Авторы

  • Bekmurodova Sarvinoz Ashrafovna, O’razboyeva Charos Davron qizi, Navruzov Ulug‘bek Bababekovich
    ChDPU, Boshlang’iich ta’lim fakulteti 1-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.104002

Ключевые слова:

matematika dars qiziqarli masala boshlang’ich sinf metod o’quvchi.

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang’ich ta’lim jarayonida matematik matnli masalalarni o’qitishning ahamiyati, mazmuni va samarali usullari tahlil qilingan. Matnli masalalar o’quvchilarda nafaqat hisoblash ko’nikmalarini, balki tahliliy fikrlash, tushunganini izohlab bera olish va hayotiy vaziyatlarni yecha olish qobiliyatini rivojlantiradi. Maqolada matnli masalalarni bosqichma-bosqich o’rgatish metodikasi, didaktik tamoyillarga asoslangan yondashuvlar hamda o’quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda topshiriqlarni tanlash muhimligi yorotilgan. Shuningdek, dars jarayonida interfaol metodlar, vizual vositalar va qiziqarli masalalar orqali o’quvchilarda qiziqish uyg’otish va mustaqil fikrlashga yo’naltirish bo’yicha amaliy tavsiyalar berilgan. Maqola boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun foydali metodik qo’llanma bo’lib, ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Bekmurodova Sarvinoz Ashrafovna

O’razboyeva Charos Davron qizi

ChDPU, Boshlang’iich ta’lim fakulteti 1-kurs talabasi

Ilmiy raxbar:

Navruzov Ulug‘bek Bababekovich

BOSHLANG’ICH TA’LIMDA MATEMATIK MATNLI MASALALARNI O’QITISH

Annotatsiya:

Ushbu maqolada boshlang’ich ta’lim jarayonida matematik matnli masalalarni

o’qitishning ahamiyati, mazmuni va samarali usullari tahlil qilingan. Matnli masalalar

o’quvchilarda nafaqat hisoblash ko’nikmalarini, balki tahliliy fikrlash, tushunganini izohlab bera

olish va hayotiy vaziyatlarni yecha olish qobiliyatini rivojlantiradi. Maqolada matnli masalalarni

bosqichma-bosqich o’rgatish metodikasi, didaktik tamoyillarga asoslangan yondashuvlar hamda

o’quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda topshiriqlarni tanlash muhimligi

yorotilgan. Shuningdek, dars jarayonida interfaol metodlar, vizual vositalar va qiziqarli masalalar

orqali o’quvchilarda qiziqish uyg’otish va mustaqil fikrlashga yo’naltirish bo’yicha amaliy

tavsiyalar berilgan. Maqola boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun foydali metodik qo’llanma

bo’lib, ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Kalit so’zi:

matematika, dars, qiziqarli, masala, boshlang’ich sinf, metod, o’quvchi.

Аннотация:

В статье анализируются значениеб содержание и эффектичение методы

обучение текстовым математическим задачем в образовательном процессе начальной

школы. Текстовые задачи развивают не только навыки счета у учащихся, но и их

аналитическое мышление, способность объяснять то, что они понимают, и способность

решать реальные жизненные ситуации. В статье рассматривается методика поэтапного

обучения решению текстовых задач, подходы, основанные на дидактических принципах, а

также важность подбора заданий с учетом возрастных особенностей учащихся. Также

даются практические рекомендации о том, как пробудить интерес учащихся и поощрить

самостоятельное мышление с помощью интерактивных методов, наглядных пособий и

интересных вопросов во время урока. Статья является полезным методическим пособием

для учителей начальных классов и способствует повышению качества образования.

Ключевое слово:

математика,урок,интересный,проблема,начальная школа, метод, ученик.

Annotation:

This article analyzes the importance, content and effective methods of teaching

mathematical text problems in primary education. Text problems develop not only computational

skills in students, but also analytical thinking, the ability to explain what they understand, and the

ability to solve real-life situations. The article highlights the methodology for teaching text

problems step by step, approaches based on didactic principles and the importance of selecting

tasks taking into account the age characteristics of student. It also provides practical

recommendations for arousing students’ interest and thinking through interactive methods, visual

aids and interesting problems during the lesson. The article is a useful methodological guide for

primary school teachers and serves to improve the quality of education.

Keyword:

mathematics, lesson, interesting, problem, elementary school, method, student.

Kirish

Matematika fani o’quvchilarga mantiqiy fikrlash, tahlil qilish va muammolarni hal qilish

ko’nikmalarini rivijlantiradi. Boshlang’ich ta’limda matematik matnli masalalarni o’qitish,


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

o’quvchilarni nafaqat matematik bilimlar bilan tanishtirish, balki ularni fikrlash qobilyatlarini

yanada mustahkamlashga yordam beradi. Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarida

matnli masalalar orqali matematik qobiliyatlarni rivojlantirishning metodik yondashuvi, amaliy

tavsiflar va o’qituvchilar uchun ko’rsatmalar keltirilgan. Matnli masalalar o’quvchilarga real

hayotdagi masalalarni matematik usullar bilan hal qilish imkonini beradi. Bu masalalar

matematik tushunchalar va amaliy ko’nikmalarni o’zaro bog’laydi. Masaalar o’quvchilarga

matematik formulalar, usullar va yechimlarni konkret vaziyatlar bilan o’rgatish imkonini

yaratadi. Shuningdek, matnli masalalar o’quvchilarni analitik fikrlashga undaydi va ular uchun

o’rganilayotgan mavzuni tushunarli qilishda muhim vosita hisoblanadi.

