Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
9(67)
~ 37 ~
OILAVIY NIZOLARNI HAL QILISHDA MEDIATSIYANING
O‘RNI
Anvarova Azizabonu Anvar qizi
Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti
anvarovaazizabonu003@gmail.com
Annotatsiya:
Mediatsiya tushunchasi, lotincha
“mediare”
so‘zidan
olingan
bo‘lib,
“vositachilik
qilish”
degan
ma’noni
anglatadi. Oilaviy nizolarni hal qilish
mas’uliyatli
vazifa hisoblanadi, shuning uchun
ko‘pgina
xorijiy mamlakatlarda
mediatorga kasbiy malaka, oilaviy mediatsiya sohasida
qo‘shimcha
maxsus
tayyorgarlik, yosh va amaliy tajribaga oid maxsus talablar mavjud. Aksariyat xorijiy
mamlakatlarda oilaviy nizolarni sudga nisbatan mediatsiya orqali hal etish rivojlangan
va uning
ko‘rsatkichi
ancha yuqori. Ushbu maqolada mediatsiya hamda oilaviy
nizolarni hal qilishda mediatsiyaning
o‘rni,shu
bilan bir qatorda, uning muammolari
yoritilib, ushbu muammolar yuzasidan amaliy takliflar beriladi va xorijiy davlatlarda
mediatsiyasining
o‘rni
tahlil qilinadi.
Kalit
so‘zlar:
mediatsiya,oilaviy nizo,jamiyat,huquq,nizolarni muqobil hal
qilish,vositachilik,sud,kelishuv,mediator
Аннотация:
Понятие
медиация
происходит
от
латинского
слова
«
mediare
»,
что
означает
«посредничать».
Разрешение
семейных
споров
–
ответственная
задача,
поэтому
во
многих
зарубежных
странах
к
медиаторам
предъявляются
особые
требования
к
профессиональной
квалификации,
дополнительной
специальной
подготовке
в
области
семейной
медиации,
возрасту
и
практическому
опыту.
В
большинстве
зарубежных
стран
разрешение
семейных
споров
посредством
медиации
развито
и
его
уровень
достаточно
высок.
В
данной
статье
освещена
роль
медиации
в
разрешении
семейных
споров,
а
также
ее
проблемы,
даны
практические
предложения
относительно
этих
проблем,
а
также
проанализирована
роль
медиации
в
зарубежных
странах.
Ключевые
слова:
медиация,
семейный
спор,
общество,
закон,
альтернативное
разрешение
спора,
медиация,
суд,
соглашение,
медиатор.
Abstract:
The concept of mediation is derived from the Latin word "mediare",
which means "to mediate". Resolving family disputes is a responsible task, therefore,
in many foreign countries, mediators have special requirements for professional
qualifications, additional special training in the field of family mediation, age and
practical experience. In most foreign countries, the resolution of family disputes
through mediation is developed and its rate is quite high. In this article, the role of
mediation in solving family disputes, as well as its problems, are highlighted, practical
suggestions are given regarding these problems, and the role of mediation in foreign
countries is analyzed.
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
9(67)
~ 38 ~
Key words:
mediation, family dispute, society, law, alternative dispute
resolution, mediation, court, agreement, mediator
KIRISH
Ma’lumki,
oila jamiyatning asosiy
bo‘g‘ini
bo‘lib,
har bir oilada kelib
chiqayotgan nizolar nafaqat
o‘sha
oilaning
o‘z
a’zolariga,
balki butun bir jamiyatning
umumiy barqarorligi va tinchligiga ham salbiy
ta’sirini
ko‘rsatadi.
Aynan shu sababli
ham, oilaviy nizolarni hal qilishda va nizolar sodir
bo‘lishini
oldini olishda samarali
usullarni amalda joriy etish va uning ijrosini
ta’minlash
bugungi kundagi eng dolzarb
masalalardan biriga aylangani xato emas. Chunki har bir oilada sodir
bo‘layotgan
nizolar oila
a’zolar
o‘rtasidagi
munosabatlarni buzadi, ayniqsa, bolalar ruhiyatiga
salbiy
ta’sir
qilib, oiladagi birdamlik,tinchlik va barqarorlikni zaiflashtiradi. Oilaviy
nizolarni sud orqali hal qilish ortiqcha ovoragarchilik,
ko‘p
vaqt va resurs talab qiladi.
