Авторы

  • о'ткиржон Акхмедов
    Alfraganus University
  • индира Бакхромова
    Alfraganus University

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.131266

Ключевые слова:

Yashil iqtisodiyot yoshlar tadbirkorligi barqaror rivojlanish qayta tiklanuvchi energiya ekologik toza texnologiyalar hukumat qo‘llab-quvvatlashi

Аннотация

Ushbu maqolada yashil iqtisodiyot konsepsiyasining O‘zbekiston sharoitida yoshlarga yangi tadbirkorlik imkoniyatlarini qanday taqdim etayotgani tahlil qilinadi. Yashil iqtisodiyot atrof-muhitni asrash bilan bir qatorda, barqaror iqtisodiy o‘sishga ham xizmat qiladigan yangi yondashuv sifatida qaraladi. Tadqiqotda ekologik toza texnologiyalar, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, chiqindisiz ishlab chiqarish va boshqa yo‘nalishlarda yoshlar uchun ochilayotgan imkoniyatlar, hukumat tomonidan yaratilayotgan sharoitlar va qo‘llab-quvvatlash dasturlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada xalqaro tajribalarga tayangan holda, O‘zbekistonda yashil tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Ushbu maqola, yashil iqtisodiyot orqali yoshlarni iqtisodiy faoliyatga jalb qilish, ularning innovatsion salohiyatini rivojlantirish va barqaror taraqqiyotga hissa qo‘shish imkoniyatlarini ochib beradi.

background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Alfraganus University

Iqtisodiyot fakulteti Iqtisod

kafedrasi o'qituvchisi

Axmedov O'tkirjon Aloviddin o'g'li

Alfraganus University

Iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot

(tarmoqlar va sohalar) yo'nalishi 1-kurs talabasi

Baxromova Indira Azizjon qizi

YASHIL IQTISODIYOT: O‘ZBEKISTONDA YOSHLAR TADBIRKORLIGINI

RIVOJLANTIRISHDAGI YANGI IMKONIYAT SIFATIDA

ANNOTATSIYA:

Ushbu maqolada yashil iqtisodiyot konsepsiyasining O‘zbekiston sharoitida

yoshlarga yangi tadbirkorlik imkoniyatlarini qanday taqdim etayotgani tahlil qilinadi. Yashil

iqtisodiyot atrof-muhitni asrash bilan bir qatorda, barqaror iqtisodiy o‘sishga ham xizmat

qiladigan yangi yondashuv sifatida qaraladi. Tadqiqotda ekologik toza texnologiyalar, qayta

tiklanuvchi energiya manbalari, chiqindisiz ishlab chiqarish va boshqa yo‘nalishlarda yoshlar

uchun ochilayotgan imkoniyatlar, hukumat tomonidan yaratilayotgan sharoitlar va qo‘llab-

quvvatlash dasturlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada xalqaro tajribalarga tayangan holda,

O‘zbekistonda yashil tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Ushbu maqola,

yashil iqtisodiyot orqali yoshlarni iqtisodiy faoliyatga jalb qilish, ularning innovatsion

salohiyatini rivojlantirish va barqaror taraqqiyotga hissa qo‘shish imkoniyatlarini ochib beradi.

Kalit so‘zlar:

Yashil iqtisodiyot ,yoshlar tadbirkorligi, barqaror rivojlanish, qayta tiklanuvchi

energiya, ekologik toza texnologiyalar, hukumat qo‘llab-quvvatlashi

АННОТАЦИЯ:

В новый источник возможностей для развития молодежного

предпринимательства в Узбекистане. Зеленая экономика представляет собой подход,

сочетающий экономический рост с охраной окружающей среды. В статье анализируются

перспективы вовлечения молодежи в такие направления, как экологически чистые

технологии, возобновляемые источники энергии, безотходное производство и устойчивое

сельское хозяйство. Также рассматриваются меры государственной поддержки и

программы содействия развитию молодежного «зеленого» бизнеса. На основе

международного опыта даны рекомендации по активизации участия молодежи в

устойчивом экономическом развитии. Работа подчеркивает значимость формирования

экологически ориентированного предпринимательства среди молодежи как ключевого

фактора устойчивого будущего.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Ключевые слова:

Зелёная экономика, молодёжное предпринимательство, устойчивое

развитие, возобновляемые источники энергии, экологически чистые технологии,

государственная поддержка.

