JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Xakimova Omina Toir qizi
Tibbiyot fakulteti, davolash ishi yo’nalishi 2 bosqich talabasi
Ilmiy rahbar;
Razzakov Nabijon Alijonovich
Qo’qon unversiteti andijon filiali tabiiy tibiy fanlar kafedrasi katta o’qituvchi Phd, dotsent.
POLIARTRIT VA UNING PROFILAKTIKASI
Annotatsiya
: Bo’g’im yallig’lanishini kelib chiqish sabablari, biologik hamda ijtimoiy omillari,
artrit turlari, uning ribojlanish bosqichlari. Hozirgi kunda poliartrit kasalligining kasbga yashash
turmish tarziga bog’liqligi hamda uning profilaktikasining usullari haqida so’z boradi.
Kalit so’zlar
: revmatoid artrit, poliartrit, psariatik artrit, ostiartrit, travmatik,
spondiloartrit,reaktiv,podagra,
Kirish
: JSST 2020-yil oxirgi ma’lumotlarga qaraganda xabar berishicha O’zbekistonda
Revmatoid artriti kasalligining o’lim soni ko’rsatkichi 96% yoki 0,06% ga yetdi[5]. O’zbekiston
dunyo bo’yicha ushbu kasallikda 78-o’rinda turadi. Tanani ayab o’tirmaydigon va hatto
nogironlik darajasiga olib keladigon kasalliklardan biri artrit xisoblanadi. Bugungi kunda
bo’g’im yoki oyoq-qo’ldagi og’riqdan shikoyat qilmagan odamni topish qiyin. Ayniqsa xalqimiz
revmatizm yoki revmatoid artrit nomini ko’p ishlatadi. Ya’ni bo’g’imi og’riyotgan bemorga
ushbu tashxisni qo’yib oladi. Bunga aniqlik kiritish uchun, avvalo, bo’g’im haqida qisqacha
ma’lumot berishni o’rinli deb bilaman. Bo’g’imlar bir necha qismlardan tashkil topgan bo’lib
bular quyidagilar: Bo’g’im bo’shlig’I, suyaklar epifiz qismi, bo’g’imlarning tog’ay qismi,
bo’g’im kapsulasi, bo’g’im pardasi, bo’g’im suyuqligi[5]. Axamiyat bersak bo’g’im o’ta
murakkab tushuncha. Shuningdek bo’g’imda og’riq paydo bo’lishini bir necha sabablari bor.
Travma – ya’ni jarohat ,buning uchun bemor shu bo’g’imini urib yoki qayirib olgan yohud
noqulay xarakat qilgan bo’ladi. Shu vaziyatdan kelib chiqib bo’g’imda o’zgarishlar yuzaga
keladi: siljish, sinish, uzilish va xokazolar. Ushbu xolatda bemor travmatologga murojaat qilishi
kerak. Revmatoid artrit esa bo’g’imlar shamollashi bilan kichadi[1]. Asosiy og’riq vaqti ertalab,
kunning ikkinchi yarmiga borib bezovtalik sekin-asta kamayadi. Chunki bemor ertalab
uyg’onganida o’rnidan mustaqil turaolmaydi, qo’l barmoqlarini bukolmaydi. Artritdagi og’riqlar
harakat davomida ham kuchayishi mumkin, bu holatda shifokorlar harakatni cheklamaslikni
maslahat beradi, chunki bog’imlarda suyuqlik aylanishini yaxshilash va yallig’lanishini
kamaytirish orqali bo’g’imning ishlashiga yordam beradi[7]. Tizza sohalarda ham ko’pincha
yallig’lanish jarayoni yengil shishni paydo qilishi mumkin, bu ham bo’gim pardasida sinovial
suyuqlik to’planganidan darak beradi. Ammo har doim ham artrit og’riq bilan tavsiflanmaydi,
kasallikning boshqa qo’shimcha belgilari odamda zohir bo’lishi mumkin. Misol Podagra artriti –
modda almashinuvining buzilishidir. Irsiy moyillik, ayrim dori-darmonlar kasallik ehtimolini
oshirishi mumkin. Podagra artritiga aniq tashxisni qo’yishda anamnezga tayanadi, birinchi
o’rinda qonning biokimyoviy va umumiy siydik tahlili topshiriladi. Chunki bu kasallik
organizmda siydik kislotasining to’planishi ro’y beradi.Surunkali podagraning belgilari bo’yicha
birinchi ilmiy tavsif 1865-yilga borib taqaladi. 30 yil davomida bu kasallikdan azob chekkan
Sindegam Tomas “Podagra qonunlari” degan kitobda yozadi. Kasallikning o’tkir xurujida teri
atrofi qizarishi va u og’riq kuchayishi bilan yanada ko’proq qizarib boraveradi. Podagrik
artritning boshqa belgilari mavjud: Bo’g’im atrofida yumshoq to’qimalarning yallig’lanishi
tufayli ikkilamchi etiologiyali bursit, tendinit, tenosinovit; Yallig’langan sohaning mahalliy
gipertermiyasi, mahalliy haroratni 1-2 C ga oshishi mumkin.Bo’g’imlarga shikast yetkazadigan
yana bir kasallik turi mavjud. Ilmiy tilda ankilozlashgan spondiloartrit deyiladi. Uning yana bir
nomi pondiloartrit deyiladi yoki Bexterev kasalligi. Mashhur rus olimi nevropatolog
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
V.M.Bexterev nomiga qo’yilgan bo’lib mazkur kasallik nafaqat oyoq-qo’l, balki umurtqa
bo’g’imlarini zararlab, harakatning cheklanishiga olib keladi. Kasallik irsiy xarakterga ega.
