JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 17, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Baxtiyorova Oltinoy
Urganch davlat tibbiyot institute “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi
XORAZM VOHASI AHOLISI ORASIDA BALIQCHILIK MADANIYATI VA INING
AHOLI IJTIMOIY TURMISH TARZIDAGI O’RNI
Annotatsiya:
Mazkur maqolada Amudaryoda havzalarida qadimdan mavjud bo’lgan
baqliqlarning turlari va Xorazm vohasi tub aholisi orasida baliqchilik madaniyatini rivojlanishi,
ularning kundalik mayishiy hayotida baliq ovlash va istemolining
aholi ijtimoiy-iqtisodiy
hayotidagi o’rin ma’lumotlar yoritilgan.
Kalit so’zlar:
Baliq, loyqa suv, Amudaryo, Pseudoscaphirhynchus kaufmanni, Xorazm,
qarmoq, Baliq yog'i, Sazan balig’i, Bakra baliq, qorma baliq, seld baliq, makkel baliq, sardinka
baliq.
Аннотация:
В данной статье рассматриваются виды рыб, существовавшие в бассейне
Амударьи с древних времен, развитие рыболовной культуры среди коренного населения
Хорезмского оазиса, роль рыболовства в их повседневной жизни и его потребление в
социально-экономической жизни населения..
Ключевые слова:
Рыба, мутная вода, Амударья, Pseudoscaphirhynchus kaufmanni, Хорезм,
удочка, Рыбий жир, Карп, Рыба Бакра, Рыба Корма, Сельдь, Скумбрия, Сардина.
Annotation:
This article discusses the types of fish that have existed in the Amu Darya basin
since ancient times, the development of fishing culture among the indigenous population of the
Khorezm oasis, the role of fishing in their daily lives and its consumption in the socio-economic
life of the population.
Keywords:
Fish, muddy water, Amu Darya, Pseudoscaphirhynchus kaufmanni, Khorezm,
fishing rod, Fish oil, Carp, Bakra fish, Korma fish, herring fish, mackerel fish, sardine fish.
Kirish.
Amudaryo o'zining hosildor loyqa suvi bilan birga, xilma-xil baliqlarini ham
xorazmliklarga hadya etgan. Shuning uchun Xorazmda qadimdan baliqchilik bilan kеng
shug'ullanishgan. Xorazm hududini tadqiq qilgan arxеologlar ham Kaltaminor madaniyati
qavmlari faqat baliqchilik bilan hayot kеchirganliklarini ta'kidlaydilar. Xorazm vohasida, xonlik
davrlarida ham bozorlarda, ayniqsa Xiva bozorlarida turli taomlar pishiradigan oshpazlar,
kallapazlar va baliqpazlar faoliyat ko'rsatganlar. Mazkur maqolada Amudaryo havzasida
qadimdan mavjud bo’lgan baliq turlari hususida biroz ma’lumot berishga harakat qildik.
Amudaryoda laqqa baliq, leshch, chexon, oʻtkir qanot, oq amur, kumush sazan, shuningdek,
daryo qirilib ketish arafasida turgan endemik Amudaryo katta kurakburunlari uchraydi. Bundan
tashqari, soxta kurakburunlar oilasiga mansub uchta tur ham mavjud: Sirdaryo kurakburuni,
Amudaryo kichik kurakburuni va Amudaryo katta kurakburuni. Amudaryo baliq turlari uning
ekotizimining muhim qismi boʻlib, baliqchilik xoʻjaliklari va atrof-muhit uchun ahamiyatlidir.
Asosiy qism.
Amudaryo katta kurakburuni yoki Qilquyruq (Pseudoscaphirhynchus kaufmanni)
- bakralar oilasiga (Acipenseridae) mansub butunlay yoʻq boʻlib ketish arafasida turgan,
Amudaryoning endemik relikt turi. Oʻzbekiston va Turkmanistonda Amudaryoning oʻrta va quyi
oqimida uchraydi. Afgʻoniston va Tojikistonda ham uchrashi taxmin qilinadi. Asosan daryoning
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 17, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
nisbatan sayoz, osti qumli va loyqa suvlarida uchraydi. Ushbu tur Rossiya imperiyasi O’rta
Osiyoda mmavjud bo’lgan 3 ta xonlikni ham mustamlakaga aylantirishda muhim ro’l o’ynagan
qizil imperiya generali hususan ruslar tomonidan mustamlakaga aylantirilgan hududlarda tashkil
etilgan Turkiston general gubernatorligining birinchi general-gubernatori Konstantin Petrovich
von Kaufman (1867-1881) sharafiga nomlangan.
