JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 17, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Siddiqova Umidaxon Soxibjon qizi
Oʻzbek tili va adabiyoti mutaxassisligi boʻyicha
magistrumidasiddiqova466.@mail.com
NAVOIYNING SHOHLIK HAQIDAGI ILMIY -FALSAFIY QARASHLARI (“FARHOD
VA SHIRIN” DOSTONI 53-BOB MISOLIDA)
Annotasiya:
Ushbu maqolada Shoh Gʻarib Mirzoga nasihat qilish orqali shohlik maqomiga
qanday erishish mumkinligi xususida soʻz boradi. Badiiy tahlil va ilmiy yondashuv asosida
bayt mazmuni ochib beriladi.
Kalit soʻzlar:
shohlik, hukmdorlik, axloq, xalqparvarlik, Farhod va Shirin, temuriylar,
Temurxon, Ulugʻbek Mirzo, Shoh Gʻarib Mirzo,
Alisher Navoiy o‘zining «Farhod va Shirin» dostonida nafaqat muhabbat va sadoqatni, balki
ijtimoiy, axloqiy va siyosiy g‘oyalarni ham chuqur falsafiy asosda badiiy ifoda etadi. Ayniqsa,
dostonning 53-bobi hukmdorlik, shohlik, mehnat va xalqparvarlik g‘oyalari bilan boyitilgan
bo‘lib, muallif bu bob orqaliShoh Gʻarib Mirzoga bevosita bo‘lmasa-da, ramziy tarzda
nasihatlar beradi. Ushbu maqolada mazkur bob asosida berilgan nasihatlar badiiy tahlil va
ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi.
Shoh gʻarib mirzo (taxallusi Gʻaribiy) (15-asr 2-yarmi, Hirot) — shoir, temuriy
shahzodalardan biri. Husayn Boyqaroning oʻgʻli. Zamondoshlari tomonidan oʻz davrining
nodir isteʼdodli shoiri sifatida eʼtirof etilgan. Navoiy "Farhod va Shirin" dostonida
Sh.Gʻ.M.ga alohida bob ajratib, unga koʻpgina yaxshi nasihatlar qilgan. Keyinchalik vafot
etganda ham, uning vafotiga ulugʻ shoir marsiya bagʻishlagan.
Navoiy shahzodaga nasihat qilarkan, "...bu shovor durlarni tufrogʻdin olgʻay va adosida
quloq solgʻay, balki ul garonmoya gavharlarni quloqqa solgʻay",- deya umid qiladi. Dastlab
Shohgʻarib sultonni madh etib, soʻng shoh qanday boʻlishi kerakligi haqida soʻz yuritadi.
Sultonni yangi chiqqan Oyga oʻxshatadi, ilm va kasbni Quyoshga mengzaydi. Oy Quyoshdan
keladigan nur tufayli porlagani kabi insonda ilm boʻlsagina kamolga erisha oladi degan
gʻoyani ilgari suradi:Yangi oy badrliqdin keldi mahjur, Quyoshdin har kecha kasb etmasa
nur.[1,359] Ushbu fikr yakunida ilm ahliga qilingan taʼzim, paygʻambarlarga qilingan
taʼzimga tenglashtiriladi. Ilmning quvvati shu qadar kuchliki, olimlarga paygʻambarlarga
qilinadigan ehtirom ila lutf koʻrsatish joizligi aytiladi. Birovning qilsa olimlargʻa taʼzim,
Qilur goʻyoki paygʻambarga taʼzim.[1,359]
Fikr davomida ilm olishga kirishgan inson
paygʻambarga farzand—voris boʻlishi tilga olinadi. Toj kiygan bilan hukmdorlik mavqeiga
erishib boʻlmaydi. Tovusning boshida toji bor, ammo u bu imkoniyati bilan shohlik
maqomiga erisha olmasligi badiiy tarzda yoritilgan.Vale tovuskim, ming zevari bor, Ne
zevarkim, boshida afsari bor. Bu afsar birla shah demaslar oni,
Ki, bor adlı Yamon
Hindustoni. Shahekim, ilm nurin torti zoti, Aning to hashr qoldi yaxshi oti.[1,360] Yuqorida
keltirilgan baytlarga misol qilib, ilmni oʻziga kasb qilgan shohlar—Iskandar va Ulugʻbek
Mirzoning xalq uchun qilgan mehnatlari xususida soʻz yuritilarkan, Iskandar ilm orqali
quruqlik va dengizni qoʻlga kiritgani, Ulugʻbek esa osmonlarni zabt etgani borasidagi fikrlari
bayon qilinadi:
Temurxon naslidin sulton Ulugʻbek, Ki, olam koʻrmadi sulton aningdek.