Bundan tashqari, sud jarayonlari taraflarning kelgusidagi munosabatlariga zarar
yetkazishi mumkin. Chunki sudda
mag‘lub
bo‘lgan
taraf sud xarajatlarini barchasini
to‘laydi,
shuningdek, hal qiluv qarori ustidan norozi
bo‘lgan
taqdirda apellatsiya
shikoyati berish uchun davlat boji
to‘laydi,
bu jarayonlar
ko‘p
vaqt talab qiladi.
Shuning uchun ham nizolarni muqobil hal qilish mexanizmlari, ayniqsa, mediatsiya
kundan kunda ommalashib bormoqda. Mediatsiya taraflarning
o‘zaro
kelishuvi
bo‘lib,nizolarni
tinch
yo‘l
bilan hal qilish, taraflar
o‘rtasidagi
barqaror munosabatlarni,
oiladagi tinchlikni va ijtimoiy muhitni saqlab qolishda ijobiy
ta’sir
ko‘rsatadi.
O‘zbekiston
Respublikasida 2018-yilning 12-iyunida
“Mediatsiya
to‘g‘risida”gi
qonun qabul qilindi, 28-iyunida Senat tomonidan
ma’qullangan
va 2019-yilning 1-
yanvaridan kuchga kirgan. Qonunni qabul qilishdan maqsad - mediatsiya sohasidagi
munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD
BMT ustavining 33-moddasida mediatsiya (vositachilik) nizolarni hal etish
vositasi sifatida tan olingan. Mediatsiya- kelib chiqqan nizoni taraflar
o‘zaro
maqbul
qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator
ko‘magida
hal
qilish usuli hisoblanadi. Mediatsiya maxfiylik, ixtiyoriylik, taraflarning hamkorligi va
teng huquqliligi, mediatorning mustaqilligi va xolisligi prinsiplari asosida amalga
oshiriladi.
Mediatsiyaning maqsadi
–
nizolashuvchi taraflarning nizolarini mustaqil,
o‘zaro
foydali shartlar asosida hal etish imkoniyatini topishga
ko‘maklashishdan
iborat
bo‘lib,
uning asosiy tamoyillariga ixtiyoriylik, taraflarning tengligi, betaraflik, mediatorning
xolisligi, maxfiylik kabilar kiradi. Mediatsiya jarayon muzokaralardan iborat
bo‘lib,
uning muvaffaqiyati nafaqat taraflarning kelishmovchiliklarini hal etishga
bo‘lgan
irodasi va intilishi, balki mediatorning tajribasi va mahoratiga ham
bog‘liqdir.
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
9(67)
~ 39 ~
Ushbu maqolada mediatsiyaning oilaviy nizolarni hal qilishdagi ahamiyati tahlil
qilindi va kamchiliklar
o‘rganildi.
Buning uchun quyidagi usullar
qo‘llanildi.
Buning
uchun mediatsiyaning nazariy asoslari va uning huquqiy jihatlari
bo‘yicha
ilmiy
maqolalar, tezislar,
o‘quv
qo‘llanmalari,
darsliklar, qonun hujjatlari, xalqaro tajribalar
va xorijiy huquqshunoslarning
qo‘llanmalari
o‘rganildi,
O’zbekistonda
va xalqaro
miqyosda oilaviy nizolarni mediatsiya orqali hal qilish
bo‘yicha
statistik
ma’lumotlar
o‘rganildi
va
O’zbekiston
va xorijiy davlatlarning ushbu
yo‘nalish
bo‘yicha
tajribalari
taqqoslandi,
O’zbekiston
va xorijiy davlatlarning sud jarayoni va mediatsiya
mexanizmlarining samaradorligi
o‘zaro
taqqoslandi va muammolar tahlil qilindi.