Asosan 15-30 yoshlilar orasida kuzatiladi va erkaklarda ayollarga nisbatan ko’proq uchraydi.
Bexterev kasalligi umurtqalararo bo’g’im, paylar, boylamlar, bo’g’imlar va bo’g’imlarni o’rab
turuvchi kapsulalarning va suyak to’qimasining o’zgarishlari bilan kechadi. Bo’g’im va
to’qimalarning surunkali tarzda bir-biriga yallig’lanib yopishib qolishi oqibatida umurtqa
pog’onasi suyaklarining qotishi (ankiloz)ro’y beradi. Organizmning kasallikka qarshi kurash
kuchi immunitet pasayishi ,ichak va siydik yo’li infeksiyalari, murtak bezlarining yallig’lanishi,
gripp va boshqa viruslar, sovuqqotish, zax va noqulay ish sharoitlarida mehnat qilish Bexterev
kasalligini keltirib chiqishida muhim rol o’ynaydi. Kasallikning boshlang’ich davrida bemorlarni
uzoq vaqt davomida bel-dumg’aza sohasi og’riqlari bezovta qiladi, bunda dumg’aza suyagining
chanoq suyagi yonbosh qismiga birikkan bog’imda yallig’lanish ro’y beradi. Bexterev
kasalligiga shubha qilgan odamda HLA V27 antigeni mavjudligini aniqlash kerak bo’ladi, ushbu
antigenning aniqlanishi bu kasallikda irsiy moyillik borligidan dalolat beradi[3]. Bemorlar
muntazam ravishda mahalliy sharoitida revmatolog va ortoped nazoratida bo’lishi va
tekshiruvdan o’tib turishi zarur. Dori vositalari yordamida, jismoniy tarbiya va fizioterapevtik
usullardan foydalaniladi. Bu esa kasallik uzoq davr oralig’ida remissiyada bo’lishi imkonini
beradi. Artritning teri kasalligi bilan bog’lik turlari bo’lib, psoriatik artritni misol qilsak
mubolag’a bo’lmaydi. Agar ilgari shifokorlar psoriatik artritni revmatoid artritning bir turi deb
hisoblashgan bo’lsa endi u alohida kasallik sifatida ajratilgan. Kasallikning bir necha turi mavjud:
Psoriatik assimetrik artrit. Patologik jarayonda bir necha bo’g’inlar ishtirok etadi, ko’pincha
uchtagacha. Bunday holda, katta va kichik suyak elementlariga ham ta’sir etishi mumkin.
Nosimmetrik artrit juftlashgan bo’g’imlarga ta’sir qiladi, faol rivojlanadi va ko’pincha
nogironlika olib keladi. Psoriatik artrit, interfalangal distal bo’g’imlarga ta’sir qiladi. Avvalo,
tirnoqlarning yonida joylashgan barmoqlarning kichik bo’g’imlari azoblanadi. Kasallikning eng
og’ir shakli deformatsiya qiluvchi artritdir.Qo’shimchalar vayron bo’ladi,odam eng oddiy
harakatni ham bajara olmasligi sababli nogiron bo’lib qoladi. Bu turli bo’g’imlarda paydo
bo’lishi mumkin ammo bu kasallikdan shubhalanishga imkon beradigan ma’lum belgilari
mavjud: Yallig’langan bo’g’im sohasi shishadi va bu shish uning hududidan tashqariga chiqadi
va biroz yaqin atrofdagi to’qimalarga tarqalishi mumkin. Kasallikdan ta’sirlangan joy mavismi
rangga ega ba’zan binafsha rangga ega bo’lishi mumkin. Barmoqlar hajmi bo’yicha
qisqartirilishi mumkin. Ko’pincha tirnoq plitalari ta’sirlanadi, bu esa aniqroq tashxis qo’yish
imkonini beradi,chunki u toshbaqa kasalligini ko’rsatadi. Ko’pincha bu patologiya erkaklarga
yosh(35 yoshgacha va undan oldin)ta’sir qiladi. Kasallikning o’ziga hos belgilari turlicha : isitma
holati,energiya yo’qotish va charchoq, kuchli og’riqli poliartrit va limfa tugunlarining
kengayishlari kabi belgilari bo’lishi mumkin. Revmatoid artrit bilan solishtirganda, psoriatik
artrit ko’proq davolanadi, chunki kasallik har doim ham emas, lekin ko’p hollarda u bitta va juda
katta bo’lmagan bo’gimlarga ta’sir qiladi[4]. Albatta bu kasallikdan abadiy qutulish mumkin
emas, lekin uni surunkali va sust toifaga o’tkazishi mumkin. Ushbu patologiya har doim teri
terapiyasi bilan davolanadi, bu esa sizga maksimal ta’sirga erishish imkonini beradi.Artritni
davolash kasallikning sababiga bog’liq. Shunday qilib, podagra artritini davolash uchun qondagi
siydik kislotasi darajasini pasaytiradiragan dorilar qo’llaniladi va steroid bo’lmagan
