JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Uzoqova Mavjudaxon Zafarbek qizi
Andijon davlat chet tillari instituti talabasi
Email: mavjudaxonuzoqova40@gmail.com
Ilmiy maslahatchi:
Egamberdiyeva Irodaxon
Email: irodaegamberdiyeva76@gmail.com
TARJIMA MADANIYATLARARO MULOQOT VOSITASI SIFATIDA
Annotatsiya:
Ushbu maqola tarjimaning madaniyatlararo muloqotdagi o‘rnini yoritishga
bag‘ishlangan. Unda tarjima faoliyatining tarixiy ildizlari, zamonaviy madaniy tafovutlarni
hisobga olish zaruriyati va tarjimonning javobgarligi haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek,
maqolada ekvivalentlik va moslashtirish kabi tarjima nazariyalari ham ko‘rib chiqiladi. Ushbu
maqola tarjima faoliyati bilan shug‘ullanadigan mutaxassislar va madaniyatlararo
kommunikatsiya mavzusiga qiziquvchilar uchun foydali bo‘lishi mumkin.
Kalit so‘zlar:
ekvivalent, madaniyatlararo tafovut, ibora, strategiya, tarjima, nasriy asar.
KIRISH
Tarjima tushunchasining ma'nosi juda keng. Bir tildan ikkinchi tilga badiiy adabiyot: she’r,
dramatik va nasriy asarlar, fanning turli tuman sohalariga oid ilmiy va ilmiy-ommabop kitoblar,
diplomatiya hujjatlari, rasmiy qog‘ozlar, siyosiy arboblarning maqolalari va notiqlarning nutqlari,
gazeta materiallari, boshqa boshqa tillarda so‘zlashuvchi "tilmoch"ning xizmatiga muhtoj
bo‘lgan kishilarning suhbatlarini tarjima qiladi. Tarjima – bu bir tilni ikkinchisiga o‘girish emas,
balki turli madaniyatlar va dunyoqarashlarni birlashtiruvchi jarayondir. U o‘zaro tushunishni
rivojlantirish, bilim almashinuvi va madaniy ko‘prik yaratishda asosiy vosita hisoblanadi.
Professor, tarjimashunos olim G‘aybulla Salomov ham bejizga “Boshqa xalqlar hayotidan voqif
bo‘lmaslik g‘ofillik va milliy mahdudlikka olib keladi” deya taʼkidlamagan edi
. Shuning uchun
ham tarjimaga xalqlarni o‘zaro bog‘laydigan, ularning madaniyatini rivojlantiradigan,
hamkorligiga asos bo‘ladigan ko‘prik sifatida qarashimiz mumkin. Bugungi globallashgan
dunyoda tarjima nafaqat so‘zlarni, balki madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishda strategik
ahamiyatga ega.
Avvalambor, tarjimaning tarixiga bir nazar tashlaylik. Tarjima faoliyatining tarixi qadimgi
davrlarga borib taqaladi. Misol uchun, qadimgi Misr va Mesopotamiyada tarjimonlar diplomatik
aloqalarni yo‘lga qo‘yishda muhim rol o‘ynagan. Keyinchalik, Yunon va Rim imperiyalarida
tarjimonlar falsafa va ilmiy asarlarni boshqa tillarga o‘girish orqali bilimlarni tarqatishgan. O‘rta
Osiyo va Eron xalqlari o‘rtasida esa notiqlik sanʼati juda rivojlangan. Notiqlarni esa “tarzabon”
deb ataganlar.
“Tar”
– fors tilida yangi, shirali, tarovatli, nozik, latif kabi maʼnolarni anglatadi.
