Авторы

  • Abduraxmonova Manzura Furqat qizi
    Gulistan state pedagogical institute Uzbekistan

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.104027

Ключевые слова:

algoritm zamonaviy dars texnologiya harakat g`oya muhandislik texnika dastur nazariya tasavvur.

Аннотация

Ushbu maqola boshlang`ich sinf o`quvchilarining matematika darslarida STEAM datsurining ahamiyati va STEAM dasturining ta’lim tizimidagi o`rnini yoritib beradi. Mazkur maqola STEAM dasturi va boshlang`ich sinf matematika darslarini zamonaviy tashkil etish usullarini o`rganishga yordam beradi.Maqola boshlang`ich sinf matematika darslarida STEAM texnologiyasining afzalliklarini yoritishga qaratilgan.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Guliston davlat pedagogika

instituti,”Maktabgacha va

boshlang`ich ta’lim

metodikasi”kafedrasi, dotsent

Elmuratova Dilrabo Muxammatovna

taqrizi ostida

Abduraxmonova Manzura Furqat qizi

Gulistan state pedagogical institute

Uzbekistan

Email:atahanovamanzura10@gmail.com

BOSHLANG`ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA STEAM TA’LIM

DASTURINING O`RNI

ANNOTATSIYA:

Ushbu maqola boshlang`ich sinf o`quvchilarining matematika darslarida

STEAM datsurining ahamiyati va STEAM dasturining ta’lim tizimidagi o`rnini yoritib beradi.

Mazkur maqola STEAM dasturi va boshlang`ich sinf matematika darslarini zamonaviy tashkil

etish usullarini o`rganishga yordam beradi.Maqola boshlang`ich sinf matematika darslarida

STEAM texnologiyasining afzalliklarini yoritishga qaratilgan.

KALIT SO`ZLAR:

algoritm,zamonaviy dars, texnologiya, harakat , g`oya, muhandislik,

texnika, dastur, nazariya, tasavvur.

KIRISH.Ta’lim–mamlakat kelajagining ko’zgusi bo`lib, bilimni boyitish amaliy jihatdan kasbiy

ko’nikmalarni shakllantirishga erishishdagi imkoniyatlaridan keng foydalanish ta’lim va tarbiya

jarayonining alohida amaliy ahamiyatini aks ettiradi. Bu hozirgi kunda ta’lim va ishlab chiqarish

o’rtasidagi

bilvosita

aloqadorlikni

ta’minlashga

nisbatan

dolzarb

talablarni

shakllantiradi.Matematika bu inson hayotida muhim o`rin tutuvchi fan hisoblanadi.Albatta,

barcha fanlarning inson hayotida o`z o`rni bor lekin, matematika fanlar shohidir.Matematika

barcha fanlar negizini o`zida mujassam etuvchi fandir. Matematika deganda aksar insonlar

faqatgina hisob-kitobni o`z tasavvurlariga keltiradilar .Umuman olganda bu qarash

matematikaning mazmunini to`liq tashkil etmaydi, matematika bu butun yer kurrasi hattoki,

koinot ilmlarini ham o`z ichiga oluvchi fandir. Uning qamrov doirasi cheksiz bo`lib, hayot

davom etar ekan har bir bosgan qadamimiz ham matematikaga borib taqaladi[1]. Har bir

pedagog o`z qiziqarli qilib o‘tishga harakat qilishi lozim. Har bir darsni hayotga bog‘lab va dars

yakunida xulosalar chiqarib olishlari uchun o`quvchilarga imkoniyatlar yaratishi ham muhim

ahamiyatga ega. O`quvchilarni maktab bilan bog‘lash kerak, chunki bu muqaddas dargohda ular

ta’lim oladilar, ilm o`rganadilar.

Shuning uchun ham matematika fani bo`yicha bilimlar o`quvchilarga boshlang`ich

sinflardanoq berib boriladi.Chunki matematika fanini yaxshi o`zlashtirgan o`quvchilar

harqandayb masalaga ham mantiqiy, ham tanqidiy yondasha oladilar va tezkorlikda to`g`ri

xulosa chiqaradilar.Matematika fani o`quvchilarda diqqatni jamlash va to`g`ri maqsad qo`ya

olish ko`nikmasini shakllantirib, bu maqsadga erishish uchun algoritmik tardagi tartibni

ta’minlashda va tafakkurni o`stirishda katta o`rin tutadi.

