojlanmoqda.

Bu sohalarda paydo bo‘layotgan yangiliklar uchun yangi so‘zlar kerak bo‘ladi.
Masalan: smartfon, chatbot, bloger, sun’iy intellekt.

2. Tilning rivojlanishi va boyishi:
Neologizmlar til lug‘atini kengaytiradi. Bu esa tilning yanada ifodali, boy va

zamonaviy bo‘lishiga xizmat qiladi.

3. Jamiyatdagi o‘zgarishlarning aks etishi:

29

https://uz.wikipedia.org/wiki/Neologizmlar#

30

https://uz.scienceforming.com/10584853-what-is-a-neologism


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 280 ~

Har bir yangi so‘z muayyan davr va jamiyatdagi ehtiyojlar, hodisalar bilan

bog‘liq bo‘ladi. Masalan, ekologik muammolar ortidan “ekobog‘”, “karbonsiz
energiya” kabi so‘zlar paydo bo‘lmoqda.

4. Madaniy tafakkurni shakllantirish:
Neologizmlar orqali insonlar yangi g‘oyalarni qabul qiladi, zamon bilan

hamnafas bo‘ladi. Ular yoshlar tili, reklama, internet va ommaviy axborot
vositalarida keng qo‘llaniladi.

5. Globalizatsiya ta’sirini ko‘rsatadi:
Chet tillaridan kirib kelayotgan neologizmlar (masalan, zoom, streaming,

influencer) global madaniyatning mahalliy tillarga qanday ta’sir ko‘rsatayotganini
ko‘rsatadi.

Neologizmlarning turlari mavjud bo‘lib: 1) Shaklning neologizmlari. Ushbu

turdagi neologizm so‘zlarning yoki tilda mavjud bo‘lgan so‘zlarning morfologik
o‘zgarishidan kelib chiqadi. Misol: fotojurnalistika, ijtimoiy nasroniy, liberal
demokrat yoki popemobil. 2) Semantik neologizmlar. Bunday holda, u allaqachon
tilning bir qismi bo‘lsa-da, boshqa sohalarning elementlari yoki jihatlarini belgilash
uchun boshqa ma’no yoki ma’noda bir xil tilda olingan so‘zlarni nazarda tutadi.
Misol: qidiruv tizimi, virusli, parket yoki virus. 3) Funktsional neologizmlar.
Neologizmlarning bu tasnifi tilga so‘zlarni qo‘shish zarurati bilan bog‘liq, chunki
ma’lum bir ob’ekt yoki vaziyatni belgilashning boshqa usuli yo‘q. Chet el so‘zlari
ushbu tasnifga kiradi. Umuman olganda, ushbu turdagi atamalar aloqa yanada
dinamik bo‘lishiga imkon beradi. Misol: kilo, jirafa, tırtıl yoki yong‘inga qarshi. 4)
Ijtimoiy neologizmlar. Ushbu so‘zlar jamiyatga, insonning axloqiy va madaniy
harakatlariga bog‘liq ba’zi jihatlarni tavsiflovchi yoki belgilaydigan barcha so‘zlar
bilan bog‘liq. Misol: qo‘mita, ish tashlash, yig‘ilish yoki jamoaviy bitim. 5)
Texnologik neologizmlar. Ushbu turdagi neologizm ba’zi so‘zlar texnologiya va fan
sohalarida yuzaga keladigan burilishlar bilan bog‘liq. Ular deyarli har doim boshqa
tillardan keladi, masalan, ispancha ingliz tilidan. Ushbu tasnif bugungi kunda eng
ko‘p ishlatiladiganlardan biridir. Misol: skaner, server, selfi yoki kibermakon. 6)
Stilistik neologizmlar. Stilistik neologizmlar - bu odatda ishlatiladigan so‘zlarga
nisbatan ifoda yoki atamaga nisbatan sezgir va ijobiy ohang berish uchun
qo‘llaniladigan so‘zlar. Aks holda, ular narsalar idrokini o‘zgartirish uchun
mo‘ljallangan so‘zlardir. Misol: marhum, qorong‘i, ko‘r yoki konsert.

