JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Nasriddinova Maxbuba Sardorbek qizi
Qo’qon universiteti Andijon filiali Ijtimoiy-gumanitar fakulteti Filologiya
tillarni o’qitish ingliz tili yo’nalishi talabasi
Mamatkulov Abdulxapiz Latipovich
Qo‘qon universiteti Andijon filiali. filologiya fanlari nomzodi, professor, (PHD)
JADIDLARDAN Z AVLODIGACHA: O‘ZBEK NASRINING RIVOJ YO‘LI,
KITOBNING UNUTILGAN RUHI VA KITOBXONLIKNI TARG‘IB QILISH
ABSTRAKT (ANNOTATSIYA):
Zamonaviy o‘zbek jamiyatida kitobxonlik darajasining
pasayib borayotgani, ayniqsa, Z avlodi orasida adabiyotga qiziqishning sustligi dolzarb muammo
sanaladi. Shu bilan birga, adabiyotimiz tarixiga nazar tashlanganda XX asr boshlarida jadid
ijodkorlarining o‘zbek adabiyotini shakllantirish va millatni ma’rifat sari yetaklashdagi xizmati
beqiyosdir. Maqolada tarixiy-adabiy tahlil, muqoyasaviy yondashuv, diskussiv metodlar hamda
yoshlar o‘rtasida olib borilgan ijtimoiy so‘rov natijalari asosida muammo yoritiladi. Tadqiqot
davomida jadid nasrining asosiy g‘oyaviy va estetik jihatlari o‘rganildi, ularning hozirgi kun
yoshlariga qanday ruhiy, ma’naviy ta’sir o‘tkazishi mumkinligi tahlil qilindi. Z avlodiga mos
targ‘ibot uslublari belgilandi: raqamli platformalar orqali kitobxonlikni ommalashtirish,
zamonaviy yozuvchilar bilan bog‘liqlikni kuchaytirish, o‘quv dasturlarida milliy nasr
namunalariga kengroq o‘rin berish zarurligi aniqlashtirildi.
Kalit so’zlar
: adabiyot, tafakkur, kitobxonlik, jadidlar, taraqqiyot, uyg’onish, raqamli axborot,
zamonaviy, an’anaviy, millat, ruh, ziyolilar.
ОТ ДЖАДИДОВ ДО ПОКОЛЕНИЯ Z: ПУТЬ РАЗВИТИЯ УЗБЕКСКОЙ ПРОЗЫ,
ЗАБЫТЫЙ ДУХ КНИГИ И ПРОДВИЖЕНИЕ КУЛЬТУРЫ ЧТЕНИЯ
Aннотация :
Уровня грамотности в современном узбекском обществе, особенно среди
поколения Z, является острой проблемой. В то же время, если обратиться к истории нашей
литературы, то вклад писателей-джадидов начала XX века в формирование узбекской
прозы и в движение нации к просвещению не имеет себе равных. В статье проблема
исследуется на основе историко-литературного анализа, сравнительного подхода,
дискурсивных методов, а также результатов социологического опроса, проведенного
среди молодежи. В ходе исследования были изучены основные идейно-эстетические
аспекты джадидской прозы, а также проанализировано их возможное духовно-
нравственное воздействие на современную молодежь. Были выявлены методы
продвижения, подходящие для поколения Z: отмечена необходимость популяризации
чтения через цифровые платформы, укрепления связей с современными писателями,
большего акцента на образцах национальной прозы в образовательных программах.
Ключевые слова
: литература, мысль, чтение, джадиды, развитие, возрождение,
цифровая информация, современный, традиционный, нация, дух, интеллектуалы.
