JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Axmedov Baxtiyor
TerD PI Psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi
Mirzayeva Sarvinoz Xasan qizi
TerD PI Pedagogika va psixologiya yo`nalishi talabasi
PEDAGOGIK FAOLIYATDA AGRESSIVLIK NAMOYON BO‘LISHINING IJTIMOIY-
PSIXOLOGIK SABABLARI
Annotatsiya:
Ushbu maqola Agressivlik tushunchasining psixologik talqinlari, uning turli
psixologik maktablar tomonidan berilgan tavsiflari va agressivlikka oid ijtimoiy-psixologik
tadqiqotlar hamda ilg‘or yondashuvlar ilmiy manbalar asosida tahlil qilinib, pedagogik faoliyatda
agressivlikning namoyon bo`lishiga sabab bo`ladigan omillar, ularning turlari va shakllari
ijtimoiy-psixologik jihatdan yoritib oʻtilgan.
Kalit so‘zlar:
Agressiya, pedagogika faoliyat, ijtimoiylik, sharq allomalari agressiya shakil
va turlari.
SOCIAL-PSYCHOLOGICAL CAUSES OF AGGRESSIVENESS IN PEDAGOGICAL
ACTIVITY
Abstract:
This article analyzes the psychological interpretations of the concept of
aggression, its descriptions by various psychological schools, and socio-psychological research
on aggression and advanced approaches based on scientific sources, and sheds light on the
factors that cause the manifestation of aggression in pedagogical activity, their types and forms
from a socio-psychological perspective.
Keywords:
Aggression, pedagogical activity, sociability, oriental scholars, forms and types
of aggression.
Bugungi kunda Yuksak tafakkur namoyandalarining asarlarida bilim olishga keng o‘rin berilgan
bolib, o‘tmishda ham, hozirda ham, qayerda ta’lim sohasiga e’tibor yuqori bolsa, o‘sha yerda
taraqqiyot doimo ilgarilab borganligi yaqqol ko‘rishimiz mumkin qolaversa ta’lim tizimidagi
o‘zgarishlar, ta’lim jarayonining murakkablashuvi va jamiyatdagi ijtimoiy-madaniy muhitning
ta’siri o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlarga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Ba’zan stress,
charchoq yoki muhit bosimi natijasida pedagoglarda agressivlik holatlari namoyon bo‘lishi
mumkin. Bu esa ta’lim samaradorligiga salbiy ta’sir qiladi. O‘qituvchilar kasbiy faoliyat
davomida turli agressivlik holatlariga duch kelishadi. Ayni paytda ta’lim tizimini isloh qilish
ustuvor milliy loyihalardan biri hisoblanadi.
Shavkat Mirziyoyevning “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”
asarida ta’lim tizimini isloh qilish va pedagoglarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash
masalalariga katta e’tibor qaratilgan. Shavkat Mirziyoyevning ushbu asarida “ O‘qituvchi –
jamiyat taraqqiyotining asosiy ustunlaridan biri hisoblanadi, shu sababdan O`qituvchilarning
jamiyatdagi mavqeini oshirish uchun ularning mehnatini munosib rag’batlantirish pedagoglarga
bo‘lgan hurmatni oshirish, ularning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish. O‘qituvchilarning
ijtimoiy hayotda faolligini oshirish va ularga ijtimoiy imtiyozlar yaratish borasida soʻz yuritilgan.
Faoliyat nazariyasi kontekstida pedagogik faoliyatni tahlil qilish (B.G. Ananev, S. P. Beznosov,
A. N. Leontev, S. L. Rubinshteyn, V. A. Slastenin, G. V. Suxodolskiy, V. D. Shadrikov va
boshqalar) faoliyatning ob‘ekti kuchli shaxsiy omil ekanligini ko‘rsatdi, chunki u shaxsning
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
shakllanishi va deformatsiyasini belgilaydi kasbiy faoliyat sub’ekti va uni shakllantiradi. 20-
asrda agressiy va tajovuzni psixologiya doirasida batafsilroq o‘rganish boshlanadi. Bu davrda
"tajovuz" atamasi va uning terminologik ta’rifiga birinchi urinishlar paydo bo`ldi.
“Agressiya” so‘zi lotincha “aggredi” so`zidan kelib chiqqan bo`lib, uning ildizi “adgradi”
so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, so‘zma-so‘z “gradus” “qadam” va “ad’’ “yoqish”, ya’ni
“davom etish”, “qadam” degan ma’nolarni bildiradi.
