ATROF-MUHIT IFLOSLANISHIDA ENERGETIKA SOHASINING TA’SIRI VA BUNI OLDINI OLISHDA “YASHIL” YECHIMLAR ROLI

Annotasiya

Ushbu maqolada energetika sohasining atrof-muhitga ko‘rsatadigan salbiy ekologik ta’siri tahlil qilinadi. An’anaviy yoqilg‘ilardan foydalangan holda ishlab chiqarilayotgan energiya natijasida yuzaga kelayotgan atmosferaning ifloslanishi, iqlim o‘zgarishi va inson salomatligiga xavf soluvchi omillar ilmiy asosda yoritiladi. Shu bilan birga, “yashil energetika” — quyosh, shamol, biomassa va boshqa qayta tiklanuvchi manbalarga asoslangan texnologiyalar ekologik muammolarni bartaraf etishdagi samarador vosita sifatida ko‘rib chiqiladi. Turli mamlakatlar tajribasi hamda O‘zbekiston sharoitidagi dolzarb masalalar tahlil qilinib, barqaror rivojlanish uchun zarur bo‘lgan tavsiyalar ilgari suriladi

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
Bilim sohasi
  • Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti Fizika fakulteti Gidrometeorologiya yo‘nalishi 3-bosqich talabasi
f
117-122

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Toshturdiyev , N. (2025). ATROF-MUHIT IFLOSLANISHIDA ENERGETIKA SOHASINING TA’SIRI VA BUNI OLDINI OLISHDA “YASHIL” YECHIMLAR ROLI. IQRO Jurnali, (16), 117–122. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/iqro/article/view/133157
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada energetika sohasining atrof-muhitga ko‘rsatadigan salbiy ekologik ta’siri tahlil qilinadi. An’anaviy yoqilg‘ilardan foydalangan holda ishlab chiqarilayotgan energiya natijasida yuzaga kelayotgan atmosferaning ifloslanishi, iqlim o‘zgarishi va inson salomatligiga xavf soluvchi omillar ilmiy asosda yoritiladi. Shu bilan birga, “yashil energetika” — quyosh, shamol, biomassa va boshqa qayta tiklanuvchi manbalarga asoslangan texnologiyalar ekologik muammolarni bartaraf etishdagi samarador vosita sifatida ko‘rib chiqiladi. Turli mamlakatlar tajribasi hamda O‘zbekiston sharoitidagi dolzarb masalalar tahlil qilinib, barqaror rivojlanish uchun zarur bo‘lgan tavsiyalar ilgari suriladi


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

117

Toshturdiyev Nurbek Nurali o‘g‘li

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti Fizika fakulteti Gidrometeorologiya

yo‘nalishi 3-bosqich talabasi.

ATROF-MUHIT IFLOSLANISHIDA ENERGETIKA SOHASINING TA‟SIRI VA BUNI

OLDINI OLISHDA “YASHIL” YECHIMLAR ROLI

Tel: +998889104246

Email:

nurbektoshturdiyev86@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada energetika sohasining atrof-muhitga ko‗rsatadigan salbiy

ekologik ta‘siri tahlil qilinadi. An‘anaviy yoqilg‗ilardan foydalangan holda ishlab chiqarilayotgan
energiya natijasida yuzaga kelayotgan atmosferaning ifloslanishi, iqlim o‗zgarishi va inson
salomatligiga xavf soluvchi omillar ilmiy asosda yoritiladi. Shu bilan birga, ―yashil energetika‖
— quyosh, shamol, biomassa va boshqa qayta tiklanuvchi manbalarga asoslangan texnologiyalar
ekologik muammolarni bartaraf etishdagi samarador vosita sifatida ko‗rib chiqiladi. Turli
mamlakatlar tajribasi hamda O‗zbekiston sharoitidagi dolzarb masalalar tahlil qilinib, barqaror
rivojlanish uchun zarur bo‗lgan tavsiyalar ilgari suriladi.

Kalit so„zlar:

atrof-muhit, energetika, ifloslanish, yashil texnologiyalar, qayta tiklanuvchi

manbalar, barqaror rivojlanish, issiqxona gazlari, ekologik xavfsizlik.

