ВКЛАД АБУ ХАМИДА ГАЗАЛИ В РАЗВИТИЕ ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ НАУКИ В ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ

inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
Поделиться
Абдималикович, Р. С. (2024). ВКЛАД АБУ ХАМИДА ГАЗАЛИ В РАЗВИТИЕ ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ НАУКИ В ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ. ИКРО журнал, 8(1), 11–14. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/iqro/article/view/29026
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В этой статье представлена информация о жизнедеятельности, трудах, размышлениях Абу Хамида Газали, ученого-мыслителя, внесшего огромный вклад в развитие психологической науки в Центральной Азии, а также о его огромном вкладе в развитие психологической науки.


background image

11

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Guliston davlat universiteti
“Pedagogika va psixologiya”
kafedrasi,Psixologiya fanlari doktori,
dosent, Sharapova Saboxat
Djabbarovna taqrizi ostida

Ravshanov Sobir Abdimalikоvich

Guliston davlat universiteti doktoranti

Telefon raqami:

+998999144472

E-mail:

sobirravshanov3@gmail.com

MARKAZIY OSIYODA

PSIXOLOGIYA FANINING RIVOJLANISHIDA

ABU XOMID

G‘AZZOLIYNING QO‘SHGAN HISSASI

Annotatsiya:

ushbu maqola Markaziy Osiyoda psixologiya fanining rivojlanishiga ulkan hissa

qo‘shgan mutaffakur olim Abu Xomid G‘azzoliyning hayotiy faoliyati, asarlari, inson tafakkurini
rivojlantirish borasidagi fikrlari shuningdek psixologiya fan rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida
ma’lumotlar beriladi.

Kalit so’zlar:

psixologiya rivoji, XII asrda psixologiya rivoji, psixologiya tarixi, insonlar

psixologiyasi, tarbiya, maktabshunoslik, psixologik ilm.

ВКЛАД АБУ ХАМИДА ГАЗАЛИ В РАЗВИТИЕ ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ НАУКИ В

ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ

Аннотация:

В этой статье представлена информация о жизнедеятельности, трудах,

размышлениях Абу Хамида Газали, ученого-мыслителя, внесшего огромный вклад в
развитие психологической науки в Центральной Азии, а также о его огромном вкладе в
развитие психологической науки.

Ключевые слова:

развитие психологии, развитие психологии в XII веке, История

психологии, психология человека, воспитание, школьное образование, психологическая
наука.

CONTRIBUTION OF ABU HAMID GHAZZALI TO THE DEVELOPMENT OF THE

SCIENCE OF PSYCHOLOGY IN CENTRAL ASIA

Annotation:

this article provides information about the life activity, works, thoughts on the

development of human thinking, as well as his great contribution to the development of
psychology.

Keywords:

development of psychology, development of psychology in the XII century, history of

psychology, psychology of people, upbringing, school science, Psychological Science.

Markaziy Osiyo hududida IX-XII asrlarda ilm-fan sohasida ulkan o‘zgarishlar sodir bo’ldi.
Chunonchi, bugungi davrda fanning negizi bo‘lib hizmat qilayotgan ilmiy, tarixiy asarlar aynan
ushbu davrda yaratildi. Falsafa, adabiyot, tarix, pedagogika matematika va psixologiya sohalari
rivojiga ulkan hissa qo‘shgan yetuk mutaffakirlar yetishib chiqadi. Ulardan biri XI-XII asrlarda
yashab faoliyat olib borgan Abu Hamid Muhammad ibn Muhammad al G‘azzoliydir.


background image

12

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Abu Xomid G‘azzoliy 1058-yil Xurosonning Tus shahrida tavallud topgan.

