Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 5(63)
~ 53 ~
OLIY TA’LIMDA BAHOLASH: XORIJIY TAJRIBA VA O‘ZBEK MODELI
Qudratova Muxlisa To‘lqin qizi
ToshDO‘TAU ona tili va adabiyot ta’limi fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti
yo‘nalishi 2-kurs magistranti
Annotatsiya:
Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimida baholashning nazariy va
amaliy jihatlari, xorijiy mamlakatlar tajribasiga asoslangan baholash yondashuvlari
hamda ularning O‘zbekistondagi ta’lim tizimi bilan qiyosiy tahlili yoritilgan. O‘zbek
modeli doirasida baholashda an’anaviy va zamonaviy usullarning uyg‘unligi, mezonli
yondashuv va milliy ta’lim strategiyasi bilan uzviy bog‘liqligi ochib berilgan.
Tadqiqot natijalari baholash tizimini takomilllashtirishda xorijiy ilg‘or tajribalardan
oqilona foydalanish zarurligini asoslaydi.
Kalit so‘zlar
: xorijiy tajriba, o‘zbek modeli, formativ baholash, summativ
baholash, ta’lim sifati, baholash mezonlari.
ASSESSMENT IN HIGHER EDUCATION: FOREIGN EXPERIENCE AND
THE UZBEK MODEL
Annotation:
This article examines the theoretical and practical aspects of
assessment in the higher education system, assessment approaches based on foreign
countries' experiences, and their comparative analysis with the education system of
Uzbekistan. The harmony of traditional and modern assessment methods within the
framework of the Uzbek model, the criteria-based approach, and its integral
connection with the national education strategy are elucidated. The research results
substantiate the necessity of rationally utilizing advanced foreign experiences in
improving the assessment system.
Keywords
: foreign experience, uzbek model, formative assessment, summative
assessment, quality of education, assessment criteria.
Oliy ta’lim tizimida baholash talabalarning bilim, ko‘nikma, kompetensiyalarini
aniqlash, o‘qitish jarayonini tartibga solish, ta’lim sifatini monitoring qilish hamda
o‘qituvchi va talaba o‘rtasida samarali aloqa o‘rnatish vositasi sifatida muhim
ahamiyat kasb etadi. Jahon tajribasiga asoslanadigan bo‘lsak, baholash jarayoni
nafaqat bilim darajasini aniqlash, balkii ta’lim oluvchining intellectual va kasbiy
rivojlanishini rag‘batlantirishning muhim pedagogik vositasi sifatida namoyon
bo‘ladi.
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 5(63)
~ 54 ~
Rivojlangan
mamlakatlarda
baholash
jarayoni
izchil
rejalashtirilgan,
tizimlashtirilgan va innovatsion yondashuvlar bilan boyitilgan. AQSH ta’lim tizimida
baholash formativ va summativ ko‘rinishlarda olib boriladi. Formativ baholash dars
jarayonida talabani kuzatish, unga vaqtida mulohaza berish va uning rivojlanishiga
yo‘naltirilgan yondashuv bo‘lib, bu o‘quv faoliyatini shaxsiylashtirishga xizmat
qiladi.
Buyuk Britaniyada o‘rganish uchun baholash (assessment for learning) tamoyili
asosida baholash talabaning o‘zini baholashi, guruhda muhokama qilishi, baholash
mezonlarini bilishi orqali ta’lim jarayonida faol ishtirokini ta’minlaydi. Bu usulda
talaba faqat natija emas, balki jarayonni ham anglaydi. Finlandiya ta’lim tizimida esa
baholash kuchli insonparvarlik, ijtimoiy tenglik va psixologik yengillik tamoyillariga
asoslanadi. Baholashda stressdan xoli, motivatsion va ko‘makchi muhit yaratiladi.
Shuningdek, Avstraliya, Kanada, Germaniya kabi mamlakatlarda baholashda
kompetensiyaviy yondashuv asosiy o‘rinda bo‘lib, talabalarning mustaqil fikrlashi,
ijodiy yondashuvi va jamoaviy ish ko‘nikmalari baholash mezonlariga kiritiladi.
“Yevropa mamlakatlarida baholash tizimi turlicha. Avstriyada 1 dan 5gacha
bo‘lgan baholar qo‘llniladi, bunda 1 a’lo va 5 qoniqarsiz hisoblanadi. Ba’zi Yevropa
mamlakatlarida baholar 0 dan 100 gacha bo‘lgan foizlarda, boshqalarida esa A dan F
gacha yoki 1 dan 10 gacha belgilanadi.
AQSHdagi kollej va universitetlarda baholash tizimi A dan F gacha bo‘lgan 4.0
shkalasiga asoslangan, bunda “A” eng yuqori baho, “F” esa eng past baho sanaladi”.