Abstract:

This article analyzes the negative environmental impact of the energy sector. It focuses

on how the use of traditional fossil fuels such as coal, oil, and gas contributes to atmospheric
pollution, climate change, and health hazards. The paper also explores the effectiveness of "green
energy" technologies—including solar, wind, biomass, and other renewable energy sources—as
sustainable solutions to environmental challenges. The study examines international experiences
as well as current trends and challenges in Uzbekistan to propose practical recommendations for
achieving ecological sustainability.

Keywords:

environment, energy sector, pollution, green energy, renewable sources, climate

change, sustainable development, greenhouse gases, ecological safety.

Аннотация:

В данной статье рассматривается отрицательное влияние энергетического

сектора на окружающую среду. Анализируются последствия использования традиционных
ископаемых видов топлива — угля, нефти и газа, которые способствуют загрязнению
атмосферы, изменению климата и возникновению угроз для здоровья человека. Особое
внимание уделяется "зеленым" энергетическим технологиям — солнечной, ветровой,
биомассе и другим возобновляемым источникам энергии — как эффективному способу
снижения экологических рисков. Изучаются международный опыт и текущая ситуация в
Узбекистане с целью разработки практических рекомендаций по обеспечению устойчивого
развития.

Ключевые слова:

окружающая среда, энергетика, загрязнение, зеленые технологии,

возобновляемые источники, изменение климата, устойчивое развитие, парниковые газы,
экологическая безопасность.

KIRISH


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

118

Energiya insoniyat taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi bo‗lib, sanoat rivoji, transport

tizimi, qishloq xo‗jaligi hamda kundalik turmushning ajralmas bo‗lagidir. Ammo XXI asrga
kelib, energiya ishlab chiqarish va iste'mol qilish jarayonlarining atrof-muhitga salbiy ta‘siri
tobora oshib bormoqda. Ayniqsa, an‘anaviy yoqilg‗i manbalaridan — ko‗mir, neft va tabiiy
gazdan foydalanish global ifloslanish va iqlim o‗zgarishining asosiy omillaridan biri sifatida
e‘tirof etilmoqda. So‗nggi o‗n yilliklar davomida energetika sektorining ekologik yuklamasi
keskin ortdi. Atmosferaga chiqarilayotgan karbonat angidrid (CO

), azot oksidi (NOx),

oltingugurt dioksidi (SO

), tutun va chang zarralari nafaqat havoning sifatini yomonlashtirmoqda,

balki inson salomatligiga ham bevosita tahdid solmoqda. BMT ma‘lumotlariga ko‗ra, har yili
millionlab insonlar aynan ekologik ifloslanish sababli turli kasalliklarga chalinmoqda yoki erta
vafot etmoqda. Shu sababli, ekologik xavfsizlikni ta‘minlash va barqaror energiya tizimlarini
yaratish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biriga aylangan. Bunga javoban, jahonda
―yashil energetika‖ tushunchasi shakllanib bormoqda. Bu yondashuv qayta tiklanuvchi manbalar
— quyosh, shamol, biomassa, geotermal va gidroenergetika asosida energiya ishlab chiqarish
orqali tabiiy resurslarga zarar yetkazmasdan, ekologik barqarorlikni ta‘minlashni maqsad qiladi.
Yashil texnologiyalar nafaqat atmosferaga chiqayotgan zararli gazlar miqdorini kamaytiradi,
balki energiya samaradorligini oshirish, iqtisodiy xarajatlarni qisqartirish va yangi ish o‗rinlarini
yaratishga ham xizmat qiladi.

Ushbu maqolada energetika sohasining atrof-muhitga ta‘siri ilmiy asosda tahlil qilinadi,

mavjud muammolar va ularni keltirib chiqaruvchi omillar yoritiladi. Shuningdek, dunyodagi
ilg‗or amaliyotlar, O‗zbekiston tajribasi va yashil energiya texnologiyalarining ekologik foydalari
ko‗rib chiqiladi. Maqola davomida ekologik barqarorlikka erishish uchun amaliy tavsiyalar va
ilg‗or yechimlar taklif etiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Energetika sohasining atrof-muhitga ta‘siri yuzasidan ko‗plab xalqaro va mahalliy