Rasadkim bogʻlamish—zebi jahondur, Jahon ichra yana bir jahondur. Boʻlib bu navʼ
ilmi osmoniy Ki, andin yozdi "Ziji Koʻragoniy"[1,360]
Temurxon
—Amir
Temur,
temuriylar saltanati asoschisi. Mirzo Ulugʻbek esa uning nabirasi. Ulugʻbek (laqabi, asl nomi
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 17, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Muhammad Taragʻay; 1394. Sultoniya sh. (hozirgi Eronda) 1449. – Samarqandlik buyuk
oʻzbek astronomi va matematikasi, davlat arbobi. Temurning nabirasi, otasi Shohrux davrida
17 yoshda Ulugʻbek Movarounnahr va unga yondosh viloyatlarning toʻla hukmdori qilib
tayinlanadi. Keyinchauning davlatiga Xorazm ham qoʻshiladi. 1447 y. Shohrux vafotidan
keyin Ulugʻbek Shohrux tasarrufidagi Xuroson bilan Movarounnahrni birlashtirib, kuchli
davlat tuzmoqchi boʻladi. Lekin reaksion kuchlarning qattiq qarshiligiga duch keldi. 1449 yili
Ulugʻbek siyosatidan norozı oʻgʻli Abdulatifning roziligi va ruhoniylarning gʻavgʻosi bilan
Samarqand yaqinidagi qishloqda qatl qilinadi (Guri Mirda), Ulugʻbek davrida, ayniqsa,
Samarqanda hunarmandchilik, me’morchilik, ilm-fan, savdo-sotiq ravnaq topdi. Ulugʻbek
moviy ilm va adabiyot bilan ham shugʻullangan.[1,405]
“Ziji Ko‘ragoniy” – Ulugʻbekning yuz yillik rasadxonadagi aniq olib borilgan
astronomik o‘lchov kuzatishlari asosida tuzilgan jadvallaridan iborat asari.[1, 405] Navoiy
ushbu baytlarni yozish asosida temuriylar sulolasining buyukligi, unga munosib boʻlmoqlik
kerakligi xususida ibratomuz misollar aytadi. Ulugʻbek Mirzoning moʻjizaviy asari "Ziji
Koʻragoniy" haqida fikr yuritadi. Mamlakat boshqaruviga oid masalalarni atroflicha
muhokamaga tortadi. Oqibatda shahzodaga zotiga munosib boʻlmoqlik kerakligi xususida
soʻz yuritadi. Navoiyning fikricha, shohlik maqomiga sohib boʻlmoqlik uchun dastlab ilm
olmoq kerak. Rujuʼ sanʼati asosida yaratilgan ushbu bayt orqali shoh boʻlish uchun har nedan
avval ilm olmoq kerakligi xususida xulosaviy fikr anglashiladi. Shoh uldirkim, shiori ilmi
dindir, Nedinkim ilmi din, ilm ul-yaqindur.[1,361]
Shoh dinni ham, dunyo ilmini ham
egallagan boʻlishi kerak. Agar sen bu ikki ishni orzu qilsang, shoh nima qilsa, unga ergash,
taqlid qil. qalamim raqam etgan bu gaplar sening tabiatingga noxush kelgan taqdirda ham,
ishonamanki. ehtiyojlar tushgan paytlarda, bu maslahatlarga amal qilib, natijalar topasan. Bu
yo'llanmalar senga Meningto'la foyda yetkurgunday bo'lsa, mening ruhimni duo bilan shod
etgaysen. Senga mening pandlarim har nafas foyda berganday, sen duo qilsang, bu menga
ham foydalidir.
Ey soqiy, sen menga bir piyola sharob tutib, ko'nglimni shod et,
eski qulluqlarim haqini yodingdan chiqarma! Mening ishim ketma-ket nasihat qilish bo'lib
qolgan ekan, pandlarimni eshitu, bir qadah may ber![2,531]
Xulosa
qilib
aytganda,
“Farhod va Shirin” dostonining 53-bobi Alisher Navoiy ijodining siyosiy-estetik mohiyatini
chuqur ochib beradi. Ushbu bob asnosida adib nafaqat Shoh Gʻarib Mirzoga, balki Husayn
Boyqaro va temuriy shahzodalarga Farhod obraziga jamlangan ijobiy fazilatlar orqali
shohlikning asl mohiyatini eslatadi: shohlik bu – xizmat, bunyodkorlik, adolat, mehnat va
sabrdir. Ushbu g‘oyalar o‘z davri uchun nafaqat dolzarb, balki universalligi bilan bugungi
kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin(nazm).PDF. www.ziyouz.com.
2. 2. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin. - T.: G‘afur G‘ulom nashriyoti, 2006.
3. 3. G‘ulomov G‘. Sharq adabiyoti nazariyasi. – T.: O‘qituvchi, 1978.
4. 4. Juraev M. Navoiy va davr ijtimoiy fikri. – T.: Fan, 1982.
5. 5.Valixo‘jaev B. Mumtoz siymolar. I jild. – Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq
merosi nashriyoti, 2002. – 304 b.
6. 6.Valixo‘jaev B. Mumtoz siymolar. II jild. – Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq
merosi nashriyoti, 2002. – 175 b
7. 7.Valixo‘jaev B. Saylanma. II qism. – Samarqand: SamDU nashri, 2022