5
Hozirgi kunda O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida bosqichma-bosqich kredit-modul
tizimiga o‘tilgan. Bu tizimda baholashning asosiy shakllari sifatida joriy oraliq va
yakuniy nazoratlar belgilangan bo‘lib, talabaning fan bo‘yicha umumiy reytingi
ushbu bosqichlardagi faoliyatiga ko‘ra aniqlanadi. Baholash mezonlari, odatda, 1 dan
5 gacha bo‘lgan an’anaviy ballik tizim asosida belgilanadi. Mazkur tizimning tatbiqi
ijobiy natijalarni yuzaga keltirgan bo‘lsa-da, amaliyotda ayrim muammoli holatlar
ham mavjud.
Kredit-modul tizimi talabaning mustaqil o‘quv faoliyatini kuchaytirishga xizmat
qilmoqda. Har bir modul bo‘yicha o‘rnatilgan reyting mezonlari talabalarda
mas’uliyat hissini kuchaytiradi, o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga yo‘naltiriladi.
Shuningdek, baholashning modulli shakli o‘qituvchi va talaba o‘rtasida ochiq va
shaffof munosabatlarni shakllantirishga xizmat qiladi. Baholashning har bir
komponenti bo‘yicha ballar oldindan aniqlanadi, bu esa subyektivlikni kamaytirishga
yordam beradi.
Biroq tizimning amaliyotdagi ayrim jihatlari e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda.
Jumladan, joriy va oraliq nazoratlar orqali to‘plangan ballar yakuniy bahoga kuchli
ta’sir ko‘rsatmayotgani kuzatiladi. Aksariyat hollarda, talabaning umumiy bahosi
5
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 5(63)
~ 55 ~
yakuniy imtihon natijasiga bog‘ab qo‘yilmoqda. Bu esa o‘quv jarayonida davomiylik
prinsipining buzilishiga olib kelmoqda. Ta’lim jarayonining barcha bosqichlarini
baholash muhim bo‘lsa-da, yakuniy imtihon ko‘proq ahamiyat kasb etayotgani stress
darajasini oshirmoqda, ayrim hollarda esa baholash adolatsizligiga sabab bo‘lmoqda.
Yana bir muhim muammo shundaki, ba’zi hollarda baholash mezonlari aniq
belgilangan bo‘lishiga qaramay, o‘qituvchi tomonidan subyektiv baholash holatlari
uchramoqda. O‘quv jarayonida “baho uchun ishlash” holatlarining ko‘payishi esa
bilim olishdan ko‘r, faqat reyting yig‘ishga qaratilgan yuzaki yondashuvni
shakllantirmoqda. Bu holat Black va William tomonidan qayd etilgan
“shakllantiruvchi baholash samaradorligini pasaytiruvchi omillar”
6
qatoriga to‘g‘ri
keladi.
Shuningdek, joriy nazorat shakllari va baholash topshiriqlarining sifati muhim
ahamiyatga ega. Ba’zi fanlar bo‘yicha tuzilayotgan testlar, yozma topshiriqlar yoki
og‘zaki savollar metodik jihatdan puxta ishlab chiqilmagan bo‘lib, bu, o‘z navbatida,
baholashning real bilim darajasini aniqlash imkoniyatini cheklaydi. Sadler
ta’kidlaganidek, “samarali baholash tizimi – bu o‘quvchining o‘z pozitsiyasini
tushunishga va undan keyingi o‘sish yo‘lini belgilashga xizmat qiladigan tahliliy
vositadir”.
7
Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqqan holda ushbu jihatlarni filologik fanlar
misolida ko‘rib chiqamiz. Filologik fanlarning tabiati chuqur tahliliy va ijodiy
yondashuvni talab qilganlligi sababli faqat yakuniy bahoga tayangan holda talabani
to‘liq va adolatli baholash imkoniyati cheklanadi. Misol uchun, hozirgi o‘zbek adbiy
tilii fanida talabalarning tahliliy fikrlash qobiliyati, nutq madaniyati, yozma og‘zaki
ifoda qobiliyatlari bosqichma-bosqich rivojlanadi va bu jarayonni faqat yakuniy
imtihon asosida baholash noto‘g‘ri natijalarga olib kelishi mumkin. Bu holatda
talabaning semestr davomida bajargan mustaqil ishlari, ijodiy topshiriqlari, tahlillarda
ishtiroki bahoga bevosita ta’sir ko‘rsatmasligi ilmiy-pedagogik adolatsizlikka sabab
bo‘ladi.
Shuningdek, yakuniy baholashdagi subyektivlik darajasi, ayniqsa, og‘zaki
imtihonlarda, stress va psixologik bosimni oshiradi. Talabalar orasida bu holat o‘z
vaqtida tayyorgarlik ko‘rgan, ammo imtihon paytida ruhiy bosimga dosh bera
olmagan shaxslarning bahosi pastlashishiga olib keladi. Bu esa ta’lim sifatiga
bevosita salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bundan kelib chiqadigan bo‘lsak, hozirgi 5 ballik baholash tizimi umumiy tartib
va texnik soddalik nuqtayi nazaridan qulay bo‘lsa-da, filologik fanlar uchun
shakllantiruvchi, mezonlashtirilgan va jarayonni kuzatuvchi baholash usullarini keng
6
Paul Black, Dylan Wiliam. Assessment and classroom learning. Assessment in Education. 1998. – Vol. 5, No. 1.