tadqiqotlar olib borilgan. Xususan, Xalqaro Energetika Agentligi (IEA) tomonidan 2023-yilda
e‘lon qilingan hisobotda global issiqxona gazlari chiqindilarining qariyb 73 foizi aynan energiya
ishlab chiqarish va iste‘moli bilan bog‗liq ekani ta‘kidlanadi. BMTning Iqlim o‗zgarishi bo‗yicha
hukumatlararo paneli (IPCC) esa an‘anaviy energiya manbalaridan foydalanish iqlim tizimiga
bevosita salbiy ta‘sir ko‗rsatishini ko‗rsatib, karbon izini kamaytirish uchun yashil
texnologiyalarga o‗tishni tavsiya etadi. Mahalliy tadqiqotlar ham ushbu sohada muhim natijalarni
bergan. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-fevraldagi PF–6155-sonli farmonida
energetika tizimini modernizatsiya qilish, qayta tiklanuvchi manbalarni kengaytirish va ekologik
xavfsizlikni ta‘minlash bo‗yicha qator strategik maqsadlar belgilangan. Shuningdek, O‗zbekiston
Respublikasi Ekologiya vazirligi va O‗zenergo tizimi tomonidan tayyorlangan tahliliy
hisobotlarda energetika obyektlarining ifloslantiruvchi omillari, chiqindilari va ekologik
monitoring natijalari e‘lon qilingan.

Xalqaro ilmiy maqolalarda (masalan: Sovacool B.K., 2017; Edenhofer et al., 2019) qayta

tiklanuvchi energiya texnologiyalarining ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik afzalliklari chuqur
yoritilgan. Ular ko‗rsatishicha, yashil texnologiyalar nafaqat ifloslanishni kamaytiradi, balki
yangi iqtisodiy imkoniyatlar yaratadi. Bu natijalar, O‗zbekistonda ham ushbu tajribalarni tatbiq
etish zarurligini anglatadi. Shunday qilib, mavjud adabiyotlar energetika va ekologiya o‗rtasidagi
o‗zaro bog‗liqlikni chuqur ochib beradi va yashil yechimlarning dolzarbligini asoslaydi.

Maqolani tayyorlashda zamonaviy ilmiy tahlil metodlariga asoslanilgan bo‗lib, quyidagi

usullar qo‗llanildi:


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

119

1.

Deskriptiv (tasviriy) tahlil usuli: Energetika sohasining atrof-muhitga ta‘sirini ifodalovchi
statistik ma‘lumotlar, normativ hujjatlar va ilmiy adabiyotlar asosida umumiy holat tasvirlab
berildi.

2.

Taqdim etilgan ma‘lumotlar tahlili: Xalqaro tashkilotlar (IEA, IPCC), O‗zbekiston
Respublikasi Ekologiya vazirligi, Energetika vazirligi, ―O‗zgidromet‖ markazining 2015–
2024-yillardagi rasmiy hisobotlari asosida atmosfera ifloslanishi darajalari va ularning
o‗zgarish dinamikasi o‗rganildi.

3.

Solishtirma tahlil: Turli mamlakatlardagi yashil energetika siyosatlari (masalan: Germaniya,
Xitoy, AQSH) O‗zbekiston sharoitidagi amaliyotlar bilan taqqoslab ko‗rib chiqildi.

4.

Ekstrapolyatsiya usuli: Yashil texnologiyalarni joriy etish natijasida kelajakda kutilayotgan
ekologik va iqtisodiy foydalar taxmin qilindi.

5.

Tavsiyaviy yondashuv: O‗zbekistonda yashil energetikani rivojlantirish bo‗yicha amaliy
chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Ushbu metodologik asos maqolada keltirilgan xulosalar, tavsiyalar va ilmiy qarashlarning

ishonchliligini ta‘minlaydi.

NATIJALAR

O‗tkazilgan tahlillar natijasida, energetika sohasining atrof muhitga ta‘siri global va milliy

darajada sezilarli ekani aniqlandi. Jahon miqyosida energetika faoliyatidan chiqayotgan karbonat
angidrid (CO

) chiqindilari yil sayin ortib bormoqda. 2022-yilda bu ko‗rsatkich 36,8 milliard

tonnani tashkil etgan bo‗lsa, 2023-yilda 37,4 milliard tonnaga yetgan. Bu esa atrof muhitda
issiqxona gazlari kontsentratsiyasining yanada kuchayishiga sabab bo‗lmoqda. Biroq qayta
tiklanuvchi energiya manbalarining ulushi ortib borayotgani ijobiy natija sifatida qayd etiladi.
Masalan, shamol va quyosh elektr energiyasining global ishlab chiqarishdagi ulushi 2022-yilda
12 % bo‗lgan bo‗lsa, 2023-yilda bu ko‗rsatkich 14 % ga yetdi. Bu esa an‘anaviy yoqilg‗i
manbalariga bo‗lgan ehtiyojni kamaytirishga yordam bermoqda.

