JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
A.Qodiriy nomidagi Jizzax DPU
falsafa, tarbiya va huquq ta’limi
kafedrasi mudiri, falsafa fanlari
nomzodi, dotsent A.Amonlayev taqrizi
ostida
Turayev Abrar Saloxiddinovich
Jizzax DPU falsafa, tarbiya va huquq ta’limi
kafedrasi dotsenti,
siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
email:
ORCID: 0000-0003-1741-6857
“YANGI YAQIN SHARQ” KONSEPSIYASINING ISHLAB CHIQILISHI VA
RIVOJLANISH OMILLARI
Annotatsiya:
Ushbu maqolada AQSh neokonservativ doiralari va “aql markazlar” ta’sirida
shakllantirilgan va Yaqin Sharq mintaqasining yangi asrdagi qiyofasini belgilovchi
konsepsiyalardan biri sifatida Yangi Yaqin Sharq loyihasining yuzaga kelishi va rivojlanish
omillari tahliliga etibor qaratilgan bo’lib, XXI asr boshlaridagi AQSh tashqi siyosati mohiyatini
tushunish va AQShning Yaqin Sharqdagi neokonservativ tashqi siyosatini baholashga
yo‘naltirilgan.
Kalit so’zlar:
AQSh, siyosat, tashqi siyosat, Yaqin Sharr, Katta Yaqin Sharq, Yangi Yaqin
Sharq, Katta Markaziy Osiyo, neokonservatizm, “aql markaz”.
Kirish
Yaqin Sharq dunyo siyosiy xaritasida bir asrlik tarixga ega keskinlik o‘choqlarining mavjudligi,
diniy, milliy va madaniy rang-baranglikka boy bo‘lgan mintaqa sifatida alohida o‘rinni egallaydi.
Mintaqa bo‘lgan qiziqishning doimiy ortib borishi mintaqaning geografik chegaralari borasidagi
qarashlarni ham o‘zgartirib keldi. Yaqin Sharq davlatlari deyilganda Afrika qit’asida shimolida
joylashgan bir qator arab davlatlari, Turkiya, Eron, Iroq kabi davlatlar joylashgan O‘rta Sharq va
butun Fors ko‘rfazi, Kaspiy dengiziga tutash janubiy hududlar, Afg‘oniston va Pokiston
davlatlari hududlarini tushunish an’anaga aylandi. Bu hududlardagi ijtimoiy jarayonlar Yaqin
Sharq mintaqasi qamroviga tegishli ekanligi ilmiy tahlillar va nazariyalarda aks etmoqda.
Bunday yondashuv AQSh neokonservativ qarashlarida ham uchraydi. Mintaqa bilan bog‘liq
neokonservativ tashqi siyosiy konsepsiyalarning barchasida Yaqin Sharq geografik talqinga
emas, balki geosiyosiy o‘lchamlar asosida talqin etiladi. AQSh davlat boshqaruviga
Respublikachilar partiyasining kelishi (2000-yil) bilan boshlangan keng ko‘lamli neokonservativ
amaliyot jarayonida ham mintaqaga bo‘lgan e’tibor yanada kuchaytirildi. Mintaqaning
geosiyosiy o‘lchamlari va AQSh manfaatlar zonasi borasida yangi-yangi g‘oyalar ilgari surildi.
