JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Niyadullayeva Dilsora
O‘zbekiston dаvlаt sаn’аt vа mаdаniyаt instituti “Mаdаniyаt vа sаn’аt sohаsi
menejmenti” tа’lim yo‘nаlishi 1-bosqich mаgistranti
Ilmiy rаhbаr:
Yusufаliyevа Dilаfruz
O‘zDSMI “Mаdаniyаt vа sаn’аt sohаsi menejmenti” kаfedrаsi dotsenti,
siyosiy fаnlаr doktori (DSс),
MADANIYAT VA SAN’AT SOHASINI RIVOJLANTIRISHDAGI KREATIV
IQTISODIYOTNING O‘RNI
Annotatsiya.
Maqolada kreativ iqtisodiyotning madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishdagi
roli va ahamiyati tizimli tahlil qilinadi. Kreativ industriyalar orqali iqtisodiy va madaniy
taraqqiyotning yangi tendensiyalari o‘rganilib, xalqaro va milliy tajribalar asosida amaliy
takliflar ishlab chiqiladi. Madaniy merosni innovatsion usullar bilan saqlash va san’atni
iqtisodiyotning muhim tarmog‘iga aylantirishdagi strategik yondashuvlar tahlil etiladi.
Kalit so‘zlar
: kreativ iqtisodiyot, madaniyat, san’at, innovatsiyalar, madaniy diplomatiya,
iqtisodiy rivojlanish, kreativ industriyalar.
Аннотация:
В статье системно анализируется роль и значение креативной экономики в
развитии сферы культуры и искусства. Исследуются новые тенденции экономического и
культурного прогресса через призму креативных индустрий, а также на основе
международного и национального опыта предлагаются практические рекомендации.
Рассматриваются стратегические подходы к сохранению культурного наследия с
использованием инновационных методов и превращению искусства в важный сектор
экономики.
Ключевые слова
: креативная экономика, культура, искусство, инновации, культурная
дипломатия, экономическое развитие, креативные индустрии.
Annotation:
This article systematically analyzes the role and significance of the creative
economy in the development of culture and art. The study explores new trends in economic and
cultural progress through creative industries and proposes practical recommendations based on
international and national experiences. It also examines strategic approaches to preserving
cultural heritage through innovative methods and transforming art into an important sector of the
economy.
Keywords
: creative economy, culture, art, innovations, cultural diplomacy, economic
development, creative industries.
Bugungi kunda globallashuv va texnologik taraqqiyot jarayonlari iqtisodiyotning yangi
yo‘nalishlarini vujudga keltirmoqda. Ularning eng muhimlaridan biri kreativ iqtisodiyot bo‘lib, u
madaniyat va san’at sohalarining rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Kreativ iqtisodiyot
iqtisodiy o‘sishning innovatsion va madaniy manbalarini ishga solib, iqtisodiy tizimlarning
diversifikatsiyasiga xizmat qilmoqda. Shunday ekan, madaniyat va san’at sohasi kreativ
iqtisodiyot kontekstida yangi imkoniyatlar va istiqbollarni namoyon qilmoqda.Bugungi
globallashuv jarayonida madaniyat va san’at nafaqat ijtimoiy hayotning muhim elementi, balki
iqtisodiy resurs sifatida ham alohida o‘ringa ega bo‘lib bormoqda. BMT va UNESCO
ma’lumotlariga ko‘ra, kreativ industriyalar dunyo yalpi ichki mahsulotining muhim qismini
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
tashkil etib, global iqtisodiyotning innovatsion drayveriga aylangan. Shu sababli, madaniyat va
san’at sohasini iqtisodiy resurs sifatida baholab, uni strategik rivojlantirish zaruriyati yuzaga
kelmoqda. SHuningdek,kreativ iqtisodiyot madaniyat va san’at sohasining rivojlanishiga kuchli
turtki bermoqda. U nafaqat iqtisodiy samaradorlikni oshiradi, balki jamiyatda madaniy xilma-
xillikni, ijodiy imkoniyatlarni va innovatsion salohiyatni rivojlantiradi. Shu sababli, davlat
siyosatida madaniyat va san’at sohalarini kreativ iqtisodiyot nuqtayi nazaridan rivojlantirish,
raqobatbardosh kreativ ekotizimlar yaratish, yoshlarning ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash
muhim ahamiyat kasb etadi.