O‗zbekiston misolida olib borilgan tahlillarga ko‗ra, 2024-yilning yanvar-oktyabr oylarida

mamlakatda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 4 milliard kilovatt-soati quyosh va shamol
stansiyalariga to‗g‗ri keladi. Bu natijada 1,2 milliard kub metr tabiiy gazni tejash va 1,6 million
tonna karbonat angidrid chiqindilarining oldini olishga erishilgan. Shuningdek, qayta tiklanuvchi
manbalar ulushi umumiy elektr energiyasining 10 % ini tashkil etmoqda. Hukumat 2030-yilgacha
bu ko‗rsatkichni 40 % ga yetkazishni, qayta tiklanuvchi manbalar quvvatini esa 27 gigavattga
yetkazishni maqsad qilgan.

Energetika texnologiyalarining atrof muhitga ta‘siri ularning hayot aylanishi (life cycle)

davomida hosil qilinadigan chiqindilar asosida baholandi. Shamol energiyasi texnologiyalari 1
kilovatt-soat elektr ishlab chiqarishda atigi 11 gramm CO

chiqindisi hosil qilsa, ko‗mir

yoqilg‗isida bu ko‗rsatkich 820 grammni tashkil etadi. Demak, ekologik barqarorlik nuqtayi
nazaridan qayta tiklanuvchi energiya manbalari eng maqbul variant hisoblanadi. Ushbu natijalar
asosida energetika sohasida yashil texnologiyalarni joriy etish va kengaytirish orqali nafaqat
ekologik barqarorlikka erishish, balki iqtisodiy samaradorlikni ham oshirish mumkinligi
aniqlandi.

1-jadval

Elektr ishlab chiqarish va ekologik samara (O„zbekiston, 2024)

Ko„rsatkich

Miqdor


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

120

1-rasm.Energetika sohasida atmosferaga chiqarilayotgan CO

2

chiqindilari miqdori

Yuqorida keltirilgan grafikda turli elektr energiyasi ishlab chiqarish texnologiyalarining 1

kilovatt-soat elektr energiyasi uchun hosil qiladigan karbonat angidrid (CO

) chiqindilari

taqqoslab ko‗rsatilgan. Grafik tahliliga ko‗ra, ko‗mir asosidagi elektr stansiyalari eng yuqori
darajadagi chiqindilarni – 820 g/kVt-soat miqdorida karbon chiqindisi hosil qilmoqda. Bu
texnologiya ekologik jihatdan eng zararli hisoblanadi. Ikkinchi o‗rinda gaz turbinali
(kombinatsiyalangan sikl) stansiyalar turibdi – ular har bir kVt-soat elektr energiyasi ishlab
chiqarish uchun 490 gram CO

chiqaradi. Biomassa texnologiyasi esa nisbatan pastroq darajadagi

– 230 g/kVt-soat chiqindi hosil qiladi.

Yashil energiya texnologiyalari, xususan shamol va quyosh panellari (PV) eng past CO

chiqindilariga ega. Shamol energiyasi texnologiyalari atigi 11 g/kVt-soat, gidroenergetika esa 24
g/kVt-soat chiqindi hosil qiladi. Quyosh fotoelektrik panellari (PV) orqali ishlab chiqarilgan
elektr esa 48 g/kVt-soat bilan nisbatan ekologik toza manba sifatida ajralib turadi. Shuningdek,
geotermal (38 g/kVt-soat) va konsentratsiyalangan quyosh energiyasi (27 g/kVt-soat)
texnologiyalari ham ekologik jihatdan ijobiy natijalar bermoqda. Ushbu ko‗rsatkichlar shuni
anglatadiki, an‘anaviy yoqilg‗ilarga tayanadigan texnologiyalar (ko‗mir, gaz) atrof-muhitni
ifloslantirishda yetakchi o‗rinlarni egallamoqda. Aksincha, qayta tiklanuvchi energiya manbalari
– ayniqsa, shamol, quyosh va gidroenergetika – atrof-muhitga minimal zarar yetkazadi. Shu bois,
yashil energetika texnologiyalarini joriy etish ekologik xavfsizlikni ta‘minlashda muhim rol
o‗ynaydi.