MUHOKAMA VA NATIJA
O‘zbekiston
Respublikasining
“Mediatsiya
to‘g‘risida”gi
qonuni mediatsiya
sohasini tartibga soluvchi qonun
bo‘lib,
o‘z
navbatida, bir qator kamchiliklarga ega.
Ushbu qonun hujjatining takomillashtirilishi yuzasidan islohotlar
o‘tkazilishi
kerak.
Bunda albatta, xorijiy davlatlarning tajribalaridan foydalangan holda ushbu qonunga
o‘zgartirish
va
qo‘shimchalar
kiritilishi darkor. 2020-yilning17-iyunida
“Nizolarni
muqobil hal etishning mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”
Prezident qarori qabul qilindi. Unga
ko‘ra,
Mediatsiya markazi va
Nizolarni muqobil usulda hal etish markazi tashkil etildi. Ushbu markazlarning asosiy
vazifalari mediatsiya, hakamlik sudlari va xalqaro arbitraj faoliyatiga nizolarni
muqobil usulda hal etish tartib-taomilini amalga oshirish uchun shart-sharoit
yaratish,ularning faoliyatga aralashmaslik prinsipi asosida ish yuritish, mediatsiya,
hakamlik sudlari hamda xalqaro arbitraj sohalarida mutaxassislarni tayyorlash va
malakasini oshirish uchun
o‘quv
kurslarini tashkil etish va mediatsiya va nizolarni
muqobil hal etishning boshqa usullari rivojlanishi uchun bu sohada seminarlar,
treninglar va konferensiyalar tashkil etishdan iborat.
Mediatsiya fuqarolik nizolarini hal etishda juda samarali. Hozirgi kunda
rivojlangan xorijiy davlatlar huquqiy tizimida nizoni sudgacha olib bormasdan,
muqobil
yo‘l
bilan hal qilishga qaratilgan mediatsiya yarashtiruv protsedurasi alohida
ahamiyat kasb etmoqda. Kelishuv tartiblari, ayniqsa, anglo-sakson huquq tizimida va
kontinental Yevropa mamlakatlarida rivojlangan. Amerika
Qo‘shma
Shtatlarida
mediatsiya tartibida
ko‘rilgan
ishlarning 95%i sudgacha bormaydi. Germaniyada
muzokaralarning 90% dan
ortig‘i
kelishuv bitimi bilan yakunlanadi, xususan, Quyi
Saksoniyada bu
ko‘rsatkich
97% ni tashkil etadi. Buyuk Britaniyada nizolarning 90-
95% i sudgacha hal qilinadi. Yevropada esa mediatsiyaning muvaffaqiyat darajasi 40-
80% ni tashkil qiladi.
O‘zbekistonda
mediatsiya sohasidagi, xususan, oilaviy nizolar
bo‘yicha
mediatsiya sohasidagi kamchilik va muammolarni tahlil qilib, ularni hal qilish
masalalarini
ko‘rib
chiqamiz.
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
9(67)
~ 40 ~
Mediatsiya sohasidagi asosiy muammolardan biri-mediatsiya faoliyatini tartibga
soluvchi qonunchilikning
to‘liq
shakllanmaganligi va talabga javob bermasligidir.
Fuqarolar esa mediatsiya
to‘g‘risida
to‘liq
va aniq
ma’lumotga
ega emas, shuning
uchun ham ular mediatorga emas, asosan, sudga murojaat qilishni afzal
ko‘rishadi.
