JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Meliqo’ziyeva O. B.
Qo’qon Universiteti MP-2.24-guruh talabasi
Haydarova K. Z.
Qo’qon Universiteti o’qituvchisi
ALISHER NAVOIYNING HAMSA ASARIGA ISHLANGAN RASMLAR
Annotatsiya
. Ushbu maqolada so’z mulkining sultoni bo’lgan Alisher Navoiyning “Xamsa”
asari va ushbu kitob uchun ishlangan “miniatyura” sohasidagi rasmlarga va ushbu rasmlarni
ishlagan rassomlar haqida o’rganishga to’xtalinadi. Shu bilan birga Xamsanavislik va Xamsa
yozish shartlari bilan tanishiladi.
Kalit so’zlar
: Alisher Navoiy, Nizomiy, Jomiy, Xamsa, miniatyura.
“Alisher Navoiy- haqiqiy buyuk shoir,uning so’zlari qalbni yuqakka o’tkazib, go’zallikni
va haqiqiy haqiqatni namoyon qiladi”
Fazlulloh Ro’zi
Bizga ma’lumki Xamsachilikni Ozorbayjonlik ulug’ shoir Nizomiy Ganjaviy boshlab bergan. U
1170-1204 yillar oralig’ida 5 ta doston yaratdi. Bu dostonlar Shoirning vafotidan keyin yaxlit bir
to’plam holatiga keltirilib “Panj-Ganj” (Besh hazina) deb nomlandi va keyinchalik Xamsa deb
atala boshlandi. Shu bilan birga “Xamsa” asarini Nizomiy, Husrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy
va Alisher Navoiylar yozdilar. Ularnning Hamsa asarlariga to’xtalib o’tsak:
Xusrav Dehlaviy “Xamsa”si:
“Matl’a ul anvor” (Nurlarning chiqish joyi)
“Shirin va Husrav”
“Layli va Majnun”
“Oyinaiy Iskandariy” (Iskandar ko’zgusi)
“Hasht Behisht” (Sakkiz jannat)
Abdurahmon Jomiy “Xamsa”si:
“Tuhfat ul-ahror” (Erkinlar tuhfasi)
“Subhat ul-abror” (Yaxshilar tasbihi)
“Yusuf va Zulayho”
“Layli va Majnun”
“Xiradnomayi Iskandariy”
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Alisher Navoiy “Xamsa”si:
“Hayrat ul-abror”
“Farhod va Shirin”
“Layli va Majnun”
“Sab’ai sayyor”
“Saddi Iskandariy”
Shu tariqa Xamsanavislik an’anasi paydo bo’ldi va Xamsa yozish shartlari belgilandi.Ular
quyidagilar:
5 ta dostondan tashkil topish.
Birinchi doston pand-nasihat ruhidagi tarbiyaviy-axloqiy masalalarga bag’ishlanishi.
Ikkinchi doston Xusrav va Shirin mojarolariga atalishi.
Uchinchi doston Layli va Majnun muhabbatini asos qilib olinishi.
To’rtinchi doston Bahromshohga bag’ishlanishi.
Beshinchi doston Iskandan haqida yozilishi shart.
Maqolamizning asosiy mazmuni bo’lmish Alisher Navoiyning hamsa asariga ishlangan
rasmlarga keladigan bo’lsak Alisher Navoiyning “Xamsa” asariga chizilgan rasmlarni turli
san’atkorlar yaratgan. Eng mashhuri- XIX asrda yashagan o’zbek rassomi Muhammad Tarxi. U
o’zining nafis va rang-barang tasvirlari bilan “Xamsa” asaridagi sujetlarni jonlantirdi. Tarxi
nafaqat o’zbek , balki butun musulmon san’ati orasida ham juda taniqli shaxsdir. Shuningdek
Alisher Navoiy “Xamsa” asarini tas’virlovchi
boshqa san’atkorlar ham bo’lgan, lekin
Muhammad Tarxi yaratgan miniaturalar eng mashhur hisoblanadi. Alisher Navoiyning “Hamsa”
(Beshlik) asarlarining har biri o’zbek, turkman, fors tillari ma’daniyatiga katta ta’sir ko’rsatgan.
Alisher Navoiy Xamsasi asosida ishlangan rasmlar ko’pincha o’sha davrning ma’daniy va
ijtimoiy muhitini aks ettiradi, hamda asardagi qahramonlar, ularning sarguzashtlari va o’ziga hos
tushunchalarini ifodalaydi.
♦ Farhod va Shirin – Bu asarda, sevgi va sadoqatning ramzi sifatida Farhod va Shirinning o’zaro
muhabbati tasvirlangan. Rasmlarda ko’pincha ikki qahramonning sevgi va sadoqat bilan bog’liq
tas’virlari,shuningdek, Farhodning qiyinchiliklarga qarshi kurashi ko’rsatiladi.
♦ Layli va Majnun – Ajoyib sevgi hikoyasi bo’lib, rasmlar Layli va Majnunning dardli sevgi
sahnalarini, ularning qayg’ularini va bir-biriga bo’lgan muhabbatini aks ettiradi.
♦ Sab’ai sayyor – Asar ko’pincha tarixiy va falsafiy o’rinlarda tas’virlangan bo’lib, uning asosida
Majnun tasviri va adolat masalalari mavjud. Rasmlar, qadimiy xonadonlarni, sabr va ma’rifatni
ko’rsatuvchi simvollarga ega.