MATERIAL VA USLUBLAR.Matematika olamni bilishda katta ahamiyat kasb etadiva shu bois

ham bugungi kunda matematika darslarini rivojlantirish, bu fanni o`quvchilarga chuqur o`rgatish

va ularga zamonaviy bilimlar berish yuzasidan ko`plab dasturlar ishlab chiqilmoqda . Bunday

dasturlardan biri STEAM (inglizcha S-science-tabiiy fanlar,T-technology-texnologiya,E-

engineering-muhandislik,A-arts-san’at,M-mathematic-matematika) dasturi sanaladi.Bu dastur

fanlararo integratsiya asosida qurilgan ta’lim berish modelidir.Bu modelda fan, texnologiya,

muhandislik, san’at va matematika birgalikda o`rganiladi va o`quvchilarda buy o`nalishlarga oid


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

umumiy ko`nikmalar rivojlantiriladi[2]. STEAM ta’lim texnologiyasi ilk marotaba Amerikada

Qo`shma Shtatlarida 2011-yili ishlab chiqilgan.Dastlab STEAM dasturining modeli STEM

ko`rinishida bo`lib, undagi ta’lim berish texnologiyasi tabiiy fan,texnologiya,muhandislik va

matematikani o`qitishga qaratilgan. STEM ta’lim quyidagi xususiyatlarga ega:

1)STEM ta’limi binar mashg‘ulotlar, loyihalar, o‘quv tadqiqotlariga tayanadi;

2) STEM ta’limi muhitida bilimlarni saqlash muhimdir;

3)STEM nafaqat ta’lim oluvchiga biron-bir mavzu haqida ma'lumot berish, balki o‘quvchiga

ushbu mavzuni haqiqiy hayotga qanday tatbiq etish va kelajakda undan qanday foydalanish

lozimligini ko‘rsatishga qaratilgan. Masalan, an'anaviy matematik kurs o‘quvchiga tenglamani

o‘rgatishi mumkin, ammo ta’lim oluvchi ushbu tenglamani haqiqiy hayotdagi vaziyatlarga

qanday qo‘llashni bilmasligi mumkin;

4)STEM ta’limi o‘quvchiga matematik tenglamani o‘rgatadi hamda undan fan yoki muhandislik

kabi turli sohalarda qanday foydalanish mumkinligiga yo‘nalish beradi;

5)STEM ta'limi diqqatni jalb qilishga, tanlab olingan mavzuning barcha qismlariga chuqurroq

kirishga, fanlarni umumiy emas, balki aynan bir qismini qamrab oladi;

6)STEM ta’limi oluvchilarni to‘g'ridan-to‘g'ri mavzuga tatbiq etilishi mumkin bo‘lgan

tadbirlarga jalb qiladi, natijada ta’lim oluvchilarning qiziqishi ortib boradi va bo‘shliqni

cheklaydi;

7)STEM ta’limida aynan bir qolip mavjud emas, dars bola shaxsiga yo‘naltirilgan bo‘lishi

kerak[5].

Keyinchalik esa 4 ta yo`nalish o`z ichiga olgan STEM dasturi san’atni ham o`z ichiga qamrab

oladi va STEAM ta’lim texnologiyasi yaratildi. Olimlarning fikricha, san’atni ushbu dasturga

qo`shish orqali o`quvchilarda tassavvur qilish doirasi kengayadi va ijodiy ko`nikma ya’ni har bir

masalaga ijodkorona yondashish ortadi.

Boshlang‘ich ta’limda STEAM texnologiyasining vazifasi o‘quvchilarni tabiiy va texnik

fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini uyg`otish va bu qiziqishlarni rivojlantirishdan iborat. O`quvchilar

o`z bajarayotgan ishlarini sevib bajarishi qiziqishlarini rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat

qiladi.STEAM – mashg‘ulotlari juda dinamik va qiziqarli bo‘lgani sabab bolalar mashg‘ulot

paytida zerikmaydilar va vaqtning qanday o‘tganligini sezmay ham qoladilar. Bolalarni

texnologik va innovatsion hayotga tayyorlash STEAM texnologiyasining asosidir .STEAM –

ta’lim dasturi bolalarni texnologik rivojlanayotgan dunyoda yashashga tayyorlaydi. STEAM

maktab dasturlariga qo‘shimcha dastur sifatida qo‘llanilmoqda. STEAM mashg‘ulotlarini tashkil

etish orqali o‘quvchilarga yo‘nalishlar berish, seminarlar tashkil etish maqsadga

muvofiqdir.Chunki mamlakatimizning yuksalishi uchun ta’limning sifat samaradorligini yanada

oshirish uchun eskirib qolgan an’anaviy metodlardan voz kechish hamda darslarni xalqaro

metodlardan foydalangan holda tashkil etish muhimdir. Ta’limning yuksalishi uchun avvalo

bugungi kun xalqaro standart talablariga javob bera oladigan dasturlardan, zamonaviy dizayn va

mazmunga ega darsliklardan foydalanishimiz kerak. O‘z o‘rnida esa darsliklarda berilgan

mavzularni o‘quvchilarga o‘rgatishda bevosita integratsiyalashdan foydalanish ham maqsadga

muvofiqdir.