AQShda esa butun huquq tizimi
ko‘pchilik
nizolarning sudgacha ixtiyoriy ravishda hal
etilishini
ta’minlashga
qaratilgan
bo‘lib,
hattoki tomonlar mediator bilan
bog‘lanishlari
uchun sud muhokamasi
to‘xtatilishi
mumkin. Mamlakatda nizolarni hal qilish milliy
instituti hamda xususiy va davlat mediatorlik xizmatlari mavjud. Bu muammoni hal
qilish uchun
“Mediatsiya
to‘g‘risida”gi
qonunni qayta
ko‘rib
chiqib, barcha
sohalardagi nizolarni hal qilishga qaratilgan moddalarni
qo‘shish
zarur. Shuningdek,
2018-yil 20-dekabrda qabul qilingan mediatsiya
bo‘yicha
Singapur konvensiyasini
qabul qilish orqali ham ushbu soha
bo‘yicha
yangiliklar qabul qilinishi hamda boshqa
ko‘pgina
mediatsiya rivojlangan davlatlar bilan hamkorlik amalga oshirilib, ularning
tajribasi
o‘rganilib,qo‘llanilishi
mumkin.
Keyingi muammo
–
sudlarning mediatsiyani muqobil vosita sifatida emas, balki
ikkinchi darajali jarayon sifatida qabul qilishidadir. Shuning uchun ham sud tizimida
mediatsiyani majburiy yoki ixtiyoriy bosqich sifatida joriy etish hamda sudyalarning
mediatorlar bilan hamkorligini mustahkamlash zarur. Oilaviy nizolarda esa sudlarga
alternativ sifatida mediatsiya xizmatlarini tavsiya etish orqali ushbu sohaning rivojiga
hissa
qo‘shiladi.
Sudda taraflar sudyani tanlay olmaydi, sudga esa faqat yashash joylari
bo‘yicha
murojaat qilishga majburdirlar, sudning asosiy vazifasi taraflarning qaysi biri
haq yoki aybdorligini aniqlashdan iborat
bo‘lsa,
mediatsiya, aksincha,taraflarning
kelishuviga erishishga hamda mediatorning yordami bilan nizoni hal qilishning turli
xil yechimlarini muhokama qilishga qaratilgan, sudda taraflar sud qaroridan norozi
bo‘lsalar
ham uni bajarishga majbur
bo‘lishadi
yoki apellatsiya shikoyati bergan
taqdirlaridayam apellatsiya instansiyasi birinchi instansiya qarorini
o‘zgarishsiz
qoldirsa, davlat boji
to‘lashlaridan
tashqari, hal qiluv qarorini bajaradilar, lekin
mediatsiyada barcha qarorlar faqat taraflarning
o‘zaro
kelishuvi asosida qabul qilinadi
va ular ixtiyoriy ravishda uni bajarish majburiyatini oladilar. Masalan,Germaniyada
sudlar mediatorlar bilan bevosita ish olib boradi, bu esa yuzaga kelishi mumkin
bo‘lgan
sud jarayonlari sonini sezilarli darajada kamaytiradi. Xitoyda nizolarning 30% ga
yaqini suddan tashqari hal qilinadi. Ushbu mamlakatda, agar tomonlar mediatsiya
doirasida kelishuvga erishsa va uni hakamlik sudlari tomonidan
ko’rib
chiqish uchun
belgilangan tartibda tasdiqlasa, bunday bitim hakamlik sudining qarori (arbitraj)
kuchiga ega
bo’ladi.
Shuning uchun sudning mediatsiya bilan hamkorlikda ish olib
borishi
yo‘lga
qo‘yilib,
nazorat qilinishi kerak.
Muammolardan yana biri- oilaviy nizolar
bo‘yicha
mediatsiya jarayonlari uchun
standartlar va qoidalarning belgilanmaganligi.
O‘zbekiston
Respublikasi
“Oila
kodeksi”
da mediatsiya tushunchasi kiritilmagan va tartibga solinmagan. Aynan
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
9(67)
~ 41 ~
shuning uchun ham oilaviy nizolarni hal qilishda mediatsiya tartiblarining aniq
kiritilmaganligi amaliyotda qiyinchilik
tug‘diradi.
