Авторы

  • бог'дагул Хасанова
    O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI IJTIMOIY HIMOYA MILLIY AGENTLIGI Payariq tumani "Inson "ijtimoiy xizmatlar markazi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Samarqand viloyati boshqarmasi Mahallada ijtimoiy xizmatni tashkil etish sho'basi bosh mutaxassis psixologi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.131267

Ключевые слова:

samarali psixologik xizmat tazyiq xotin-qizlar himoya orderining psixologik ta’siri ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash rezilientlik emotsional barqarorlik stress o‘zaro munosababtlar.

Аннотация

Mazkur maqolada tazyiqqa uchragan xotin-qizlarga davlattomonida beriladigan himoya o’rderini ta’sir etuvchi psixologik holatlari, ijtimoiy-psixologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Ijobiy samara beruvchi himoya orderi ayollar ruhiy salomatligiga ta’siri, uni shakllantirish va salbiy vaziyatni yengib o‘tish jarayonida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, psixologik rezilientlik, ijtimoiy aloqalar va emotsional yordam jarayonida samarali bo’lgan himoya o‘derining asosiy omillari sifatida ko‘rib chiqiladi. Xorijiy va mahalliy olimlarning tadqiqotlari asosida tazyiqqa uchragan ayollarni psixologik jihatdan qo‘llab-quvvatlashda ayrim og’ir holatlarda ayol xoxishiga asosan himoya orderi tavsiya qilinadi.

background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI IJTIMOIY HIMOYA

MILLIY AGENTLIGI

Payariq tumani "Inson "ijtimoiy xizmatlar markazi Ijtimoiy himoya milliy agentligining

Samarqand viloyati boshqarmasi

Xasanova Bog'dagul Turg'unbayevna

Mahallada ijtimoiy xizmatni tashkil etish sho'basi bosh mutaxassis psixologi.

TAZYIQQA UCHRAGAN XOTIN QIZLARGA HIMOYA ORDERINING TA’SIR

ETUVCHI PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Annotatsiya.

Mazkur maqolada tazyiqqa uchragan xotin-qizlarga davlattomonida beriladigan

himoya o’rderini ta’sir etuvchi psixologik holatlari, ijtimoiy-psixologik xususiyatlari tahlil

qilinadi. Ijobiy samara beruvchi himoya orderi ayollar ruhiy salomatligiga ta’siri, uni

shakllantirish va salbiy vaziyatni yengib o‘tish jarayonida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning

ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, psixologik rezilientlik, ijtimoiy aloqalar va emotsional yordam

jarayonida samarali bo’lgan himoya o‘derining asosiy omillari sifatida ko‘rib chiqiladi. Xorijiy

va mahalliy olimlarning tadqiqotlari asosida tazyiqqa uchragan ayollarni psixologik jihatdan

qo‘llab-quvvatlashda ayrim og’ir holatlarda ayol xoxishiga asosan himoya orderi tavsiya qilinadi.

Kalit so‘zlar:

samarali psixologik xizmat ,tazyiq, xotin-qizlar, himoya orderining psixologik

ta’siri, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, rezilientlik, emotsional barqarorlik ,stress ,o‘zaro

munosababtlar.

PSYCHOLOGICAL FEATURES OF PROTECTION ORDER FOR WOMEN SUBJECT

TO HARASSMENT

Annotation.

This article analyzes the psychological conditions and socio-psychological features

of protection orders issued by the state to women subjected to harassment. The impact of a

positive protection order on women's mental health, the importance of social support in its

formation and overcoming a negative situation are highlighted. Psychological resilience, social

connections and emotional support are also considered as the main factors of an effective

protection order. Based on the research of foreign and domestic scientists, in some severe cases,

a protection order is recommended for psychological support of women subjected to harassment,

based on the woman's wishes.

Keywords:

effective psychological services, harassment, women, psychological impact of

protection orders, social support, resilience, emotional stability, stress, relationships.

ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ЗАЩИТНОГО ПРЕДОСТАВЛЕНИЯ

ДЛЯ ЖЕНЩИН, ПОДВЕРГНУТЫХ ХАРАССАЖАМ

Аннотация.

