“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 332 ~
TIL O‘RGANISHDA MOTIVATSIYA VA ICHKI ISHONCHNING
AHAMIYATI
Shomurodova Nilufar Sherzod qizi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
xorijiy til va adabiyoti fakulteti ingliz tili yo‘nalishi 1-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada til o‘rganish jarayonida motivatsiya va ichki
ishonchning o‘rni, vazifasi va ularning samaradorlikka erishishga bo‘lgan ta’siri tahlil
qilinadi. Shuningdek, til o‘rganuvchilarda motivatsiyani oshirish va ichki ishonchni
shakllantirish usullari ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘z va iboralar:
motivatsiya
,
ichki ishonch, shaxsiy rivojlanish, til
o‘rganish, aniq maqsad qo‘yish, o‘z-o‘zini tahlil qilish, til o‘rganish strategiyalari,
psixologik omillar.
Bugungi global jamiyatda nafaqat shaxsiy rivijlanish, balki professional
muvaffaqiyatga erishish uchun ham chet tilini bilish muhim o‘rin egallamoqda. Til
o‘rganish biroz murakkab va ko‘p vaqt talab qiladigan jarayon hisoblanib, bunda
motivatsiya va ichki ishonch hal qiluvchi omillar sifatida namoyon bo‘ladi.
Motivatsiyaning roli.
Motivatsiya – bu insonni ma’lum bir belgilangan maqsad sari intilishga majbur
qiladigan ichki kuchdir. Til o‘rganishda motivatsiya ikki turda ayon bo‘ladi:
1.Ichki motivatsiya – til o‘rganishga bo‘lgan ichki ishtiyoq va zavq.
2.Tashqi motivatsiya – moddiy mukofot, ijtimoiy maqom yoki jamiyatdagi
mavqe kabi tashqi omillar bilan bog‘liq bo‘lgan rag‘bat.
Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, ichki motivatsiyasi yuqori bo‘lgan til
o‘rganuvchilar yangi tilni o‘zlashtirishda ko‘proq muvaffaqiyatga erishadilar, chunki
ular o‘zlarida tilni o‘rganishda ma’no va ahamiyat yaratadilar.
Ichki ishonch va uning ahamiyati.
Ichki ishonch – bu insonning o‘z qobiliyatiga chin dildan ishonishi va o‘z oldiga
qo‘ygan maqsadlari tomon olg‘a qadam bosishidir. Til o‘rganuvchilar uchun ichki
ishonch quyidagilarni ta‘minlaydi:
•
Xatolardan qo‘rqmay o‘z fikrini erkin ifoda eta olish.
•
O‘z o‘zini tahlil qilish va rivojlanishga intilish.
•
Mustaqil ravishda izlanish va yangi yondashuvlarni sinab ko‘rish.
O‘z imkoniyatiga shubha bilan qaraydigan va o‘ziga bo‘lgan ishonchi sust
o‘quvchilar aksar hollarda til o‘rganishni erta tark etishadi va natijada
muvaffaqiyatlarini e’tiborsiz qoldiradilar.
“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 333 ~
Motivatsiya va ichki ishonchni oshirish strategiyalari.
1.
Aniq va kichik maqsadlar qo‘yish – har kuni kamida 10 ta yangi so‘z
o‘rganish va ularni muloqotda qo‘llashga harakat qilish.
2.
Qiziqarli materiallardan foydalanish – o‘rganayotgan tilda multfilm,
kinolar ko‘rish va musiqa, podcastlar eshitish hamda do‘stlar bilan chet tilida suhbat
qilib amalda qo‘llash orqali bilimni mustahkamlash.
3.
Xatolarni tabiiy jarayon sifatida qabul qilish va ijobiy fikrlashni
rivojlantirish – agar o‘quvchi biror bir xato qilsa, uni ijobiy qabul qilish va,, Bu men
uchun o‘rganish imkoniyati! ‘‘– deb o‘zini ruhlantirish va har bir mashg‘ulotdan
keyin o‘z-o‘ziga ,,Bugun men nimani o‘rgandim? ‘‘– deb savol berish orqali ijobiy
javob yozib qo‘yish.
4.
Yutuqlarni nishonlash – til o‘rganishda bir bosqichni tugatgandan
so‘ng, o‘zini kichik mukofotlar bilan hursand qilish (masalan, sevimli shirinligini
yeyish yoki ochiq havoda sayr qilish).
Motivatsiya va ichki ishonch bir-biriga o‘zaro chambarchas bog‘liq: motivatsiya
kuchaysa – o‘ziga ishonch oshadi, ishonch ortsa – harakat kuchayadi. Shunday ekan,
til o‘rganishda bu ikki psixologik omilni birgalikda rivojlantirish maqsadga
muvofiqdir.
Xulosa sifatida shuni takidlashimiz mumkinki, til o‘rganish nafaqat bilim, balki
sabr, iroda, ishonch va ichki turtkini talab qiladigan jarayondir. Motivatsiya til
o‘rganishga undasa, ichki ishonch bu yo‘lni bosib o‘tishga yordam beradi. Shu
sababli, chet tilini o‘zlashtirish jarayonida motivatsiya va ichki ishonch bir-birini
to‘ldiruvchi va mustahkamlovchi omillar hisoblanadi. O‘quvchilarda ichki
motivatsiyani va o‘ziga ishonchni hosil qilish til o‘rganishdagi muvaffaqiyatni
sezilarli darajada ta’minlaydi. Shuning uchun o‘rganuvchilar ushbu psixologik
jarayonlarga alohida e’tibor qaratishlari zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.Bandura, A. Self-efficacy: The Exercise of Control. Freeman. (1997).
2.Dörnyei, Z. Motivational Strategies in the Language Classroom. Cambridge
University Press. (2001).
3.Gardner, R.C. Social Psychology and Second Language Learning: The Role of
Attitudes and Motivation. Edward Arnold. (1985).