Nizo yuzaga kelgan taqdirda taraflar
darhol sudga murojaat qilishadi.Masalan, Shvetsiyada oilaviy mediatsiya majburiy va
sudga murojaat qilishdan oldin birinchi bosqich hisoblanadi. 2020-yilda Shvetsiyada
oilaviy nizolarning 70% dan
ortig‘i
mediatsiya orqali hal qilingan. Niderlandiyada esa
mediatsiya tizimi davlat tomonidan
qo‘llab
-quvvatlanadi.Oilaviy nizolarda, ayniqsa,
ajrashish jarayonlarida mediatsiya muhim
o‘rin
tutadi. Sud orqali hal qilingan holatlar
mediatsiyaga nisbatan ikki baravar qimmat
bo‘lgan.
Ajrashish bilan
bog‘liq
holatlarning 60% dan
ortig‘i
mediatsiya orqali hal qilinadi. Kanada sud tizimida oilaviy
nizolarning 85% ga yaqini mediatsiya orqali hal qilinadi. Singapurda esa oilaviy
nizolarning 90% dan
ko‘prog‘i
mediatsiya orqali muvaffaqiyatli hal qilinadi.
Kaliforniya oila kodeksining 3170-3188-moddalari mediatsiya jarayonlarini tartibga
soladi va unda har bir holat aniq belgilab
qo‘yilgan.
Germaniya Fuqarolik kodeksining
1353-1588-moddalarida oilaviy masalalar belgilab
qo‘yilgan
va unda mediatsiya
masalalarni sudga yetkazmasdan hal qilishning ixtiyoriy usuli sifatida tavsiya etilgan.
Shu maqsadda, Oila kodeksining yangi tahriri ustida ish olib borilishi va mediatsiya
sohasi tartibga solinishi kerak. Shuningdek, oilaviy nizolarni hal qiluvchi mediatorlar
sonini
ko‘paytirish
hamda maxsus
o‘quv
kurslari tashkil etish orqali ularning
malakasini oshirish darkor.
Keyingi asosiy muammolardan biri - oiladagi ayollarga nisbatan amalga
oshirilayotgan
zo‘ravonliklardir.
Bu bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Chunki ushbu
zo‘ravonlik
orqali
ko‘p
sonli ayollar
o‘z
joniga qasd qilayotganiga
ko‘p
marotaba guvoh
bo‘lyabmiz.
2018-yilgacha
O‘zbekiston
Respublikasining Jinoyat
kodeksida
“oilaviy
zo‘ravonlik”
atamasi ham
yo‘q
edi. Oiladagi
zo‘ravonlik
jinoyat
deb hisoblanmadi va buning uchun jazo
yo‘q
edi.
Ko‘p
yillar davomida bu muammo
respublikada umuman
yo‘qdek
tuyuldi, ular bu haqda gapirmaslikni afzal
ko‘rdilar.
2019-yil sentabrda qabul qilingan
“Ayollarni
tazyiq va
zo‘ravonlikdan
himoya qilish
to‘g‘risida”gi
qonun jabrlanuvchilarni ichki ishlar organlari himoyasi bilan
ta’minlashning
huquqiy asoslarini yaratdi. 2021-yilda huquqni muhofaza qiluvchi
organlarga ayollar va qizlarga nisbatan bosim va
zo‘ravonlik
holatlari yuzasidan 39
ming 343 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 34 330 tasi yoki 87 foizi oila doirasida
sodir etilgan. 2023-yilda esa
O‘zbekistonda
sudlar oiladagi
zo‘ravonlik
bo‘yicha
yangi
moddalar
bo‘yicha
9131 kishini jinoiy javobgarlikka tortgan. Ushbu masalani hal qilish
uchun mediatsiya jarayonida ayollar
zo‘ravonligiga
barham berish, gender tengligi
tamoyillarini nazorat qilish hamda ayollar huquqlarini himoya qilish uchun maxsus
qo‘llanmalar
ishlab chiqish zarur. Ayollar huquqlarini himoya qilish uchun
mediatorlarni maxsus
o’qitish,
treninglar tashkil etish darkor. Shuningdek, aynan
ayollar uchun maxsus mediatsiya markazlarini tashkil etish hamda kuchli psixolog va
mediatorlarni unga jalb qilish kerak.