В статье анализируются психологические условия и социально-

психологические особенности защитных предписаний, выдаваемых государством

женщинам, подвергшимся преследованиям. Освещены влияние положительного

защитного предписания на психическое здоровье женщин, значение социальной

поддержки в его формировании и преодолении негативной ситуации. Также

рассматриваются психологическая устойчивость, социальные связи и эмоциональная

поддержка как основные факторы эффективного защитного предписания. На основании

исследований зарубежных и отечественных ученых в некоторых тяжелых случаях


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

защитное предписание рекомендуется для психологической поддержки женщин,

подвергшихся преследованиям, исходя из пожеланий женщины.

Ключевые слова:

эффективные психологические услуги, преследования, женщины,

психологическое

воздействие

защитных предписаний,

социальная поддержка,

устойчивость, эмоциональная устойчивость, стресс, отношения.

Kirish.

Bugungi kunda zamonaviy jamiyatda ayollar turli ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy omillar

ta’sirida turli bosim va tazyiqlarga duch kelishi mumkin. Ushbu tazyiqlar ko‘pincha ularning

ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ba’zi og’ir holatlarda himoya orderi berilishi kerakligi ish

jarayonda ko‘zga tashlanmoqda . Himoya orderi esa inson salomatligi, psixologik farovonligi va

ijtimoiy faoliyatida muhim o‘rin egallab,muammoni o‘z vaqtida bartaraf etish shaxsiy va jamiyat

taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, tazyiqqa uchragan xotin-qizlarda stress

holatiga tushmaslik uchun tazyiqchidan himoyalanish jarayoni ularning psixologik holati,

ijtimoiy munosabatlari va shaxsiy rivojlanishida asosiy omillardan biri hisoblanadi.

Himoya orderini og‘ir hollarda olmaslik salbiy oqibatlari faqat shaxsiy darajada emas, balki

oilaviy va ijtimoiy munosabatlarda ham o‘z aksini topadi. Shunday ekan, tazyiqqa uchragan

xotin-qizlarni himoya orderi bilan himoyalangandan keyin ijobiy ta’sirlarini o‘rganish jarayonini

va bu jarayonning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini tahlil qilish nafaqat ilmiy, balki amaliy

jihatdan ham dolzarbdir. Qo‘rquv va stress holatini yengib o‘tish xotin-qizlarga o‘zining ichki

resurslarini to‘liq ochish, ijtimoiy faoliyatda ishtirok etish va sog‘lom munosabatlarni

shakllantirish imkonini beradi.

Tazyiqning turli shakllari — jinsiy,jismoniy, psixologik, iqtisodiy bo‘lib — himoya orderi

barcha holatlarda berilishi mumkin bo‘ladi.Xotin qizlarda murakkab va chuqur shakllarini

yuzaga keltiradi. Ushbu holatda ayolning muloqotga kirishish qobiliyati ko‘plab omillarga

bog‘liq bo‘ladi. Birinchidan, bu shaxsning individual psixologik xususiyatlari, jumladan, salbiy

muloqotga chidamlilik darajasi, emotsional barqarorlik va o‘z-o‘zini baholash darajasi.

Ikkinchidan, ijtimoiy omillar, ya’ni oilaviy qo‘llab-quvvatlash, do‘stlar va jamiyat tomonidan

ko‘rsatiladigan yordam ijobiy muloqot jarayonida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Shu bilan birga,

ayolning madaniy va diniy qadriyatlari, hayotiy tajribasi va shaxsiy motivatsiyasi ham salbiy

muloqotni yengib o‘tishda muhim hisoblanadi.

Tazyiqqa uchragan xotin-qizlarda ijobiy himoya orderi bilan ta’minlanishi ularni psixik holatida

kuzatish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshadi. Bu jarayon, bir tomondan, ichki psixologik

jarayonlarni boshqarish (emotsional o‘zini tahlil qilish, salbiy fikrlarni yengish, muloqotni ijobiy

energiyaga aylantirish), ikkinchi tomondan esa, tashqi ijtimoiy yordamni jalb qilish (psixologik

maslahatlar, guruhiy terapiyalar va jamiyat tomonidan yaratilgan qo‘llab-quvvatlash tizimlari)

orqali amalga oshiriladi. Ushbu jarayonda samarali psixologik strategiyalarni ishlab chiqish,

tazyiq natijasida yuzaga kelgan salbiy oqibatlarni minimallashtirish va ayolning ijtimoiy hayotga

qaytishini ta’minlash muhimdir.