Xususan, bu borada “Buyuk Yaqin Sharq”, “Katta Yaqin Sharq” va “Yangi Yaqish Sharq” kabi
atamalarning yuzaga kelishini aytish mumkin. Mintaqaning asl geografik mohiyatidan
chetlashishga bo‘lgan urunish albatta globallashuv va gegemonizm mafkurasi kabi omillarga
borib taqaladi. Zero, bugungi kunda Yer kurrasining biror bir joyida yuz berayotgan voqea
boshqa bir joyiga tezkorlikda ko‘chishi ehtimoli yuzaga keldi. Gegemonizm uchun esa
mintaqalar chegaralarining kengaytirilishi tas’ir ko‘lamini kuchaytirish uchun juda yaxshi vosita
bo‘lib hizmat qiladi. Shunday ekan, AQShning mintaqadagi neokonservativ tashqi siyosati
o‘zining keng ta’sirliligi va ko‘p tomonlama manfaatdorligi bilan ajralib turadi. Aynan Yaqin
Sharq mintaqasiga nisbatan shakllantirilgan tashqi siyosiy konsepsiyalar o‘z qamrovi nuqtayi
nazariyadan ham tutash mintaqalar xavfsizligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ayniqsa, 9/11
voqealaridan keyingi davrda mintaqalararo munosabatlarda bunday holat borasidagi xavotirlar
anchayin kuchaydi. Masalan, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqalarida ro‘y bergan
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
“demokratiya inqiloblari” mintaqalararo faol munosabatlarning biroz turg‘unlashishiga ham
sabab bo‘ldi.
Manbalar tahlili
Keyingi yillarda zamonaviy Yaqin Sharq muammolarini bartaraf etish shiorlari yoki boshqa
bir g‘oyalar, xususan, demokratlashtirish bayrog‘i ostida AQSh siyosiy doira vakillari va
neokonservatorlar tomonidan bir qator yangi konsepsiyalar, strategiyalar ilgari surila boshlandi.
“Uzoq yillar mobaynida ommaviy ong darajasida shakllantirilgan “Amerikaning afzalligi”, “ota-
bobolar vasiyati”, “Amerika mas’ulligi” va boshqa miflardan mamlakat siyosiy-harbiy guruhlari
juda ustalik bilan foydalanganligining insoniyat guvohi bo‘ldi. Jumladan, 1997-2001-yillarda
aksiliroq kompaniya kutilgan natija olib kelmaganligining asosiy sabablaridan biri dunyo uning
tub mohiyatini nisbatan chuqur anglab yetganligi bilan bog‘liq”, deb ta’kidlaydi T.Jo‘rayev[1].
AQShning Afg‘oniston va Iroqdagi harbiy harakatlaridan so‘ng respublikachilar hukumati
tomonidan
neokonservatorlarning faol ishtirokida 1990-yillar davomida nazariy asoslari
yaratilib kelinayotgan konsepsiyalarni yuzaga chiqarish va amaliyotga tadbiq etishga urunishlar
boshlandi. AQSh neokonservatorlari ta’sirida Yaqin Sharq mintaqasining keng ma’noda
tushuntiruvchi neokonservativ qarashlar tizimi shakllana bordi va keng jamoatchilikka taqdim
etildi. Mana shunday qarashlardan biri 2003-yildagi Iroq urushi va Bush doktrinasi doirasida
shakllangan “Katta Yaqin Sharq” g‘oyasi (Greater Middle East Initiative – GMEI) rasman 2004-
yilda ilgari surilgan bo‘lib, uning asosiy muallifi kichik J.Bush ma’muriyati hisoblanadi. Bu
konsepsiya, ayniqsa, AQSh prezidenti Bush
,
AQSh davlat kotibi K.Rays hamda AQShdagi
neokonservativ siyosatshunoslar tomonidan ishlab chiqilgan va ilgari surilgan. Rasmiy jihatdan
2004-yilning iyun oyida AQSh va G‘arb davlatlari tomonidan G8 sammitida (Sanoati
rivojlangan davlatlarning yettiligi + Rossiya) taqdim etilgan. Bu hujjatda AQSh va Yevropa
davlatlari Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada islohotlarni amalga oshirish, demokratiya, inson
huquqlari va iqtisodiy taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlash rejalarini e’lon qilishgan.