ABSTRACT:

This article explores the concept of the green economy as a new opportunity for

the development of youth entrepreneurship in Uzbekistan. The green economy is viewed as an

approach that promotes economic growth while preserving the environment. The paper analyzes

how young people can engage in eco-friendly technologies, renewable energy, zero-waste

production, and sustainable agriculture. It also highlights government support programs and

initiatives aimed at fostering youth-led green businesses. Drawing on international experiences,

the article offers recommendations for encouraging youth participation in sustainable economic

development. The study emphasizes the importance of nurturing environmentally conscious

entrepreneurship among young people as a vital component of a sustainable future.

Keywords:

Green economy, youth entrepreneurship, sustainable development, renewable energy,

eco-friendly technologies, government support.

KIRISH:

Bugungi kunda butun dunyoda barqaror rivojlanish va ekologik muammolarga yechim

topish masalalari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, iqlim o‘zgarishi, resurslarning

kamayishi va atrof-muhitning ifloslanishi global darajadagi tahdid sifatida tan olinmoqda. Shu

nuqtai nazardan qaralganda, yashil iqtisodiyot konsepsiyasi insoniyat taraqqiyotining yangi

bosqichini boshlab bermoqda. Yashil iqtisodiyot nafaqat ekologik xavfsizlikni ta'minlash, balki

yangi ish o‘rinlarini yaratish, innovatsion g‘oyalarni ilgari surish va ayniqsa, yoshlar

tadbirkorligini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi ham bu borada faol harakatlarni amalga oshirib, iqtisodiyotni

ekologik jihatdan barqaror yo‘lga o‘tkazishga intilmoqda. Xususan, yoshlarga qaratilgan turli

grantlar, innovatsion loyihalar va biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturlari doirasida yashil

yo‘nalishdagi tadbirkorlik faoliyati rag‘batlantirilmoqda. Ushbu maqolada aynan yashil

iqtisodiyotning O‘zbekistonda yoshlar uchun qanday yangi imkoniyatlar yaratishi, mavjud

muammolar va istiqbollar tahlil qilinadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Yashil iqtisodiyot konsepsiyasi birinchi marta BMTning Atrof-muhit va taraqqiyot bo‘yicha

konferensiyalarida ilgari surilgan bo‘lib, u iqtisodiy o‘sishni atrof-muhitga zarar yetkazmasdan

amalga oshirish g‘oyasiga asoslanadi (UNEP, 2011). Xalqaro adabiyotlarda yashil

iqtisodiyotning asosiy tamoyillari sifatida energiya samaradorligi, ekologik toza ishlab chiqarish,

chiqindilarni kamaytirish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish kabi omillar qayd etilgan

(OECD, 2020).

Mahalliy olimlar, xususan, A. Karimov (2022) va D. Jo‘rayev (2023) o‘z tadqiqotlarida

yashil iqtisodiyotning O‘zbekiston sharoitida rivojlanish imkoniyatlarini yoritgan. Ularning

fikriga ko‘ra, mamlakatda qayta tiklanuvchi energiya manbalariga o‘tish, ekologik toza

texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish orqali yoshlar uchun innovatsion biznes loyihalarini

yaratish imkoniyati mavjud.

Yoshlar tadbirkorligi masalasida esa, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM)

tomonidan olib borilgan tahlillarda, O‘zbekistonda yoshlarning startap loyihalariga bo‘lgan

qiziqishi ortib borayotgani, ammo bu sohada yetarli bilim va moliyaviy ko‘mak yetishmasligi

sababli salohiyat to‘liq ishga solinmayotgani ta’kidlangan (ITIM, 2023).


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Shuningdek, xalqaro tajribalar, masalan, Germaniya va Janubiy Koreya kabi mamlakatlarda

yashil iqtisodiyot asosida yoshlar tadbirkorligini rag‘batlantirish mexanizmlari muvaffaqiyatli

yo‘lga qo‘yilgan. Bunday amaliyotlar O‘zbekiston uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan model

sifatida o‘rganilmoqda (ILO, 2019).

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, yashil iqtisodiyot nafaqat ekologik xavfsizlikni ta’minlash,

balki yangi iqtisodiy imkoniyatlar, xususan yoshlar tadbirkorligi uchun muhim asos bo‘lib

xizmat qiladi. Shu boisdan, mavjud adabiy manbalarni chuqur tahlil qilish orqali, ushbu sohadagi

imkoniyatlar va muammolarni aniqlash va ularni hal etish yo‘llarini ishlab chiqish dolzarb

hisoblanadi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Ushbu tadqiqotda yashil iqtisodiyot va yoshlar tadbirkorligi o‘zaro aloqadorligi, mavjud

imkoniyatlar va muammolarni aniqlash maqsad qilingan. Tadqiqotda sifat (qualitative) va

miqdoriy (quantitative) tahlil usullari uyg‘unlashtirildi.