Shuningdek, himoya orderi bir oy muddatda berilgan bo‘lib,undan foiydalanishda psixologik

yordamning to‘g‘ri tashkil etilishi katta ahamiyatga ega. Psixologik yordam, birinchidan,

ayolning o‘ziga bo‘lgan ishonchini tiklashga, ikkinchidan, uning ijobiy muloqot manbaini

aniqlash va unga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishini shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Shu

bilan birga, jamiyatdagi gender tengligi, ayollar huquqlarini himoya qilish va ayollarga nisbatan

salbiy stereotiplarni yo‘qotish orqali ham tazyiqqa uchragan xotin-qizlarga ko‘mak berish

mumkin.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Tazyiqqa uchragan xotin-qizlarni himoya orderi olgandan keyin kirishishdagi ijtimoiy-psixologik

xususiyatlarini o‘rganish va amaliyotga tadbiq etish ayollar salomatligi va farovonligini

ta’minlashda, ularning jamiyatda o‘z o‘rnini topishida va shaxsiy hayotida barqarorlikka

erishishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Agar holat yanada og ‘irlashdsa himoya

orderini yana uzaytirish yoki uni qayta olmaslik kerakligini aniqlash juda lozim.Ushbu

mavzuning chuqur o‘rganilishi va samarali strategiyalarning ishlab chiqilishi nafaqat ayol

shaxsining rivojlanishini, balki jamiyatning umumiy ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda

ham katta ahamiyatga ega.

Adabiyotlar tahlili.

Tazyiqqa uchragan xotin-qizlarni himoya orderi bilan ta’minlangandan

keyingi holatini kuzatish hamda tahlil etib borish,xotin qizlardagi ko‘nikmalarining ijtimoiy-

psixologik xususiyatlari ko‘plab xorijiy tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, ushbu

mavzuni turli nazariy va amaliy yondashuvlar asosida tahlil qilish imkonini beradi. Xotin-

qizlarning psixologik ruhiy holatidan kelib chiqib kirishish mexanizmlarini tushunish va ularni

qo‘llab-quvvatlashning samarali usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar,

asosan, himoya orderini qay holatlarda berilishi nazariyalari, travmadan keyingi o‘sish (PTG),

ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va psixologik moslashuv tushunchalariga asoslanadi. Oiladagi nizoli

vaziyatlar vujudga kelar ekan, xotin-qizlarimiz ruhiy holatida salbiy jihatlar ortib boraveradi. Bu

esa sog‘lom oillarni kamayib borishi va jamiyatga zarar yetkazilishiga asos bo‘layotganligi

tabiiydir.Agarda biz oilalar bilan ishlashda bu jihatlarga chuqurroq e’tibor qaratsak, kelajak

avlodni ham bunday salbiy illatlarni davom etishini oldini olgan bo‘lamiz. Psixologiya fanlar

doktori ,professor Sh.R.Barotov takidlaganlaridek stress holatida shaxsning xatti harakatlari

o‘ziga xos tarzda o‘zgaradi,unda qo‘zg‘alishning umumiy reaksiyasi paydo bo‘ladi,uning

harakati tartibsiz ravishda amalga oshiriladi. Bu so’zlarni zamirida qanchadan qancha ma’no

mavjuddir. Birgina inson bu holatdan chiqishi uchun shaxsning psixologik xususiyatlari ,turmush

tarbiyasi,shakllangan malakasi muhim ro‘l o‘ynaydi.Keskinlikni oldini olishda esa shaxsning

oliy nerv faoliyati,nerv sistemasining xususiyatlari alohida ahamiyat kasb etadi.Undagi yuksak

his tuyg‘ular(mas’uliyat,burch,javobgarlik,vatanparvarlik,sadoqat va hokazo)stress holatida xatti

harakat buzilishining oldini olishga xizmat qiladi .Umumiy psixologiya 2022.6.8(159)Stressni

boshqarish.

Himoya orderi – bu davlat tomonidan zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxsni (ko‘pincha ayollar va

bolalar) huquqiy jihatdan himoya qilish uchun beriladigan hujjat bo‘lib, zo‘ravonga ma’lum

cheklovlar qo‘yiladi. Bu order orqali zo‘ravonga jabrlanuvchiga yaqinlashish, u bilan bog‘lanish,

hatto ba'zi hollarda yashash joyiga borish ham taqiqlanishi mumkin.Psixologik ta’siri (ijobiy va

salbiy tomonlari) Ijobiy psixologik ta’siri xavfsizlik hissi ortadi: Ayol o‘zini davlat tomonidan

himoyalangan, yolg‘iz emasligini his qiladi.Stress va qo‘rquv kamayadi: Himoya orderi orqali

