JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Joldasov A.S, Ramanova D.R
QORAQALPOG’ISTONDA YAYLOV CHORVACHILIGINING TARKIBIY
RIVOJLANISHI VA HUDUDIY XUSUSIYATLARI
Kirish
. O‘zbekiston Respublikasining shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan Qoraqalpog‘iston
Respublikasi o‘zining keng yaylov yerlari, cho‘l hududlari va yarim cho‘l iqlimi bilan ajralib
turadi. Ushbu geografik omillar mintaqada asosan yaylov chorvachiligining rivojlanishiga imkon
yaratgan.
Yaylov chorvachiligi
- bu asosan tabiiy yaylovlarda chorva mollarini boqish orqali
mahsulot olishga asoslangan iqtisodiy faoliyat bo‘lib, Qoraqalpog‘iston hududining tabiiy
resurslari aynan shunday faoliyatga mos keladi. Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston
Respublikasida yaylov chorvachiligining tarkibiy rivojlanishi, uning asosiy ixtisoslashuv
yo‘nalishlari va hududiy xususiyatlari , tarkibiy o‘zgarishlari, hamda muammolar va istiqbolli
rivojlanish yo‘llari atroflicha tahlil qilinadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining tabiiy-geografik sharoiti.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekistonning eng yirik hududi hisoblanadi va umumiy
maydoni 166,6 ming km² ni tashkil qiladi. Mintaqa Orol dengizining qurib borayotgan qismida
joylashgan bo‘lib uning katta qismini cho‘l va yarim cho‘l hududlar egallaydi. Amudaryo
bo‘yidagi sug‘orma dehqonchilik hududlaridan tashqari, qolgan katta hudud yaylov sifatida
foydalaniladi. Asosiy yaylovlar Ustyurt platosi, Qoraqum, Qizilqum cho‘llari va Amudaryo
deltasining quruq qismlarida joylashgan. Ushbu hududlarda yil bo‘yi chorva boqishga mos
o‘tloq-o‘tlar, sho‘ralar, efemerlar o‘sadi [6].
Iqlimi — keskin kontinental bo‘lib, yozi juda issiq va quruq, qishi esa sovuq va kam qorli bo‘ladi.
Tabiiy o‘simlik qoplami asosan cho‘l o‘simliklaridan iborat bo‘lib, bu yaylov sifatida
foydalanish uchun mosdir. Yaylov resurslari janubiy-g‘arbiy Qoraqalpog‘iston (Qo‘ng‘irot,
Chimboy, Bo‘zatov)da, hamda shimoliy hududlarda keng tarqalgan.
Yaylovlar 2 xil bo‘ladi:
1. Tabiiy yaylovlar.
2. Madaniy yaylovlar.
Tabiiy yaylovlar
deb, turli tabiiy o‘t qoplamlariga ega bo‘lgan va chorva mollari erkin
boqiladigan o'tloqlarga aytiladi.
Madaniy yaylovlar
deb, maxsus ekilgan, sug‘oriladigan, ishlov
beriladigan va chorva mollari erkin boqiladigan sun’iy o'tloqlarga aytiladi [7].
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvachilik tarmog‘ining tabiiy sharoitga bog‘liq joylashuv
xaritasi [5]
Yaylov chorvachiligining tarkibiy rivojlanishi
. Qoraqalpog‘istonda yaylov chorvachiligi
asosan qo‘y, echki, tuya, qoramol va ba’zi hollarda ot yetishtirish bilan bog‘liq. Ayniqsa qo‘y va
echkilar — mintaqa iqlimi va ozuqa bazasiga mos keluvchi turlar sifatida ajralib turadi. So‘nggi
yillarda fermer xo‘jaliklari soni ortib, chorva mollari soni ko‘paymoqda. Bu esa yaylovlardan
foydalanishni optimallashtirish, suv ta’minotini yaxshilash va veterinariya xizmatlarini
kengaytirishni talab qilmoqda. Yaylov chorvachiligining tarkibiy rivojlanishida quyidagi omillar
muhim ahamiyatga ega:
1. Chorva turlarining moslashtirilgan tanlanishi;
2. Yil fasllariga qarab yaylov aylanish tizimi;
3. Yashil yem yetishtirish bazasining kengaytirilishi;
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
4. Veterinariya va texnologik xizmatlar ko‘lamining oshirilishi.
So‘nggi yillarda Qoraqalpog‘istonda chorvachilikning tarkibi va soni o‘zgarib bormoqda. Qo‘y
va echkilar asosiy ulushni tashkil etadi. Shuningdek, qoramol, tuya va ot boqilishi ham saqlanib
qolmoqda. Quyidagi 1-jadvalda 2020-2024 yillar oralig‘idagi chorva turlari soni keltirilgan.
