Авторы

  • Ibragimova Madina
    Samarqand davlat universiteti Urgut filiali Talabasi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.104018

Ключевые слова:

O‘tkir Hoshimov Ikki eshik orasi realizm jamiyat oila ruhiy kechinmalar o‘zbek adabiyoti nasr axloqiy ziddiyat.

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romanidagi ijtimoiy-ma’naviy muammolar, oila va jamiyat orasidagi ziddiyatlar, shuningdek, inson ruhiyatining ichki kechinmalari yoritilgan. Asarda xalqning og‘ir hayoti, qadriyatlari, axloqiy normalari bilan zamonaviylik orasidagi qarama-qarshiliklar chuqur falsafiy ma’noda tahlil qilinadi. Ushbu maqola orqali adibning realizmga asoslangan yozuv uslubi va obraz yaratish mahorati o‘rganiladi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Ibragimova Madina

Samarqand davlat universiteti Urgut filiali Talabasi.

O‘TKIR HOSHIMOVNING “IKKI ESHIK ORASI” ROMANIDA JAMIYAT VA INSON

RUHIYATI TASVIRI

Annotatsiya.

Ushbu maqolada O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik

orasi” romanidagi ijtimoiy-ma’naviy muammolar, oila va jamiyat orasidagi ziddiyatlar,

shuningdek, inson ruhiyatining ichki kechinmalari yoritilgan. Asarda xalqning og‘ir hayoti,

qadriyatlari, axloqiy normalari bilan zamonaviylik orasidagi qarama-qarshiliklar chuqur falsafiy

ma’noda tahlil qilinadi. Ushbu maqola orqali adibning realizmga asoslangan yozuv uslubi va

obraz yaratish mahorati o‘rganiladi.

Kalit so‘zlar:

O‘tkir Hoshimov, Ikki eshik orasi, realizm, jamiyat, oila, ruhiy kechinmalar,

o‘zbek adabiyoti, nasr, axloqiy ziddiyat.

Аннотация.

В данной статье рассматриваются социально-духовные проблемы,

конфликты семьи и общества, а также внутренние переживания человеческой психики в

романе «Ikki eshik orasi» народного писателя Узбекистана Откира Хошимова. В

произведении анализируются противоречия между тяжелой жизнью народа, его

ценностями и моральными нормами и современностью в глубоком философском смысле.

В данной статье изучается основанный на реализме стиль письма писателя и его

мастерство создания образов.

Ключевые слова:

Откир Хошимов, «Ikki eshik orasi», реализм, общество, семья,

духовные переживания, узбекская литература, проза, моральный конфликт.

Abstract.

This article discusses socio-spiritual problems, conflicts between family and society,

as well as the inner experiences of the human psyche in the novel “Ikki eshik orasi ” by the

people's writer of Uzbekistan, Otkir Hoshimov. The work analyzes the contradictions between

the hard life of the people, their values, and moral norms and modernity in a deep philosophical

sense. This article studies the writer's writing style based on realism and his skill in creating

images.

Keywords:

Otkir Hoshimov, Ikki eshik orasi, realism, society, family, spiritual experiences,

Uzbek literature, prose, moral conflict.

O‘tkir Hoshimov – o‘zbek milliy adabiyotining zabardast vakillaridan biri, taniqli yozuvchi va

jamoat arbobi sifatida xalq qalbidan chuqur o‘rin olgan shaxsdir. U 1941-yil 5-avgust kuni

Toshkent shahrining Do‘mbirobod mahallasida oddiy, mehnatkash oilada dunyoga kelgan.

Uning bolalik yillari Ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi og‘ir davrga to‘g‘ri kelgan bo‘lib,

bu hayotiy sinovlar kelajakdagi yozuvchi shaxsiyati va dunyoqarashining shakllanishida muhim

ro‘l o‘ynagan. U o‘z xotiralarida: “O‘sha davrda non tanqis bo‘lishi mumkin edi, lekin

kutubxonalarda kitoblar bisyor edi”, – deya yozgan edi.