zo‘ravon shaxsning bevosita tahdidi cheklanadi, bu esa psixologik yengillik keltiradi.O‘ziga

ishonch ortadi: Ayol huquqiy tizimdan yordam olish mumkinligini ko‘radi, bu esa uning o‘ziga

bo‘lgan ishonchini oshiradi.Yangi hayot boshlashga yordam beradi: Himoya orderi vaqtinchalik

bo‘lsa-da, ayolga yangi qarorlar qabul qilish va o‘z hayotini o‘zgartirish imkonini beradi.Ijtimoiy

qo‘llab-quvvatlash faollashadi: Himoya orderi mavjud bo‘lsa, psixologik yordam, boshpana,

moliyaviy yordam kabi xizmatlar bilan bog‘lanish osonlashadi. Salbiy psixologik ta’siri (yoki

muammoli holatlar):Qo‘rquv yana davom etishi mumkin: Ba’zi hollarda zo‘ravon orderga amal

qilmasligi mumkin, bu esa ayolni yana xavotirga soladi.Ijtimoiy bosim va stigma: Jamiyatda

ayrim hollarda "oilani buzgan ayol" degan noto‘g‘ri tushuncha bo‘lishi mumkin, bu esa ayolga

psixologik bosim keltiradi.Zo‘ravonlikning kuchayishi xavfi: Ba'zi hollarda zo‘ravon orderdan

xabardor bo‘lgach, yanada tajovuzkor bo‘lishi mumkin (shuning uchun ichki ishlar profilaktik

hodimlarini nazorati zarur).Yolg‘izlik hissi: Agar ayol oilasidan, qarindoshlaridan qo‘llab-

quvvatlov olmasa, o‘zini ijtimoiy jihatdan ajratilgan his qilishi mumkin.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

O‘zbekiston-2030 strategiyasining har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun

munosib sharoitlar yaratish yo‘nalishi bo‘yicha amaliy tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash,

zo‘ravonlikdan aziyat chekkan shaxslarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmat sifatini

takomillashtirish, xotin-qizlarning huquqlari kafolatlarini ta’minlash maqsadida bir qancha

amaliy ishlar olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya

milliy agentligi hamda Oila va xotin qizlar qo‘mitasining tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan

shaxslarga “oila-mahalla va hudud” tamoyili asosida kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish

tizimini joriy etildi. Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar

ko‘rsatishni takomillashtirish to‘g‘risida 2024-yil 10-maydagi PQ-175 –sonli qaroriga asosan

joylarda tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.Bugungi kunda mamlakatimizda minga yaqin nafar

tazyiqqa uchragan xotin-qizlar va ularni voyaga yetmagan farzandlariga psixologik yordam

ko‘rsatildi. Bunda nizom asosida yangicha tartibda psixologik xizmatlar joriy etildi hamda

himoya orderi jabrlanuvchilarni holati yaxshilanishida o‘z samarasini ko‘rsatib kelmoqda.

Taziq va zo‘ravonlik holati yoki ularni sodir etish xafi aniqlangan vaqtda 24 soat ichida

psixologik xizmatlar ko‘rsatilishi shular jumlasidandir. Ularni bir qanchasi joylarda tashkil

etilgan tibbiyot markazi birlamchi ko‘mak xonalariga yotqizilib, kunduzgi qatnov asosida

psixologik yordam ko‘rsatildi. O‘ta og‘ir holatdagi uch nafar ayollar va bolalari Reablitatsiya

markazlariga yo‘llanma asosida yuborildi. Uchrashuv davomida xotin-qizlar va voyaga

yetmagan shaxslarda stress hamda dipressiya holatlarini yengish, shuningdek o‘ziga ishonch,

maqsadga yo‘nalganlik, hayotga qiziqish, hayotiy ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan

psixologik xizmat ko‘rsatadi. Boshlab mijoz bilan yaqindan suhbat o‘tkazilib, umumiy

emotsional holati baholanildi. Kunduzgi qatnov jarayonida o‘zi va yutuqlari haqida batafsil

kengroq ma’lumot berib o‘tishi lozim. Sababi mijozni ishonchi uchun bu jarayon zarur. Shaxsiy

va ijtimoiy rivojlanish muammolarini xal qilish bo‘yicha psixologik pedgogik hulosalar

tuzildi.Shaxslarni ruhiy holati bo‘yicha tahlillar olib borish va korreksiya bo‘yicha tizimli ishlar

olib borildi.