Bu konsepsiyaning asosiy maqsadi Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Markaziy Osiyodagi
mamlakatlarda siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish edi. Bu g‘oya quyidagi
yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan: Demokratiya va inson huquqlarini rivojlantirish – arab
dunyosidagi avtoritar rejimlarni isloh qilish va erkin saylovlarni yo‘lga qo‘yish; Ayollar
huquqlari va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish – G‘arb qadriyatlarni joriy qilish orqali gender
tengligini ta’minlash; Iqtisodiy islohotlar va bozor iqtisodiyotini rivojlantirish
–
G‘arb davlatlari
va transmilliy korporatsiyalar bilan iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish; Terrorizm va
ekstremizmga qarshi kurash – mintaqada islomiy radikalizmga qarshi choralar ko‘rish.
Ma’limotlarga ko’ra “Katta Yaqin Sharq” geografik kengligiga quyidagi davlatlar kiritiladi:
Shimoliy Afrika (Marokash, Jazoir, Tunis va Liviya), an’anaviy Yaqin va O‘rta Sharq va Fors
ko‘rfazi (Misr, Isroil, Suriya, Iordaniya, Livan, Yaman, Iroq, Saudiya Arabistoni, BAA, Quvayt,
Baxrayn, Ummon, Qatar) va shuningdek Eron, Afg‘oniston va Pokiston kiradi. Bir qator
amerikalik mutaxassislar hisoblashicha, Turkiya ham shu mintaqaga tegishli. Bundan tashqari
sobiq Sovet Respublikalaridan Kavkazorti va Markaziy Osiyoni ham qo‘shishadi.
Vashingtonning fikricha, “Katta Yaqin Sharq” uchun birlashtirilishniing asosiy xususiyati
ularning ko‘plarida u yoki bu darajada xalqaro terrorizm manbalari, ommaviy qirg‘in
qurollarining yoyilishi, siyosiy va iqtisodiy beqarorlik mavjud. Bu atama o‘zida keng doiradagi
hududlarni qamrab olganligi sababli, uning maqsadi ko‘pincha mintaqaning iqtisodiy, siyosiy va
xavfsizlik jihatlariga katta e’tibor qaratish bo‘lgan. AQSh va boshqa davlatlar, ayniqsa 2000-
yillarning boshlarida, bu hududni o‘zining geosiyosiy siyosatlariga nisbatan ahamiyatli deb
hisoblashgan. Bu hududlarni keng qamrab olish g‘oyasi AQShning global miqyosda strategik
manfaatlarini himoya qilish bilan bog‘liq edi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Ko‘pgina mutaxassislar muhokamasiga sabab bo‘layotgan yangi konsepsiyalardan biri “Yangi
Yaqin Sharq” (New Middle East) loyihasidir. Bu atama asosan Yaqin Sharqdagi siyosiy
o‘zgarishlarni, mintaqaviy tuzilmalarni va xavfsizlikni yangilashga qaratilgan strategiyalarga
ishora qiladi. Bu konsepsiya to‘liq neokonservativ ruhda shakllantirilgan bo‘lib, 2000-yillardan
keyingi AQSh tashqi siyosatining muhim jihatlarini namoyon qiladi. “Yangi Yaqin Sharq”
jumlasi ilk bor 2006-yil iyunda AQSh Davlat Kotibasi K.Rays tomonidan “Greater Middle
East” (Buyuk Yaqin Sharq)ga o‘rindosh sifatida Tel-Avivdagi chiqishida e’lon qilingan. Uning
ahamiyatli jihatlaridan biri Boku-Tbilisi-Jayxun neft terminalining ishga tushishi bilan bir
vaqtda e’tirof etilganidir. Rays mintaqada barqarorlikni ta’minlash va demokratik o‘zgarishlarni
kuchaytirish maqsadida “Yangi Yaqin Sharq”ni yaratishga chaqirdi. 2006-yilda, Livandagi
