JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Israilova Xusnida Adilovna
Qo`qon universtiteti Andijon filiali pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi.
e-mail:
israilovaxusnida@gmail.com
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA KONSENTRATSIYANING
RIVOJLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
Annotatsiya:
Ushbu
maqolada
maktabgacha
yoshdagi
bolalarda
konsentratsiyaning
rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar, yo‘llari va usullari, shuningdek maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida konsentratsiyani rivojlantirishda bolaning rivojlanish xususiyatlarini hisobga olish
masalalari bayon etilgan.
Tayanch so‘zlar:
kontsentratsiya, pedagogika, diqqat, omil, ta’lim, tarbiya, tafakkur, pedagogik
shart-sharoit, Montessori pedagogikasi, qobiliyat.
Ma’lumki, maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual,
ma’naviy-axloqiy, yetuk, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni
umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir. Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti
yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlashni
ham nazarda tutadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning o‘ziga xos rivojlanish xususiyatlari va
salohiyatlarini hisobga olish, barcha turdagi rivojlanish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi, bolaning
ijodiy qobiliytlarini qo‘llab-quvvatlash ta’lim jarayonining tashkil qilishning muhim tamoyillari
hisoblanadi.
Maktbagacha yoshdagi bolalar Davlat ta’lim standartlariga muvofiq quyidagi umumiy muhim
kompetentsiyalarni egallashi lozim bo‘ladi: kommunikativ, o‘yin, ijtimoiy, bilish
kompetentsiyalari. Mazkur kompetentsiyalarni egallashi bolaning yosh, ijtimoiy, jismoniy va
aqliy rivojlanish jarayonining natijasi sifatida qaraladi. Mazkur rivojlanish jarayonida
kontsentratsiyaning ahamiyati katta bo‘lib, bu borada ilmiy tadqiqotlarning salmog‘i kengayib
bormoqda. Amaliy jihatdan esa bolaning kontsentratsiyasini rivojlantiruvchi, diagnostika
qiluvchi, baholovchi metodlar ortib borishi bolalar yashovchi ijtimoiy muhit, jamiyatning
modernisatsiyalashuvi, globallashuv jarayonlarining bolalarga bo‘lgan ta’sirida namoyon
bo‘lmoqda. Keng jamoatchilik, pedagoglar, shifokorlar, ota-onalar, barcha bolalar bilan bog‘liq
kasbiy faoliyatda kontsentratsiya masalasi alohida o‘rin egallaydi.
Maktabgacha
ta’lim tashkilotlarining xarakteriga
ko‘ra
ta’lim-tarbiya
mazmunini
tarbiyalanuvchilarni ijtimoiylashtirish, ijtimoiy ong va tafakkurini, dunyoqarashini rivojlantirish
doirasida ishlab chiqish davr talabidir. Bu o‘rinda bolalarning yosh va psixologik xususiyatlari,
muassasa joylashgan geografik muhit, tolerantlik tamoyillari, milliy va umuminsoniy qadriyatlar
mushtarakligi hamda demografik vaziyat inobatga olinmog‘i maqsadga muvofiqdir. Shuningdek,
ta’lim-tarbiya mazmunini zamon talablariga mos shakllantirishda dunyodagi globallashuv
jarayoni tamoyillari, xorijiy ilg‘or tajribalar, mutaxassis olimlarning ilmiy-nazariy, metodik
xarakterdagi g‘oyalari va qarashlariga tayaniladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari mazmunini
shakllantirishda albatta pedagogik va psixologik qonuniyatlar, tamoyillar, shart-sharoitlar,
omillar va boshqalar inobatga olinmog‘i zarur.
Bolalarda kontsentratsiyaning rivojlanishi ularning faol faoliyati bilan chamabrachas bog‘liq.
Faol faoliyatda o‘yin, o‘quv, mehnat va turmush faoliyati kun mobaynida bir necha bor o‘zgaradi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar 8 minutga yaqin aqliy faoliyat bilan faol shug‘ullanishlari
mumkin bo‘lsa, katta maktabgacha yoshdagi bolalar esa ana shunday faoliyat bilan 12-14 minut
shug‘ullana oladilar. Shu vaqt o‘tgandan so‘ng ularda kontsentratsiya susayishi kuzatiladi.
Mashg‘ulotlar orasida va mashg‘ulotning o‘zida harakatli mashqlar (jismoniy tarbiya daqiqalari,
jismoniy tarbiya tanaffuslari)dan ularni tetiklashtirish uchun foydalanilsa, ularning
kontsentratsiyasi bir muncha ko‘payadi.
