Авторы

  • Нодирахон Рахмонова

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.interpretation-research.84488

Ключевые слова:

dars. Tahlil qiziqish fikr almashish motivatsiya uyg`otish texnologiyasi pedagogic texnologiya ta`lim sifati.

Аннотация

Til o'rganish kishilik jamiyatida bag'oyat muhim sohalardan hisoblanadi. Muloqot vositasi bo‘lmish tilni tabiiy muhitda (oilada, jamoatchilik orasida) yoki uyushgan holda (darsda) amaliy egallash mumkin. Til hodisalariga oid bilimlar esa nazariy jihatdan o‘rganiladi. Ma’lumki, chet tilini o‘rgatish-o‘rganish muayyan jihatlari bilan ona tili va ikkinchi tildan keskin farqlanadi. Bu esa, o‘z navbatida, tegishli chet til o ‘qitish texnologiyasini qo‘llashni taqozo etadi. Qo'lingizdagi maqola mana shunday farqlar bilan birga ta’lim muassasalarida chet til o‘qitish usullari, chet til darslarini tashkillashtirish, o‘tkazish va h.k. ko'plab metodik masalalarni yoritib bergan.


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 5(63)

~ 58 ~

INGLIZ TILI DARSLARIDA VAQT BOSHQARUVI

Raxmonova Nodiraxon Muxammadjonovna


Annotatsiya:

Til o'rganish kishilik jamiyatida bag'oyat muhim sohalardan

hisoblanadi. Muloqot vositasi bo‘lmish tilni tabiiy muhitda (oilada, jamoatchilik
orasida) yoki uyushgan holda (darsda) amaliy egallash mumkin. Til hodisalariga oid
bilimlar esa nazariy jihatdan o‘rganiladi. Ma’lumki, chet tilini o‘rgatish-o‘rganish
muayyan jihatlari bilan ona tili va ikkinchi tildan keskin farqlanadi. Bu esa, o‘z
navbatida, tegishli chet til o ‘qitish texnologiyasini qo‘llashni taqozo etadi.
Qo'lingizdagi maqola mana shunday farqlar bilan birga ta’lim muassasalarida chet til
o‘qitish usullari, chet til darslarini tashkillashtirish, o‘tkazish va h.k. ko'plab metodik
masalalarni yoritib bergan.

Kalit so`zlar:

dars. Tahlil, qiziqish, fikr almashish, motivatsiya uyg`otish

texnologiyasi, pedagogic texnologiya, ta`lim sifati.

ТАЙМ-МЕНЕДЖМЕНТ НА УРОКАХ АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА


Аннотация:

Изучение языка является одной из важнейших сфер жизни

человеческого общества. Язык, являющийся средством общения, может
усваиваться практически в естественной среде (в семье, среди публики) или
организованно (на уроке). Познание языковых явлений изучается теоретически.
Известно, что преподавание и изучение иностранного языка резко отличается
от родного и второго языка в определенных аспектах. Это, в свою очередь,
требует использования соответствующей технологии обучения иностранному
языку. В статье, которая находится в ваших руках, вместе с такими отличиями
описаны методы преподавания иностранных языков в учебных заведениях,
организация и проведение занятий по иностранному языку и т. д. внесли
ясность во многие методологические вопросы.

Ключевые слова:

урок. Анализ, интерес, обмен идеями, мотивационная

технология, педагогическая технология, качество образования.

TIME MANAGEMENT IN ENGLISH LESSONS


Abstract:

Language learning is one of the most important areas in human

society. Language, which is a means of communication, can be acquired practically
in a natural environment (in the family, among the public) or in an organized way (in
a lesson). Knowledge of language phenomena is studied theoretically. It is known
that teaching and learning a foreign language differs sharply from the mother tongue


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 5(63)

~ 59 ~

and the second language in certain aspects. This, in turn, requires the use of
appropriate foreign language teaching technology. The article in your hands, together
with such differences, describes methods of teaching foreign languages in educational
institutions, organizing and conducting foreign language classes, etc. clarified many
methodological issues.