FROM THE JADIDS TO GENERATION Z: THE DEVELOPMENT PATH OF UZBEK
PROSE, THE FORGOTTEN SPIRIT OF THE BOOK, AND THE PROMOTION OF
READING CULTURE
Abstract:
The declining level of reading in modern Uzbek society, especially among generation
Z, is a pressing problem. At the same time, when looking at the history of our literature, the
contribution of Jadid writers in the formation of Uzbek prose and leading the nation towards
enlightenment at the beginning of the 20th century is incomparable. The article sheds light on the
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
problem based on historical and literary analysis, a comparative approach, discursive methods,
and the results of a social survey conducted among young people. During the research, the main
ideological and aesthetic aspects of Jadid prose were studied, and what kind of spiritual and
moral impact they can have on today's youth was analyzed. Propaganda methods suitable for
generation Z were identified: the need to popularize reading through digital platforms, strengthen
connections with modern writers, and give a wider place to national prose samples in educational
programs was clarified.
Keywords
: literature, thought, reading, Jadids, development, revival, digital information,
modern, traditional, nation, spirit, intellectuals,
Kirish
Har bir millatning ma’naviy hayoti, o‘zligini anglashida adabiyotning o‘rni beqiyosdir. Ayniqsa,
nasr janri — jamiyatning ijtimoiy, madaniy va tarixiy jarayonlarini aks ettirishda asosiy
vositalardan biridir. O‘zbek nasrining rivojlanishi, uning shakllanishida turli davrlarning
ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy muhitlari chuqur ta’sir ko‘rsatgan. Shu nuqtai nazardan, XX asr
boshlarida yuzaga kelgan jadidchilik harakati o‘zbek madaniyati va adabiyotida tub burilish
yasadi. Jadidlar — milliy uyg‘onish va taraqqiyot yo‘lida kurashgan ziyolilar, ularning ijodi
o‘zbek nasriga yangi mazmun, yangi shakl va yangi ruh bag‘ishladi. Ular millatni ilm-fan,
ma’rifat sari yetaklashni asosiy maqsad qilib qo‘ydilar, shu bilan birga, adabiyotni xalqni
uyg‘otish, tanqid qilish va o‘zgarishga chorlovchi kuch sifatida ko‘rdilar. Bugungi kunda esa
texnologiyalar tez rivojlanayotgan, axborot oqimi juda ko‘p bo‘lgan sharoitda yoshlar orasida
an’anaviy kitobxonlik darajasi pasaymoqda. Ayniqsa, Z avlodi — 2000-yildan keyin tug‘ilgan
yoshlar orasida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqish sezilarli darajada kamaygan. Bu holat milliy
ma’naviyat, madaniyatning uzoq muddatda rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shunday
ekan, jadid ijodkorlarining o‘zbek nasrini shakllantirishdagi roli va ularning ma’naviy merosini
zamonaviy yoshlar, ayniqsa, Z avlodiga yetkazish, ularni kitobxonlikka qaytarish bugungi
kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Ushbu maqolada biz jadidlar davridan hozirgi
kungacha o‘zbek nasrining rivoj yo‘llarini o‘rganamiz, kitobning unutilgan ruhini tiklash
masalalarini ko‘rib chiqamiz va Z avlodiga kitobxonlikni targ‘ib qilish yo‘llarini tahlil qilamiz.
Zamonaviy o‘zbek adabiyoti, ayniqsa nasr janri, milliy tafakkur va madaniy merosning
shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Nasr orqali xalqning ijtimoiy hayoti, ruhiy kechinmalari va
davr muammolari badiiy ifoda topadi. Jadidchilik harakati o‘zbek adabiyoti tarixida yangilanish,
uyg‘onish va ma’rifat g‘oyalarini olib kirgan kuchli harakat sifatida namoyon bo‘ldi. Ular o‘z
asarlari orqali milliy o‘zlik, ma’naviyat va ijtimoiy adolat g‘oyalarini ilgari surdilar. Jadidlar
ijodining asosiy yo‘nalishi — xalqni uyg‘otish, ma’rifatli qilish, adabiyot orqali islohotga
yetaklash bo’lgan .