1

Uning oilasi

forslardan bo‘lib, Tus shahrida istiqomat qilgan. Otasidan erta yetim qolgan G‘azzoliy 1070-yilda
akasi Abul-Futuh Ahmad bilan Jurjonga tahsil olish uchun ketadilar. U yerda Imom Ahmad ar-
Roziqoni va Abul Qosim Jurjoniylardan ta’lim oladi. Keyinchalik Nishopurda ilmga chanqoq
G‘azzoliyning ta’rifini tez orada Saljuqiylar vaziri Nizomul Mulk eshitgach, uni Bag‘dodga taklif
etadi va Nizomiy madrasasi boshqaruvini topshiradi. Juda yoshlik chog‘idanoq olimlik
pog‘onasiga ko‘tarildi. 1091-yildan boshlab Bog‘doddagi mashhur Nizomiy madrasasida
talabalarga falsafa va ilohiyot ilmidan saboq berdi. U 34 yoshida kuchli ruhiy inqirozni boshidan
kechirdi. Shundan so‘ng haqiqatni faylasuflar belgilagan yo‘ldan topa olmasligini tushunib,
mudarrislikni tashladi va mustaqil ravishda tasavvuf ilmini o‘rganishga kirishdi. Oradan 11 yil
o‘tgach, imom G‘azzoliy yana madrasaga qaytib, talabalarga tahsil bera boshlaydi. U butun umrini
haqiqatni odamlarga tushuntirish va adashganlarni to‘g‘ri yo‘lga qaytarishga bag‘ishladi.

Abu Xomid G‘azzoliyning falsafa, tasavvuf ilmiga oid asarlari juda yorqin, ravon va tushunarli
uslubda bitilgan. Quyida uning ana shunday asarlaridan ba’zilarini sanab o‘tamiz:
“Faylasuflarning maqsadlari”, “Faylasuflarning raddiyasi”, “Din haqidagi fanning tug‘ilishi”,
“Olam javoni” va hokazo.

Abu Xomid G‘azzoliy asarlarida yosh avlodni har tomonlama barkamol shaxs qilib tarbiyalash,
jamiyat taraqqiyoti uchun fidokorlik ko‘rsatish, halol luqma egasi bo‘lish, yurt tinchligi yo‘lida
xizmat qilish kabi tarbiyaviy didaktik g‘oyalari alohida ahamiyatga ega. G‘azzoliyning fikricha,
yoshlarni barkamollikka yetaklovchi asosiy mezon aql-zakovat, kuchli farosat, saxovat, halol
luqma topish hisoblanadi. Shuning uchun ham Abu Xomid G‘azzoliyning qarashlari, g‘oyalari
o‘ziga xos psixologik-pedagogik ahamiyatga ega bo‘lib, ilmiy hamda ma’naviy ildizlariga ega.
Abu Xomid G‘azzoliy har bir asarida farzandlar tarbiyasiga alohida urg‘u beradi, yoshlarni
jamiyatning kelajagini quruvchilar deb hisoblaydi.

Abu Xomid G‘azzoliyning inson tafakkurini rivojlantirish borasidagi fikrlari pedagogik nuqtai
nazardan olib qaraganda diqqatga sazovordir. Alloma narsalarning tashqi ko‘rinishi haqidagi
ilmni emas, balki ularning ichki mohiyatini ochib beruvchi bilimlarni haqiqiy ilm deb hisoblaydi.
Abu Xomid G‘azzoliy islom dunyosida fikrlar rivojlanishiga faol ta’sir etib, murakkab ilohiy
masalalarga javob topishning yangi usul va shakllarini anglashga harakat qildi.

Abu Xomid G‘azzoliy g‘oyalarining muhim jihati, unda bir necha asr davomida uyg‘oq
tafakkurga oziq bo‘lgan tasavvuf ta’limotining bevosita ta’limiy asoslari ishlab chiqilganligidadir.
G‘azzoliy tafakkur tushunchasini ma’rifat, maqsad, tafakkur, e’tibor, fikr, iroda, rag‘bat kabilar
bilan bog‘lab talqin etadi. Uning fikricha, tafakkur ilm (ma’rifat) dan hosil bo‘ladi. Ma’rifatning
tafakkurga o‘tishida va inson o‘z-o‘zini takomillashtirishida tafakkur (yodlash) alohida ahamiyat
kasb etadi. Tafakkur o‘zlashtirilgan bilimlarni takrorlash bo‘lsa, tafakkur ilmni yanada
chuqurlashtirish va ko‘paytirish sari intilishdir. G‘azzoliy kishilarni ilm egallashga undar ekan,
ilmning Qur’on mohiyatini anglashdagi o‘rni hamda insonning axloqiy kamolotida hayot
qiyinchiliklarini yengishga ko‘maklashuvchi muhim vosita ekanligiga kishilarni ishontiradi. Abu
Xomid G‘azzoliy o‘zining “Tafakkur kitobi” risolasida ilmda izchillik, tizimlilik, tadrijiylik
tamoyillariga alohida e’tibor qaratadi. Allomaning uqtirishicha, ilmlar maxsus tartibga ko‘ra
jamlansa va bir-biriga moslashtirilsa, mazkur jarayonda muayyan natija kelib chiqadi.