Agressiya – bu atrofdagilarga tanaviy yoki ruhiy zarar yetkazish maqsadida yo`naltirilgan xatti-
harakatlar majmuidir. Bu tushuncha psixologiyada ko‘p qirrali talqinlarga ega bo‘lib, ularni
quyidagicha guruhlash mumkin:
Biologik yondashuv (S.Freyd, K.Lorenz): Agressiya inson tabiatida mavjud bo‘lgan
instinktiv kuchdir.
Frustratsiya-agressiya nazariyasi (J.Dollard va L.Berkowitz): Inson istaklariga
erisholmaganda agressiv bo‘lishi mumkin.
Ijtimoiy o‘rganish nazariyasi (A.Bandura): Agressivlik kuzatuv va taqlid orqali o‘rganiladi.
Kognitiv yondashuvlar (L.Ross, D.Dodges): Shaxsning vaziyatni idrok etish usuli, tafakkur
jarayonlari agressiyani keltirib chiqaradi.
Pedagoglarda agressivlikning ijtimoiy-psixologik sabablari: Shaxsiy stress va charchoq
pedagoglarning o‘z shaxsiy hayotidagi stress va charchoq, ishdagi qiyinchiliklar agressivlikka
olib kelishi mumkin. O‘qituvchilarning o‘zlariga bo‘lgan talablar, doimiy ish bosimi va past
maoshlar, ular o‘z ishiga nisbatan salbiy munosabatda bo‘lishlariga sabab bo‘lishi mumkin.
Kasbiy ko‘nikmalarning yetishmasligi pedagoglarning kasbiy tayyorgarligining pastligi, darsni
samarali tashkil etish va o‘quvchilar bilan munosabatda bo‘lishda qiyinchiliklar yaratadi. Bu
holat o‘qituvchilarda agressivlikka sabab bo`lishi mumkin, chunki ular o‘z ishlarida
muvaffaqiyatsizlikni boshdan kechirishadi. O‘quvchilar bilan noto`g’ri munosabat:
O‘quvchilarga nisbatan etarli ehtiyotkorlik va hurmatni ko‘rsatmaslik, ularning xatti-
harakatlarini nazorat qilishda kamchiliklar pedagogning agressiv bolishiga olib kelishi mumkin.
Bir qator tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, tajovuz faqat kimgadir zarar etkazish niyati bo‘lmasa,
konstruktiv bo‘lishi mumkin. Bunday holda, tajovuzkor xatti-harakatlar mudofaa yoki beixtiyor
harakatlarga yoki o‘zini o‘zi tasdiqlash sifatida tajovuzkorlikka kamayadi. Demak, T.V.Levkova
pedagogik tajovuzni dualistik hodisa deb hisoblaydi. Muallifning fikricha, inson agressivligi
tajovuzkorlik (dushmanlik, buzg’unchilik, zo‘ravonlik) va talabchanlik (zo‘ravonlik,
konstruktivlik) kabi shaxsiy xususiyatlar shaklida namoyon bo‘lishi mumkin. Tadqiqotchining
fikriga ko‘ra, qatiylik yoki konstruktiv tajovuz, o`qituvchi uchun muvaffaqiyatli o‘zini o‘zi
anglashi va o‘zini o‘zi tasdiqlashi uchun zarurdir. F. Allan tajovuzni odamga tashqi sharoitlarga
qarshilik ko`rsatish imkoniyatini beradigan ichki kuch sifatida ta’riflaydi.
Pedagogik faoliyatda agressivlikni keltirib chiqaruvchi sabablar
1. Psixologik omillar
1. Stress va charchoq: O‘qituvchilar kundalik mehnat faoliyatida yuqori darajada stressga duch
keladilar. Doimiy yuklama, o‘z vaqtida dam olmaslik, hissiy toliqish -bu omillar agressivlikka
olib kelishi mumkin.
1
N. Ismoilova, D. Abdullayeva "IJTIMOIY PSIXOLOGIYA" Ozbekiston faylasuflari milliy jamiyati
nashriyoti Toshkent-2013. - 130-138 b.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
2. Shaxsiy muammolar: Oilaviy muammolar, sog’liqdagi muammolar yoki ijtimoiy bosimlar
ham o‘qituvchining ruhiy holatiga ta’sir qiladi va bu ish faoliyatida agressivlik sifatida namoyon
bo‘ladi.
3.
Emosional nazoratning pastligi: Ayrim o‘qituvchilar o`z hissiyotlarini boshqarishda
qiynaladilar, bu esa salbiy vaziyatlarda agressiv munosabat shakllanishiga sabab bo`ladi.