urushdan keyin, Rice “Yangi Yaqin Sharq”ning yangi shaklini tasvirlashda qo‘llanilgan eng
mashhur shaxsga aylandi. U “Yangi Yaqin Sharq”ni, isyonkor va autoritar hukumatlarni,
ekstremistik guruhlarni bartaraf etib, demokratik o‘zgarishlar yaratish orqali mintaqaning
mustahkamlanishi sifatida ko‘rsatdi. K.Raysning ma’lumot berishicha “Yangi Yaqin Sharq”
loyihasi Livandan boshlanadi. Ekspertlar fikricha bu chaqiriq Angliya-Amerika-Isroilning Yaqin
Sharqdagi “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash hisoblanadi. Mintaqa bo‘yicha urush o‘choqlari va
tartibsizlik vaziyatini tug‘dirayotgan “ijodiy xaos” kuchlarini barpo etishga qaratiladi. “Yangi
Yaqin Sharq” vositasida AQSh, B.Britaniya va Isroil o‘zlarining geostrategik va boshqa
manfaatlariga muvofiq Yaqin Sharq
xaritasini qayta shakllantirish imkoniyatiga
ega
bo‘lishadi[2]. “Yangi Yaqin Sharq”ning siyosiy va tashqi siyosatdagi shakllanishiga "Bush
doktrinasi" ham ta’sir ko’rsatdi. Bu asosan, 2000-yillar boshlarida Bushning prezidentligi
davrida (2001-2009) amalga oshirilgan. Bush ma’muriyati, ayniqsa, Iroq urushi va terrorizmga
qarshi global kurashni ilgari surdi. Iroqdagi Saddam Husayn rejimini ag‘darish, Yaqin Sharqdagi
avtoritar tuzilmalarni sindirish va yangi demokratik tuzilmalarni o‘rnatish maqsadida “Yangi
Yaqin Sharq”ni shakllantirishga urindi.
R.Perle
,
P.Vulfovits va U. Kristol kabi neokonservatorlar AQShning Yaqin Sharqdagi siyosatini
belgilovchi va “Yangi Yaqin Sharq” konsepsiyasiga ta’sir ko‘rsatgan jamoaning a’zolari edi.
Ular, AQShning mintaqadagi demokratik o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlash va barqarorlikni
ta’minlash uchun kuch ishlatishni ma’qullashgan. 2003-yilda Iroq urushi va mintaqada
o‘zgarishlar yaratish maqsadida ular AQShning yangi strategiyasini ishlab chiqdilar.
“Yangi Yaqin Sharq” konsepsiyasining rivojlanishida “Yangi Amerika asri loyihasi (Project for
the New American Century (PNAC) va “Amerika tadbirkorlik instituti” (American Enterprise
Institute (AEI) kabi “aql markazlari” muhim rol o‘ynadi. Bu markazlar Yaqin Sharqdagi
siyosatni yangilash va o‘zgartirishga chaqirib, AQShni global geosiyosiy raqobatdagi
yetakchiligini mustahkamlashga harakat qilgan.
Professor M.Levinning ta’kidlashicha, neoliberal globalistlar va neokonservatorlar, hamda
kichik J. Bush hukumati o‘zlarining yangi dunyo tartibotini yaratish yo‘lidagi “ijodiy yo‘q
qilish” strategiyasini amalga oshirmoqda[3].
Taniqli nazariyotchi Z.Bjezinskiy ham o‘z kitobida Yevroosiyo Bolqoni hududining dastagini
nazorat qilishda zamonaviy Yaqin Sharqni ham nazarda tutgan edi. Yevroosiyo Bolqoniga
Kavkaz, Markaziy Osiyo, Eron va Turkiyani kiritadi. Eron va Turkiya Yaqin Sharqning muhim
shimoliy chegarasi hisoblanib, Yevropa v sobiq SSSRga kirishdagi strategik mavqeini e’tirof
etgan. Uning ta’kidlashicha, Turkiya va Eron ichki etnik nizolarga tortilish ehtimoli yuqori,
lekin ularning biri yoki ikkovi beqarorlashtirilsa mintaqadagi ichki muammolar boshqarilib
bo‘lmaydigan, hal etib bo‘lmaydigan darajaga keladi[4].