MUHOKAMA

Olingan natijalar energetika sohasining atrof muhitga bo‗lgan salbiy ta‘sirini yaqqol

ifodalab bermoqda. Ayniqsa, an‘anaviy energiya manbalariga asoslangan texnologiyalar, xususan
ko‗mir va tabiiy gaz yoqilg‗isidan foydalaniladigan stansiyalar, karbonat angidrid (CO

)

chiqindilari miqdorini keskin oshirayotgani aniqlanmoqda. Ko‗mirda ishlaydigan stansiyalarning
1 kilovatt-soat elektr uchun 820 gramm CO

chiqindisi hosil qilishi, bunday texnologiyalarni

ekologik jihatdan xavfli manba sifatida tasniflash imkonini beradi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining, ayniqsa shamol va quyosh texnologiyalarining

atrof muhitga minimal darajada zarar yetkazishi ularni muqobil energiya manbasi sifatida faol
joriy etish zaruratini kuchaytiradi. Bu texnologiyalar nafaqat CO

chiqindilarini kamaytirishga,

balki uzoq muddatli barqaror rivojlanishga erishishga ham xizmat qiladi.

O‗zbekiston misolida olib borilgan tahlillar shuni ko‗rsatmoqdaki, 2024-yilda qayta

tiklanuvchi manbalardan olinayotgan elektr energiyasi ulushi 10 % ni tashkil etgan. Bu ulush

Shamol + quyoshdan olingan elektr energiyasi

4 milliard kVt-soat

Tejalgan tabiiy gaz

1,2 milliard m³

Oldi olingan CO

chiqindilari

1,6 million tonna

Qayta tiklanuvchi manbalar ulushi (2024-yil)

10 %

2030-yil rejalashtirilgan ulushi

40 %


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

121

nisbatan past bo‗lsa-da, bu yo‗nalishdagi davlat siyosati va investitsiya oqimlari natijasida 2030-
yilgacha ushbu ko‗rsatkichni 40 % ga yetkazish rejalashtirilgan. Bu esa mamlakat miqyosida
energiya ishlab chiqarishda ekologik xavfsizlik va energiya mustaqilligini ta‘minlashda muhim
ahamiyat kasb etadi.Biroq yashil texnologiyalarni keng joriy etish ba‘zi muammolar bilan ham
bog‗liq. Jumladan, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining barqarorlik darajasi (masalan,
quyoshli yoki shamolli kunlarga bog‗liqligi), texnologik xizmat ko‗rsatish infratuzilmasining
yetarli emasligi va dastlabki investitsiya qiymatlarining yuqoriligi amaliyotda to‗siq bo‗layotgan
asosiy omillardandir. Shu bilan birga, energiya saqlash texnologiyalarining rivojlanishi,
akkumulatsiya tizimlarining keng joriy etilishi bunday muammolarni bartaraf etish imkonini
beradi.Shuningdek, jamiyatdagi ekologik madaniyatning shakllanishi va energiya iste‘moli
madaniyatini oshirish ham bu jarayonda muhim omil hisoblanadi. Yashil energetika faqat texnik-
texnologik jarayon emas, balki ijtimoiy-ma‘naviy o‗zgarishlar bilan ham bevosita bog‗liq.

Shu nuqtayi nazardan, energetika sohasida ifloslanishni kamaytirish bo‗yicha qabul

qilinayotgan davlat siyosatlari, xalqaro shartnomalarga qo‗shilish, uglerod izlarini kamaytirish
strategiyalari, shuningdek, energiya samaradorligini oshirish bo‗yicha innovatsion texnologiyalar
joriy qilinishi muhim va dolzarb hisoblanadi.

XULOSA

Olib borilgan tahlillar shuni ko‗rsatadiki, energetika sohasi hozirgi kunda atrof muhitning

asosiy ifloslantiruvchilardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, ko‗mir va tabiiy gaz kabi an‘anaviy
yoqilg‗ilarga asoslangan energiya ishlab chiqarish texnologiyalari katta miqdorda karbonat
angidrid (CO

) chiqindilarini hosil qilmoqda. Bu esa global iqlim o‗zgarishlari, atmosfera

havosining sifatsizlanishi va inson salomatligiga salbiy ta‘sirlar ko‗rsatmoqda.Shu bilan birga,
qayta tiklanuvchi energiya manbalari, jumladan shamol, quyosh, geotermal va gidroenergiya
texnologiyalari atrof-muhitga ancha kam zarar yetkazadi. Ularning CO

chiqindilari minimal

bo‗lib, yashil kelajak sari qadam qo‗yishda muhim o‗rin tutadi. Bu texnologiyalarni keng joriy
etish orqali energetika sohasining ekologik izini kamaytirish mumkin.