Key words

: lesson. Analysis, interest, exchange of ideas, motivational

technology, pedagogical technology, quality of education.


KIRISH

.

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar shuni ko’rsatadiki, respublika

ta’lim tizimini modernizatsiya qilishning asosiy g’oyalaridan biri o’quv jarayoniga
zamonaviy o’qitish mexanizmni joriy etishda o'z-o'zini rivojlantirish (o'zini
takomillashtirish, o'z-o'zini tarbiyalash), bu shaxsning o’z menini amalga oshirishga
tayyorligini ta’minlaydi. Har qanday zamonaviy ta'lim texnologiyasi pedagogika
fanlari va amaliyotining tez yutuqlari, fan nazariyasining kombinatsiyasi-o'tkazilgan
tajribaning amaliy ahamiyati va ijtimoiy yutuqlar orqali jamiyatni rivojlantirish,
insonparvarlashtirish va demokratlashtirish muhim masalalardan biri hisoblanadi.

O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so`ng barcha jabhalarda

bo`lgani kabi ta`lim va fan sohasida ham turli xildagi yangilanishlar olib borilmoqda.
Davrlar o`zgaraveradi, unga mos ravishda taraqqiyot o`zanlari ham. Biroq insoniyat
oldidagi asosiy missiya bo`lgan izlash-topish –qo`llash amaliyoti hech qachon
eskirmaydi. Insonlar savollar ichida yashaydi, biriga javob topilishi bilan keyingisi
ko`ndalang turadi. Albatta, yechimlar o`z-o`zidan kelinmaydi, buning uchun
izlaniladi, kitoblar varaqlaniladi, ma`lumotlar to`planilib tahlil qilinadi. Bu esa butun
bashariyat ilm fanga muhtojligini anglatadi. Chunki, savollardan iborat olamda
yashab bo`lmaydi, qayerdadir ularga yechim topilishi shart. Hozirga qadar olimlar
nafaqat yer sayyorasi, balki koinotdagi o`nlab jumboqlarga yechim topdi, sirli
hodisalarning sabab va oqibatlarini tahlil qildi, tushuntirdi. Ammo mo`jizalardan
iborat biz yashayotgan hayotda bilmaganlarimiz bilganlarimizdan ko`p.

O‘zbekiston Respublikasida tahsil oladigan o‘quvchi va talabalar odatda uch

tilni o'rganadilar.Idrokli yoshlarimizning ko‘pchiligi uch til egasidir. Ushbu tillar
ta’lim nazariyasida maxsus nomlar bilan yuritiladi: ona tili, ikkinchi til va chet til.

Chet til — bu xorijiy mamlakat tili. Respublikamizda G‘arbiy Yevropa (ingliz,

ispan, nemis, fransuz) tillari va Sharq (arab, turk, urdu, fors, xitoy, hind) tillari
o‘qitilmoqda. Ular ta’lim muassasalarining o‘quv rejalaridan o‘rin olgan.
Uchala tilni o‘qitish jarayoni turlicha kechadi: birinchidan, ona tilida tafakkur
shakllanadi, o‘zga tillami o‘rganish ulardagi fonetika, leksika va grammatikaga xos
xususiyatlami his etish bilan bog‘liqdir; ikkinchidan, o‘rganish tartibi ona tilidan
boshlanib, undan keyin ikkinchi til va, nihoyat, chet tilga o‘tiladi; uchinchidan, ona


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 5(63)

~ 60 ~

tili va ikkinchi til tabiiy vaziyatda, chet til esa sun’iy muhitda o ‘rganiladi. Chet
tildagi muloqot, asosan, darsda muallim rahbarligida kechadi. Qayd etilgan m
uhokam adan ay on boMadiki, uchala til orasida chet tilni o‘rgatish-o‘rganish
muayyan jihatlari bilan keskin farqlanadi. Bu esa, o ‘z navbatida, tegishli chet til
o‘qitish texnologiyasini qoMlaslini taqozo etadi. Chet til muallimi metodika fani
yutuqlarini puxta o‘zlashtirish orqali o‘quvchining to'plagan til tajribasi me’yorini
aniq bilishga va uni yanada takomillashtirishga erishadi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili va metodologiyasi.