1-jadval
Qoraqalpog’iston Respublikasidagi chorva turlari soni dinamikasi
Yil
Qo‘y-
echki
(ming
bosh)
Qoramol
(ming
bosh)
Tuyalar
(ming
bosh)
Otlari
(ming
bosh)
2020
750
230
18
12
2021
770
240
19
13
2022
790
250
20
14
2023
815
255
21
14.5
2024
830
260
22
15
Qoraqalpog‘istonda yaylov chorvachiligini rivojlantirishda Qizilqum yaylovlarining ahamiyati
katta. Qizilqum cho‘lining Qoraqalpog‘istonga tegishli qismi 3,2 mln ga ni tashkil qiladi. Ushbu
yaylovlar tuproq qatlami bo‘yicha uchta guruhga: qumloq, sho‘rhok va gipsli yaylovlarga
ajratiladi. Cho‘lning asosiy qismini qumloq yaylovlar egallab, uning umumiy maydoni 1,7 mln
ga (56,1 foiz)ni tashkil etadi. Sho‘rhok yaylovlar 0,9 mln ga (28,2 foiz) hamda gipsli yaylovlar
0,6 mln ga (18,7 foiz) ga teng.
2-jadval
Qoraqalpog‘iston Respublikasi yaylov tiplari
Manba: Тажимуратов П., Аметов М., Сапаров Ш. Үстирт жайлаўларынан нәтийжели
пайдаланыў. – Нөкис, “Қарақалпақстан”, 1995. 7-14-б.
Yaylovlar
Yaylovlar
tipi
Maydoni,
mln ga
Mahsuldorlik,
ga/ts
U
sty
u
rt ya
yl
o
vl
ar
i
Qurigan
dengiz bo‘yi
0,8
2,8
Markaziy
Ustyurt
3,0
2,4
Janubiy
Ustyurt
2,2
1,7
q u m
y a y l o
Qumloq
1,7
5,1
Sho‘rhok
0,9
4,5
Gipsli
0,6
3,7
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
2-
2-rasm. Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorva mollarining joylashuv xaritasi [5]
Hududiy xususiyatlar
. Qoraqalpog‘istonning turli hududlarida yaylov chorvachiligi har xil
ko‘rinishda rivojlangan. Masalan, Mo‘ynoq va Qo‘ng‘irot tumanlarida cho‘l yaylovlarida tuya va
qo‘y boqish ustuvorlik qilsa, Chimboy va To‘rtko‘l tumanlarida qoramol va echki boqish keng
tarqalgan. Hududiy tafovutlar tuproq-iqlim sharoitlari, suv manbalarining mavjudligi, ijtimoiy-
infratuzilma rivoji kabi omillar bilan bog‘liq. So‘nggi yillarda Orolbo‘yi hududlarida ekologik
muammolarga qaramasdan, yaylov chorvachiligini ekologik barqaror yo‘l bilan rivojlantirish
choralari ko‘rilmoqda. Xususan, tuya boqish orqali kam suv talab qiluvchi iqtisodiy model joriy
qilinmoqda. Masalan, qo’y va echkichilikni olaylik (2-rasm).
Yaylov chorvachiligini rivojlantirish istiqbollari.
Qoraqalpog‘istonda yaylov chorvachiligini
yanada rivojlantirish uchun quyidagi yo‘nalishlar muhim hisoblanadi:
1. Zamonaviy suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish;
2. Mahalliy nasllarni yaxshilash va seleksiya ishlarini kuchaytirish;
3. Chorva mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarini tashkil etish;
4. Ekoturizm va agroturizmni yaylov chorvachiligi bilan integratsiyalash.
Xulosa
. Qoraqalpog‘istonda yaylov chorvachiligi mintaqaning tabiiy resurslari, iqlimi va tarixiy
tajribasiga asoslangan holda shakllangan muhim iqtisodiy yo‘nalishdir. Hududiy tafovutlar va
ekologik muammolarga qaramasdan, mazkur soha barqaror rivojlanishning kalitidir. Uning
istiqboldagi rivoji esa ilmiy yondashuv, texnologik yangiliklar va davlat siyosatining
muvofiqlashtirilgan harakati bilan bog‘liq.
Foydalanilgan adabiyotlar:
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari, 2024.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi rasmiy hisobotlari.
3. “Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi”, Toshkent, 2023.
4. A.Abdullayev, “Cho‘l zonasida chorvachilikni tashkil etish asoslari”, Nukus, 2022.
5. A. Joldasov, “ Qoraqalpog’iston Respublikasida chorvachilikni rivojlantirish va hududiy
tarkibini takomillashtirish” dissertatsiya, Nukus, 2024.-118 bet.
6. Умаров Е.К., Жолдасов А.С., Ходжаева Г.
УЗБЕКИСТАН Р. АРАЛЬСКИЙ
ЭКОЛОГИЧЕСКИЙ КРИЗИС И ОСОБЕННОСТИ ДЕМОГРАФИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ
СЕЛЬСКОЙ МЕСТНОСТИ РЕСПУБЛИКИ КАРАКАЛПАКСТАН. – 2009.
7. Mahalliy ekologik tadqiqot markazi materiallari, 2023.
8. Norqulov U., Sheraliyev H. Yaylovlar melioratsiyasi /darslik. - Т.: “Yangi asr avlodi”, 2010. -
160 bet.
1.