Tazyiqqa uchragan ayollarni hayotga moslashtirish va yashashga bo‘lgan ishtiyoqlarini,

qiziqishlarini aniqlab ularga yo‘nalish berish kerak. Jaroyonda ular bilan terapevtik munosabatlar

yaratish lozim. Mijozni o‘zini xavfsiz his qilishiga yordam berish, har bir mijozga o‘zini uning

o‘rniga qo‘yib, ko‘rgan holatda munasabat qilish. Umumiy insoniylik munosabatlarini o‘zida

mujassam etib, mijoz bilan aloqa hissini mustahkamlashda yordam beradi.Maxfiylik samimiylik

va seans haqida boshqa odamlar bilan bo‘lishmaslik ishonchni mustahkamlashga yordam beradi.

Kimligini va nima qilayotganini mijozda tushuntirish orqali uning hayotida rolini, psixologik,

ijtimoiy ishchi yoki boshqa kasb egasi bo‘lishidan qa’ti nazar, uni nima qilayotganini va qanday

yordam bera oshini samimiy ros tushintirish lozim. Sodda tildan foydalanish maqsadini

tushuntirib, rezyumening tavsilotlariga kirish shart emasligini anglash, mijozni ishonchini ortirib

xavotirni kamayishiga yordam beradi. Faol tinglash, hissiy tushuncha berib o‘tilsa, mijozni

tuyg‘ularini tan olish, psixologik ta’lim olib borish ma’lumot berib o‘tishi kerak. Himoya orderi

mijozni ishonchini oshirishga qaratilgan birlamchi qadam hisoblanadi. Mutaxassisni o‘zini

tutishi va tashqi ko‘rinishi ham bundan tashqari muloqat turlaridan unumli va maqsadli

foydalanishi bu jarayonni ijobiy olib borilishiga asos bo‘ladi. Savollar oldindan belgilangan

bo‘lib, mijozni holatiga qarab beriladi. Savollarni berayotganda shoshmasdan va xato

kamchiliklarsiz tushunchalarga asoslangan holda berib borish kerak. Mijozga jarayonni boshlash

va tugatish yani vaqt haqida ham tushuncha berish kerak. Qirq minutdan uzog‘i bilan bir yarim

soatgacha suhbatni davom ettirishi mumkin. Diqqatli bo‘lib jarayonni kuzatish hamda yozib

borish faoliyat uchun ijobiy xizmat qiladi. Kuzatish va suhbat metodi bu holatda juda asqotadi.

Mijoz tomonidan beriladigan javoblar siz saqlanishi haqida ham aytib o‘tiladi. Mijozni

resurslarini ijobiy yengib o‘tishi uchun strategiyalarni mustahkamlab olish kerak .Kunduzgi

qatnovga keladigan murojatchilarga psixologik xizmat ko‘rsatishda: kuzatish,suhvat,diognostika,

korreksion ,terapevtik,metodika hamda davolashga qaratilgan mashg’ulotlar qo’llanilgan.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

2024 yil yanvar oyidan hozirgi kunga qadar bir qancha tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan

xotin-qizlar va voyaga yetmagan farzandlarida zo‘ravonlik holatlari aniqlanib, ular tuman ichki

ishlar hodimlari tomonidan ro‘yxatga olinib, himoya orderlari berilgan. Ular 6 oy davomida

ijtimoiy hodim tomonidan nazoratga olinib,ijtimoiy sog’lom muhitga moslashtirilib “Inson

“ ijtimoiy xizmatlar markazi hodimlari va psixologlari tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilib

kelinmoqda. Bu borada o‘zbek olim va olimalari ham ko‘plab amaliy ishlar olib borib jumladan:

mutaxassislar fikricha

himoya orderi talabchanlik bilan va dastlab vaziyatni puxta o‘rgangan

holda berilishi kerak, chunki ayrim ayollar emotsiyaga berilib ariza beradi, so‘ngra olib

tashlayshni istaydi .Shu bilan birga, u ham nazorat tizimining zaifligi haqida ogohlantiradi .

Sababi, order talablariga rioya qilinmay, ta’sirchan chora kuchsiz ekanligi unga asos

beradi .Bundan tashqari, orderning faqat ma’muriy buzilish uchun choralar ko‘rilishi ham uning

samaradorligini pasaytiradi .Tazyiqqa uchragan xotin qizlarni keyingi hayotini yaxshilanishini

belgilaydi

.