2. Ijtimoiy-psixologik omillar
1. Ijtimoiy tengsizlik: O‘qituvchining ijtimoiy maqomi, maoshi, jamiyatdagi obro‘si bilan
bog’liq muammolar ichki norozilik va agressiv kayfiyat paydo qiladi.
2. O‘quvchilar bilan nizoli munosabatlar: Intizomsiz o‘quvchilar, ota-onalarning noo‘rin
aralashuvi, o‘quvchilarning e’tiborsizligi o‘qituvchida tajovuzkorlik holatlarini kuchaytiradi.
3.
Kollektivdagi salbiy iqlim: Hamkasblar o‘rtasidagi raqobat, qo‘llab-quvvatlovning yo‘qligi
va salbiy muhit agressivlikni kuchaytiradi.
3. Tashkiliy-pedagogik omillar
1. Mehnat sharoitlari: Dars yuklamasining haddan tashqari ko‘pligi, metodik yordamning
yetarli emasligi, sinflarning soni va hajmining normadan ortiqligi.
2. Boshqaruvdagi noaniqlik: Maktab rahbariyatining adolatsiz qarorlari, o‘qituvchining fikrini
inobatga olmaslik, boshqaruvdagi tartibsizlik agressiv reaksiya paydo bo`lishiga olib keladi.
3. Motivatsiya yetishmasligi: Mehnat samarasi uchun rag’batning yo‘qligi, kasbiy o‘sish
imkoniyatlarining cheklanganligi o‘qituvchini ruhiy siquvga olib keladi.
4. Shaxsiy fazilatlar va kasbiy kompetensiya
1. Past reflektivlik darajasi: O‘qituvchi o‘z harakati va xatti-harakatlarini tahlil qila o‘lmasligi
natijasida xatolarni tushunmaydi, bu esa agressiv munosabatda davom etishiga olib keladi.
2. Kommunikativ ko‘nikmalarning yetishmasligi to‘g’ri muloqot qila olmaslik, o‘z fikrini
konstruktiv tarzda ifodalashdagi muammolar nizolarni agressiyaga aylantiradi.
3. Empatiyaning pastligi: Boshqalarning his-tuygoularini anglay olmaslik - o‘qituvchi va
o‘quvchi o‘rtasida hissiy aloqaning buzilishiga sabab bo‘ladi.
Pedagogik faoliyatda agressivlik o‘zini turli ko‘rinishlarda ya’ni, og‘zaki yoki jismoniy tajovuz,
passiv agressiya, befarqlik, ortiqcha talabchanlik yoki zo‘ravonlik orqali namoyon qilishi
mumkin. Bu holatlar o‘qituvchi shaxsining ruhiy holatiga, o‘quvchi bilan samarali pedagogik
muloqotni o‘rnatishga to‘sqinlik qiladi.
Xulosa:
Mazkur maqolada agressivlik psixologik fenomen sifatida tahlil qilinib, uning pedagogik
faoliyatda namoyon bo‘lishiga sabab bo‘luvchi omillar, shakllari va ularni oldini olish
imkoniyatlari chuqur o‘rganildi. Psixologik adabiyotlarda agressivlik insonning ijtimoiy
munosabatlari, hissiy holati va shaxslararo ziddiyatlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan murakkab
holat sifatida talqin qilinadi. Ushbu maqolada ayniqsa pedagogik faoliyat kontekstida
agressivlikning yuzaga kelishi va pedagoglarning ruhiy holatiga salbiy ta’siri asoslab
berildi.Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, o‘qituvchilar orasida agressivlikning kuchayishiga olib
keluvchi asosiy omillar sifatida kasbiy charchoq, psixologik bosim, muloqotdagi muammolar va
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlovning yetishmasligi ajralib turadi.
Adabiyotlar:
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
1. Mirziyoyev Sh.M. “Buyuk kelagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”. –
Toshkent: “ O‘zbekiston”, 2017 y
2. N. Ismoilova, D. Abdullayeva "IJTIMOIY PSIXOLOGIYA" O`zbekiston faylasuflari milliy
jamiyati nashriyoti Toshkent-2013. - 130-138 b.
3. Malikaxon Qodirova, AGRESSIYANING NAZARIY ASOSLARI , Журнал Педагогики
ипсихологиив современном образовании: No 3 (2021)
4. Karimova V., Akramova F. Psixologiya (ma’ruzalar matni). T., 2002. -103 b.
5. Maxmudova Z.M., Olimov L. Ya. Social Psychological Characteristics Of Psychological
Defenses Manifested In Adolescents In Extreme Situations. Вестник интегративной
психологии журнал для психологов. Выпуск № 22, 2021 г. С 233 -237.
