Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 1(59)
~ 114 ~
OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDA MILLIY TARBIYANING O‘RNI
Samiyeva Shirin
Namangan Davlat Pedagogika inistituti Pedagogika va psixologiya yonalish magistri
Annotatsiya:
Mazkur maqolada, ommaviy axborot vositalarining milliy tarbiya
jarayonidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Milliy qadriyatlar, urf-odatlar, va
an’analarni ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ib qilishning dolzarbligi
yoritilgan. Shuningdek, OAV orqali yoshlarda vatanparvarlik, ma’naviy-ma’rifiy
dunyoqarashni shakllantirishda zamonaviy texnologiyalarning roli ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar:
milliy tarbiya, ommaviy axborot vositalari, milliy qadriyatlar,
yoshlar, vatanparvarlik, ma’naviyat, axborot texnologiyalari.
Kirish
Milliy tarbiya – har bir xalqning ma’naviy boyligini saqlab qolish va kelajak
avlodga yetkazishda muhim omildir. Bugungi globallashuv davrida ommaviy axborot
vositalarining roli yanada ortib bormoqda. Ular nafaqat xabar yetkazish, balki milliy
ongni shakllantirish, ma’naviyatni rivojlantirish, urf-odatlar va qadriyatlarni keng
targ‘ib qilish vositasi sifatida ham muhim hisoblanadi. Ushbu maqolada OAVning
milliy tarbiya jarayonidagi o‘rnini ochib berishga harakat qilinadi.
Bugungi kunda dunyo jadal o‘zgarish jarayonida. Barcha sohalarda axborotni
olish va yetkazish, shuningdek, ta’sirchan jamoatchilik fikrini shakllantirish muhim
zaruratga aylangan. Shu kabi murakkab sharoitlar hayot oldimizga yangi talab va
vazifalarni qo‘ymoqda.[1]
Ommaviy axborot vositalari jamiyatning eng asosiy, qudratli va ta’sirchan
mafkura vositasi hisoblanadi. Chunki ular keng ommaning o‘ziga xos tarbiyachisi,
dolzarb masalalarni hal qilishda ta’sirchan qurol va muhim tadbirlarni tashkil etishda
vosita bo‘lib xizmat qiladi. Aynan shu vositalar orqali milliy va umuminsoniy
qadriyatlar, milliy g‘oya va demokratik tamoyillar targ‘ib qilinadi. Ommaviy axborot
vositalari demokratiya va so‘z erkinligining o‘ziga xos mezoni va ko‘rsatkichi
sifatida qaraladi. Erkin va mustaqil OAV demokratik rivojlanishni rag‘batlantirib, uni
mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi.
Ommaviy axborot vositalarining yana bir muhim vazifasi milliy istiqlol
g‘oyasini targ‘ib qilishdir. Bu vazifa axborot tahdidlariga, mafkuraviy xavflarga
qarshi samarali javob qaytarish, xalqimizni ma’naviy-mafkuraviy jihatdan
mustahkamlash va O‘zbekiston fuqarolarida mafkuraviy immunitetni shakllantirishni
o‘z ichiga oladi.
Internet bugungi axborot makonining asosiy tarkibiy qismiga aylandi. Endilikda
internetdan nafaqat kompyuter tarmoqlari orqali, balki kosmik aloqa yo‘ldoshlari,
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 1(59)
~ 115 ~
radiosignallar, kabel televideniyesi, telefon va uyali aloqa orqali ham foydalanish
imkoniyati mavjud. U inson hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda, buni
tasdiqlovchi fakt sifatida bugungi kunda undan foydalanayotgan 2 milliarddan ortiq
odamni keltirish mumkin.[2]
Ommaviy auditoriyaga erishishdagi tezkorlik bo‘yicha internet barcha boshqa
axborot vositalarini ortda qoldiradi. Misol uchun, 50 millionlik auditoriyani jalb
qilish uchun radioga 38 yil, televideniyega 13 yil, kabel televideniyega esa 10 yil
kerak bo‘lgan bo‘lsa, internet buni bor-yo‘g‘i 5 yilda amalga oshirdi. Internet insonlar
tafakkuri, hissiyotlari va xulq-atvoriga ta’sir qilishda ulkan imkoniyatlarga ega.
Bugungi kunda uning rivoji g‘oyaviy ta’sir ko‘lamini sezilarli darajada oshirishga
olib kelmoqda.
2000 yildan 2012 yil oxiriga qadar internet foydalanuvchilari soni 9,6 barobarga
o‘sib, 2,4 milliardga yetdi, mobil aloqa abonentlari esa 13,4 barobarga oshib, 6,7
milliardni tashkil etdi. Internet foydalanuvchilarining yarmi Osiyo qit’asiga (44,8%
yoki 1,1 milliard kishi) to‘g‘ri keladi, qolganlari esa Yevropa (21,6%) va Shimoliy
Amerika (11,4%) bo‘ylab taqsimlangan. Jahon veb-auditoriyasining 45 foizini 25
yoshgacha bo‘lganlar tashkil qiladi, ulardan ko‘pchiligi har kuni SMS-xabarlar
jo‘natadi (68%), ijtimoiy tarmoqlarga kiradi (51%) va elektron pochtadan
foydalanadi (30%).[3]
Bugungi kunda virtual olamda 600 millionga yaqin veb-sayt faoliyat
yuritmoqda, har oyda o‘rtacha 201,4 trillion videorolik tomosha qilinadi va har kuni
144 milliard elektron maktub jo‘natiladi. Foydalanuvchilarning aksariyati mobil
qurilmalar orqali internetga ulanadi. 2018 yilga kelib, keng polosali ulanishlar soni
5,3 milliardga yetgan bo‘lsa, 2007 yilda bu ko‘rsatkich atigi 268 million edi. Ushbu
davrda global ulanish darajasi 4% dan 69,3% gacha o‘sdi.
Xalqaro elektraloqa ittifoqining ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilga kelib dunyo
aholisining 60 foizi, ya’ni 4,1 milliard odam internetdan foydalanish imkoniyatiga
ega bo‘ldi. Smartfon va mobil aloqa tariflarining arzonlashishi natijasida yangi
foydalanuvchilar soni tobora ortib bormoqda, 2017 yilda 200 milliondan ortiq kishi
birinchi marta mobil qurilma sotib olgan. 2018 yilga kelib dunyo aholisining uchdan
ikki qismi mobil telefon (asosan, smartfon) egaligiga ega bo‘lib, foydalanuvchilar
soni 5,175 milliardga yetgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 4% ga ko‘proqni
tashkil etadi.[4]
XULOSA
Barcha ko'rsatilganlarni xulosalaylik, Mazkur maqola tahlil natijalariga asosan,
Ommaviy axborot vositalari milliy tarbiya jarayonining ajralmas qismiga aylangan.
OAV orqali xalqning boy ma’naviy merosini saqlab qolish, yosh avlodga
qadriyatlarni yetkazish va ularni sog‘lom ruhda tarbiyalash imkoni mavjud.
Shuningdek, OAVning zamonaviy imkoniyatlari milliy tarbiya jarayonini yanada
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 1(59)
~ 116 ~
samarali tashkil etishga xizmat qiladi. Shu bois, OAV faoliyatini milliy tarbiya
yo‘nalishida takomillashtirish zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Karimov I. A. "Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch." Toshkent, 2008.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent, 2017.
3.
Akhmedov N. "OAV va ma’naviy-ma’rifiy tarbiya." Toshkent, 2020.
4.
“Ma’naviyat asoslari” jurnali, 2023 yil, 2-son.
5.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni
rivojlantirish vazirligi materiallari.