7
D.Royce Sadler. Formative assessment and the design of instructional systems// Instructional Science. 1989. – Vol.
18.
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 5(63)
~ 56 ~
joriy etish orqali bu tizimni takomillashtirish mumkin. Ayniqsa, hozirgi o‘zbek
adabiy tili fanida baholash nafaqat bilimni, balki fikrlashni, tahlilni, muloqotni va
ijodni ham o‘z ichiga olishi kerak.
Umuman olganda, kredit-modul tizimida baholash metodikasi talaba bilimini
muntazam va kompleks tarzda aniqlashga imkon beruvchi zamonaviy yondashuv
hisoblanadi. Biroq bu tizimning real ta’lim muhitidagi tatbiqi yanada puxta metodik
asoslar, baholash mezonlarining takomillashtirilishi va har bir bosqichga teng
ahamiyat berilishini talab qiladi. Ask holda, baholash natijalari ta’lim sifatining real
ko‘rsatkichiga aylanmasligi mumkin.
Yurtimizda baholash tizimining rivojlanishiga qaramay, ayrim kamchiliklar
mavjud:
—
subyektiv baholash holatlari;
—
testlarning takrorlanuvchanligi va tanqidiy fikrlashni rivojlantirmaydigan
shaklda tuzilishi;
—
formativ baholashning to‘liq joriy qilinmaganligi;
—
baholashda raqamli texnologiyalarning yetarlicha qo‘llanmasligi.
Ushbu muammolarga yechim sifatida quyidagilarni taklif qilishimiz mumkin:
1.
Baholash mezonlarini standartlashtirish va tizimlashtirish.
2.
O‘qituvchilarni zamonaviy baholash metodikasi bo‘yicha qayta
tayyorlash.
3.
Raqamli baholash platformalarini keng joriy etish.
4.
Talabalarni mustaqil o‘qishga yo‘naltiruvchi formativ baholash
metodlarini kengaytirish.
5.
Baholash natijalaridan ta’lim jarayonini tahlil qilish va rejalashtirishda
faol foydalanish.
Yuqorida nega aynan formativ baholashga e’tibor qaratganimizga to‘xtalib
o‘tmoqchimiz. “Bir nechta o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, formativ
baholash ham baholash, ham rivojlanish uchun samarali bo‘lib, oliy ta’lim
talabalarining kelajakda ta’lim va ijtimoiy sohalarda egallaydigan professional rollari
uchun kompetensiyalarini rivojlantirishda yordam beradi”.
8
Shular qatorida portfolioga asoslangan baholash mexanizmini joriy etish ham
yaxshi samara beradi. Har bir talaba dars davomida bajargan ishlarini yig‘ib boradi va
ular yakuniy baholashda asos sifatida xizmat qiladi. Baholash mezonlarini oldindan
e’lon qilish va ularni ochiq saqlash ham talabalar uchun adolatli va shaffof muhit
yaratadi. Baholashning turli shakllari, masalan, og‘zaki, yozma, ijodiy va test
shaklidagi nazorat turlari birgalikda qo‘llanilganda talabaning har tomonlama
tayyorgarligi inobatga olinadi. Shuningdek, o‘zaro baholash va o‘z-o‘zini baholash
8
Davide Parmigiani, Elisabetta Nicchia , Emiliana Murgia and Marcea Ingersoll // Formative assessment in higher
education: an exploratory study within programs for professionals in education. 2024. – Front. Educ. 9:1366215.
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 5(63)
~ 57 ~
shakllarini joriy etish orqali talabalarning tahlil qilish salohiyati rivojlantirilishi
mumkin.
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, oliy ta’limda baholash tizimi
o‘qitish samaradorligini oshirish, ta’lim sifatini belgilash va talabaning o‘zini
rivojlantirish jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Xorijiy mamlakatlar tajribasi
O‘zbekistonda ham zamonaviy, motivatsion va natijaga asoslangan baholash
tizimlarini shakllantirishda qo‘llanilishi mumkin. Bunda esa baholashda an’anaviylik
va innovatsionlik uyg‘unligi, shaffoflik va adolatlilik tamoyillarini ta’minlash
muhimdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Abdiraimov Sh. Baholash nazariyasi asoslari. – Toshkent. “Zebo Prints”
nashriyoti. 2024. – B. 220
2.
Black P., William D. Assessment and classroom learning // Assessment
in education: Principles, Policy & Practice. 1998. – Vol. 5.
3.
Jalilov K. Baholash nazariyasi asoslari. – Toshkent. “Akademnashr”
nashriyoti. 2022. – B. 252
4.
Palomba A.C., Banta W.T. Assessment essentials: planning,
implementing, and improving assessment in higher education. 2015. – P. 317
5.
Parmigiani D., Nicchia E., Murgia E., Ingersoll M // Formative
assessment in higher education: an exploratory study within programs for
professionals in education. 2024.
6.
Sadler D. R. Formative assessment and the design of instructional
systems // Instructional Science. 1989. – Vol. 18.
7.
Higher education in Europe - European Education Area