1

1

Psixologiya tarixi. N.S.Jo’rayev, D.A.Saliyeva, N.A.Sultonova. – 2019. 181-bet.


background image

13

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Allomaning fikricha, ilmni vujudga keltiruvchi omillar tug‘ma bo‘lishi bilan bir qatorda, ular
o‘rganish va amaliyot orqali vujudga keladi. Demak, tafakkur va fikr qilishdan maqsad uning
samarasiga erishmoq, ya’ni kamolotga erishishdan iborat. Kamolot esa lug‘aviy ma’nosi “to‘qlik”
bo‘lgan “amol” so‘zining ko‘pligidir. U inson taraqqiyotning eng yuqori darajasi hisoblanadi.
Tafakkur tarbiyasida izchillik va tadrijiylikka amal qilish masalasi ham Abu Xomid G‘azzoliy
e’tiboridan chetda qolmagan. Uning fikricha, ilmlar qalbda maxsus tartibga ko‘ra jamlanishi, bir-
biriga mos tushishi natijasida boshqa bir ilmning kelib chiqishiga asos bo‘ladi. Shu tariqa natija,
ilm va fikr cheksiz davom etaveradi. Allomaning ta’kidlashicha, ilm egallash, tafakkur yuritish,
o‘z nafsini idora etish kabilarning barchasi o‘z-o‘zini takomillashtirish, go‘zal axloqiy
barkamollikka erishish uchun zamin bo‘lgan amallar hisoblanadi.

Abu Xomid G‘azzoliy uchun eng muhim xususiyat tinimsiz izlanishdir. Agar u izlanishdan
to'xtasa, johilga aylana boshlaydi. U ilm beruvchi nutqiga qo‘yiladigan birinchi talab uning
muayyan mazmun, ma’noga ega bo‘lishida ekanligini ta’kidlaydi. Nutq qanchalik go‘zal tashbeh
va hayratli iboralarga boy bo'lmasin, negizida ma’no bo‘lmasa, sog‘lom aqlning mevasi
hisoblanmaydi. Bunday so'zlar so‘zlovchi tomonidan tushunmagan holatda aqlning qusurligi yoki
eshitgan so‘zining ma’nosini tushunib yetishga ilmi noqisligi tufayli hayolidagi vasvasalardan
kelib chiqqan bo‘lishi mumkin. Qolaversa, aytilayotgan so‘z tinglovchiga ham tushunarli bo‘lishi,
ularda qiziqish, hayrat, ma’qullay olish yoki inkor etish imkoniyatini hosil qilishi lozim. Chunki
tinglovchi tushunmasa, so‘zlovchi tushunadigan so‘z bo‘lsa ham, uni gapirish durust emas. Abu
Xomid G‘azzoliy munozarani ijobiy va salbiy turlarga ajratadi. Uning fikricha, ilm o‘rganish va
o‘rgatishda ijobiy munozaradan foydalanishda quyidagi shartlarga rioya etish lozim:

1. Munozara hayotda sodir bo‘lgan yoki sodir bo‘lishi kutilayotgan masalalar ustida qilinishi
lozim. O‘zini ko‘rsatish uchun dovrug‘li masalalar izlash kerak emas.

2. Munozara imkon qadar xilvatda, munozarachi uchun qulay, foydali shart-sharoitda amalga
oshirilishi kerak. Obro‘li insonlar va amaldorlar oldida munozara qilishdan zavqlanmaslik lozim.