Maqola davomida ishlab chiqilgan tahlillar asosida quyidagi xulosalarga kelindi:

-

An‘anaviy energiya manbalari ekologik muvozanatni buzishda davom etmoqda;

-

Yashil texnologiyalar joriy etilishi bilan atmosferaga chiqarilayotgan zararli gazlar hajmi
sezilarli kamayadi;

-

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushini oshirish ekologik barqarorlikni
ta‘minlaydi;

-

Yashil energiyaga o‗tishda davlat siyosati, xalqaro hamkorlik, ilmiy-texnik salohiyat va
aholining ekologik ongini oshirish muhim omillardir.

Shu sababli, energetika sohasida ifloslanishni kamaytirish uchun faqat texnik choralargina

emas, balki kompleks yondashuv – iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy mexanizmlar uyg‗unligi zarur.
Yashil yechimlar va innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali insoniyat ekologik xavfsiz va
barqaror energiya kelajagini ta‘minlashi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Intergovernmental Panel on Climate Change (IPCC). (2021).

Climate Change 2021: The

Physical Science Basis

. Cambridge University Press.

2.

International Energy Agency (IEA). (2023).

World Energy Outlook 2023

. Paris: IEA

Publications.

3.

REN21. (2023).

Renewables 2023 Global Status Report

.

www.ren21.net


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

122

4.

Ministry of Energy of the Republic of Uzbekistan. (2024).

Uzbekistan Energy Sector

Overview

. Toshkent.

5.

Kholmurodov, K. & Yusupov, A. (2022). ―Yashil energetika: O‗zbekiston tajribasi va
istiqbollari‖.

Fan va Taraqqiyot

, №2(45), 34–42.

6.

Rakhimov, S., & Nasirov, B. (2023). ―Energetika va ekologik xavfsizlik: global va
mintaqaviy muammolar‖.

Barqaror Rivojlanish Ilmi

, №1, 57–64.

7.

World Bank. (2022).

Green Growth and Energy Transitions in Central Asia

. Washington,

D.C.

8.

UNDP Uzbekistan. (2023).

Sustainable Energy and Climate Resilience Projects in

Uzbekistan

. www.uz.undp.org

9.

O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori. (2023). ―2030-yilgacha O‗zbekiston
Respublikasining yashil energetika strategiyasi to‗g‗risida‖.

10.

Sodiqov, U., & Bozorov, A. (2023). ―Iqlim o‗zgarishi va energiya xavfsizligi: ilmiy-amaliy
yondashuvlar‖.

O‘zbekiston Ekologiyasi

, №3, 22–29.

Bibliografik manbalar

Intergovernmental Panel on Climate Change (IPCC). (2021). Climate Change 2021: The Physical Science Basis. Cambridge University Press.

International Energy Agency (IEA). (2023). World Energy Outlook 2023. Paris: IEA Publications.

REN21. (2023). Renewables 2023 Global Status Report. www.ren21.net

Ministry of Energy of the Republic of Uzbekistan. (2024). Uzbekistan Energy Sector Overview. Toshkent.

Kholmurodov, K. & Yusupov, A. (2022). “Yashil energetika: O‘zbekiston tajribasi va istiqbollari”. Fan va Taraqqiyot, №2(45), 34–42.

Rakhimov, S., & Nasirov, B. (2023). “Energetika va ekologik xavfsizlik: global va mintaqaviy muammolar”. Barqaror Rivojlanish Ilmi, №1, 57–64.

World Bank. (2022). Green Growth and Energy Transitions in Central Asia. Washington, D.C.

UNDP Uzbekistan. (2023). Sustainable Energy and Climate Resilience Projects in Uzbekistan. www.uz.undp.org

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori. (2023). “2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining yashil energetika strategiyasi to‘g‘risida”.

Sodiqov, U., & Bozorov, A. (2023). “Iqlim o‘zgarishi va energiya xavfsizligi: ilmiy-amaliy yondashuvlar”. O‘zbekiston Ekologiyasi, №3, 22–29.