Bu kabi tashabbuslarning shakllanishida shubhasiz neokonservator nazariyotchilarning ta’siri
yuqori bo‘ldi. Xususan, U.Kristol universitetda o‘qib yurgan davridayoq shunday fikrni
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
bildirgan edi: “..Missiya Bag‘dodda boshlanadi, lekin u yerda tugatilmaydi. Biz yangi tarixiy
era boshida turibmiz. Va u Iroq bilan chegaralanib qolmaydi. Va hatto kelgusi O‘rta Sharqda
ham chegaralanmaydi. Bu davr AQShning XXI asrda o‘ynaydigan roli bilan bog‘liqdir”[5].
Umuman aytganda, “Yangi Yaqin Sharq” konsepsiyasi, asosan, AQShning global siyosiy
maqsadlari va mintaqaviy o‘zgarishlarga bo‘lgan ehtiyojlari bilan bog‘liq. Uning paydo
bo‘lishining bir nechta asosiy sabablari mavjud:
Birinchidan, AQShning global geosiyosiy pozitsiyasini mustahkamlash. 2001-yildagi 11-sentabr
teraktlari va uning natijasida yuzaga kelgan global tahdidlar AQShning yangi tashqi siyosatini
shakllantirishga olib keldi. Bu davrda AQSh o‘zining Yaqin Sharqdagi strategik roli va ta’sirini
yanada kuchaytirish, shu jumladan, terrorizmga qarshi kurashda yangi yondashuvlarni ilgari
surish maqsadida “Yangi Yaqin Sharq” konsepsiyasini ilgari surdi. Ayniqsa, 2003-yildagi Iroq
urushi orqali AQSh Yaqin Sharqda demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirishga harakat qildi.
Ikkinchidan, “Arab bahori” va siyosiy o‘zgarishlar ehtiyoji. 2010-2011-yillarda Arab dunyosida
yuzaga kelgan inqiloblar (“Arab bahori”) AQSh va boshqa G‘arb davlatlariga mintaqada
demokratiya va inson huquqlarini targ‘ib qilish uchun yangi imkoniyatlarni ko‘rsatdi. Arab
davlatlaridagi rejimlarga qarshi ommaviy noroziliklar va inqiloblar, ayniqsa, AQShning Yaqin
Sharqda ko‘proq demokratiya o‘rnatish uchun harakat qilishini ta’kidlagan. “Yangi Yaqin
Sharq” konsepsiyasi bu jarayonni boshqarish va mintaqadagi avtoritar rejimlarni demokratiya
bilan almashtirishni maqsad qilgan.
Uchunchidan, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash. Mintaqada yuzaga kelgan ekstremizm,
terrorizm, va fuqarolar urushlari (masalan, Iroq, Suriya, Liviya) AQSh va uning ittifoqchilarini
yangi xavfsizlik yondashuvlarini ishlab chiqishga undadi. “Yangi Yaqin Sharq” orqali AQSh,
asosiy xavf manbalarini (masalan, ekstremist guruhlar va terrorizm) yo‘q qilish, mintaqada
barqarorlikni ta’minlash va global xavfsizlikni mustahkamlashni maqsad qilgan.
To‘rtinchidan, resurslar va energetika siyosati. Yaqin Sharq, ayniqsa Fors ko‘rfazi, dunyoning
eng yirik neft va gaz resurslariga ega mintaqa bo‘lib, energetika resurslarini boshqarish
AQShning strategik manfaatlaridan biri hisoblanadi. “Yangi Yaqin Sharq”da mintaqadagi
iqtisodiy o‘zgarishlar va energiya bozorlarini nazorat qilish, shu jumladan, barqaror neft ishlab
chiqarish va ta’minotni ta’minlash maqsad qilingan.