“Zabon”
– til degani. Tarzabon – notiq, chiroyli gapiruvchi, soʼz ustasi, yangi va o‘tkir so‘zlarni
aytuvchidir. Tarzabonlar chuqur bilim, keng dunyoqarash, notiqlik mahoratiga ega boʼlishdan
tashqari, bir necha tillarni ham bilganlar va o‘z nutqlarida ulardan foydalanganlar. O‘rta asrlarda
esa Islom dunyosida yunon asarlarini arab tiliga tarjima qilish ilm-fanning rivojlanishiga zamin
yaratgan. Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, tarjimonlar matnni ham o‘girgan, madaniyatni ham
bir til va xalqdan boshqasiga olib o‘tgan
1
Salomov G‘. Tarjima nazariyasiga kirish. –Toshkent: O‘qituvchi, 1978.
2
G‘ofurov I., Mo‘minov O., Qambarov N. Tarjima nazariyasi. –Toshkent, 2012.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Shuningdek, tarjima jarayonida madaniy tafovutlarni hisobga olish kerak chunki bu har bir
jamiyatning o‘ziga xos qadriyatlari, urf-odatlari, dunyoqarashi va iboralari bo‘lib, ular boshqa
madaniyatlarda o‘zgacha yoki umuman tushunarsiz bo‘lishi mumkin. Tarjima jarayonida bunday
tafovutlar muhim ahamiyat kasb etadi, chunki ular matnning to‘g‘ri va samarali o‘qilishi va
tushunilishiga ta’sir qiladi. Masalan, bir tilning madaniyatiga xos ibora yoki odat boshqasida
mutlaqo boshqa ma’noga ega bo‘lishi mumkin.
Misol uchun: Ingliz tilidagi “It’s raining cats and dogs” iborasi so‘zma-so‘z tarjima qilinsa,
ma’nosini yo‘qotadi. Uni madaniy ekvivalent bilan, masalan, “Kuchli yomg‘ir yog‘moqda”
tarzida moslashtirish kerak bo’ladi
.
Shunday ekan, tarjimon faqat tilni emas, balki madaniyatni ham tushunishi va tarjima jarayonida
matnning asl mazmunini saqlab qolish va uni mo‘ljallangan tilga moslashtirish uchun
ekvivalentlik va moslashtirish kabi yondashuvlar qo‘llanilishi va bu tushunchalar juda muhimdir.
Ekvivalentlik tarjimada asl matn va mazmun ta’sirining tengligini, moslashtirish esa matnni
ma’no jihatidan o‘quvchi madaniyatiga moslashtirishdir.
Masalan, O‘zbek tilida “Choy ichamizmi?” iborasi mehmonni kutib olish ifodasi, ingliz tiliga
so‘zma-so‘z tarjima qilinsa, mehmon madaniy ma’noni tushunmasligi mumkin. Bunday holatda
tarjimon mazmunni ingliz o‘quvchisiga tushunarli tarzda ifodalashi lozim.
Yana bir misol: Bolalar uchun yozilgan ertaklarda qahramonlarning ism-shariflarini o‘zgartirish
(masalan, “Jack and the Beanstalk”ni “Jo‘ja va sehrli dukkak” deb o‘zgartirish) kabilar kiradi.
XULOSA
Tarjima millatlararo o‘zaro tushunishni rivojlantirish, madaniyatlararo ziddiyatlarni kamaytirish
va yangi bilimlarni yoyishda muhim o‘rin tutadi. Zamonaviy dunyoda tarjimonlarning vazifasi
matn o‘girishgina emas, balki madaniyatlararo kommunikatsiyaning strategik ishtirokchisiga
aylanishdir. Shu sababli, tarjima faoliyatini rivojlantirish va unga e’tibor qaratish dolzarb masala
bo‘lib qoladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Salomov G‘. Tarjima nazariyasiga kirish. –Toshkent: O‘qituvchi, 1978.
2. Ochilov E. Tarjima nazariyasi va amaliyoti (o‘quv qo‘llanmasi). –Toshkent. 2012.
3. G‘ofurov I., Mo‘minov O., Qambarov N. Tarjima nazariyasi. –Toshkent, 2012.
3
Ochilov E. Tarjima nazariyasi va amaliyoti (o‘quv qo‘llanmasi). –Toshkent. 2012.