yallig’lanishga qarshi dorilar va bo’g’imlarning vaqtincha immobilizatsiyasi travmatik artritdan
yordam beradi. Fizioterapiya ham simptomlarni yengillashtirishga va tiklanishni tezlashtirishiga
yordam beradi. O’ta og’ir holatlarda shifokor jarrohlik davolashni belgilashi mumkin. Xar
qanday dori-darmonlar kasallikning namoyonini kamaytiradi, ammo uni davolamaydi. Davolash
uchun antirevmatik dorilar buyuriladi bundan tashqari, shifokor gormonal dorilarni buyurishi
mumkin- ular bo’g’imlarning tandligini tezroq kamaytiradi va og’riqni yo’qotadi. Birinchi
antibakterial keng spektrli dorilar tayinlanadi. Ishlatilgan ftorxinolonlar, dorilar tetratsiklin,
makrolidler, sefalosporinler. In’ektsiya tayyorgarlik vositasi(Analgin CAS, ketanov, deksalgin,
naproksen,
ketorol)shaklida
ishlatilgan
og’riq
kamaytirishga
yordam
beradi. ”Prednizolon”, ”gidrokortizon”, ”diprospan” -Bundan tashqari, ”Baralgetas” va
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
glukokortikoidlari yallig’lanishga qarshi faol modda va spazmolitik “Spazmalgon” birlashtirib
dori bilan birgalikda foydalanib, osteoartrit va artrit kabi kasalliklarga davo bo’ladi.
Takliflar
“Hozirgi kunda poliartrit kasalligining kasbga yashash turmish tarziga bog’liqligi” — ushbu
fikrni ilmiy tadqiqotlar bilan boyitib, masalan, og‘ir jismoniy mehnat, uzoq muddat kompyuter
oldida o‘tirish kabi holatlar bilan solishtirib tahlil qiling. Boshlang‘ich diagnostika protokollarini
joriy etish “Podagra artritiga aniq tashxisni qo’yishda anamnezga tayanadi, birinchi o’rinda
qonning biokimyoviy va umumiy siydik tahlili topshiriladi[2].” — shu jumlani asos qilib,
mahalliy laboratoriyalar asosida standart laboratorik razilatlarni tavsiya qiling. Fizioterapiya va
harakat terapiyasiga alohida e’tibor berish “Harakatni cheklamaslikni maslahat beradi suyuqlik
aylanishini yaxshilash va yallig’lanishini kamaytirish orqali bo’g’imning ishlashiga yordam
beradi.” — shu fikr printsepin joriy etish bo‘yicha poliklinikalar uchun trening dasturlari ishlab
chiqilishini taklif qiling. Immunologik testlarni kengroq qo‘llash “Bexterev kasalligiga shubha
qilgan odamda HLA V27 antigeni mavjudligini aniqlash kerak bo’ladi” — ushbu tavsiyani
revmatologik markazlar uchun kasbiy to‘plam sifatida protokolga kiritishni tavsiya eting.
Xulosa
Maqolamizda artrit turlari – revmatoid, podagra, Bexterev (ankilozlovchi spondiloartrit),
psoriatik – to‘liq yoritilib, ularning patofiziologiyasi, tashxis va davolash metodlari tahlil qilindi.
“Bo‘g‘imlar murakkab tuzilishga ega suyuqlik aylanishi yallig‘lanishni kamaytiradi” kabi
tushunchalar asosida salomatlikni saqlash va kasalliklarni oldini olishda harakat terapiyasi,
laboratorik diagnostika va immunologik testlarning ahamiyati ta’kidlandi. Immunitetni
mustahkamlash, infeksiyalarga qarshi profilaktika choralari (masalan, “gripp va boshqa
viruslar … Bexterev kasalligini keltirib chiqishda muhim rol o‘ynaydi”) hayot tarzining sog‘lom
bo‘lishiga e’tibor qaratilgani muhim hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Firestein, G. S., Kelley’s Textbook of Rheumatology. Jenkins & Harper Edition, 2020.
2. Packham, J., & Hall, M., Holmdahl’s Pathology of Arthritis. Oxford University Press, 2018.
3. Sieper, J., Ankylosing Spondylitis and Related Spondyloarthropathies. Springer, 2019.
4. Gelfand, J. M., Psoriatic Arthritis: Diagnosis and Management. Cambridge University Press,
2021.
5. Razzakov N. A., “Revmatoid Artrit: Tashxis va Terapiya”, Andijon – 2022.
6. World Health Organization (WHO) – “Arthritis facts and figures” (2024):
7. PubMed Central, maqola: “Early physical therapy and outcomes in rheumatoid arthritis”, 2023.