Xalq pedagogikasida o‘yinchoqlarning butun bir tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, bular bolaning
sensor qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan. O‘yinchoqlar bolalarning nutqiy faolligini
uyg‘otadi, lug‘at boyligini oshiradi, ularda tahlil qilish, yaxlit holatga keltirish, umumlashtirish,
taqqoslash, tavsiflash, diqqatni jamlash kabi qobiliyatlarni rivojlantiradi.
Bolalarda kontsentratsiyani rivojlantiruvchi eng asosiy omillardan biri ularda qiziquvchanlik
xususiyati hisoblanadi. Qiziquvchanlik bolaning tevarak-atrofdagi voqea-hodisalarga, narsa va
buyumlarga qiziqish bilan qarashida, hamma narsani ushlab, his qilib, diqqat bilan kuzatishida
namoyon bo‘ladi. Sayr, ekskursiya vaqtida tarbiyachi bolalarning diqqatini tabiatning rang-
barangligiga, uning o‘zgarishi va uyg‘unligiga qaratadi, tabiat hodisalariga qiziqish uyg‘otadi,
unga muhabbat va ehtiyotkorlik munosabatini tarbiyalaydi, asrab-avaylashga o‘rgatadi.
Tarbiyachi kuzatishlar tashkil etib, bolalarda paydo bo‘lgan savollarga o‘z vaqtida javob
berishga harakat qilishi, ularni mustaqil javob qidirishga undashi lozim bo‘ladi. Aqliy
tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchanligini, ularning sinchkovligini rivojlantirish va shular
asosida bilishga qiziqish hosil qilishdan iborat.
Bolalarda kontsentratsiyani rivojlantirishda o‘yin faoliyatining ahamiyati katta. O‘yin faoliyati
bolalarning ixtiyoriy diqqatlarini oshiradi, bola irodasini, ijodiy fikrini rivojlantiradi. Bola ijodiy
o‘yinda aqliy jihatdan tarbiyalanadi va rivojlanadi. Shuningdek, mehnat faoliyati ham bolalarda
kontsentratsiyani rivojlanishiga xizmat qiladi. Mehnat faoliyati bolalardan diqqat, o‘tkir zehnlilik,
topqirlik, ijodkorlik, qobiliyatlarini egallashni talab etadi hamda bola nutqini yangi so‘zlar bilan
boyitadi.
Ma’lumki, inson aqli keng ma’noda sezish va idrok etishdan boshlanib, tafakkur va hayotni o‘z
ichiga oladigan bilish jarayonlari yig‘indisi hisoblanadi hamda aqliy faoliyat diqqatning har doim
ma’lum maqsadga qaratilgan bo‘lishini taqozo etadi. Insonning aqli uning asosiy faoliyatida
erishgan muvaffaqiyati xususiyati bilan bog‘lanadi.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning eng quyi va mas’uliyatli bosqichi hisoblanib, bola ta’lim
va tarbiyasining muhim poydevori hisoblanadi. Maktabgacha ta’limning muhim vazifalari
sifatida maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qib-o‘rganishga bo‘lgan intilish
moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlash, ularning
tafakkurini, mustaqil fikrlashini, o‘zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini
shakllantirishdan iborat.
Maktabgacha yoshdagi bolalar kontsentratsiyasini rivojlantirish yo‘llari va usullarini o‘rganish
muammosi pedagogikaning muhim muammolaridan biridir. Konsentratsiya atrof-olam, dunyoni
anglashga qiziqish, noma’lum narsani bilish istagi – asosan o‘qitish va faoliyat samaradorligini
belgilaydigan ustuvor xususiyatlardan biridir. Kognitiv harakatlarni tashkil etish bolada
allaqachon shakllangan ehtiyojlarga, shu jumladan kattalar bilan muloqot qilish zarurligiga
asoslangan bo‘lishi kerak (harakatlar, amallar, qarorlar, fikrlarni tasdiqlash).