Hozirgi davrda xorijiy

tillarni o‘rganish borasida tillarni o‘qitish metodikasini ishlab chiqish, mavjudlarini
takomillashtirish, eski usullarni yangilash kabi jarayonlar jadal tus olmoqda. Chet
tillarini o‘rgatish metodikasini yaxshilash tilni o‘zlashtirishda ega bo‘lish kerak
bo‘lgan ko‘nikmalarni o‘stirishga xizmat qiladi. Xorijiy tillarni o‘rgatishga qo‘yilgan
talablar aksariyat hollarda to‘rtta ko‘nikmani: tinglash, gapirish, o‘qish va yozish
ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Lekin shu o‘rinda ta’kidlash joizki, xorijiy
tillarni o‘rganishdagi eng katta vazifalardan bo‘lmish dars mashg`ulotlarida vaqtni
taqsimlash ko‘nikmasi bir oz nazardan chetda qolgan. Aytish mumkinki, bunday
holat butun dunyoda kuzatilib, ushbu muammoga olimlar o‘z tadqiqotlari natijasi
o‘laroq yechim topishga intilganlar.

G.Kuk tarjimaning "vaqtni rejalashtirish" ni (gapirish, tinglash, yozish va o‘qish

bilan bir qatorda) g‘oyasini ta’kidlab o‘tadi va uni Fridrixga (1967) bog‘laydi [1,
207]. L.Venuti vaqtni taqsinlashni shunchaki lingvistik transkodlash shakli emas,
balki ijodiy faoliyat ekanligini ta’kidlaydi [2, 1]. Bir necha yillik pedagogik
faoliyatimiz davomida filologiya yo‘nalishi bitiruvchilarining aksariyati vaqtni
boshqarish mahoratlari bir oz oqsashini kuzatdik. Buning asosiy sababi, talabalarga
metodikani to`g`ri qo`llash nazariyasining yetarlicha berilmasligi, berilsa ham
amaliyotda keng qo‘llanilmasligi, qo‘llanilgan taqdirda ham, vaqt mezonlariga ko‘ra
baholanmasligi deb bilamiz.

A.Pim va boshqalar 2013-yilda o‘tkazgan tadqiqotlarida o‘nta namuna

mamlakatlarni o‘rganishi natijasida Finlyandiya, Xitoy Xalq Respublikasi va Buyuk
Britaniya kabi mamlakatlardagi o‘qituvchilar darsda vaqtni taqsimlash haqida juda
ko‘p fikr bildirgani, Fransiya, Ispaniya va Germaniyada esa oz gapirilganini
kuzatadilar. Bu taqsimotning qiziq tomoni shundaki, 2012- yilgi EF English
Proficiyency Index (EF ingliz tili malakasi indeksi) ma’lumotlariga ko‘ra, ingliz tilini
o‘rganishda eng yaxshi natijalarga erishgan ba’zi mamlakatlar vaqtdan foydalanish
bo‘yicha ham yuqori bahoga ega bo‘lganlar. Masalan, Finlyandiya ikkala ro‘yxatda
ham birinchi o‘rinda turadi [1, 210].

Vaqtni taqsimlash chet tili mashg‘ulotlariga qay yo‘sin va usullarda kiritish

kerakligi borasida bir qator olimlarning fikrlari vaqtni taqsimlash metodikasini ishlab
chiqishga yordam beradi. Xususan, A.Pim: “Talabalarni spontan tarzda, real hayotda


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 5(63)

~ 61 ~

yoki rol o‘ynash vositasida vaqtni taqsim qilishga undashimiz kerak. Talabalarga turli
xil vaziyat berishimiz, keyin o‘zaro farqlarni muhokama qilishimiz kerak. Shu tariqa
chet tilidagi har bir ibora, ifoda uchun ajratilgan vaqt bor, degan fikrga kelamiz. Shu
tufayli o`quvchilarga darsda vaqtni taqsimlash jarayonida kontent qo‘shish va
o‘chirishga ruxsat berishimiz kerak.” [1, 215] deydi. Ushbu taklifga binoan, biz
o`quvchilarga tillar va madaniyatlar o‘rtasidagi ko‘plab tafovutlarni aniqlash va
o‘rganishga imkon yaratamiz.