O‘zbek nasrining rivojlanish yo‘li
O`zbek nasrining rivojlanish yo`li ko‘p bosqichli, murakkab va sermazmun tarixiy jarayonlar
bilan uzviy bog‘liqdir. XX asr boshlarida jadid ijodkorlari asos solgan zamonaviy nasr o‘zining
ilk badiiy kuchini ijtimoiy ongni uyg‘otish, milliy o‘zlikni anglash, jamiyatdagi muammolarni
badiiy tahlil qilish orqali namoyon etgan edi. Jadidlar merosi bugungi kunda ham yosh avlodni
ma’naviy yuksaltirish, tafakkurini boyitish uchun muhim manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Kitobning “unutilgan ruhi”ni qayta jonlantirish, ayniqsa, Z avlodi orasida kitobxonlikni zamon
talablari asosida targ‘ib qilish orqali amalga oshiriladi. Bu esa nasr orqali milliy o‘zlik va
madaniyatni asrab qolish yo‘lida muhim qadamdir.
Jadid adiblari — Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon va boshqalar — o‘zbek
nasriga realizm, ijtimoiy tanqid, tarixiy xotira va ma’rifatparvarlik ruhini olib kirdilar [7].
Mustamlaka yillarida nasr asosan mafkuraviy ruhda shakllandi. Sovet davrida G‘afur G‘ulom,
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Oybek, Said Ahmad, Pirimqul Qodirov kabi yozuvchilar inson ruhiyati, tarixiy mavzular,
axloqiy-ijtimoiy muammolarni yoritishda kuchli badiiy maktab yaratdilar. Masalan, Oybekning
“Navoiy”, Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romani o‘zbek tarixiy romanlarining yuksak
namunalaridandir [9]. 1990-yillardan keyin nasr yangicha g‘oya va shakllar bilan boyidi. Erkin
A’zam, Isajon Sulton, Xurshid Do‘stmuhammad, Muhammad Ali kabi yozuvchilarning
asarlarida inson ruhiyati, jamiyatdagi ma’naviy iztiroblar, o‘zlik izlanishlari, falsafiy savollar
asosiy mavzuga aylandi. Bu davrda nasr tobora chuqurlashib, shaxsiyat, ma’naviylik, axloqiy
tanlovlar markazga chiqdi [5]. Ammo bugungi davrda o‘zbek nasrining rivojlanishida jiddiy xavf
tug‘dirayotgan muammo — kitobning unutilgan ruhi, ya’ni kitobga, o‘qishga bo‘lgan
munosabatning pasayib borayotganidir. Jadidlar “Kitob – ma’rifat chirog‘i” degan fikrni targ‘ib
qilgan bo‘lsalar, hozirgi kunda kitobxonlik madaniyati ko‘plab yoshlar orasida chekinmoqda.
Afsuski, kitob bugun ko‘plab yoshlar hayotida o‘zining o‘sha ilhomli, ruhiy, ma’rifiy o‘rnini
yo‘qotib bormoqda. Bunga internet, ijtimoiy tarmoqlar, qisqa va soddalashgan axborot oqimlari
sabab bo‘lmoqda. O‘quvchi chuqur matnga, murakkab badiiy fikrga emas, oson hazm bo‘ladigan
ko‘ngilochar axborotga o‘rganmoqda. Bu esa o‘zbek nasrining dolzarb masalalaridan biriga
aylanmoqda [4]. Shu bois, bugungi kun adabiyoti uchun asosiy vazifalardan biri — kitobxonlikni
targ‘ib qilish, kitobning asl ruhini tiklash, uni yana hayotimizning markaziga olib chiqishdir.
Bunda yozuvchi, o‘qituvchi, ommaviy axborot vositalari, maktab va oilaning har biri o‘z rolini
bajarishi lozim. Yozuvchi — chuqur g‘oyali, o‘quvchini o‘ziga tortadigan asar yozmog‘i,
o‘qituvchi — yosh avlodni mutolaa madaniyatiga yetaklamog‘i, ota-ona — farzandga badiiy
adabiyotni sevdirishi va ularga o’zlari istagan janrdagi kitoblarni olib berishligi lozim. Shu
jihatdan qaraganda, bugungi zamonaviy o‘zbek nasri — nafaqat badiiy yuksalishning, balki
ma’naviy tiklanishning ham bir vositasidir. U jamiyatga faqat voqealar hikoyasi emas, balki
savollar, izlanish, ruhiy uyg‘onish olib kirishi zarur. Kitob — bu nafaqat ma’lumot, bu — tajriba,
hayot maktabi, milliy ong vositasi. Uning ruhi tiklansa, nasr ham, jamiyat ham yutadi.