Biz kreativ iqtisodiyot va madaniyat tushunchalarining o’zaro ta’siri va bog’liqligi haqida
gapirar ekanmiz, “kreativ” tushunchasi uchun oydinlik kiritishimiz lozim. Kreativ iqtisodiyot —
bu iqtisodiy rivojlanishda ijodiy g‘oyalar, innovatsiyalar va intellektual mulk salohiyatidan
foydalanish tamoyiliga asoslangan sohalar majmui. Howkins (2001) kreativ iqtisodiyotni
“ijtimoiy va iqtisodiy qiymat intellektual mulk asosida yaratiladigan faoliyat turi” deb ta’riflaydi.
Bu sohada quyidagi xususiyatlar ajralib turadi:
• Yangi g‘oyalar asosida mahsulot va xizmatlar yaratish,
• Madaniy boylik va merosga innovatsion yondashuv,
• Raqamli texnologiyalar va global platformalardan foydalanish.
Birr qarashda kreativ iqtisodiyot hamda madniyat sohalari o’zaro bog’liqlik tomonlarga ega
emasdek ko’rinadi, ammo aynan bu ikki sohani bo’g’lab turadigan sabablar talaygina.
Xususan,kreativ iqtisodiyot madaniy qadriyatlarni tijoratlash orqali ularning keng auditoriyaga
yetib borishini ta’minlaydi. Shu bilan birga, mahalliy hunarmandchilik rivojlanadi, madaniy
festival va ko‘rgazmalar soni oshadi, san’atkorlarning daromad manbalari ko‘payadi
Hozirgi kunga kelib madaniyat va san’at an’anaviy shakldan chiqib, kreativ platformalar orqali
yangi iqtisodiy imkoniyatlar yaratmoqda: virtual ko‘rgazmalar, interaktiv teatr va musiqa
loyihalari, raqamli san’at va NFTlar. Raqamli texnologiyalar yordamida tarixiy yodgorliklar va
qadimiy san’at asarlarini keng auditoriyaga yetkazish imkoniyati yaratilmoqda. Misol uchun,
Luvr muzeyi va Britaniya muzeyi o‘z kolleksiyalarini raqamli shaklga o‘tkazib, global
auditoriyani jalb qilmoqda. O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirishga
qaratilgan bir qator davlat dasturlari amalga oshirilmoqda. Xususan, “Yoshlar - kelajagimiz”,
“Ijodiy va innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash” fondlari kreativ iqtisodiyotning
shakllanishiga xizmat qilmoqda.Biz har bir soha to’g’risida so’z yuritar ekanmiz,ushbu
sohalarning Xalqaro miqyosda qanday tendensiyalar asosida rivojlanish uslubini ko’rib,tahlil
qilmasdan ilojimiz yo’q. Xususan, Buyuk Britaniya kreativ industriyalarni alohida strategik
sektor sifatida rivojlantirib, “Creative Industries Council” va “Creative England” kabi
tashkilotlar orqali loyihalarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Janubiy Koreya Hallyu (“Koreys to‘lqini”)
orqali nafaqat madaniyatini, balki iqtisodiyotini ham global darajada rivojlantirdi. K-pop, drama
va film mahsulotlari davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor qismi sifatida ko‘rilmoqda. Xitoy
kreativ kontent ishlab chiqarishga (film, adabiyot, videoo‘yinlar) katta sarmoya kiritib, ichki va
tashqi bozorlarda madaniy ta’sirini kengaytirmoqda.
Bugungi kunda madaniyat sohasi va kreativ iqtisodiyot haqida so’z yuritar ekanmiz,albatta
mavjud muammo va yechimlar to’g’risida aytib o’tishimiz lozim.Eng asosiy masala sifatida
qaralayotgan muammolar shundan iboratki, Infrastrukturaning yetarli rivojlanmaganligi, kreativ
ta’lim tizimining zaifligi, intellektual mulk huquqlarining himoya darajasi pastligi.SHunday
bo’lsada,ushbu muammolarning yechimi sifatida takliflar mavjud: kreativ iqtisodiyot uchun
maxsus fondlar va inkubatorlar tashkil etish, madaniy va san’at loyihalarini xalqaro grantlar
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
orqali moliyalashtirish,
raqamli platformalarni rivojlantirish va yosh iste’dodlarni
rag‘batlantirish, kreativ startaplar uchun soliq imtiyozlarini joriy etish, Xalqaro kreativ
industriyalar bilan hamkorlikni kuchaytirish. Madaniyat va san’at sohalarining kreativ iqtisodiyot
orqali rivojlanishi global iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning ajralmas qismiga aylanmoqda.