Tahlil va natijalar.

Qadimdan adiblarimiz so‘z va tilning qudratiga alohida

e’tibor berishgan. Masalan, Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad
Yugnakiy, Alisher Navoiy, Sayfi Saroiy kabi ko‘plab ijodkorlarimiz ijodida badiiy
so‘z qudrati yaqqol namoyon bo‘lganini ko‘rishimiz mumkin. Yusuf Xos Hojib
shoirlarni “so‘z teruvchilar” deb ta’riflasa, Alisher Navoiy esa ularni “ruh
chamanining xushxon bulbullari” deb ta’riflaydi. Bunday ijodkorlarimizning asarlari,
mana necha asrlar o‘tibdiki, har bir davrda metodik qo`llanma sifatida kelmoqda.

Chet tilini zamonaviy texnologiyalardan foydalanib o’rgatish va o’rganish eng

samarador usullardan biridir. Bu jarayonda, jumladan:

— kompyuterlardan foydalanganda o’quvchi chet tilidagi video roliklarni,

namoyishlarni, dialoglarni kino yoki multfilmlarni ham ko’rishi ham eshitishi
mumkin;

— chet tilidagi radio eshittirishlar va televideniedagi dasturlarni eshitish va

tomosha qilish mumkin;

— ancha an’anaviy usul hisoblanadigan magnitafon va kassetalardan

foydalanish;

— CD pleyerlardan foydalanish mumkin. Bu texnik vositalardan foydalanish

o’quvchilarning chet tilini o’rganishlari jarayonini qiziarliroq va samaraliroq
bo’lishini ta’minlaydi.

Chet tili darslarining o’tilishi jarayonida ilg’or pedagogik texnologiyalarni,

interfaol, innovatsion usullardan, kommunikativ-axborot vositalaridan foydalanish
aynan ingliz tili darslarida vaqtni rejalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Muhokama.

Vaqtni rejalashtirish chet tilini puxta o`zlashtirishda kompos

vazifasini o`taydi. Vaqtni to`g`ri taqsimlashdan biri bu dars jarayonida rolli
o`yinlardan foydalanishdir. Rolli o`yinlar bu real hayotimizdagi turli situasiyalarni
chet tili o`rganish jarayonida qo`llashdir. Bu metod dars jarayonida til muhitini
yaratishga yordam beradi, vaqtni to`g`ri taqsimlasjga hizmat qiladi.Masalan, vaqtni
belgilagan holda: 1-holatda tasodifan eski dugonalar uchrashib qolishadi. 2-holat
Yo`ldan o`tayotib yo`l qoidasiga rioya qilmagan bolani ya`ni o`tish bo`lmagan yo`lni
kesib o`tadi. 3-holat. Magazinda oziq ovqat olish uchun haridor kiradi. 4 Ushbu
situasiyalar bo`yicha sahna ko`rinishlari ijro etiladi. Bunday hayotiy rolli o`yinlar
dars jarayonida til muhitini yaratadi, talabalarga o`z fikrlarini erkin ifoda etish


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 5(63)

