JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
O’tkirov Qosimxon
O’zbekiston Xalqaro islomshunoslik akademiyasi Islomshunoslik fakultetining 4-kurs talabasi
MUHAMMAD IBN HASAN SHAYBONIY VA ZOHIR AR-RIVOYA: HANAFIYLIK
FIQH MEROSINING USTUNLARIDAN BIRI
Annotatsiya:
Ushbu ilmiy maqola Muhammad ibn Hasan Shayboniy va uning Zohir ar-Rivoya
asarlari orqali hanafiy fiqhining rivoji va uning huquqiy tafakkuridagi o‘rnini tahlil qiladi.
Shayboniy, Imom A’zam Abu Hanifa, Abu Yusuf bilan birga hanafiy mazhabining
asoschilaridan biri bo‘lib, uning asarlari nafaqat fiqhiy masalalar, balki musulmonlarning
ijtimoiy va xalqaro hayotini tartibga solishga xizmat qilgan. Maqola Shayboniy asarlarining
mohiyatini, ayniqsa “Zohir ar-Rivoya” to‘plamini va uning zamonaviy islom
huquqshunosligidagi ahamiyatini yoritadi. Shuningdek, maqolada Shayboniy tomonidan
yaratilgan metodologiya, masalalarni yechishdagi yuksaklik va ularning ijtimoiy ehtiyojlarga
javob berishdagi o‘rni ko‘rsatilgan. Bu ilmiy ish, Shayboniy merosining hanafiy fiqhi uchun
ahamiyatini va uning bugungi kundagi ta’sirini chuqur tahlil qiladi.
Kalit so‘zlar:
Muhammad ibn Hasan Shayboniy, Zohir ar-Rivoya, Hanafiya fiqh, Fiqhiy
metodologiya, Ijtihod, Xalqaro islom huquqi, Saraxsiy, As-Siyar al-Kabir, Fiqhiy asarlar.
Islom huquqiy tafakkurining shakllanishi va rivojida alohida o’rin egallagan olimlardan biri bu -
Muhammad ibn Hasan Shayboniydir. U hanafiy mazhabining uch asoschisi - Imom A’zam Abu
Hanifa, Abu Yusuf va Shayboniy - orasida o’zining boy ilmiy merosi bilan ajralib turadi.
Muhammad Shayboniyning yozgan asarlari nafaqat hanafiy fiqhining asosiy poydevorini tashkil
etgan, balki musulmonlarning kundalik hayotidan tortib, xalqaro aloqalarigacha bo’lgan ko’plab
masalalarni fiqhiy mezonlar asosida tartibga solgan.
Muhammad Shayboniy hijriy 132 yilda Kufada tavallud topgan. Yoshligida Qur'on va hadis
ilmlarini o’rganib, keyin fiqhga chuqur kirib bordi. Uning eng mashhur ustozlari - Imom A’zam
Abu Hanifa va Abu Yusuf bo’lib, ularning metodologiyalarini davom ettirdi. Shuningdek,
Shayboniy o’z ijtihodiy salohiyati bilan hanafiy fiqhini kengaytirib, uni turli ijtimoiy va siyosiy
holatlarda tatbiq qilish imkonini yaratdi.
Shayboniy nafaqat rivoyatchi, balki mustaqil mujtahid sifatida tanilgan. U ko’plab fiqhiy
masalalarda o’z qarashlariga ega bo’lib, ayrim hollarda ustozlaridan farqli fatvolar bergan. Bu
holat hanafiy fiqhning ichki boyligi va tafovutli fikrlar orqali taraqqiy topganligini ko’rsatadi.
Zohir ar-Rivoya asarlari
Imom Shayboniyning fiqhiy merosida eng mashhur va asosiy asarlar to’plami “Zohir ar-Rivoya”
deb nom olgan. Ushbu nom ostida jamlangan oltita asar hanafiylik fiqhining asosiy manbai
hisoblanadi. Shuningdek, keyingi davrlardagi islom huquqshunos olimlari uchun ham ushbu asar
tayanch manbalardan biri bo’lib xizmat qilgan. Bu asarlar quyidagilardan iborat:
1.
al-Asl (yoki al-Mabsut)
- eng katta hajmga ega bo’lgan fiqhiy asar. Unda ibodat, muomalat,
jinoyat, nikoh, taloq, vasiyat, meros kabi islom huquqshunosligining asosini tashkil qiluvchi
ko’plab mavzular tartibli tarzda keltirilgan.
2.
al-Jome as-Sag’ir
- fiqhiy qoidalar va fatvolar to’plami bo’lib, qisqacha va yengil
o’rganiladigan shaklda yozilgan.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
3.
al-Jome al-Kabir
- kengroq izohlar bilan bayon etilgan bo’lib, fiqhiy qiyos va istihson kabi
metodlar yaqqol ko’rinadi.
4.
as-Siyar as-Sag’ir
- musulmonlar va boshqa din vakkillari o’rtasidagi munosabatlar, urush
va sulh qoidalarini o’z ichiga olgan muhim fiqhiy risola.