Beshinchidan, mintaqadagi yangi ittifoqlar va kuchlar o‘rtasidagi raqobat. “Yangi Yaqin Sharq”
konsepsiyasining asosiy qismlaridan biri, mintaqadagi siyosiy va iqtisodiy yangi ittifoqlarni
yaratish edi. AQSh va uning ittifoqchilari (masalan, Saudiya Arabistoni, Isroil) yangi xavfsizlik
tuzilmalarini shakllantirishga va mintaqada yangi kuchlar o‘rtasidagi raqobatni boshqarishga
harakat qildilar. Eronning mintaqadagi ta’sirini kamaytirish, shia-sunni qarama-qarshiliklarini
boshqarish va yangi mintaqaviy tuzilmalarga ko‘maklashish bu siyosatning asosiy qismlari
bo‘ldi.
Oltinchidan, global liberalizatsiya va “G‘arb” g‘oyalarni tarqatish. AQSh va G‘arb davlatlari,
ayniqsa, neokonservativ siyosatchilar tomonidan, Yaqin Sharqdagi siyosiy tizimlarni
liberalizatsiya qilishni, demokratiya va erkinliklarni targ‘ib qilishni maqsad qilgan. Bu jarayon,
ko‘pincha, avtoritar rejimlarga qarshi kurash, erkin saylovlar, so‘z erkinligi va inson huquqlari
kabi g‘oyalarni ilgari surishga qaratilgan edi. “Yangi Yaqin Sharq”da bu konsepsiyaning amalga
oshirilishi demokratik o‘zgarishlar va tizimlarni yaratishga qaratilgan edi.
Yettinchidan
,
geosiyosiy qarshiliklar va yangi tahdidlar. Yaqin Sharqda, xususan, Suriya, Iroq va
Eron kabi davlatlardagi beqarorlik va terrorizmning kuchayishi, Shom urushi va Iroqdagi
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
falokatlar “Yangi Yaqin Sharq” konsepsiyasining yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Bu muammolar,
AQShni va uning ittifoqchilarini mintaqada yangi xavf-xatarlarni bartaraf etishga undadi.
“Yangi Yaqin Sharq” konsepsiyasi, asosan, Yaqin Sharqdagi siyosiy va ijtimoiy o‘zgarishlarga
bo‘lgan ehtiyoj, global xavfsizlikni ta’minlash va AQShning mintaqadagi ta’sirini
mustahkamlash maqsadida paydo bo‘ldi. Bu konsepsiya, garchi o‘zining idealist g‘oyalari va
maqsadlariga ega bo‘lsa-da, amalda mintaqada beqarorlik, ekstremizm va siyosiy
nomutanosibliklarga olib kelgan. Mintaqadagi murakkabliklar va o‘zgarishlarga nisbatan bu
yondashuvning kutilgan natijalari ko‘p holatda amalga oshmadi.
XX asrning oxirgi o‘n yilliklarida shakllantirilgan neokonservativ g‘oyalarning tadbiq etilishi
va tashqi siyosiy strategiyalarda qo‘llanishi Yaqin Sharqdagi zamonaviy jarayonlarga ham
o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi.
Ko‘pincha “Katta Yaqin Sharq” va “Yangi Yaqin Sharq” konsepsiyalari bir-biriga yaqin
tushunchalar sifatida qaraladi, lekin muayyan farqlar kuzatiladi:
Xususiyat
Katta Yaqin Sharq
(Greater
Middle
East)
Yangi Yaqin Sharq (New
Middle East)
Muallifi
Kichik
J.
Bush
ma’muriyati,
G8
sammiti (2004)
K.Rays, 2006-yilda Livan
urushi paytida
Ma’lum
qilingan yil
2004
2006
Hududi
Shimoliy
Afrika,
Yaqin
Sharq,
Markaziy Osiyo
Asosan Yaqin Sharq va
Fors ko‘rfazi
Maqsadlari
Siyosiy va iqtisodiy
islohotlar,
demokratiya,
iqtisodiy rivojlanish
Siyosiy
chegara
va
hokimiyat o‘zgarishlari
Usul
Diplomatik
bosim,
islohotlar
Harbiy
intervensiya,
rejimni o‘zgartirish
Mantiqan bir-birini takrorlaydigan va to‘ldiradigan “Katta Yaqin Sharq”, “Buyuk Yaqin
Sharq” va “Yangi Yaqin Sharq” kabi konsepsiyalar zamonaviy Yaqin Sharq muammolarini
bartaraf etish g‘oyalari ostida AQSh geosiyosiy va geoiqtisodiy manfaatlarini ta’minlashga
qaratilganligi, muayyan G‘arb siyosiy doiralari tomonidan ilgari surilayotgan “Katta Markaziy
Osiyo”, “Katta Yaqin Sharq”, “Demokratik saylov hamjamiyati” kabi tashabbuslar kuch
markazlarining siyosiy, iqtisodiy va boshqa manfaatlarining ifodasi hisoblanadi[6].