Yoshligidan kitobga oshno bo‘lgan O‘tkir Hoshimov pochtada xat tashuvchi bo‘lib ishlagan. Bu

ish unga oddiy xalqning kundalik hayoti, quvonch va tashvishlari bilan yaqindan tanishish

imkonini bergan. Ana shu tajribalar keyinchalik uning asarlarida realistik, hayotiy obrazlar orqali

o‘z ifodasini topgan.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

U 1964-yilda hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti (sobiq Toshkent Davlat universiteti)ning

filologiya fakultetini jurnalistika yo‘nalishida sirtdan tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1959-yilda

“Qizil O‘zbekiston” gazetasida boshlagan O‘tkir Hoshimov keyinchalik “Toshkent haqiqati”

(1963–1966) va “Toshkent oqshomi” (1966–1982) nashrlarida adabiy xodim sifatida faoliyat

olib borgan.

Adibning yozuvchilik faoliyati 1962-yilda chop etilgan “Po‘lat chavandoz” nomli ocherklar

to‘plami bilan boshlangan bo‘lsa-da, unga haqiqiy muvaffaqiyat va mashhurlikni 1970-yilda

e’lon qilingan “Bahor qaytmaydi” qissasi keltirdi. Keyinchalik “Ikki eshik orasi” romani va

“Dunyoning ishlari” qissasi bilan u o‘zining o‘ziga xos adabiy uslubi, real hayotiy voqealarni

chuqur tahlil qilish qobiliyati orqali kitobxonlar e’tiborini qozondi.

O‘tkir Hoshimov ijodining asosiy mavzusi – inson va jamiyat, oila va axloq, qadriyatlar va

zamonaviylik o‘rtasidagi munosabatlar tahlilidir. U oddiy odamlar hayotini katta mahorat bilan

aks ettirib, jamiyatdagi muammolarni badiiy vositalar orqali chuqur ochib beradi.

Yozuvchi O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasida rahbarlik lavozimida ishlagan va

o‘zining ijodiy faoliyati bilan o‘zbek adabiyotining rivojiga katta hissa qo‘shgan. Uning asarlari

bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan bo‘lib, yoshlar va kattalar orasida sevib

o‘qiladigan ijod namunalari qatoridan joy olgan.

O‘tkir Hoshimov – o‘zbek adabiyotida chuqur psixologik tahlil va jamiyat hayotiga real

yondashuv orqali ajralib turuvchi yozuvchilardan biridir. Uning ijodida inson ichki olami,

axloqiy me’yorlar, oila va jamiyat o‘rtasidagi murakkab munosabatlar markaziy o‘rin egallaydi.

“Ikki eshik orasi” romani ushbu jihatlarning yorqin ifodasi sifatida e’tirof etiladi.

Roman bosh qahramoni – Nurilla ota, hayotning achchiq va shirin damlarini boshidan o‘tkazgan,

halol mehnat va poklikni hayotining asosiy mezoni deb bilgan obrazdir. Asarda Nurilla otaning

oilasi, atrofidagi odamlar, ularning hayotga bo‘lgan qarashlari orqali o‘zbek jamiyatining o‘tgan

asr oxiri holati ko‘rsatiladi. Roman zamirida ikki asosiy g‘oya mujassam: halollik va sabr,

o‘tmish va kelajak orasidagi muvozanat.

Nurilla ota va uning farzandlari orasidagi qarashlar ziddiyati, ayniqsa, yangi avlodning moddiy

boylikni axloqiy qadriyatlardan ustun qo‘yishi orqali yozuvchi jamiyatdagi ma’naviy inqirozni

fosh qiladi. Romanda “ikki eshik orasi” iborasi ramziy ma’no kasb etib, hayot va o‘lim, o‘tmish

va kelajak, yaxshilik va yomonlik orasidagi tanlovlar timsoli sifatida talqin qilinadi.

O‘tkir Hoshimov o‘zining badiiy uslubida sodda, ammo chuqur ma’no anglatadigan tilda fikr

yuritadi. Obrazlar hayotiy, ularning harakat va fikrlari orqali o‘quvchi o‘zini ushbu jamiyat

a’zosi sifatida his qiladi. Nurilla ota, Mahzuna, Jasur kabi obrazlar orqali yozuvchi turli

tabaqadagi odamlarning ichki dunyosini yoritadi.