XX asr boshlarida yuzaga kelgan jadidchilik harakati o‘zbek adabiyoti va umuman, milliy
tafakkur taraqqiyotida tub burilish yasadi. O‘zbek nasrining taraqqiyot bosqichlari tarixiy
jarayonlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, har bir davr adabiy jarayonga o‘ziga xos ta’sir ko’rsatgan
[2]. Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat kabi ziyolilar
nafaqat adabiyotga yangi mazmun olib kirdilar, balki millatni uyg‘otishga harakat qildilar. Ular
o‘z asarlarida xalqni ilmga, taraqqiyotga, erkin fikrlashga, mustaqil yashashga chorladilar. Bu
g‘oyalar o‘sha davr uchun jasorat sanalgan bo‘lsa-da, ularning adabiy merosi bugungi kun
o‘zbek nasrining ma’naviy poydevorini tashkil etadi.
Abdulla Qodiriy o‘zining “O‘tkan kunlar” romanida tarixiy mavzular orqali ijtimoiy adolatsizlik,
mustabidlik, tanlov erkinligi kabi dolzarb muammolarni ko‘taradi. Bu asar orqali o‘zbek nasrida
birinchi marta roman janrining zamonaviy shakli paydo bo‘ldi. Shu jihatdan, Qodiriy nafaqat
ijodkor, balki adabiy yo‘nalish yaratuvchisi sifatida ham qadrlanadi. Cho‘lpon esa “Kecha va
kunduz” romanida shaxsiy erkinlik, ayol taqdiri, jamiyatdagi ruhiy ezilishlar kabi murakkab
muammolarni ochib beradi. U inson ruhiyatiga chuqur kirib bora olgan yozuvchilardan biri
sifatida tanilgan. Uning uslubi, estetikasi va poetik nasri zamonaviy yozuvchilar uchun maktab
vazifasini bajaradi. Fitrat va Munavvarqori kabi ziyolilar esa o‘z publitsistik asarlari va
darsliklari orqali o‘zbek adabiyotini ilmiy va nazariy jihatdan boyitgan, yangi avlod yozuvchilari
uchun adabiy-estetik mezonlarni belgilab bergan. Bugungi nasrda Erkin A’zam, Xurshid
Do‘stmuhammad, Nazar Eshonqul, Muhammad Ali kabi yozuvchilar o‘z asarlarida jadidlar
boshlab bergan milliy o‘zlikni anglash, shaxsiy iztirob, adolat, ma’naviy yangilanish kabi
mavzularni zamonaviy ruhda davom ettirmoqdalar. Ularning asarlarida ko‘pincha “jadidona ruh”,
ya’ni xalqparvarlik, tanqidiy tafakkur, jamiyat oldidagi mas’uliyat seziladi.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili
Zamonaviy adabiyot ijtimoiy ongning shakllanishida muhim rol o‘ynaydi [1] Boshqacha qilib
aytganda, zamonaviy o‘zbek nasrining ichki ruhiyatida jadidlarning fikriy ildizlari hali-hanuz
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
yashab kelmoqda. Faqat shakl o‘zgargan, ammo mazmun — milliy uyg‘onish, ma’naviy
yuksalish, ijtimoiy adolat — o‘z dolzarbligini yo’qotmagan. O‘zbek nasrining shakllanishi va
taraqqiyoti jarayoni turli bosqichlardan o‘tgan bo‘lsa-da, uning eng keskin burilishi XIX asr oxiri
va XX asr boshlarida, ya’ni jadid adabiyoti sahnaga chiqqan davrga to‘g‘ri keladi. Jadid adiblari
— Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, Munzim, Elbek va boshqalar — o‘z asarlari orqali xalq
tafakkurini uyg‘otish, milliy o‘zlikni anglash, zamonaviy fikrlashni shakllantirish yo‘lida tarixiy
burilish yasaganlar [6] Jadidlarning adabiy faoliyati nafaqat badiiy tasvir vositalari bilan boy
bo‘ldi, balki ularning asarlari orqali ma’rifiy mafkura, ijtimoiy ong, milliy uyg‘onish g‘oyalari
ilgari surildi. Ularning har biri asarlarida xalqni ilmga, san’atga, o‘zligini tanishga chorlagan.