“Katta Markaziy Osiyo” konsepsiyasi 2005-2006-yillarda ilgari surilgan bo‘lib, uning asosiy
muallifi amerikalik olim va strateg Frederik Star hisoblanadi. Ushbu g‘oya asosan AQSh va
G‘arb davlatlarining Markaziy Osiyodagi manfaatlarini mustahkamlash va bu hududni Janubiy
Osiyo, xususan Afg‘oniston bilan bog‘lashga qaratilgan edi. AQSh hukumati ushbu g‘oyani
strategik jihatdan qo‘llab-quvvatlagan. 2006-yilda AQSh Davlat departamenti tomonidan “Katta
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Markaziy Osiyo hamkorligi” dasturi ishlab chiqilgan.
“Katta Markaziy Osiyo” g‘oyasining asosiy maqsadi quyidagilardan iborat edi: Markaziy Osiyo
va Janubiy Osiyo integratsiyasini kuchaytirish – ushbu konsepsiya Markaziy Osiyo
mamlakatlarini Janubiy Osiyo (ayniqsa, Hindiston, Pokiston va Afg‘oniston) bilan yaqin
iqtisodiy va infratuzilmaviy aloqalar orqali bog‘lashni maqsad qilgan; Afg‘onistonni Markaziy
Osiyoning bir qismi sifatida qabul qilish – AQSh va G‘arb Afg‘onistonni faqat Yaqin Sharq yoki
Janubiy Osiyo doirasida emas, balki Markaziy Osiyo bilan bog‘liq holda ko‘rishni istagan. Bu
orqali Afg‘onistonga mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish va infratuzilma loyihalari orqali
barqarorlik kiritish rejalashtirilgan; Rossiya va Xitoy ta’sirini kamaytirish – AQSh va G‘arb
davlatlari Markaziy Osiyoda Rossiya va Xitoyning kuchayib borayotgan geosiyosiy ta’sirini
kamaytirishga harakat qilgan;Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiy mustaqilligini oshirish –
ushbu model mintaqa davlatlarini Rossiya va Xitoyga qaram bo‘lmagan holda mustaqil iqtisodiy
va siyosiy rivojlanish yo‘liga olib chiqishni maqsad qilgan; Transport va infratuzilma rivojlanishi
– Markaziy Osiyo davlatlari va Janubiy Osiyo o‘rtasida yo‘l, temir yo‘l va energetika
infratuzilmasini rivojlantirish, ayniqsa, CASA-1000 energiya loyihasi va “Lazuriy yo‘lak” (Lapis
Lazuli Corridor) kabi tashabbuslarni ilgari surish; Terrorizm va narkotrafikka qarshi kurash –
Markaziy Osiyo davlatlari va Afg‘oniston o‘rtasida xavfsizlik sohasida hamkorlikni kuchaytirish,
ekstremistik guruhlarga qarshi qo‘shma harakatlarni tashkil etish.
Tahlillarga ko’ra bu g‘oya Rossiya va Xitoy qarshiligi, Afg‘oniston beqarorligi va mintaqa
davlatlarining ehtiyotkor siyosati sababli muvaffaqiyatsizlikka uchraganligi ta’kidlanadi.