~ 62 ~

imkoniyatini beradi. Rolli o`yinlarda ishtirok etish jarayonida talabalar fikrlashga
o`rganadilar,o`z emosional holatlarini chet tilida erkin ifodalay olishga o`rganadilar,
shu bilan birgalikda yangi mavzu yuzasidan dastlabki tushunchani ham anglab
yetadilar.Rolli o`yinlarga tayyorgarlik jarayonida bir-birining leksik,grammatik va
talaffuzdagi xatolarini to`g`rilaydilar. Xato qilib va shu xatoni to`g`rilash ham tilni
o`rganishga yordam beradi va talabalarni to`g`ri talaffuzga o`rgatadi. Dars jarayonida
rolli o`yinlardan foydalanish bir vaqtning o`zida barcha talabalarni darsda aktiv
ishtirok etishlarini ta`minlaydi. Bundan tashqari rolli o`yinlar talabalarning chet tilini
o`rganishga qiziqishini oshiradi va dars jarayoniga jonli,quvnoq muhitni yaratadi. Bu
esa chet tili darslarining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Keyingi metod bu
«Keys-stadi» bo`lib inglizcha, («case» — aniq vaziyat, hodisa, «study» —
o‘rganmoq, tahlil qilmoq) aniq vaziyatlarni o‘rganish, tahlil qilish asosida o‘qitishni
amalga oshirishga qaratilgan metod hisoblanadi. Eng qiziqarli metodlardan biri -
«Pantomimo» o‘yinida 3 guruhga ajratiladi. Har bir guruhdan bittadan kishi doskaga
chiqariladi. Ularga mavzuga oid so‘zlar ro‘yxat asosida beriladi. Ular biror bir so‘z
aytmasdan imo-ishoralar, harakatlar orqali so‘zlarni qolgan guruh a’zolariga
tushuntirishlari kerak. Bu usul ham aynan vaqtni boshqarishda samarali usul
hisoblanadi. “Muammoli vaziyat yechimi” (Creative Problem Solving) bu usulni
qo’llash uchun hikoyaning boshlanishi o’qib beriladi qanday yakun topishi
o’quvchilar, talabalar hukmiga havola qilinadi; − “Quvnoq topishmoqlar” (Merry
Riddles) o’quvchilarga topishmoqlar o’rgatish Ingliz tilini o’rgatishda muhim
ahamiyatga ega, ular o’zlariga notanish bo’lgan so’zlarni o’rganadilar va o’ylab
topishmoq javobini topadilar; − “Tezkor javob” (Quick answers) o’tilgan dars
samaradorligini oshirishda yordam beradi va aynan shu usul yordamida uy
vazifalarini tezkorlik bilan so`rab olishni amalga oshirsa bo`ladi; − “Chigil yozdi”
(“Warm-up exercises”) o’quvchilarni darsga qiziqtirish uchun sinfda har xil
o’yinlardan foydalanish [3]; − “Pantomima” (pantomime) bu usul juda qiyin
mavzular tushuntirilishi kerak bo’lgan darsda yoki yozma mashqlar bajarilib,
talabalar charchagan paytda foydalanilsa bo’ladi; − “Hikoya zanjiri” (a chain story)
usuli o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirishda yordam beradi va qisqa vaqt ichida
o`quvchilardagi dars yuzasidan dastlabki bilimlarini tekshirishga hizmat qiladi; −
“Rolli o’yinlar” (Acting characters) bu usul darsning barcha tiplarida qo’llanilishi
mumkin. Hunarga o’rgatish uchun “Interpretter”, “Translator”, “Writer”, “Poet” kabi
kasbdagi kishilar darsda ishtirok etishib o’quvchilar bilan suhbatlashishlari mumkin;
− “Allomalar yig’ini” (Thinkers meeting) U.Shekspir, A.Navoiy, R.Burns kabi
shoirlar va yozuvchilarni “taklif qilish” mumkin. Bunday paytda ular aytib ketgan
hikmatli so’zlardan darsda foydalanish yoshlarni komil inson bo’lib tarbiyalanishiga
yordam beradi; − “Rasmlar so’zlaganda” (When pictures speak) usuli ancha qulay
bo’lib, ingliz tilini o’rgatishda, darsni hulosa qismida va yakuniy bilimlar


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 5(63)

~ 63 ~

umumlashtirilganda foydalanilsa samarasi ko`proq bo`ladi, talaba, o’quvchilarning
og’zaki nutqini rivojlantirishda yordam beradi, buning uchun mavzuga oid
rasmlardan foydalanish lozim; − Kviz kartochkalari (quiz cards) o’quvchilarning
soniga qarab kartochkalar tarqatiladi va hamma talabalar bir vaqtda darsda ishtirok
etish imkonini beradi bu esa vaqtni tejaydi. Ko’rib chiqqnimizdek, har bir innovatsion
texnologiya o’ziga xos afzallik jihatlariga egadir. Bunday usullarning barchasida
o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi hamkorlik, o’quvchining ta’lim jarayonidagi faol
harakati ko’zda tutishi bilan birgalikda, vaqtni oldindan rejalashtirishg hizmat qiladi.