5.
as-Siyar al-Kabir
- xalqaro fiqhning eng muhim manbasi hisoblanadi. Unda elchilik, asirlar
bilan muomala, urush qonun-qoidalari, shartnomalar kabi masalalar keng yoritilgan.
6.
az-Ziyodot
- ilgari keltirilmagan yoki ayrim manbalarda qisqacha yoritilgan masalalarni
to’ldiruvchi fiqhiy qo’shimchalar.
Ushbu to’plamda Shayboniy fiqhiy masalalarni faqat matn tarzida keltiribgina qolmay, balki
ba’zida ijtihodiy asoslarini ham bayon qiladi. Ayniqsa, al-Asl kitobida qiyos (analogiya),
istehson (yaxshiroq yechim izlash), urf va maslahat kabi fiqhiy metodlar keng qo’llangan.
As-Siyar al-Kabir va xalqaro huquq
Shayboniyning “as-Siyar al-Kabir” asari o’z davrida musulmonlarning boshqa davlatlar va
xalqlar bilan bo’lgan aloqalarini huquqiy jihatdan tartibga solgan. Bugungi kunda bu asar
islomiy xalqaro huquqning klassik manbasi sifatida baholanadi. Asarda quyidagi mavzular keng
muhokama qilingan:
Urush va tinchlik shartlari
Asirlar huquqlari
Hududiy xavfsizlik
Elchilik va diplomatik aloqalar
Boshqa din vakillari bilan muomala
Ushbu asar Saraxsiy tomonidan “Sharh as-Siyar al-Kabir” nomi bilan keng qamrovli tarzda sharh
qilingan. Shuningdek ba’zi o’rinlarda qo’shimcha izohlarni kiritib manbani yanada sharhlar bilan
boyitgan. Saraxsiyning sharhi va “as-siyar al-kabir”ning matni deyarli qo’shilib ketgan bo’lib
ularni ajratib olish qiyin. Ba’zi malumotlarda aytilishicha Muhammad ibn Hasan Shayboniyning
“as-siyar al-kabir” asari aynan Saraxsiyning sharhi orqali bizgacha yetib kelgan.
Shayboniy asarlari ta’siri va merosi
Muhammad bin Hasan Shayboniy asarlari hanafiy fiqhda “Zohir ar-Rivoya” deb nomlangan toifa
sifatida yuqori maqomga ega. Keyingi asrlarda Saraxsiy, Kosoniy, Marg’inoniy kabi hanafiy
olimlari Shayboniy asarlarini sharhlagan va ularni fiqhiy masalalarni yechishda asosiy
dalillardan biri sifatida ishlatganlar. Hatto Marg’inoniy o’zining mashhur “al-Hidoya” asarida
Shayboniyning qoidalariga tayanadi. “Zohir ar-Rivoya” asarlari fiqhiy metodologiya, masalaga
ijtimoiy yondashuv va real hayot ehtiyojlariga mos fatvolar berishdagi yuksaklik bilan ajralib
turadi. Ulamolar nazarida Shayboniy metodologiyasi qiyos va istehson asosida rivojlangan
ijtihodiy tafakkurning mukammal namunasi hisoblanadi.
Qisqa qilib aytganda Imom Muhammad ibn Hasan Shayboniy hanafiy mazhabining ilmiy
poydevorlarini mustahkamlab bergan yetuk islom huqiqining olimidir. Uning Zohir ar-Rivoya
to’plami musulmon huquq tarixida o’chmas iz qoldirganligi bilan ham ahamiyatli bo’lib, islom
huquqining turli jabhalarini - ibodat, muomalat, jinoyat va xalqaro munosabatlargacha -
mukammal yoritadi. Ayniqsa, uning asarlari bugungi kunda ham ko’plab tadqiqotchilarning
diqqat markazida bo’lishi, zamonaviy islom huquqshunosligi masalalarida ushbu asarlarning
ahamiyati naqadar yuksak ekanligidan darak beradi.
Foydalanilgan manbalar ro’yxati:
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
1. Muhammad ibn Hasan Shayboniy.
لصلأ باتك
(Al-asl).
–Qatar: “Al-Avqof” nashriyoti
2. Doktor Muhammad Dasuqiy. (
ملاسأ هقفلأ يف هرثأ و ينابيش نسح نب دمحم
Muhammad ibn Hasan
Shayboniy va uning islom fiqhidagi merosi
) –Qatar: “Dor as-saqofa” nashriyoti.
3. Abu Bakr Xatib Bag‘dodiy .
دأدغب خيرات
(Tarixi bag’dod
). 6-juz.
4. Muhammad ibn Ahmad Saraxsiy.
ريبكلأ ريسلأ حرش
Sharh as-siyar al-kabir
. –Bayrut: “Dorul
kutub al-ilmiyya” nashriyoti
5. Hamidulla Aminov, Soatmurod Primov.
Hanafiy fiqhi tarixi, manbalari va istilohlari.
–
Toshkent: “Movarounnahr” nashriyoti, 2017.
6. Meliboyev Abdughulam Abdulahadovich.
the stages of development of the hanafi school.
Journal DOI: 10.36713/epra2016 ISSN: 2455-7838(Online). 2023-yil may oyidagi soni.