31

Yaqin yillarda tilimizda faol foydalanilayotgan yangi so‘z va so‘z birikmalarini

quyidagicha mavzuiy guruhlarga ajratish mumkin:

1. Ta’limga oid neologizmlar: tyutor, volontyor, o‘quv-trening, submadaniyat,

slayd, monomarkaz, videodars, vebinar, karyera, portfolio, sertifikat, attestatsiya,

31

https://scientists.uz/view.php?id=365


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 281 ~

master klass, mental arifmetika, interfaol mashg‘ulot, klaster, videokonferensiya,
trafaret, tipografiya, printer, skaner, kserokopiya, kanstovar, pereplyot, qabul kvotasi

2. Tibbiyot va davolash sohasiga doir: koronavirus, diagnostika, UZI,

endokrinolog, psixolog, motivatsiya, psixoterapiya, neyrolog, pulmonolog, dietolog,
klinik ordinator, bahilla.

3. Oziq-ovqat va ichimlik nomlarini bildiruvchi neologizmlar: fast fud, burger,

chizburger, sendvich, gamburger, doner, lavash, kefsi, moxito, master food, chips,
mango, kokos, avocado, popkorn, steyk, yogurt, ketchup, bento tort, beze.

4. Mobil qurilma va ijtimoiy tarmoqqa oid neologizmlar: android, smartfon,

bulutuz, vayfay, sensor, gadjet, ayfon, netbuk, airpod, akkaunt, profil, instagram,
telegram, ssilka, blog, admin, messenjer, ovozliqo‘ng‘iroq, videoqo‘ng‘roq, feysbuk,
zoom, imo.

5. Maishiy texnikaga oid neologizmlar: multivarka, mikroto‘lqinli pech, toster,

barbekyu, blender, chopper, havo tozalagich, tefal, mikser.

6. Kiyim-kechak va pardozga oid so‘zlar: jilet, amerikanka, svitshot, bodi kiyim,

korset, tunuka, bluzka, bomber, lofer, kardigan, surtuk, keda, mokasina, klatch,
kosmetolog, kosmetichka, fen, gofre-ployka, piling, rastushovka, tatuaj, shellak,
keratin, boteks.

7. Bank-moliya sohasiga oid neologizmlar: subsidiya, kredit kartochka, kliring,

imtiyozli kredit, markirovka, aviso, treyder, embargo, lizing.

8. Soliq va pul sohasiga oid neologizmlar: klik, uzcard, humo, mastercard,

bankomat, terminal, keshbek, paynet, plastik karta, kriptovalyuta, elektron to‘lov,
to‘lov shaxobchasi, plastik karta.

9. Bozor iqtisodiyoti va savdo-sotiqqa oid neologizmlar: investitsiya, biznes,

tadbirkor, investor, diler, makler, demping, marketing, biznes ledy, korzinka,
supermarket, mini market, mega market, shopping, onlayn savdo.

10. Turizm sohasiga oid neologizmlar: hotel, hostel, turist, lokatsiya,

gastronomiya, tur, gid, turoperator, resepshin, viza, grinkard, aviakompaniya,
veloturist, ekotur, furshet.

11. San’at va OAV sohasiga oid neologizmlar: kover, soundrakt, karoke, battle,

kasting, shoubiznes, prognoz, garant, instabloger, mass-media, anons, intervyu,
ssenarist, prodyuser, jurnalist, grafist, koperayter, studiya, montaj ustasi, kinotavsiya,
instabloger, xeshteg, layfhak, prank. 12. Sport leksikasiga oid neologizmlar:
kibersport, para sport, street workout, pleysteyshin, fristayl, skuter, kikboksing,
skeytbord, vaterpolo.

13. Siyosiy faoliyaga oid neologizmlar: vakolatxona, prezident portali,

ombudsman, agentlik, xalq qabulxonasi.

14. Xalqaro munosabatlarga oid neologizmlar: denonsatsiya, xalqaro loyiha,

sanksiya, konsullik, memorandum, debat, sammit.


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 282 ~

15.

Huquq-qonunchilikka

oid

neologizmlar:

konsepsiya,

abonement,

eksekvatura, plebissit, agitatsiya, rezolyutsiya, reglament kabilar.