Bu o‘rganilgan jarayon shuni bildiradiki tazyiqqa uchragan ayollarga ularni roziligi

hamda

holatiga qarab berilgan himoya orderi aynan ular uchun

foyda berishi

aniqlangan.Monitoringni kuchaytirish tazyiqqa uchragan xotin qizlarni holatidan ,profilaktika

inspektorlari va huquq-tartibot organlari doimiy nazorat olib kerak borishi.Muddatni uzaytirish

himoya orderini bir oy emas, kamida 6 oy – 1 yil muddat belgilanishi kerak.Jazo mexanizmlarini

kuchaytirish – order buzulsa, jinoiy javobgarlik ham ko‘zda tutilishi lozim.Nazorat va psixologik

yordam – order berilgandan keyin jabrlanuvchiga nazoratli va ijtimoiy ko‘mak yetkazilishi, ichki

ishlar va tibbiyot ,”Inson “ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda reabilitatsiya markazlari bilan

uzluksiz monitoring ishlarini olib borish lozim.

Xulosa.

Tazyiqqa uchragan xotin-qizlarni himoya orderi olishi ularni psixologik holatini

yaxshilanishi hamda himoyalanishida ijobiy ta’siri borligini bildirib ulardagi sog‘lom

ko‘nikmalarni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari shaxsiy, ijtimoiy va madaniy

omillarning murakkab o‘zaro ta’sirini o‘z ichiga oladi. Salbiy holatni yengishda shaxsning

emotsional barqarorligi, rezilientlik darajasi va o‘z-o‘ziga ishonchi asosiy rol o‘ynaydi. Ijtimoiy

qo‘llab-quvvatlash, xususan, emotsional, informatsion va instrumental yordam, ayollarda

stressga bardoshlilikni oshiradi va ijtimoiy hayotga integratsiyalashuvini ta’minlaydi. Travmadan

keyingi tiklanish va o‘sish jarayonlarida himoya orderi ayolni xavfsizlikgini tiklash, shaxsiy

tajribalarni qayta ishlash va ijobiy psixologik resurslarni faollashtirish muhimdir. Ba’zan mahalla

inspektorlari tomonida noo‘rin berilgan himoya orderlari tazyiqqa uchragan xotin qizlarga salbiy

ta’sir qilmoqda . Bu tazyiqchini yanada psixologik salbiy harakatlarini oshirishga undab oilalar

buzilishiga munosababtlar sovushiga ham sabab bo‘lgan.Madaniy va gender omillarni hisobga

olgan holda ishlab chiqilgan psixologik yordam dasturlari tazyiqqa uchragan ayollarning himoya

orderini foydali va zararli tomonlarini ayollar va qizlarni umumiy holatiga qarab, ko‘nikmalarini

shakllantirish muvaffaqiyatli chiqishini ta’minlab, ularning ijtimoiy faoliyatini tiklashga yordam

beradi. Shunday qilib, kompleks yondashuv va tizimli psixologik qo‘llab-quvvatlash ayollarda

himoya order orqali salbiy oqibatlarini yengib o‘tishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

1. Рубинштейн, С.Л. (2003). Основы общей психологии. Санкт-Петербург: Питер. –

430 с.Карамова,

2. 2.Л.В. (2015). Социально-психологическая поддержка женщин в кризисных ситуациях.

Вопросы психологии, №5, 45–53 с.

3. O‘zbekiston Respublikasi 2024-yil 10-maydagi PQ-175 –sonli qaroriga Tazyiq va

zo‘ravonlikka uchragan xotin qizlar .

4. . Psixologiya fanlar doktori ,professor Sh.R.Barotov .Umumiy psixologiya

2022.6.8(159)Stressni boshqarish.

Библиографические ссылки

Рубинштейн, С.Л. (2003). Основы общей психологии. Санкт-Петербург: Питер. – 430 с.Карамова,

2.Л.В. (2015). Социально-психологическая поддержка женщин в кризисных ситуациях. Вопросы психологии, №5, 45–53 с.

O‘zbekiston Respublikasi 2024-yil 10-maydagi PQ-175 –sonli qaroriga Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin qizlar .

. Psixologiya fanlar doktori ,professor Sh.R.Barotov .Umumiy psixologiya 2022.6.8(159)Stressni boshqarish.

Karimova, M. (2021). O‘zbekiston jamiyatida ayollar stressi va uni kamaytirish yo‘llari. Psixologiya va hayot, №3, 45–52 bet.