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachi mashg‘ulot rejasini tuzishda bolalarning xulq-
atvori, qiziqishi, rivojlanish darajasiga qarab, yakka tartibdagi ishlar ham rejalashtiradi. Umumiy
rivojlanish biroz orqada qolayotgan, diqqati tarqoq, o‘ziga ishonchi yo‘q yoki o‘zi to‘g‘risida
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
yuqori flkrli bolalarga ko‘proq e’tibor berish kerak. Guruhdagi bolalarda kontsentratsiya bilan
bog‘liq muammoli bolalar bo‘lganida avvalambor ularning diqqatini bir joyga jalb qilish uchun
kichik harakatli mashqni amalga oshirish lozim bo‘ladi.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, hozirgi kunda bolalarda kontsentratsiyani rivojlantirish
muammosini hal qilishning ikki yo‘li mavjud: keng va intensiv. Ularning ikkalasi ham bitta
yakuniy maqsadga ega: bilimli, axloqli, ijtimoiy faol, qobiliyatli shaxsni tarbiyalash. Biroq,
maqsadga erishishning yondashuvlari turlicha. Keng yo‘l, birinchi navbatda, bolalarga
yetkazilgan bilim hajmini oshirish orqali amalga oshiriladi. Intensiv yo‘l subyektiv, shaxsiy
manfaatdorlik pozitsiyasini shakllantirishga asoslanadi va bu ta’lim dasturlari tarkibidagi
o‘zgarishlarni va o‘rgatish uslublarini intensivlashtirishni (rivojlanish, shaxsga yo‘naltirilgan
ta’lim) nazarda tutadi.
Bolalarda kontsentratsiyani rivojlantirish muammosining yana bir dolzarbligi shundaki,
insonning tashqi dunyo bilan o‘zaro aloqasi faqat uning diqqat-e’tibori va faolligi tufayli amalga
oshadi, bu esa o‘z navbatida anglash, tushunish, tafakkur qilishga yordam beradi.
Kontsentratsiya bolaning faolligini, uning atrof-olamni bilishga bo‘lgan ishtiyoqini,
noma’lumdan ma’lumni aniqlashga bo‘lgan harakatini ta’minlaydi. Ilmiy adabiyotlarda
“kontsentratisiya” tushunchasi turli talqinlarda ifoda etiladi. Kontsentratsiya bolaning o‘zi
mustaqil biron bir faoliyatga intilishini, insoniyat tomonidan ijtimoiy tajriba orqali to‘plangan
faoliyat usullarini o‘zlashtirishini o‘z ichiga oladi.
Psixik holatning tashqi alomatlariga ishongan holda ish ko‘rish har doim ham to‘g‘ri
bo‘lavermaydi. Bolaning xatti-harakatlarini to‘g‘ri talqin qilish, ayniqsa muhimdir. Ba’zida bola
juda diqqat bilan tinglayotgandek ko‘rinsa ham, tamomila boshqa narsa haqida o‘ylab o‘tirgan
bo‘ladi. Binobarin, bolalar holatini aniqlashda, tarbiyachining vizual nazorat qilishi yetarli deb
topilmaydi, balki ularning qanchalik qunt bilan ishlayotganliklarini aniqlash maqsadida boshqa
usullardan (masalan savollar tashlash) ham foydalanish mumkin.
Bolalar psixologiyasida obyektiv kuzatish metodi har doim ma’lum maqsadga qaratilgan bo‘ladi.
Bunda tarbiyachi va tekshiruvchi psixolog bolalarning xulq-atvorlari, ularda kontsentarsiyaning
rivojlanish holati, xatti-harakatlarini ularning turli-tuman faoliyatlarida, tabiiy sharoitda, mavzuli
tarzda kuzatadi. Obyektiv kuzatish metodi quyidagi qoidalarga asoslanib tashkil qilinadi:
kuzatishning aniq maqsadi va rejasi bo‘lishi lozim. Masalan: bolalar diqqatining barqarorligini
yoki tafakkur bilan bog‘liq bo‘lgan analiz qila olish qobiliyatini kuzatish.
Bolalar psixologiyasida tarkib toptiruvchi eksperiment metodidan ham foydalaniladi va bu
bolalarning u yoki bu xususiyati (psixologik xususiyati) tarkib toptiriladi va mustahkamlanadi.
Masalan, maktabgacha yoshdagi bolalar ayni bir vaqtning o‘zida butunni va uning tarkibiy
qismlarini to‘la idrok qila olmaydilar. Ular o‘z diqqatlarini yoki bir butun narsaning o‘ziga yoki
uning bo‘laklariga qarata olmaydilar. Tarkib toptiruvchi eksperiment orqali bolalarga bir butun
narsani uning qismlari bilan bir paytda idrok qilish o‘rgatiladi. Buning uchun bolalarga bir butun
narsaning obrazini yarata olish mashq qildiriladi (turli geometrik figuralar – doira, kvadrat,
kublardan foydalaniladi).