Matnli masalalarni o’qitishda bosqichma-bosqich yondashuvni qo’llash juda muhimdir. Masalan,

oquvchilarga dastlab soddaroq masalalar berilib, keyinchalik murakkab masalalarga o’tish kerak.

Bu o’quvchilarga masalalarni yechishda o’zlarini erkin his qilishlariga yordam beradi.

O’qituvchi masalani yechishda o’quvchilarga turli yondashuvlar va masalaning turli yechimlarini

ko’rsatishi zarur. Bu metod o’quvchilarni mustaqil fikrlashini rivojlantiradi. O’quvchilarni

matematik tafakkurini rivojlantirishda guruhlarda ishash usuli samarali hisoblanadi. O’quvchilar

guruhlarda masalalarni yechishdao’zaro fikr almashish , yondashuvlarni taqqoslash va bir-biriga

yordam berish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bu usul o’quvchilarni hamkorlikka va jamoaviy

ishlashga o’rgatadi.

Matematik matnli masalalarni o’qitishda o’quvchilarningfaol ishtirokini ta’minlash uchun

interfaol usullardan foydalanish zarur. Masalan, masalalarni muhokama qilish, guruhlar shaklida

ishlash va masalalarni muammoli tarzda taqdim etish o’quvchilarda matematikaga bo’lgan

qiziqishini oshiradi. Interfaol metodlar orqali o’quvchilar o’zlariga yangi bilimlarni

mustahkamlashadi va darsdan maksimal foyda olishadi.

Matnli masalalarni o’rgatishda visual vositalardan foydalanish masalani o’quvchilarga yanada

aniq va tushunarli qilib taqdim etishga yordam beradi. Diagrammalar, rasmli tasvirlar, jadval va

grafiklar yordamida masalaning mazmunini aniqroq tushuntirish mumkin. Ayniqsa, kichik

yoshdagi o’quvchilar uchun vizual materiallar juda samarali bo’ladi.

Matematik masalalarni o’qitishda o’quvchilarda qiziqish uyg’otish zarur. O’quvchilarni

motivatsiya qilishning samarali usullaridan biri bu masalalarga real hayotdan misollar kiritishdir.

O’quvchilarga savdo, transport yoki kundalik hayotda uchraydigan masalalar berish, ularda

matematikaga bo’lgan qiziqishni kuchaytiradi. O’qituvchilar matematik matnli masalalarni

tanlashda o’quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olishlari lozim. Boshlang’ich sinf

o’quvchilari uchun masalalar oddiy ammo qiziqarli bo’lishi kerak. Masalalar o’quvchilarning

mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga yordam berishi zarur.

Matnli masalalarni yechishda o’quvchilarga masalaning shartlarini tog’ri tahlil qilishni o’rgatish

juda muhim. O’quvchilarga masalani yechishning har bir bosqichini tushuntirib berish,

masalaning yechimi uchun kerakli matematik amallarni tanlashda yordam beradi . Bu usul

o’quvchilarning mustaqil fikrlashini va matematik yondashuvini rivojlantiradi.

Xulosa

Boshlang’ich ta’limda matematik matnli masalalarni o’qitish o’quvchilarda matematika fani

bo’yicha chuqur bilimlarni shakllantirishga, shuningdek, mantiqiy fikrlash va mustaqil qarorlar

qabul qilish qobilyatini rivojlantirishga yordam beradi. O’quvchilar matnli masalalar orqali

matematikani o’rgatish nafaqat ularning bilimlarini, balki hayotiy qobiliyatlarini ham oshiradi.

Pedagogik yondashuvlar, interfaol metodlar va vizual vositalar yordamida boshlang’ich sinf

o’quvchilarining matematik ta’limini yanada samarali qilish mumkin.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Nurmuhammedov, F.(2022). ‘’Boshlang’ich ta’limda matematik matnli masalalarni o’qitish

metodikasi’’. Pedagog ilmiy jurnali, 12(4), 75-82.

2. Mirzaeva, G. (2021). ‘’Matematika o’qitish metodikasi va amaliy qo’llanmalar’’. Ta’lim va

taraqqiyot , 5(3), 45-59.

3. Karimov A. (2023). ‘’ Matematika darslarida masalalarni yechishning zamonaviyb

usullari.’’ Zamonaviy ta’lim metodikasi ,7(2), 123-135.

4. Shamsutdinova, T. (2022). ‘’O’quvchilarda matematik qiziqishni shakllantirish .’’

Pedagogik amaliyot , 6(1) 34-41.

5. Xamraev, D. (2022). ‘’ Interfaol ta’lim metodlari va ularning boshlang’ich ta’limda

qo’llanilishi .’’ Innovatsion pedagogika, 8(2), 112-120.

1.

Библиографические ссылки

Nurmuhammedov, F.(2022). ‘’Boshlang’ich ta’limda matematik matnli masalalarni o’qitish metodikasi’’. Pedagog ilmiy jurnali, 12(4), 75-82.

Mirzaeva, G. (2021). ‘’Matematika o’qitish metodikasi va amaliy qo’llanmalar’’. Ta’lim va taraqqiyot , 5(3), 45-59.

Karimov A. (2023). ‘’ Matematika darslarida masalalarni yechishning zamonaviyb usullari.’’ Zamonaviy ta’lim metodikasi ,7(2), 123-135.

Shamsutdinova, T. (2022). ‘’O’quvchilarda matematik qiziqishni shakllantirish .’’ Pedagogik amaliyot , 6(1) 34-41.

Xamraev, D. (2022). ‘’ Interfaol ta’lim metodlari va ularning boshlang’ich ta’limda qo’llanilishi .’’ Innovatsion pedagogika, 8(2), 112-120.