Bugungi Z avlodi (Generation Z) — bu raqamli muhitda ulg‘aygan, ma’lumotni tez iste’mol
qiluvchi, chuqur muloqotdan ko‘ra vizual anglashni ustun qo‘yuvchi avloddir. Ular kitob
o’qishni qiyin va sekin jarayon deb hisoblaydi, biroq bu — ularning badiiy-estetik ehtiyojlari
yo‘q degani emas [3] Zed avlodining badiiy adabiyot bilan aloqasini tiklashda jadidlar merosi
boy kontent manbasi sifatida xizmat qilishi mumkin. Chunki bu avlod ham axloq, qadriyat,
tarixiy xotira va erkinlik haqida o‘ylaydi. Shunchaki, ular bu savollarga o‘z tilida, zamonaviy
ifoda vositalarida javob izlaydi [8]
Zamonaviy jamiyatda esa axborot texnologiyalari tez sur’atda rivojlanib, yoshlarning ko‘proq
raqamli olam bilan shug‘ullanishi natijasida an’anaviy kitobxonlik sustlashmoqda. Ayniqsa Z
avlodi orasida badiiy adabiyotga bo‘lgan e’tibor pasaygani kuzatilmoqda. Bu holat yoshlarning
tafakkuri, til boyligi, ma’naviy olami uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Shu sababli jadidlar ijodi va
zamonaviy kitobxonlik masalasi o‘rtasida bog‘liqlikni o‘rganish, tarixiy tajribadan foydalanish
dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bugungi globallashuv davrida raqamli texnologiyalar
yoshlarning asosiy axborot manbaiga aylangan. Bu jarayonning ijobiy jihatlari bilan bir qatorda,
salbiy ta’siri ham sezilmoqda — ayniqsa, yoshlar orasida kitob o‘qish odati yo‘qolib bormoqda.
Badiiy adabiyot, ayniqsa o‘zbek nasriga bo‘lgan e’tibor susaygani — ijtimoiy ong, til boyligi va
milliy o‘zlikni anglashda jiddiy muammolarni yuzaga keltirmoqda. Avvalgi tadqiqotlar
kitobxonlik muammosini alohida ko‘rib chiqqan bo‘lsa-da, bu masalaga tarixiy-adabiy
kontekstda — ya’ni jadidlar merosi bilan bog‘liq holda qarash yetarli darajada chuqur
yoritilmagan. Jadidlar o‘z davrida xalqni ma’rifat sari yetaklagan bo‘lsa, bugungi kunda ularning
tajribasi Z avlodiga kitobni qayta sevdirish, ma’naviy uyg‘onishga chorlash uchun kuchli manba
bo‘lishi mumkin. Shuningdek, bugungi yoshlarning o‘qish odatlari, texnologik vositalarga
bo‘lgan qaramligi va raqamli axborot muhitining ustuvorligi o‘rganildi. Asosiy yangilik sifatida
— jadidlar merosini zamonaviy formatlarda (audiokitob, podkast, qisqa video va
sahnalashtirilgan namoyishlar) targ‘ib etish g‘oyasi ilgari surildi va tushunib yetdimki, har
qanday insonni, har qanday millat vakilini botqoqlikga botib ketgan olamidan chiqarishlik uchun
hohish va ozgina bo’lsa ham, umid kerak deb o’yladim. Misol uchun 2-3 oy avval bir Xitoy
yozuvchisi Yu Xuani “Yashamoq” nomli asari eng yuqori natijalarga erishdi, ya’ni barcha yosh-
u kattalarni og’zidan tushmay qoldi, hattoki meni 70 yoshlik bir keksa amakim ham o’z
nabirasiga o’sha kitobni sotib olishli uchun juda ko’p mashaqqat chekdi, sababi: u kitob 3-marta
nashrdan chiqgan ekan va 1 haftaga qolmay tugagan ekan. O’sha kitobni sotib olish uchun 1
hafta to’xtovsiz kitob do’koniga borib, o’sha kitob nashrdan chiqdimi degan savolni berib
charchamadi, chunki uning nabirasi hayoti davomida birinchi marotaba o’sha kitobni o’qishni
xohlayotganini aytgan edi. Avvallari amakim nabirasini kitob o’qishga targ’ib qilib har qanday
takliflarni kiritgan edi, ya’ni har bir tamomlagan kitobing uchun shuncha mukofot puli beraman