Bundan tashqari Orol sulaymon baliqlari Orol dengizi va Amudaryoda topilgan. Tanasi
to‘lqinsimon, kumushrang, to‘q chiporga aylanishi mumkin, tangachalari mayda, zich joylashgan.
Uzunligi 1 metrgacha, vazni 14 kilogrammni tashkil etadi. O‘tkinchi baliq; ko‘payish uchun
Amudaryogacha suzib boradi. Urchishi kuz-qish oylarida, suv harorati 3-13 ° S da bo‘lishi kerak.
Qimmatbaho tijorat baliqlari hisoblanadi. Bu esa voha aholisi hayotida iqtisodiy tomondan ham
muhum ahamiyatga ega .Kichik tur doim kamdan-kam uchraydi, Qozog‘iston va O‘zbekiston
Qizil kitobiga kiritilgan.
Amudaryo gulbalig‘i Salmo oxianus ) — sulaymonbaliqlar oilasiga mansub nashtarqanotli baliq
turi sanaladi.yuqori qismi (Surxondaryo, Sangardak
va To‘palang daryolari
havzalari); Tanxozdaryoga keltirilgan, Qoradaryo va Norinda iqlimlashtirilgan. O‘zbekistondan
tashqarida: Qirg‘iziston (iqlimlashtirilgan),
Tojikiston, Afg‘oniston. Orol, Kaspiy, Qora, Boltiq, Barens va Oq dengizlar
havzalarida, Janubiy Yevropa, AQSHda (iqlimlashtirilgan) – boshqa kenja turlari uchraydi.
Xorazm vohasida baliq taomlarining ham har xil turlari mavjud bo'lib, ular qovurma, suyuq
sho'rva, dimlama, kabob va yaxna tamaddi kabi usullarda tayyorlanadi hamda qoq qilib ham
istе'mol qilinadi.Baliqlar Xorazm vohasi aholisining sevimli istemol mahsuloti bo’lishi bilan bir
qatorda aholi madaniyatiga urf-odatlarida ham muhum ahamiyatga ega. Baliqlar hususida turli
hil miflar ham keng tarqalganligi haqida quyida ma’lumot berib o’tishga harakat qildik.
Xususan, Quyi Amudaryo etnografiyasi baliq kulti haqida har tomonlama
material beradi va u eng avvalo halol luqma deb ta’riflanadi va odamlarga ijobiy ta’sir
o‘tkazuvchi g‘ayritabiiy kuchga ega deb hisoblanadi. Xorazmliklar “baliq yeb bir halollandik”
degan atamani ko‘p ishlatishadi. Bu aqidaga Farg‘ona vodiysida ham qattiq amal qilingan bo‘lib,
ro‘zadan avval uni iste’mol qilishga alohida e’tibor beriladi. Chunki, baliqning nafaqat foydali
xususiyati balki, uni insonni tozalovchi, halollovchi magik xususiyati ham bor deb qaraladi.
Baliq go‘shti shunchalik halol hisoblanadiki, hatto yangi tuqqan ayolga qirq kungacha baliq
go‘shti yeyish ta’qiqlanadi.
Shuningdek, baliq urchiydigan oylarda ham baliq go‘shti iste’mol qilinmaydi, chunki bunday
oylarda baliq iste’mol qilish katta gunoh hisoblanadi
Xorazm vohasi aholisining yigitlarining sevimli mashhulotlaridan biri baliq ovlash hamdir. Baliq
nafaqat lazzatli taomlar uchun balki ovlash jarayonida kayfiyatni ko’tarish asab tizimlarini
mustahkamlash, asablarni tichlantirish hususiyatlariga ham egadir.
Xulosa.
Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki Xorazm vohasi o’zbeklari hayotida baliq va
baliqchilik muhim o’rin tutganligini ko’rishimiz mumkin.