Xamsaga ishlangan rasmlar ko’pincha qadimiy O’rta Osiyo va fors san’ati uslubida, o’zbek
miniatyuralarida yoki arab va fors xattotligida tas’virlangan. Bu rasmlar Xamsaning mohiyatini,
o’zida mujassam etgan. Fikrlarni va zamonning estetik qiyofasini aks ettiradi. “Xamsa” asariga
ishlangan rasmlar ko’pincha miniatyura uslubida, ya’ni kichik va batafsil tas’virlar shaklida
yaratilgan. Quyidagi rassomlar Alisher Navoiyning “Xamsa” asariga ishlangan suratlar bilan
tanilgan:
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
1. Usta Shamsiddin (Shamsi) – Shamsiddin asosan, XIV-XV asrlarda yashagan va uning
miniatyuralari turk va fors san’atining eng yirik na’munalari sifatida ta’nilgan. U Navoiy
“Xamsa”si bilan bog’liq ba’zi ishlarni yaratgan.
2. Usta Ali Shah – Usta Ali Shah XV asrda yashagan va “Xamsa” asariga ishlangan suratlar
orasida e’tiborli joy egallagan. Uning suratlari, miniatyura uslubi va detallarini yuqori darajada
ishlash bilan mashhur.
3. Miqdad Ali – Bu san’atkor, XV asrda yashagan va Hamsa asariga bo’lgan miniatyuralarda
o’zining o’ziga hos uslubini yaratgan.
4. Behzod – Kamoliddin Beg’zod (1950-1535) – O’rta Osiyo va Fors san’atining ulug’ rassomi.
U o’zining juda mashhur miniatyuralari bilan tanilgan va “Xamsa” asariga ham rasmlar chizgan.
Beg’zod o’zining rang-barang va batafsil ishlagan tas’virlari bilan ajralib turadi.
I.
II.
III.
IV.
1-rasm. Xamsa asarining minyatura talqinidagi suratlari. XVII asr.
1-rasmda “Xamsa” asari keltirilgan. Ushbu suratlar Hindistonning Xaydarobod shaxrining
Salorjang muzeyida saqlanadi. Sathi 14,5 x 23,5 sm. Raqamlash sharq usulida, poygirlar bor.
Matn 4 ustun, 17 satrda. Qog’ozi qalin, to’q novvotrang sharq qog’ozi. Hati ravshan chiroyli
nastaliq. Muqovasi qadimiy, kartonga rasmlar ishlanib, lak bilan qoplangan. Qo’lyozmada nafis,
go’zal lavha, 4 unvon va yaxshi saqlangan 14 miniatyura bor. Qo’lyozmaning bir necha joylarida
Yusuf Alixon Salorjangining muhri bor.
I. Navfal sahroda Majnun huzurida.
II. Farhod va Shirin.
III. Shirin kanal qaziyotgan Farhod huzurida.
IV. Husrav ov qilayotganda Shirinni uchratadi.
Ushbu suratda (2-rasm) Layli va Majnunning muhabbat sahnasi tasvirlangan bo’lib unda
Laylining hayosi yaqqol aks etadi. Suratda bahor fasli gavdalangan bo’lib bu ularning sevgisi
ramzi misolida qaraladi. Asosan suratga tabiat hodisalarini muhabbat ramzi sifatida ishlangan.
Majnunning unga oshiq bo’lganligini suratga bir ko’z tashlashdayoq bilsa bo’ladi. Suratning
tabiatida mutlaq sokinlik aks etgan.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
2-rasm
Xulosa
o’rnida shuni aytish mumkinki adabiyot va san’at bu bir biriga judaham bog’liq soha
hisoblanadi. Navoiyning “Xamsa” asari nafaqat adabiyot sohasiga balki san’atga ham o’chmas
nur kabi bo’lib kirib kelgan desak mubolag’a bo’lmaydi. Alisher Navoiy “Xamsa” asarida 50
mingdan ortiq so’zlarni o’z o’rnida ishlatishi natijasida o’zining boy va rang barang so’z boyligi
bilan tanilgan. Alisher Navoiy o’z asarida bir so’zni turli ma’nodoshlarini qo’llay olishi bilan
tilning qay darajada boyligini ko’rsata olgan shoir hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:
1. O’zbekiston SSR fanlar akademiyasi H.S.Sulaymonov nomidagi qo’lyozmalar insituti.
Nizomiy “Xamsa”siga ishlangan rasmlar kitobi.
2. M.M. Ashrafi. “Miniaturada Fors-Tojik Sher’lari” XVI-XVII asrlar.
3. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar toʻplami. 20 tomlik. Birinchi tom. T.:Fan,1987.B.14
4. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin. T:Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi,
2006. – B. 5-35.
5. Haydarova K. The Role of Women in Modern Artificial Intelligence and Robotics
//International Journal of Artificial Intelligence. – 2025. – Т. 1. – №. 3. – С. 716-721.
6. Haydarova K. et al. TABIAT VA BIZ. OROL DENGIZINING MUAMMOLARI //"
GLOBAL
MUNOSABATLAR
NAZARIYASI:
YOSHLARNING
TARAQQIYOT
GʻOYALARI" xalqaro ilmiy-amaliy anjumani materiallari. – 2025. – Т. 1. – №. 2. – С. 33-37.
7.
Haydarova K., Melikozieva O. SMART MONITORING SYSTEM FOR DETERMINING
THE AMOUNT OF MACROELEMENTS ENSURING HEALTHY PLANT GROWTH
//International Journal of Artificial Intelligence. – 2025. – Т. 1. – №. 4. – С. 1464-1471.