O‘zbekiston uchun ham kreativ industriyalarni strategik rivojlantirish madaniy merosni saqlash,
milliy iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va xalqaro maydonda o‘z madaniy brendini yaratish
uchun muhim imkoniyatdir.Chunki kreativ industriyalar nafaqat iqtisodiy o’sishga,balki madniy
xilma-xillik va innovatsion rivojlanishga ham xizmat qilmoqda. Shu sababli davlat siyosati va
xususiy sektor hamkorligida kompleks rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish va amalga
oshirish lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-apreldagi PQ-4307-son qarori
“Madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori, 2020 yil 26 may, PQ–4743-son. Kreativ
iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi (2022). Yillik
hisobot. Toshkent.
4.
Yusupova R.K. Madaniyat va san’at sohasida innovatsin jarayonlarning tutgan o’rni. (2024)
5. Kalkanatov, Asilbek. "PROFESSIONAL QUALIFICATION OF THE MANAGER IN THE
CULTURAL FIELD."
JOURNAL OF ECONOMY, TOURISM AND SERVICE
2.9 (2023): 19-23.
6. Kalkanatov, Asilbek. "THE IMPORTANCE OF MANAGING THE PARTICIPATION OF
CULTURAL AND ART INSTITUTIONS AND ORGANIZATIONS IN CULTURAL
ACTIVITIES."
Journal of Innovation, Creativity and Art
2.9 (2023): 7-10.
7. Abatbaevna, Saparbaeva Gulshira, and Qolqanatov Asilbek Nazarbaevich. "History of the
Development of Spiritual and Educational Processes in Karakalpakstan." (2023).
8. Kolkanatov, Asilbek. "IFTIKHORI TIMSOLI TUMOR BRANCH."
JOURNAL OF
HEALTHCARE AND LIFE-SCIENCE RESEARCH
2.11 (2023): 67-69.
9. Nazarbay o‘g‘li, Qolqanatov Asilbek. "OMMAVIY TOMOSHA MUASSASALARI
FAOLIYATI TAHLILI."
Academic Integrity and Lifelong Learning (France)
2 (2023): 15-21.
10. QOLQANATOV, Asilbek. "“О ‘ZBEKKONSERT” DAVLAT MUASSASASI
FAOLIYATI: TADQIQOT VA TAHLIL."
TA’LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR
12
(2023): 8-14.
11. Nazarbai, Kolkanatov Asilbek. "NEW VOICE IN UZBEK DIRECTION."
Journal of
Innovation, Creativity and Art
2.12 (2023): 65-70.
12. Alfiya, Qolqanatova. "Milliy Musiqa San’ati Va Yoshlar Tarbiyasi."
Journal of Creativity in
Art and Design
1.2 (2023): 16-20.
13. QOLQANATOV,
Asilbek.
"MA’DANIYAT
VAZIRLIGI
VA
MADANIYAT
MARKAZLARI: TARIXIY TARAQQIYOT JARAYONLARIDAN."
News of UzMU
journal
1.1.1. 1. (2024): 16-20.
14.
Nazarbaevna, Qolqanatova Alfiya, and Kojalepesov Sultanbay Serjanovich. "The
Importance of Scenario in Cultural Events."
EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN
NONFORMAL EDUCATION
4.2 (2024): 259-262.
15.
Yuldasheva, M. B., and A. N. Qolqanatov. "KADRLAR POTENSIALI IJTIMOIY-
MADANIY
SOHADA
TASHKILOT
FAOLIYATI
SAMARADORLILIGINI
OSHIRISHSHNING YETAKCHI OMILI SIFATIDA."
Inter education & global study
8 (2024):
58-68.