Shuni ham aytish joizki, adib o‘z asarlarida inson taqdirining murakkabligi va hayotning

sinovlarga boy yo‘llarini yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlaydi. U avvalo urush kabi tinchlikni

izdan chiqaruvchi, hayotga mislsiz zarar yetkazuvchi ofatni yoritadi. Asardagi obrazlar — oddiy

xalq vakillari, ularning ichki dunyosi, or-nomusi, jasorati, vatanparvarlik tuyg‘usi va sabr-toqati

orqali muallif o‘quvchiga chuqur ta’sir o‘tkazadi. Yozuvchi voqealarni chuqur o‘rgangan holda,

ularni jonli va real hayotiy holatda bayon etadi. Shu sababli, asarning har bir sahnasi

o‘quvchining qalbiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.

“Ikki eshik orasi’’ romani yetti qismdan va qirq yetti bobdan iborat bo‘lib, undagi voqealar

qahramonlarning o‘zaro bog‘liq taqdirlari orqali bir-biriga uzviy bog‘langan. Asarda to‘qqiz


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

nafar asosiy personaj ishtirok etadi va ular orqali adib urush davri va undan keyingi yillarda yuz

bergan ijtimoiy-ruhiy holatlarni yoritadi. Jumladan, Orif oqsoqol, Husan duma va Komil tabib

kabi obrazlar orqali xalq orasidagi dono, halol va fidoyi insonlar siymosi gavdalantirilgan.

Ayniqsa, Orif oqsoqol obrazi asarga o‘ziga xos ruh va badiiy jilo bag‘ishlaydi.

Muallif deyarli qirq yillik davrni qamrab olgan holda, o‘zbek xalqining urush yillaridagi hayoti

va turmush tarzini, turli taqdirlar orqali mahorat bilan yoritib bergan. Urush natijasida yuzaga

kelgan fojialar orasida Robiyaning suyuklisidan ayrilishi, qora ammaning esa yagona o‘g‘lidan

judo bo‘lishi kabi holatlar tilga olinadi. Bu og‘ir yo‘qotishlar Orif oqsoqol, Komil tabib va

boshqa ko‘plab insonlarning hayotida chuqur iz qoldiradi. Hatto urushning oqibatlari keyingi

avlod – Muzaffar va Munavvarning beg‘ubor muhabbati va taqdiriga ham salbiy ta’sir ko‘rsatib,

ularni ayriliqqa mahkum etadi.

Asarni o‘qigan kitobxon yozuvchining o‘sha murakkab davr ruhiyatini, insonlarning ichki

kechinmalari va orzularini chuqur anglaganini his etadi.

Asarda Kimsan Husanov obrazining muvaffaqiyatli yoritilganini ko‘rish mumkin. Garchi u

roman voqealarida ko‘p ko‘rinmasa-da, ikki bobdagi ishtiroki orqali uning jasur, oriyatli, tanti va

mard yigit ekani ayon bo‘ladi. U beliga belbog‘ bog‘lagan, vatan uchun jonini fido qilishga

tayyor yigit sifatida gavdalanadi. Asarda ayollar obraziga ham alohida e’tibor qaratilgan.

Ayniqsa, Qoraamma siymosi e’tiborni tortadi. U mehribon, oddiy, sabrli va mashaqqatlarga

bardosh bera oladigan ona sifatida tasvirlangan. Qoraammaning obrazida urush davrida jasorat

va chidam bilan yashagan o‘zbek ayollarining qiyofasi mujassam. U boshiga tushgan og‘ir

sinovlarga qaramay, yashash uchun kuch topadi. Olti farzandidan ayrilib, faqatgina Kimsanni

tirik saqlab qolgan Qoraamma uni ko‘z qorachig‘idek asraydi. Urush boshlanganida esa, el-yurt

ishiga xizmat qilsin deb yolg‘iz o‘g‘lini frontga kuzatadi. Kimsan urushdan qaytmasa-da,

Qoraamma bunga ishonmaydi va hatto yillar o‘tsa-da, uni yo‘qlab motam tutmaydi. Ona—

bunday buyuk zotni so‘z bilan ta’riflash mushkul.

Asarda yana bir ayol obrazi – Robiya ham e’tiborga loyiq. Uning hayoti ham og‘ir sinovlarga

boy. Robiya yoshligida onasidan ayrilib, otasining tarbiyasida ulg‘ayadi. U aqlli, sabrli, go‘zal va

vafodor o‘zbek qizi sifatida tasvirlangan.