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
9(67)
~ 42 ~
XULOSA
Xulosa
o‘rnida
aytganda, mediatsiya mexanizmi oilaviy nizolarni hal qilishda
samarali vosita hisoblanadi. Bu nafaqat,nizolarni tinch
yo‘l
bilan hal qilishga yordam
beradi, balki jamiyatning barqarorligini va birdamligini
ta’minlashga
hissa
qo‘shadi.
Tadqiqot natijalari shuni
ko‘rsatadiki,
mediatsiya sud jarayonlariga nisbatan tez va
iqtisodiy jihatdan qulay
bo‘lib,
nizolarni hal qilishni yengillashtiradi hamda
taraflarning kelishuviga sabab
bo‘ladi.
Bu esa taraflar
o’rtasidagi
munosabatlarni
saqlab qolish hamda bolalar manfaatini himoya qilishda muhim hisoblanadi. Ushbu
tadqiqot mediatsiya institutini rivojlantirish va uni keng tarqalishi zarurligini
ko‘rsatdi.
Bunda mediatsiya faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini takomillashtirish
yuzasidan islohotlar olib borish, sudlarning mediatsiya bilan hamkorligini
yo‘lga
qo‘yish
va rivojlantirish, ushbu sohani keng tarqalishi uchun Oila kodeksiga
o‘zgartirish
va
qo‘shimchalar
kiritish, oilaviy nizolar
bo‘yicha
mediatsiya jarayonlari
uchun standartlar va qoidalar belgilash hamda oilaviy nizolarni hal qiladigan
mediatorlar malakasini oshirish, qayta
o‘qishlari
uchun chuqurlashtirilgan maxsus
kurslar tashkil etish, shuningdek, ayollar uchun maxsus mediatsiya markazlarini tashkil
etishni taklif etaman.
Mediatsiya insoniylik hamda muloqotga asoslangan yondashuvi, natijaviyligi va
tezkorligi bilan jamiyat rivojiga katta hissa
qo‘shadigan
vosita hisoblanadi. Uni
takomillashtirish, mexanizmini kuchaytirish va keng
targ‘ib
qilish orqali oilaviy
barqarorlikni saqlashda va ijtimoiy munosabatlarni yaxshilashda yuqori natijalarga
erishish mumkin.
ADABIYOTLAR
RO‘YXATI
:
1.
Mediatsiya
to‘g‘risidagi
qonun
qabul
qilindi
(04.07.2018)
URL:
https://kun.uz/51430275?q=%2Fuz%2F51430275#
2.
O’zbekiston
Respublikasining
“Mediatsiya
to‘g‘risidagi
qonuni”,
2018.
URL:
3.
Mediatsiya
to‘g‘risidagi
qonun nimalarni tartibga soladi? ( 29.06.2018)
URL:
https://m.kun.uz/news/2018/06/29/mediacia-tugrisidagi-konun-nimalarni-
4.
Mediatsiya
bo‘yicha
dunyo tajribasi
URL:
https://huquqburch.uz/mediatsiya-boyicha-dunyo-tajribasi/
5.
Nizolarni muqobil hal etishning mexanizmlarini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining qarori,
17.06.2020.
URL:
6.
O‘zbekiston
Respublikasining Oila kodeksi,1998.
URL:
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
9(67)
~ 43 ~
7.
Медиация:
о
чем
говорит
зарубежный
опыт.
URL:
https://www.norma.uz/uz/nashi_obzori/mediaciya_o_chem_govorit_zarub
8.
California Family Code, 2023.
9.
German Civil Code, 2002.
10.
Nurmamatov Nurbek
O‘rinboy
o‘g‘li,Qudrat
Matkarimov Qalandarovich,
“Nizolarni
hal etishda mediatsiya institutining
o‘rni
va
ahamiyati”
2022.
11.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi, 1945-yil 26-iyun.
URL:
https://unic.un.org/aroundworld/unics/common/documents/publications/un
12.
За
домашнее
насилие
в
2023
году
в
Узбекистане
было
осуждено
свыше
9100
человек,2024.
URL:
https://www.gazeta.uz/ru/2024/02/12/domestic-violence/