Xorazm viloyati nafaqat qadimiy tarixga sayohat qiluvchilar, balki faol dam olish uchun ham
ajoyib yo‘nalishdir. Hozirda ushbu hududda baliqchilik turizmi uchun yangi yo‘nalishlar ishlab
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 17, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
chiqilmoqda. Ushbu tarmoqda 10 dan ortiq turistik xizmatlarni tashkil etish va baliqchilik
xo‘jaliklari bilan turizm zonalarini tashkil etish rejalashtirilgan. Har bir turda milliy uslubdagi
ko‘chma chodirlar, tunash uchun o‘tovlar, yovvoyi hayvonlar va qushlarni kuzatish
maydonchalari, baliq ovlash bo‘yicha mahorat darslari, qayiq, skuter, kvadrosikl, ot va tuyalarda
sayr qilish xizmatlarini tashkil etish rejalashtirilgan. Mehmonlarga an’anaviy baliq va boshqa
taomlarni tayyorlash o‘rgatiladi, shuningdek, esdalik sovg‘alari, tuya, sigir va echki suti
sotiladigan savdo do‘konlari tashkil etiladi, teatrlashtirilgan tomoshalar uchun bolalar
maydonchalari va supalar o‘rnatiladi.
Bularning barchasini amalga oshirish uchun mintaqada, birinchi navbatda, yo‘l bo‘yi
infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda: asosiy magistral
va turistik obyektlarga olib boruvchi ko‘chalarda yo‘l yoqasidagi belgilarni o‘rnatish,
shuningdek, Urganch va Xiva hamda boshqa aholi punktlarini bog‘laydigan yirik
avtomagistrallarni to‘liq rekonstruksiya qilish va ta’mirlash kabilar.
Ushbu obyektlarga tashrif buyurgan har bir mehmon nafaqat ajoyib manzilning go‘zalligidan,
balki mintaqadagi baliqchilik sirlari va tarixidan, qadimiy an’analar bo‘yicha zamonaviy
imkoniyatlarni hisobga olgan holda baliq ovlashning o‘ziga xos xususiyatlaridan bahramand
bo‘lishi mumkin.Voha aholisi yashash tarsi etnologiyasida baliqli taomlarning ham o’rni muhim
ekanligini yana bir bor ko’rdik.
Amudaryoning unumdor loyqasi o’zining hosildorlikka qo’shgan hissasidan tashqari baliqchilik
sohasining ham asosiy manbayi ekanligini ham alohida ta’kidlashimiz joizdir. Shuningdek
maqolada baliq va baliqli mahsulotlar sog’liq uchun ham nechaog’liq foydali ekanligi haqia ham
qisqacha to’xtalib o’tdik.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Сидиқов Д. Лаззатли таомлар. – Т.: Ўзбекистон, 1981. – Б.23
2.
Маткаримова С.М. Хоразм ўзбекларининг анъанавий овқатланиши. Фан доктори
(DSc) илмий даражасини олиш учун тайёрланган диссертацияси. Урганч 2021, 282 бет.
3. Сидиқов Д. Лаззатли таомлар. – Т.: Ўзбекистон, 1981. – Б.
4. .Бартольд В.В. Туркестан при исламе // Соч., т.2, ч. 1. — М., 1963, с.
5.
Абдуллаев У. Фарғона водийсида этнослараро жараёнлар. – Т.: Янги аср авлоди, 2005.
– Б. 134.
6. Снесарев Г.П. Реликты домусульманских верований и обрядов у узбеков Хорезма. –
М.: Наука, 1969. – С. 325.
7. Иванов П.П. Архив Хивинских ханов XIX в. / Исследование и описание документов с
историческим введением / Новые источники для истории Средней Азии. – Л.: Издание
Государственной публичной библиотеки, 1940. – С. 139.
8. Abidova, Z. K. (2017). Natural Places of Worship of Khwarezm, connected with Water
Elements. European Researcher. Series A, (8-2), 48-57.
9.
Kadirberganovna, A. Z. (2020). Sanctification of Water among the Population of the
Khorezm Oasis. Rupkatha Journal on Interdisciplinary Studies in Humanities, 12(4).
10.
Абидова, З. Қ. (2018). Хоразм воҳаси зиёратгоҳлари ва қадамжолари (тарихий-
этнологик тадқиқот). Тарих фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) даражасини олиш
учун ёзилган диссертация.