degan edi, ammo unga hech qachon u gaplar ta’sir qilmagan edi. Chunki u internet tarmoqlariga
mubtalo bo’lgan edi. O’sha vaqtlarda, uning bobosi bir kitob do’koniga kirishida 100 talab kitob
olib berishga qurbi yetib, ularni sotib olganida ham biror marta birorta kitob olib uni
tamomlaganiga ko’zim tushmadi. Chunki u kitob o’qishdan qanday manfaatlar kelishi haqida
hech ham o’ylab ko’rmagan edi va chang bosib turgan kitoblariga ko’zi tushgan do’stlari “nima
uchun bularni qadrlamaysan, foydalanmaysan” deganlarida kitob o’qish menga emas der edi.
Hayriyatki, o’sha kun keldi, bir vaqt qisqa video roliklar( shorts) ko’rib o’tirganida butun
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo’lib ketgan o’sha yashamoq kitobini dovrug’ini eshitdi, barcha
blogerlar (blog yurgizuvchi insonlar) o’sha kitob haqida o’z taassurotlarini bo’lishayotgan edi,
qizlar qolib o’g’il bolalarni ham yig’latishga, tafakkur qilishga majbur qilgan kitob haqida
barcha malumotlarni eshitdi va birinchi marotaba o’qib ko’rishni reja qildi. Undan keyin esa
kitobni o’qishga kirishib ketdi va 2 soatga qolmay bitirdi. O’zini qo’yarga joy topa olmadı,
ko’zidagi yoshlarini to’xtata olmadi. Chunki kitob o’qishdagi lazzatni u his qila olgan edi.
O’sha-o’sha u o’zining qilgan ishlaridan nafratlanib, afsuslangancha kelajagi uchun juda ham
katta maqsadlarni oldiga qo’ydi. Shu kundan boshlab har kuni bitta kitobni olib tugatmasidan
ko’ziga uyqu kelmaydigan bo’ldi. Shu yo’sinda davom etsa yiliga 365 ta kitob mutolaasi va
jadidlarimizga arzigulik avlod bo’lishiga qisman yetarli emasmi? Endi esa tafakkur qilaylik
ijimoiy tarmoqlar biz o’ylaganchalik salbiymi ?
Adabiyotlar sharxi:
Mazkur tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiy va ilmiy manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, jadid
adabiyoti, xususan, jadid nasrining shakllanishi, g‘oyaviy yo‘nalishlari haqida bir qator ilmiy
ishlar amalga oshirilgan. A.Qodiriy, A.Fitrat, Cho‘lpon, M.Behbudiy, Munavvarqori kabi
jadidlarning asarlari va ular haqida yozilgan monografiyalar o‘zbek adabiyotining tarixiy
taraqqiyot yo‘lini aniqlashda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Jumladan, O‘zbek
adabiyotshunosligida jadid adabiyotining ma’naviy- estetik tahlili (O.Sharafiddinov, N.Qosimov,
S.Sirojiddinov, B.Qosimov tomonidan) mukammal o‘rganilgan. Biroq, bu ilmiy yondashuvlarda
asosan tarixiylik, badiiyat va davriy kontekstga e’tibor qaratilgan. Z avlodining kitobxonlikka
munosabati esa sotsiologik va pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilingan bo‘lib, jadid merosini
yosh avlod bilan bog‘lashga qaratilgan izlanishlar yetarli emas. Shuningdek, zamonaviy
yoshlarning o‘qish odatlari, raqamli texnologiyalar ta’siri, axborot iste’mol madaniyati haqida
C.Riesman, N.Postman, R.Baudrillard kabi mualliflarning nazariyalari va ularning mahalliy
tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilgan sharxlari mavzuga muhim asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Mavjud adabiy-tarixiy manbalarni yangi metodologik yondashuv orqali o‘rganish, ya’ni, jadid
adabiyoti orqali bugungi yoshlarning ongiga ta’sir o‘tkazish mexanizmini ishlab chiqish ushbu
maqolaning asosiy ilmiy yangiligidir.