16. O‘rin-joy nomlarini bildiruvchi neologizmlar: karaoke, biznes markaz,

yoshlar markazi, yagona darcha, xalq qabulxonasi, kottej, kollej, litsey.

17. Fan va ta’limiy yo‘nalish nomlari: kompyuter lingvistikasi, dasturlash

asoslari, mental arifmetika, marketing, psixolingvistika, yurisprudensiya, biznes-
tahlil, ekonometrika, menejment, raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellet, tarjima
nazariyasi, defektologiya, kiberxavfsizlik, injiniringi, ftiziatriya, pulmonologiya,
immunologiya, allergologiya, kompyuter muhandisligi.

18. Transportga oid: tuning, tuning house, avto kredit, ekektromobil,

metropolitan, transport infratuzilmasi, elektropoyezd, radar,park.

32

Shu va shunga o‘xshash bir qancha so‘zlar allaqachon ommalashgan va yoshlar

orasida

faol

qo‘llanilmoqda.Ammo

neologizmlardan

noto‘g‘ri

o‘rinlarda

foydalanishning bir qancha nojo‘ya oqibatlari bor:

Neologizmlardan noto‘g‘ri foydalanish bir nechta salbiy oqibatlarga olib kelishi

mumkin. Quyida ular haqida qisqacha ma’lumot beraman:

1. Ma’no noaniqligi – Neologizmlar hali keng omma tomonidan to‘liq

tushunilmagan bo‘lishi mumkin. Agar ular noto‘g‘ri yoki o‘rinsiz ishlatilsa, matn
yoki nutq tushunarsiz bo‘lib qoladi.

2. Madaniy va til me’yorlarining buzilishi – Har qanday yangi so‘z tilda

muayyan qoidalar asosida paydo bo‘lishi kerak. Noto‘g‘ri ishlatilgan neologizmlar
tilning me’yoriy rivojlanishiga xalaqit beradi.

3. Ijodiy ifodaning yo‘qolishi – O‘rinsiz neologizmlar original bo‘lish o‘rniga

sun’iy va haddan tashqari to‘qima bo‘lib tuyuladi, bu esa matnning badiiy qiymatini
tushiradi.

4. Tinglovchi yoki o‘quvchi bilan aloqa uzilishi – Agar auditoriya yangi so‘zni

tushunmasa yoki noto‘g‘ri tushunsa, asosiy g‘oya yetib bormaydi.

5. Rasmiy hujjatlarda va ilmiy matnlarda ishonchlilik pasayishi – Noto‘g‘ri

qo‘llangan neologizmlar matnning ilmiy yoki rasmiy og‘irligini kamaytiradi, bu esa
uning jiddiy qabul qilinishiga to‘sqinlik qiladi.

Xulosa

Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki,neologizmlar – bu tilning tirik va

harakatchan ekanligining isbotidir. Ular jamiyatdagi yangiliklarni aks ettirib, odamlar
o‘rtasida

zamonaviy

aloqa

vositasi

sifatida

xizmat

qiladi.Shuningdek,neologizmlardan

to‘g‘ri

foydalanish

tilni

zamonaviylashtirishsa,noto‘g‘ri

ishlatilgan

neologizmlar

tilning

me’yoriy

rivojlanishiga xalaqit beradi.

32

file:///C:/Users/A/Downloads/Saidova++Xurshida+++Faxriddin+qizi.pdf


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 283 ~

Foydalanilgan manbalar:

1.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Neologizmlar#

2.

https://scientists.uz/view.php?id=365

3.

https://uz.scienceforming.com/10584853-what-is-a-neologism

4.

file:///C:/Users/A/Downloads/Saidova++Xurshida+++Faxriddin+qizi.pdf

5. D.M.Kholikova. The notion of internationalisms and interlingua//

Образование и наука в ХХI веке. – Россия, 2021. - S. 1194-1198.

Библиографические ссылки

file:///C:/Users/A/Downloads/Saidova++Xurshida+++Faxriddin+qizi.pdf

D.M.Kholikova. The notion of internationalisms and interlingua// Образование и наука в ХХI веке. – Россия, 2021. - S. 1194-1198.