Xulosa va takliflar.

Xulosa qilib aytganda, ingliz tili darslarida innovatsion usullarni qo’llash

natijasida o’qituvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi, nutqi
ravonlashadi, tez va to’g’ri javob berish malakasi shakllanishi bilan bir qatorda
darsda vaqtni tog`ri taqsimlash ko`nikmasi uyg`onadi. Bunday usullar o’quvchida
bilimga ishtiyoq uyg’otadi. O’quvchi darslarga puxta hozirlik ko’rishga intiladi. Bu
esa o’quvchilarni ta’lim jarayonining faol sub’yektlariga aylantiradi. Ta’lim tizimi
o’z oldiga erkin fikrlovchi, barkamol, yetuk shaxsni tarbiyalashni vazifa qilib qo’yar
ekan, kelgusida biz o’qituvchilar innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish
yo’llarini va dars mashg`ulotlarida vaqtdan unumli foydalangan holda yanada
ko`proq bilimlar berishga va dars rejasini yanada mukammalroq ishlab chiqishimiz
bilan o’z xissamizni qo’shishimiz mumkin.

Har bir sohani o`z taraqqiyot yo`li bor. Bunda tajribalar, davlatlar, soha

harakatini ta`minlovchi ishtirokchilar, ularning tili, millati mentalitetiga qarab
turlicha shakllanadi. Amalda qo`llanilganlarning barchasi ham omadli bo`lavermaydi.
Ularda samara va samarasizlik koeffitsienti yonma-yon yuradi. Ammo, tahlil,
o`rganish, taqqoslash kabi indukatorlar ham borki, ular qilinajak yangiliklar
muvafaqqiyatini 70 foizga bo`lsada kafolatlaydi. Shuning uchun butun dunyo
tajribalarini sinchiklab o`rganish va tahlil qilish va shu asosda yangi bilimlar yaratish
doimo oldinda turadi.


Foydalangan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Pym A. Where Translation Studies lost the plot: Relations with language

teaching. Translation and Translanguaging in Multilingual Contexts, 4 (2), 203–222.
– 2018.

2. Shen M. Teaching translation: programs, courses, pedagogies. Perspectives.

2017.

3. Colina S. Second Language Acquisition, Language Teaching and Translation

Studies. The Translator, 8:1, 1-24, 2002.


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 5(63)

~ 64 ~

4. Yusupov O. Хорижий тилларни ўқитишда таржиманинг аҳамияти //Chet

tillarni o‘qitishda dolzarb muammolar, innovatsiyalar, an'analar, yechimlar va badiiy
adabiyotlar tahlili. – 2022. – Т. 1. – №. 01.

5. Melis N.M., Albir A.H. Assessment In Translation Studies: Research Needs.

META Journal des traducteurs/Translators' Journal. Volume 46, Number 2, 2001.

Библиографические ссылки

Pym A. Where Translation Studies lost the plot: Relations with language teaching. Translation and Translanguaging in Multilingual Contexts, 4 (2), 203–222. – 2018.

Shen M. Teaching translation: programs, courses, pedagogies. Perspectives. 2017.

Colina S. Second Language Acquisition, Language Teaching and Translation Studies. The Translator, 8:1, 1-24, 2002.

Yusupov O. Хорижий тилларни ўқитишда таржиманинг аҳамияти //Chet tillarni o‘qitishda dolzarb muammolar, innovatsiyalar, an'analar, yechimlar va badiiy adabiyotlar tahlili. – 2022. – Т. 1. – №. 01.

Melis N.M., Albir A.H. Assessment In Translation Studies: Research Needs. META Journal des traducteurs/Translators' Journal. Volume 46, Number 2, 2001.