3. Munozara qiluvchi tortishuvni faqatgina xaqni bilmoq, topmoq uchun qilishi zarur. O‘zi bilan
bahslashuvchini raqib emas, balki yordamchi deb qabul qilishi kerak. Chunki maqsad yagona
muammoning yechimini izlash va topish. Demak, mushkul ishga birga kirishgan inson sifatida
munozara so‘ngida unga minnatdorchilik bildirish lozim.

4. Munozarachi sherigini bir dalildan boshqasiga, bir muammodan boshqasiga o‘tishiga
qarshilik qilmasligi lozim. Sening bu so‘zing oldingisiga zid deb, rad etmasligi kerak. Balki o‘z
dalillarini keltirgach, bundan to‘g‘riroq va ravshanroq biror fikring bo‘lsa ayt, birgalikda tahlil
etamiz deya taklif qilishi zarur. Agar u kuchli dalil keltirsa, uni olishi, mabodo u dalil zaif bo‘lsa,
u holda zaif jihatlarni tushuntirib berib, uni jaholat qorong‘uligidan ilm nuri sari eltish kerak.

5. Munozara foydali ilmlar bilan mashg'ul bo'lgan kishilar orqali amalga oshirilishi kerak.

Salbiy munozara quyidagi xulqlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi:

1. Hasad. O‘zini boshqalardan ustun ko‘rishi natijasida munozaraga o‘zini ko‘rsatish maqsadida
kirishgan odam, albatta, raqibining muvaffaqiyatini ko‘ra olmaydi. Kimki hasadga mubtalo bo‘lsa,
uning azob, iztirobdan boshi chiqmaydi.

2. Takabburlik va o‘zini odamlardan ustun qo‘yish.


background image

14

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

3. Gina-kudurat. Munozara ginalardan holi bo‘lishi juda qiyin. Chunki u hasad va adovatning
mevasi.

4. G‘iybat. Ko‘pincha munozarada yengilgan, ilmi kam, noxolis munozarachi doimo raqibini
yomonlash, so‘zlarini keltirishdan to‘xtamaydi.

5. Odamlarning nochor holga tushib qolganiga suyunib, shodligidan g‘amgin bo‘lish.

6. Nifoq (ikkiyuzlamachilik).

7. Haqdan yuz o‘girish, uni yoqtirmaslik.

Imom G‘azzoliy farzandga xitob qilib, iymonli bo‘lishni istagan har bir insonning komillikka
intilishi uning asosiy vazifasidir; iymon insonni xasislik, yomonlik kabi illatlardan asraydi, deb
ta’kidlaydi. Iymonli kishi o‘z aqli va bilganiga amal qiladi, bilmaganini esa, so‘rab o‘rganadi.

Xulosa qilib aytganda, Abu Xomid G‘azzoliy fikrlari bugungi davr uchun ahamiyati juda yuqori
darajadadir. Uning kishilar, ayniqsa, yoshlarning bir-birlariga izzat-hurmatda va marhamatli
bo‘lishlarini amaliy dalillar bilan keltirishi, ilm o‘rganish va o‘rgatishda ijobiy munozaradan
foydalanishda berilgan dalillari bugungi kunda ham ahamiyatini yo‘qotmagan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Psixologiya tarixi. N.S.Jo’rayev, D.A.Saliyeva, N.A.Sultonova. – 2019. Noshir nashriyoti.

2.

Baratov. Sh.R, L.Y.Olimov О.R.Avezov / Psixologiya nazariyasi va tarixi, / Toshkent-2019

y
3.

Davletshin M.G. «Psixologiya tarixi» dastur. T. —1996-y.

Библиографические ссылки

Psixologiya tarixi. N.S.Jo’rayev, D.A.Saliyeva, N.A.Sultonova. – 2019. Noshir nashriyoti.

Baratov. Sh.R, L.Y.Olimov О.R.Avezov / Psixologiya nazariyasi va tarixi, / Toshkent-2019 y

Davletshin M.G. «Psixologiya tarixi» dastur. T. —1996-y.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов