JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Umarova Zulfizar Otabek qizi
Navoiy davlat universiteri Maktabgacha va boshlang‘ich ta`lim fakulteti
Boshlang‘ich ta`lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI MANTIQIY MASALALAR ORQALI
KELAJAK KASBLARIGA TAYYORLASH
Annotatsiya:
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mantiqiy masalalar vositasida
fikrlash faoliyatini rivojlantirish hamda ularni kelajak kasblariga yo‘naltirishning pedagogik va
metodik asoslari yoritilgan. Tadqiqotda mantiqiy masalalarning kasbiy ko‘nikmalarni
shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinib, integratsion yondashuv orqalio‘quvchilarning turli
sohalarga qiziqishini oshirish usullari ishlab chiqilgan. Maqolada ilgari surilgan metodlar amaliy
tajribada sinovdan o‘tkazilgan va ularning ijobiy natijalari asosida xulosalar keltirilgan.
Kalit so‘zlar
: boshlang‘ich ta’lim, mantiqiy masala, kasbiy yo‘naltirish, kelajak kasblari,
integratsion yondashuv.
Abstract:
This article discusses the pedagogical and methodological foundations of developing
the thinking of primary school students through logical problems and guiding them towards
future professions. The study analyzes the role of logical problems in the formation of
professional skills and develops methods for increasing students' interest in various fields
through an integrated approach. The methods proposed in the article are tested in practical
experience and conclusions are drawn based on their positive results.
Keywords:
primary education, logical problem, vocational guidance, future professions,
integrated approach.
Аннотация:
В статье рассматриваются педагогические и методические основы развития
мышления учащихся начальной школы посредством логических задач и ориентации их на
будущие профессии. В исследовании анализируется роль логических задач в
формировании профессиональных навыков и разрабатываются методы повышения
интереса учащихся к различным сферам деятельности посредством комплексного подхода.
Предложенные в статье методы апробированы на практике, и на основе их
положительных результатов сделаны выводы.
Ключевые слова:
начальное образование, логическая задача, профессиональная
ориентация, будущие профессии, комплексный подход.
Kirish
. Bugungi globallashuv davrida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash ta`lim tizimining
asosiy maqsadiga aylangan. Prezidantimiz Sh.M.Mirziyoyev ta`kidlaganidek: Yoshlarimizni
yangi dunyoqarashga ega, innovatsion fikrlaydigan, kasb egallashga qodir insonlar etib
tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishidir”. Shubhasiz, boshlang‘ich ta`lim bu
yo‘nalishda poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa mantiqiy fikrlashni shakllantirish orqali
o‘quvchilarning kelajakdagi kasb tanloviga yo‘naltirish muhim ahamiyat kasb etadi. Mantiqiy
masalalar esa nafaqat matematik tafakkurni, balki muammoni tahlil qilish, sabab-oqibatni
tushunish, yechim topish kabi ko‘nikmalarni rivojlantiradi. Bu ko‘nikmalar esa muhandislik,
dasturlash, moliya, dizayn kabi zamonaviy kasblarning asosi hisoblanadi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Asosiy qism.
Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirishda
mantiqiy masalalar muhim o‘rin tutadi. Mantiqiy masalalar o‘quvchilarning kuzatuvchanligini
oshiradi, tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirish, xulosa chiqarish kabi fikrlash operatsiyalarini
shakllantiradi. Ayniqsa, bu masalalar orqali o‘quvchilarning real hayotdagi holatlarni tushunish
va ularga mos yechim topishga o‘rganishi kasbiy qiziqishlarini erta shakllantirishga xizmat qiladi.
Masalan, oddiy tenglamali matnli masalalarni kasb bilan bog‘lab ifodalash mumkin:
Misol:”Bir arxitektor binoning har bir qavati uchun 24 dona g‘isht chizmasi chizdi.
U 5 qavatli bino loyihasini chizdi.Jami nechta chizma chizgan?” Bu kabi masalalar nafaqar
hisoblash ko‘nikmasini,balki muhandislik sohasiga qiziqishni ham uyg‘otadi.
Mantiqiy masalalar va kasbiy ko‘nikmalar integratsiyasi. Boshlang‘ich sinfda matematika
fani orqali informatika, texnologiya, mehnat ta`limi, tabiiy fanlar bilan integratsion yondashuv
asosida darslar tashkil etilishi o‘quvchilarda kasblar haqidagi tasavvurlarni shakllantirishga
xizmat qiladi. Quyida mantiqiy masalalar orqali qanday kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish
mumkinligini keltiramiz:
1. Tizimli, hisob-kitobli masalalar – muhandis, iqtisodchi, dasturchilik ko‘nikmalarini
rivojlantiradi.
2. Topqirlik talab qiluvchi masalala – dizayner, arxitektor, psixolog singari kasblarga qiziqishni
oshiradi.
3. Grafik va jadvallar asosidagi masalalar – statistik, analitik marketing mutaxasisi
4. Harakatga oid masalalar – transport logistikasi, aviatsiya kabi sohalarga yo’naltiradi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mantiqiy masalalar orqali kasbga yo‘naltiruvchi
metodik yondashuvlar:
1. Rol o‘ynash elementlari:”Men kimman” o‘yini orqali o‘quvchinturli kasblarni sinab
ko‘radi.(Berilgan masalaga mos shifokor, quruvchi, o‘qituvchi, dasturchi va boshqalar).
2. Masalaga asoslangan o‘qitish(Problem – based learning: real kasbiy vaziyatlarga
moslashtirilgan masalalarni yechish.
3. Fanlararo loyiha ishlari: Matematika+texnologiya+tabiiy fan darslarini uyg‘unlashtiribkichik
loyiha ishlari tayyorlash.
4. Kasb egalarini sinfga taklif etish:ularning faoliyati haqida so‘zlab berish va shular asosida
masalalar tuzish.
Xulosa
. Boshlang‘ich sinfda beriladigan ta`lim nafaqat bilim asosini, balki kelajak kasb
egalarini tayyorlash jarayoni hamdir. Mantiqiy masalalar bu borada ko‘prik vazifasini bajaradi.
Kasbiy yo‘naltirishga xizmat qiladigan masalalar o‘quvchining mustaqilfikrlashini, tanqidiy
qarashini va hayotiy masalalarni hal qilish qobiliyatini rivojlantiradi. Bu esa ularni zamonaviy
jamiyat talablariga javob bera oladigan shaxs sifatida shakllantirishda muhim omildir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
1. Mirziyoyev Sh.M.”Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi”. – Toshkent:
O‘zbekiston, 2021.
2.Axmedova .M, Qodirova D. “Boshlang‘ich sinflarda mantiqiy fikrlashni rivojlantish”. –
Toshkent: Ilm Ziyo,2020.
3.Usmonova G.X.”Kasbga yo‘naltirishning psixologik-pedagogik asoslari”. – Toshkent:TDPU
nashriyoti,2018.
4.Raximova D.I.”Fanlararo integratsiya orqali kasbiy kompetensiyaalarni rivojlantirish”. –
Ta`lim va innovatsion tadqiqotlar jurnali,2023.