NATIJALAR VA MUHOKAMALAR.

Boshlang`ich sinflarning matematika darslarida STEAM

texnologiyasining qo`llanilishi ijobiy samara ko`rsatadi.Chunki bu davrda o`quvchilar matematik


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

asoslarni o`rganish bilan birga, STEAM texnologiyasi asosida o`zlari duch kelayotgan muammo

yoki biror bir masalaga yechim topishda ijodiy yondasha olish ko`nikmasini o`zlarida

shakllantiradilar.STEAM texnologiyasini boshlang`ich sinf matematika darslarida qo`llashdan

asosiy maqsad nazariy bilimlarni amaliyotga jalb qilish, ya’ni bilimni real hayotda harakatga

keltirishdan iborat.Shu bilan bir qatorda dastur o`quvchilarda ijodiy tasavvurni o`stirishga ham

yordam beradi.O`quvchilar o`z g`oyalarini bayon etish jarayoniga STEAM texnologiyasi orqali

ta’lim berilganda ijodiy yondashadilar va kreativ xulosa qabul qiladilar[3,6].

STEAM ta’limining o‘qitish modeli afzalliklari va kamchiliklari:

1)motivatsiyaning yuqorililigi (ta’lim oluvchilar darsni kamroq qoldirib, darsga nisbatan

munosabati o‘zgarganini namoyish qiladi. O‘qituvchi bola bo‘sh vaqtini bajonidil loyiha (o‘quv

tadqiqoti)ga sarflayotganini sezadi);

2) bilimlarni egallash (bilim olish mas’uliyati o‘z bo‘ynida ekanligini yaxshiroq his etadi);

3)yuqori darajadagi fikrlash ko‘nikmalarining shakllanishi (ta’lim oluvchilar murakkab, mavhum

holatlarda ham yuqori darajada fikrlash, muammo yechimini topish, qaror qabul qilish

ko‘nikmalarini o‘zida shakllantiradi);

4) hamkorlikda ishlash ko‘nikmasining rivojlanishi (loyiha (o‘quv tadqiqoti) jamoaviy jarayon

bo‘lib, hamkorlikda ishlashafzalligini namoyon etadi. Hamkorlik muhitida ishlab, ta’lim

oluvchilar ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishadi);

5)mustaqil ishlash malakasining rivojlanishi (tashkillashtirish, vaqtni boshqarish, mustaqil

ishlash ko‘nikma va malakasi shakllanadi);

6)barcha uchun qulay va afzal (loyiha (o‘quv tadqiqoti) an’anaviy metodlar samara bermayotgan

ta’lim oluvchilar uchun qulay. Avval faol bo‘lmagan ta’lim oluvchilar endi o‘quv faoliyatida

dadillashadi. Darsdagi bilishning turli xil imkoniyatlari ta’lim olish ehtiyoji (motivatsiya)ni

shakllantiradi).

Kamchiliklari:

1)ko‘p vaqt talab etilganligi;

2)nazorat qilish imkoniyati kamligi;

3)o‘qituvchi rolining pasayishi;

4) “bo‘sh o‘zalshtiruvch” ta’lim oluvchilar bo‘lganligi sababli “iqtidorli”larning bahosiga ta’siri

yoki aksincha;

5)o‘qituvchining ko‘p qirrali bilimga ega emasligi[5].