Avvalo, mavzuga oid ilmiy maqolalar, rasmiy hukumat hujjatlari, statistika byurolari

ma'lumotlari va xalqaro tashkilotlarning hisobotlari (UNEP, ILO, OECD kabi) asosida

ikdilamchi ma'lumotlar tahlil qilindi. Ushbu manbalar yordamida yashil iqtisodiyotning asosiy

yo‘nalishlari va yoshlar tadbirkorligidagi global hamda milliy tendensiyalar aniqlab chiqildi.

Bundan tashqari, so‘rovnoma (anketali) tadqiqot orqali O‘zbekistondagi 18–30 yosh

oralig‘idagi yoshlar orasida yashil tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqish darajasi va mavjud

muammolar o‘rganildi. So‘rovnomada jami 120 nafar respondent ishtirok etdi. Ularning yoshi,

yashash hududi, ma’lumoti va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish tajribasi inobatga olindi.

Yarim strukturaviy intervyular orqali yosh tadbirkorlar, biznes inkubatorlar rahbarlari va

tegishli davlat tashkilotlari vakillari bilan suhbatlar tashkil etildi. Ushbu intervyular orqali amaliy

tajribalar, muammolar va takliflar aniqlashtirildi.

Olingan ma’lumotlar asosida tahliliy umumlashtirish, taqqoslash va grafik vizualizatsiya

uslublari qo‘llanildi. Bu usullar yordamida mavjud vaziyatni aniqlash va takliflar ishlab chiqish

imkoniyati yaratildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Olib borilgan tahlillar shuni ko‘rsatdiki, yashil iqtisodiyot O‘zbekistonda yangi, istiqbolli

iqtisodiy yo‘nalish bo‘lib shakllanmoqda va u yoshlar tadbirkorligi uchun keng imkoniyatlar

yaratmoqda. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, ishtirokchilarning katta qismi yashil sohalarda

tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga qiziqish bildirgan, biroq moliyaviy resurslar, bilim va

tajriba yetishmasligi asosiy to‘siqlar sifatida qayd etilgan.

Shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya, chiqindilarni qayta ishlash, ekologik qadoqlash va

yashil IT loyihalari yoshlar uchun eng ommabop yo‘nalishlar bo‘lib chiqdi. Davlat tomonidan

taqdim etilayotgan imtiyozlar, subsidiyalar va grantlar muhim rag‘batlantiruvchi omil sifatida

baholandi, biroq bu imkoniyatlardan xabardorlik darajasi yetarli emasligi aniqlangan.

Xalqaro tajribalar bilan taqqoslaganda, O‘zbekistonda hali yashil tadbirkorlik uchun

infratuzilma, axborot bazasi va konsultatsion xizmatlar yetarli darajada rivojlanmagan. Shu bois,

yoshlar uchun mo‘ljallangan maxsus inkubatorlar, yashil startaplar uchun mentorlik tizimi, va

moliyaviy savodxonlikka oid dasturlarni yo‘lga qo‘yish zarur.

Asosiy natijalar:

Yashil iqtisodiyot sohasida yoshlar qiziqishi yuqori, ammo imkoniyatlardan foydalanish

darajasi past.

Moliyaviy va axborot resurslari asosiy to‘siq hisoblanadi.

Yashil energiya va chiqindilarni qayta ishlash yo‘nalishlari eng istiqbolli deb topildi.

Hukumat tomonidan taqdim etilayotgan dasturlar yetarli, ammo ularning samaradorligi

oshirilishi lozim.

Xalqaro tajriba asosida mahalliy muhitga moslashtirilgan model ishlab chiqilishi kerak.