Tahlil va natijalar:
Mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi — zamonaviy o‘zbek nasrining shakllanishida jadid
ijodkorlarining o‘rnini tahlil qilish hamda bu tarixiy-estetik tajriba asosida Z avlodi orasida
kitobxonlikni targ‘ib qilishning samarali usullarini aniqlashdan iborat. Tadqiqot davomida
adabiy-tarixiy yondashuv asosida XX asr boshidagi jadid nasri va zamonaviy adabiy jarayonlar
o‘rtasida g‘oyaviy, uslubiy, ma’naviy bog‘liqliklar tahlil qilindi.
Tadqiqot jarayonida quyidagi savollar asosiy mezon sifatida belgilandi:
• Jadid ijodkorlarining nasrda ilgari surgan asosiy g‘oyalari qanday edi?
• Ularning bugungi kun yoshlariga ta’sir ko‘rsatish imkoniyati bormi?
• Z avlodi orasida kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni qanday jonlantirish mumkin? kitobxonlik
pasaygan, ammo o‘quvga bo‘lgan ehtiyoj yo‘q emas.
So’rovnomadagi natijalariga ko‘ra, yoshlar o‘zlarini “kitob o‘qimayman” deb hisoblasalar-da,
ma’naviy mazmunli, qisqa, zamonaviy shakldagi adabiy materiallarga (audiokitoblar, qisqa
hikoyalar, podkastlar) nisbatan qiziqish bildiradilar. Bu esa ularning badiiy tafakkurga
ochiqligini ko’rsatadi.
1. Kitobxonlikni targ‘ib qilishda vositalar va formatlar muhimligi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
An’anaviy targ‘ibot usullari (so‘zli targ‘ibot, darslikdagi matnlar) hozirgi yoshlar uchun yetarli
emas. Badiiy nasrni zamonaviy texnologik vositalar bilan birlashtirish — masalan, mobil ilovalar
orqali qisqa rivoyatlar, ijtimoiy tarmoqlarda ijodiy sahifalar, vizual kontentlar — o‘quvchida
kitobga nisbatan motivatsiyani oshiradi.
2. Jadidlar merosini targ‘ib qilish orqali milliy identitetni mustahkamlash mumkin
.
Jadidlar ijodini tanishtirish, zamonaviy formatta tarjima qilish va yoshlar tiliga mos holda qayta
ishlash orqali nafaqat kitobxonlikni, balki o‘zbek tiliga, tarixiga, madaniyatiga bo‘lgan hurmatni
ham oshirish mumkin.