STEAM dasturining yana bir tomoni shundagi u o`zida beshta yo`nalishni qamrab olgan holda

ham nazariy bilimga, ham amaliy ko’nikmaga birgalikda ega bo`lishga zamin

yaratadi.O`quvchilar bilim olsalar STEAM texnologiyasi bu bilimni harakatga keltiradi.Olgan

bilimlarini o`z qo’llari orqali real voqelikka aylantiradilar, ong va qo`l baravariga faoliyat olib

boradi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Boshlang’ich ta’limda STEAMning vazifalari quyidagilardan iboratdir:

1. O’quvchilarning muammoli fikrlash qobiliyatini va muammolarni hal qilishda ilmiy

yondashuv qobilyatini rivojlantirish;

2. Fan, texnika, muhandislik, san’at va matematika sohasidagi bilimlarni chuqurlashtirish;

3. Jamoaviy ijodkorlik ko’nikmalarini rivojlantirish;

4. Ijodiy fikrlash, tadbirkorlik va innovatsion fikrlash qobilyatlarini rivojlantirish;

5. O’quvchilarni texnik va innovatsion sohalarda kelajakka tayyorlash;

6. Dizayn asoslarini tushuntirish;

7. Tanqidiy fikrlashga o’rgatish[4].

Shuni ham aytib o`tish kerakki, STEAM- tabiiy fanlar ,texnologiyalar, muhandislik, san’at va

matematika fanlarini o`zaro uyg‘unlikda o‘qitish uslubidir. STEAM texnalogiyasi ta’limdan

farqli ravishda bilimlarni alohida emas, balki o‘zaro mutanosib holda olib borishni

ta’minlaydi.Bolalar o‘zida nostandart fikrlash, muammoga bir qancha yechim topa olish va

ijodkorlik ko‘nikmalarini shakllantiradilar va bu ular uchun kelajakda juda ham qo`l keladi. Bu

esa STEAM o`qitish dasturining bugungi kunda o`sib kelayotgan yosh avlod uchun juda ham

katta o‘rni borligini ko‘rsatib beradi.

XULOSA.Tadqiqotlar natijasi shuni ko`rsatadiki, STEAM dasturi asosida ta’lim olgan

o`quvchilarda ijodiy fikrlash qobiliyati ortadi, matematik tafakkur doirasi o`sadi, matematikaga

oid tushunchalarni chuqurroq o’rganadi, texnik, matematik va ijodiy dunyoqarashi shakllanadi

hamda fanlarni umumiylashtirishga va bilimlarni birlashtirishga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Barakayev M, Shamshiyeva A, O`rinov H “Matematika o`qitish metodikasi” T:“O`zbekiston

faylasuflari milliy jamiyati” 2019.

2.Djurayeva Z “Matematikani o`qitishda STEAM topshiriqlarining ijobiy o`rni” “nauchniy

impuls” 1-bo`lim yanvar 2023.

3.Esanova M “Boshlang`ich sinf o`quvcvhilarining matematika darslarida STEAM

texnologiyasidan foydalanish usullari” nomli maqolasi “Ilm-fan va innovatsiya ilmiy-amaliy

konferensiya” 140-142-bet.

4.M.MamamuratovaN “Boshlang`ich ta’limda STEAM texnologiyasidan foydalanish orqali

o`quvchilarda kasbiy ko`nikmalarni rivojlantirish” Barqaror taraqqiyot va rivojlanish tamoyillari

118-bet.

5. Ta’limga STEM yondashuv tatbiqi (Fan o‘qituvchilari, metodistlari va soha mutaxassislari

uchun uslubiy qo‘llanma) Toshkent-2021 14-18-bet.

6.Z. Ashurova “Maktabgacha ta’limda STEAM texnalogiyasidan foydalanish” Metodik

qo‘llanma . Buxoro:2020.

Библиографические ссылки

Barakayev M, Shamshiyeva A, O`rinov H “Matematika o`qitish metodikasi” T:“O`zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” 2019.

Djurayeva Z “Matematikani o`qitishda STEAM topshiriqlarining ijobiy o`rni” “nauchniy impuls” 1-bo`lim yanvar 2023.

Esanova M “Boshlang`ich sinf o`quvcvhilarining matematika darslarida STEAM texnologiyasidan foydalanish usullari” nomli maqolasi “Ilm-fan va innovatsiya ilmiy-amaliy konferensiya” 140-142-bet.

M.MamamuratovaN “Boshlang`ich ta’limda STEAM texnologiyasidan foydalanish orqali o`quvchilarda kasbiy ko`nikmalarni rivojlantirish” Barqaror taraqqiyot va rivojlanish tamoyillari 118-bet.

Ta’limga STEM yondashuv tatbiqi (Fan o‘qituvchilari, metodistlari va soha mutaxassislari uchun uslubiy qo‘llanma) Toshkent-2021 14-18-bet.

Z. Ashurova “Maktabgacha ta’limda STEAM texnalogiyasidan foydalanish” Metodik qo‘llanma . Buxoro:2020.