1.Yashil iqtisodiyotda bandlik va yoshlar ishtiroki

Yil

Yashil

ish

o‘rinlari soni

Yoshlar

ishtirok

foizi (%)

2020

5 000

18%

2022

8 500

25%

2024

12 000

31%

2.Davlat tomonidan yoshlar yashil loyihalari uchun ajratilgan grantlar (mlrd so‘m)

Yil

Grantlar

hajmi

Loyiha

soni

2021

12 mlrd

so‘m

80 ta

2022

18 mlrd

so‘m

130 ta

2023

25 mlrd

so‘m

200 ta

XULOSA VA TAKLIFLAR


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Yashil iqtisodiyot bugungi kunda nafaqat atrof-muhit muhofazasi, balki iqtisodiy o‘sishning

yangi modeli sifatida ko‘rilmoqda. O‘zbekiston sharoitida yashil iqtisodiyotni rivojlantirish

ayniqsa yoshlar tadbirkorligi kontekstida katta salohiyatga ega. Olib borilgan tahlillar asosida

aniqlanishicha, yoshlar orasida yashil yo‘nalishdagi tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqish yuqori

bo‘lsa-da, amaliy faoliyatga o‘tishda moliyaviy, axborot va tajriba bilan bog‘liq muammolar

mavjud.

Takliflar:

Yoshlar uchun yashil biznes inkubatorlar tashkil etish

Yashil startaplarni qo‘llab-quvvatlaydigan markazlar tashkil etilishi lozim, u yerda

konsultatsiya, mentorlik va texnik yordam ko‘rsatiladi.

Yashil tadbirkorlik bo‘yicha grant va kreditlar miqdorini oshirish

Ayniqsa, yangi boshlayotgan yoshlar uchun soddalashtirilgan shartlarda moliyaviy dasturlar

joriy etilishi zarur.

Yashil iqtisodiyot bo‘yicha ta’lim va treninglarni kengaytirish

Oliy o‘quv yurtlari va kollejlar darajasida ekologik tadbirkorlik bo‘yicha alohida kurslar

joriy etilishi foydali bo‘ladi.

Tashviqot va axborot kampaniyalarini kuchaytirish

Yashil iqtisodiyotning afzalliklari, muvaffaqiyatli yosh tadbirkorlar tajribasi haqida

ommaviy axborot vositalarida doimiy chiqishlar tashkil etish lozim.

Xalqaro tajribani joriy qilish

Germaniya, Janubiy Koreya va boshqa ilg‘or davlatlar tajribasi asosida mahalliy model

ishlab chiqilishi va bosqichma-bosqich joriy qilinishi kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. United Nations Environment Programme. (2011). Towards a Green Economy: Pathways to

Sustainable Development and Poverty Eradication. UNEP. https://www.unep.org

2. Organisation for Economic Co-operation and Development. (2020). Green Growth

Indicators 2020. OECD Publishing. https://www.oecd.org

3. International Labour Organization. (2019). Skills for a greener future: Key findings. ILO.

https://www.ilo.org

4. Karimov, A. (2022). Yashil iqtisodiyot sharoitida innovatsion rivojlanishning ustuvor

yo‘nalishlari. Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar, 4(2), 45–51.

5. Jo‘rayev, D. (2023). Yashil energetika va ekologik tadbirkorlikni rivojlantirishning

institutsional omillari. O‘zbekiston iqtisodiyoti sharhi, 1(1), 22–28.

6. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi. (2023). Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-

quvvatlashda yangi yondashuvlar. ITIM. https://review.uz

7. Ministry of Energy of the Republic of Uzbekistan. (2024). National Renewable Energy

Development Strategy 2020–2030. https://minenergy.uz

8. United Nations Development Programme in Uzbekistan. (2023). Supporting youth

innovation and green entrepreneurship in Uzbekistan. https://www.undp.org/uzbekistan

Библиографические ссылки

United Nations Environment Programme. (2011). Towards a Green Economy: Pathways to Sustainable Development and Poverty Eradication. UNEP. https://www.unep.org

Organisation for Economic Co-operation and Development. (2020). Green Growth Indicators 2020. OECD Publishing. https://www.oecd.org

International Labour Organization. (2019). Skills for a greener future: Key findings. ILO. https://www.ilo.org

Karimov, A. (2022). Yashil iqtisodiyot sharoitida innovatsion rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari. Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar, 4(2), 45–51.

Jo‘rayev, D. (2023). Yashil energetika va ekologik tadbirkorlikni rivojlantirishning institutsional omillari. O‘zbekiston iqtisodiyoti sharhi, 1(1), 22–28.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi. (2023). Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashda yangi yondashuvlar. ITIM. https://review.uz

Ministry of Energy of the Republic of Uzbekistan. (2024). National Renewable Energy Development Strategy 2020–2030. https://minenergy.uz

United Nations Development Programme in Uzbekistan. (2023). Supporting youth innovation and green entrepreneurship in Uzbekistan. https://www.undp.org/uzbekistan

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)