Shuningdek, “Dunyoning ishlari” qissasida ham jonli, hayotiy tasvirlar, xalqona nutq va

xarakterlar o‘quvchida kuchli taassurot uyg‘otadi. Ushbu asar muallifning bolalik davriga oid

xotiralarga tayangan holda yozilgan bo‘lib, sovet davridagi oddiy qishloq oilalari hayoti, xalq

turmush tarzi, onalar siymosi orqali yoritilgan. Bu asarda yozuvchi o‘z onasining obrazini

gumanistik ruhda aks ettirib, mehr-muhabbat, fidoyilik kabi fazilatlarni qadrlashga chorlaydi.

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad “Dunyoning ishlari” qissasini yuqori baholab, uni

doston darajasida qabul qilish lozimligini ta’kidlaydi. U asarni o‘qigan zahoti, o‘quvchi o‘z onasi,

uning mehribonligi, fidoyiligi haqida chuqur o‘yga toladi. Qissa insonga mehr va hurmat bilan

munosabatda bo‘lish, onalar oldidagi burchni his etish, insofli va odobli bo‘lishga chorlaydi.

Shuningdek, O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” asari o‘zining chuqur badiiy

psixologizmi, ichki monologlar orqali ifodalangan ruhiy kechinmalari bilan ajralib turadi. Asarda

qahramonlarning hayoti, dunyoqarashi va o‘z-o‘ziga munosabati keskin burilishlarga uchragan

holatlarda, muallif ularning ichki ruhiyatini nozik va o‘ziga xos tarzda tasvirlaydi. Bu holatlar

ayniqsa hayotiy inqiroz, og‘riqli tanlov va ichki ziddiyatlar bilan boyitilgan sahnalarda yaqqol

ko‘zga tashlanadi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Asarda muallif ochiq bayon qilmaydigan, ammo sezilarli tarzda o‘z ifodasini topgan ichki

ishtiyoq, syujet va xarakterlar orqali jamiyat va shaxs o‘rtasidagi murakkab munosabatlarga

e’tibor qaratadi. Har bir qahramon o‘ziga xos xarakteristikasi, psixologik holati bilan jonli obraz

sifatida gavdalanadi. Hoshimov qissachilikda lirizm va ruhiy tafakkurni ustalik bilan

uyg‘unlashtirib, asarga chuqur falsafiy ma’no baxsh etadi.

“Tush” motivi esa asarda alohida badiiy-estetik yuklama bilan keltiriladi. Bu tushlar ko‘pincha

voqealar rivojiga ta’sir etuvchi ramziy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Qahramonlarning tush orqali

ko‘rgan manzaralari ularning ruhiy holatini ochib beradi, ba’zida esa ularning kelgusi taqdirini

taxmin qilishga imkon yaratadi. Ramzlar va tush detalining mohirona qo‘llanilishi personajlar

ichki olamining chuqur tahliliga xizmat qiladi.

Demak, “Tushda kechgan umrlar” nafaqat real voqealar aks ettirilgan asar, balki inson qalbi

tubidagi kechinmalar, orzular, iztiroblar va xotiralar yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlangan

badiiy-falsafiy asardir. O‘tkir Hoshimov bu asar orqali inson tabiatining noaniq, murakkab

jihatlarini tahlil etishda o‘ziga xos uslub yaratganini ko‘rsatadi.

Xulosa qilib aytganda, “Ikki eshik orasi” romani – o‘zbek adabiyotida inson ruhiyatini ochib

beruvchi, jamiyatdagi ijtimoiy-axloqiy muammolarni ko‘rsatishda o‘ziga xos uslubga ega

asarlardan biridir. O‘tkir Hoshimov bu roman orqali o‘quvchini nafaqat o‘tmish haqida o‘ylashga,

balki kelajak haqida chuqur fikr yuritishga undaydi. Roman bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini

yo‘qotmagan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Hoshimov O‘. “Ikki eshik orasi”, Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at

nashriyoti, 2000.

2. Karimov N. O‘zbek adabiyotida realizm an’analari, Toshkent: Fan nashriyoti, 2004.

3. Qurbonov M. O‘zbek adabiyoti tarixi, Toshkent: O‘qituvchi, 2010.

Библиографические ссылки

Hoshimov O‘. “Ikki eshik orasi”, Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 2000.

Karimov N. O‘zbek adabiyotida realizm an’analari, Toshkent: Fan nashriyoti, 2004.

Qurbonov M. O‘zbek adabiyoti tarixi, Toshkent: O‘qituvchi, 2010.