Jadid asarlarini:
qisqartirilgan audio shakllar
da (podkast, audiokitob),
interaktiv o‘yinlar va
ilovalar
da (tarixiy hikoya asosidagi sahnalashtirish),
ijtimoiy tarmoqlarda kreativ kontent
tarzida targ‘ib etish orqali Z avlodiga mos tarzda qayta taqdim etish mumkin. Bundan tashqari,
aytishim joizki, o’z hayot tarzimda ham bir tadqiqot o’tkazishga urinib ko’rdim, shu kunlarda
bizning oliy dargohimizda qisman darslar tamomlandi, har kuni 1 soat darsimiz bor ammo
tushlikdan so’ng yakuniy imtixonlarimiz bor. bu 4\5 soat kutishligimizni talab qiladi, birinchi
kuni hammamiz bir joyda o’tirgan paytimiz qandaydir konfliktlar bekorchilikdan chiqayotganiga
guvoh bo’ldim va kutubxonaga tushib kitob o’qib o’tirishni afzal ko’ra boshladim va qolganlarga
ham bu taklifni kiritganimda faqatgina 2 kishigina qiziqish bildirdi va men bilan kitob o’qishni
boshlashdi avvaliga uyqu ularga to’sqinlik qildi ammo birga uyquni yengdik, 300 betlik kitobni
tamomlaganimizni va olgan taasurotlarimizni eshtgan qolgan qizlarni ham keyingi kunda safi
kengaygani meni juda ham xursand qildi. O’ylashimcha bu ham targ’ibotning bir usuli. Bunday
yondashuvlar, bir tomondan, o‘zbek adabiy merosining dolzarbligini saqlaydi, ikkinchi
tomondan, zamonaviy o‘quvchi ongida kitobga muhabbat va badiiy tafakkurni uyg’otadi.
Shunday qilib, jadidlardan Z avlodigacha bo‘lgan uzluksiz ma’naviy va badiiy meros yo‘li faqat
tarixiy taraqqiyot emas, balki milliy ruhning yangi kontekstda tiklanishi sifatida ham baholanishi
mumkin deya olaman.
Xulosa
O‘zbek nasri o‘z taraqqiyot yo‘lida ko‘plab tarixiy bosqichlarni bosib o‘tdi. Jadid adabiyotidan
boshlab, sovet davri, mustaqillik yillaridagi erkin badiiy izlanishlargacha bo‘lgan davrda nasr
o‘zining uslubiy, janriy va g‘oyaviy jihatdan yuksak darajada shakllandi. Bu jarayonda
yozuvchilar milliy o‘zlikni anglash, jamiyatdagi muammolarni ochib berish, ruhiy iztiroblarni
yoritish orqali adabiyotning hayotiyligini saqlab qolishdi. Biroq bugungi kunda o‘zbek nasrining
oldida yangi vazifalar turibdi — bu, avvalo, kitobning qadriyat sifatida tiklanishi, kitobxonlik
madaniyatining rivojlanishidir. Kitobning unutilgan ruhini qayta uyg‘otish — bu faqat
yozuvchining emas, balki butun jamiyatning vazifasidir. Kitob orqali inson tafakkuri,
ma’naviyati, milliy ong va mustaqil fikrlashi shakllanadi. Shunday ekan, zamonaviy o‘zbek
nasrini rivojlantirish, uni keng ommaga yetkazish, kitobxonlikni targ‘ib qilish orqali biz o‘z
kelajagimizni ma’naviy boyitgan bo‘lamiz. Kitob o‘tmishni eslatadi, bugunni o‘rgatadi, kelajakni
ko‘rsatadi. Uning ruhi qayta tiklansa, nasr ham, jamiyat ham yuksaladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Ismoilov, H. (2019).
Adabiyot va zamon
. Toshkent: G‘afur G‘ulom nashriyoti.
2. Jalolov. M (2014). O’zbek nasrining taraqqiyoti bosqichlari. Toshkent: Akademnashr.
3. Karimova, S. (2021) Zamonaviy o’quvchi psihologiyasi va axborot iste’moli. Toshkent.
4. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: “Ma’naviyat”, 2008.
5. Mahmudov N. Zamonaviy o‘zbek nasri: izlanishlar va tendensiyalar. – T.: Akademnashr, 2016.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
6. Qosimov N. (2010). O‘zbek adabiyoti va jadidchilik. Toshkent: Fan nashriyoti.
7. Qo‘chqorov S. Kitob va yosh avlod: ruhiy uyg‘onish asoslari. – T.: Ma’naviyat, 2020.
9. Turdiyev, T. (2020). Kitobxonlik madaniyati: muammolar va yechimlar. Samarqand.
10. G‘aniyeva H. XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi. – T.: Fan, 2003.