Bolalar pedagogikasi va psixologiyasining bugungi kundagi dolzarb muammolaridan biri bu –
maktabgacha yoshdagi bolalarning kontsentratsiyasini rivojlantirishdir. Kontsentratsiya
bolalarning atrof-olamga teran munosabat bildirishida, o‘zaro muloqot faolligining ortishida
namoyon bo‘ladi. Kontsentratsiya bolalarning aqliy qobiliyatlarini, fazilatlarini, ularning
tashabbuskorligi va individualligining ajralmas qismidir.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Ta’lim tizimini modernizatsiya qilishning zamonaviy sharoitida transformatsiyaning asosiy
yo‘nalishi har bir bolaga individual yondashuvni amalga oshirish hisoblanadi. Maktabgacha
yoshdagi bolalarning muammolarini hal qilish sharoitida ta’limning individualizatsiyasi alohida
ahamiyat kasb etadi, bunda har bir bolaning potentsial imkoniyatlarini hisobga olgan holda
amalga oshiriladigan psixologik va pedagogik tadbirlarning ilmiy asoslangan tizimi nazarda
tutiladi.
Bolalarning kundalik-amaliy faoliyati ko‘plab bilimlar, ko‘nikma va qobiliyatlarni egallashi
bilan tavsiflanadi. Bolalak davri o‘rganishning intensiv davri hisoblanadi. Bu davrda o‘rganish
kuzatish, sinab ko‘rish va tajriba orttirish bilan o‘ziga xoslikka ega.
Ma’lum bir vaqt oralig‘ida diqqatni bir joyga jamlayotgan inson kontsentratsiya qilayotgan
hisoblanadi. Bu so‘z lotin tilidan olingan (concentra = birga markazga) bo‘lib, “markazga
yo’naltirish” ma’nosini bildiradi. Diqqatni jamlagan inson butun aqliy qobiliyatini ayni vaqtda
talab qilinadigan yoki kerakli vazifaga yo‘naltiradi. Kontsentratsiya qobiliyati insonning
diqqatini jamlash orqali vazifa yoki maqsadga qanchalik yaxshi va qancha vaqt davomida
e’tiborini qarata olishini ko‘rsatadi. Yuqori darajadagi konsentratsiyaga ega bo‘lgan har bir inson
uzoq vaqt kerak bo‘lmagan holda, ortiqcha yuklama his qilmasdan diqqatini jamlashi mumkin.
Bolalarda kontsentartsiya qobiliyatini rivojlanishida so‘g‘lom taomlanish va harakat muhim
ahamiyatga ega. Kam harakat qiladigan bolalar, tinch o‘tirmasligi yoki biror narsaga fokuslana
olmasligi mumkin. Jismoniy harakatlar bolalarda kontsentratsiya qobiliyatini rivojlantirishda
muhim ahamiyatga ega. Bolalarda bilan tabiat qo‘yniga sayohatga chiqish ularga ijobiy ta’sir
ko‘rsatib, kontsentratsiya qobiliyatini yaxshilaydi. Bolalarda to‘yib ovqat yemaslik yoki yetarli
koloriyadigi
mahsulotlar
iste’mol
qilmasligi
ularning
kontsentratsiya
qobiliyatini
yomonlashishiga sabab bo‘ladi. Mevalar va sabzavotlar iste’mol qilinishi ijobiy ta’sir kuchiga
ega bo‘lsa, shakar, yog‘li mahsulotlar salbiy ta’sirga ega.
Uy sharoitida bolalarning konsentratsiya qobiliyatini rivojlantirish uchun bir qator mashqlar
tavsiya qilinadi. Ota-onalar o‘z farzandlari bilan turli hamkorlikdagi o‘yinlar, topishmoqlar,
yog‘ochdan turli shakl va buyumlar qurishi mumkin. Jumladan bolalar bilan hamkorlikda
pishiriq tayyorlash, sabzavotlarni to‘rg‘ash, hamirdan turli shakldagi pishiriqlar tayyorlash,
bolalar bilan birgalikda xarid qilish orqali ham ularda konsentratsiya qobiliyati rivojlanadi.
Bolalar bilan birgalikda xarid qilishda ular oldindan sotib olinishi lozim bo‘lgan 3-4 mahsulotni
eslab qolishi lozim bo‘ladi. Xarid qilish davrida bolalar ota-onasiga mazkur mashg‘lotlarni
eslatishi lozim bo‘ladi. Bolalar bilan birgalikda deraza oynalariga rasm chizish, origami kabilar
ham maqsadga muvofiq.
Mazkur topshiriq orqali bolalarda diqqat bilan eshitish, qaror qabul qilish, sinchkovlik, ziyraklik
hamda motorik jihatdan faollashtiradi. Topshiriq bolalarda kontsentratsiya qobiliyatini
rivojlantiradi.
Bolalarda kontsentratsiya qobiliyatini rivojlantirishda individual mashg‘ulotlar samarali
hisoblanadi. Montessori pedagogikasida ham bu alohida ta’kidlab o‘tilgan. Pedagogikada
“Montessori individual darslari” deb ta’riflanib, bunday dars yoki mashg‘ulotlar ixchamlik,
soddaligi va obyektivligi (ya’ni, bolaning o‘qish mavzusiga maksimal darajada kontsentratsiyasi)
bilan tavsiflanadi.
Bolalarda kontsentratsiya qobiliyatini rivojlantirishda Montessori pedagogikasining ahamiyati
katta. Montessori bolalar bog‘chasining bino va xonalarini jihozlash, ularni bolalar uchun
maxsus mebel jihozlari bilan ta’minlash sohasida islohotlarni amalga oshirdi. Montessori
maktablarining arxitekturasi ham pedagogik vazifalarga bo‘ysunadi: individual (guruh) darslari
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
xonalari ular uchun umumiy ayvon atrofida joylashgan bo‘lib, u erda bolalar tabiat bilan
tanishadilar (o‘simliklar, kichik uy hayvonlari).
U.Mirzaxmedov o‘z dissertatsion ishida bolalarda musiqiy-estetik dunyoqarashning rivojlanish
jarayoni rivojlanish psixologiyasi tamoyillariga asoslanishini keltirib o‘tadi. Bunda bolalardagi
quyidagi jihatlarni keltirib o‘tadi:
- uzoq muddatli kontsentratsiyani o‘rnata olmaslik;
- dinamikaga bo‘lgan ehtiyoj;
- bolalar e’tiborini faollashtirish uchun yorqin narsalarga bo‘lgan ehtiyoj;
- faoliyatga doimo qiziqishni saqlab turish zarurati;
- bolaning fikrlash, idrok etish, xotirasi xususiyatlari;
- ijodiy salohiyatni ro‘yobga chiqarish va shunga mos ravishda rivojlantirish zarurati;
- musiqa san’ati va unga aloqador sohalar bo‘yicha mavjud bilimlar darajasi.
Mazkur ilmiy mulohazadan bolalardagi musiqiy-estetik dunyoqarash bilan kontsentratsiya
qobiliyatining aloqadorligi mavjud ekanligi kelib chiqadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning vaqtini mazmunli o‘tkazishini ta’minlashdan
tashqari ularning psixologik holati, katta bo‘lish jarayonlarida tashqi ta’sirlariga reaksiyasini
o‘rganib ular bilan ishlaydigan malakali psixolog mutaxassislarning faoliyati muhim hisoblanadi.
Umuman olganda maktabgacha yoshdagi bolalarda kontsentratsiyani rivojlantirish va doimiy
ravishda takomillashtirib borish ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida qaraladi va u ta’limning
evolyutsion rivojlanish jarayoning ajralmas qismi hisoblanadi. Bolaning jismoniy, ijtimoiy-hissiy
rivojlanishi, nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari, bilish jarayonining rivojlanishi, ijodiy
rivojlanishida kontsentratsiya strategik ahamiyat kasb etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g’risida” Qonuni // Qonun
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, https://lex.uz/acts/-4646908
2. Davlatova N.B. Maktabgacha ta‘lim muassasalarida bolalar psixologiyasi / Science and
innovation international scientific journal, 3. 2022. – B. 868-870.
3. Jalilova S.X., Aripova S.M. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi. –T.: “Faylasuflar”
nashriyoti, 2017. – 24.
4.
Mирзахмедов У.У. Мусиқада бадиий-эстетик дид уйғунлиги / Международный
научный журнал No 3 (100), часть 1, “Научный импульс” Октябрь, 2022. – 984-988.
5. Hasanboeva O.U. va b. Maktabgacha ta‘lim pedagogikasi // O‘quv qo‘llanma. – T.: “Ilm
ziyo” nashriyoti, 2011. – B. 88.