Ushbu maqsadlarning umumiyligi shuni ko‘rsatadiki, AQSh ikkala hududni bir-biriga
bog‘langan strategik makon sifatida ko‘rgan. Afg‘oniston “Katta Yaqin Sharq” va “Katta
Markaziy Osiyo” o‘rtasidagi muhim bog‘lovchi davlat hisoblangan. “Katta Yaqin Sharq”
doirasida Afg‘oniston Yaqin Sharqdagi terrorizmga qarshi urushning muhim qismi sifatida
qaralgan. “Katta Markaziy Osiyo” doirasida esa Afg‘oniston Markaziy Osiyo davlatlari bilan
bog‘liq iqtisodiy va infratuzilmaviy loyihalarning markazi sifatida ko‘rilgan. AQSh uchun
Afg‘onistonni demokratik va barqaror davlatga aylantirish, uni Yaqin Sharq va Markaziy
Osiyoga bog‘lash strategik maqsad bo‘lgan.
AQSh har ikkala konsepsiya orqali Rossiya va Xitoyning ta’sir doirasini toraytirish va ularning
Markaziy Osiyo hamda Yaqin Sharqdagi ta’sirini cheklashni maqsad qilgan.
Ikkala konsepsiya ham Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqni global energiya tarmoqlari bilan
bog‘lash maqsadini ko‘zlagan. “Katta Yaqin Sharq” konsepsiyasi – Fors ko‘rfazi va Kaspiy
dengizining neft va gaz resurslarini nazorat qilishga qaratilgan. “Katta Markaziy Osiyo”
konsepsiyasi – Markaziy Osiyoning tabiiy resurslarini xalqaro bozorga olib chiqish uchun
Janubiy Osiyo orqali tranzit yo‘llarni rivojlantirishni ko‘zlagan. Ushbu strategiyaning eng
muhim loyihalari sirasiga quyidagialrni kiritish mumkin: TAPI gaz quvuri (Turkmaniston –
Afg‘oniston – Pokiston – Hindiston) va CASA-1000 (Markaziy Osiyodan Janubiy Osiyoga
elektr energiyasini yetkazib berish) hamda “Lazuriy yo‘lak” (Lapis Lazuli Corridor) – Markaziy
Osiyo davlatlarini Yevropa bilan bog‘lash uchun Eron va Afg‘oniston orqali tranzit yo‘llarni
rivojlantirish.
Bugungi geosiyosiy reallik shuni ko’rsatadiki, bu konsepsiyalar rejalashtirilganidek
muvaffaqiyat qozona olmadi, chunki Arab bahori va Yaqin Sharqdagi beqarorlik “Katta Yaqin
Sharq” rejasini izdan chiqardi. Afg‘onistonda Tolibonning qayta kuchayishi “Katta Markaziy
Osiyo” konsepsiyasini amalga oshirishga to‘sqinlik qilmoqda va Rossiya va Xitoyning
mintaqadagi ta’siri oshib bordi, AQSh esa o‘z e’tiborini boshqa geosiyosiy muammolarga qarata
boshladi deyish mumkin.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Balki bunday g‘oyalarning ilgari surilishi va zamonaviy geosiyosiy xaritalarning yaratilishi
“...bugungi dunyo AQSh milliy manfaatlarini amalga oshirishga ko‘maklashishi kerak.
AQSh milliy manfaatlari strategiyasining muayyan darajada bajarilishi uning mukammal
ishlab chiqilganligi bilan emas, aksincha, behisob harbiy strategik, iqtisodiy imkoniyatlarga
ega ekanligi bilan ustuvor darajada bog‘liq” qabilidagi qarashlarda asoslanayotganligidir.
Yaqin Sharqdagi manfaatlarini ta’minlash
uchun yangi muammolar yuzaga keltirish,
mavjudlarini tezlashtirish siyosati ham ba’zan muhim hisoblanmoqda. Milliy manfaatlarni
amalga oshirish va uni himoya qilish uchun manfaatlarni globallashtirish holati ham yuzaga
keldi. Mutahassislar fikricha, milliy manfaatlarni globallashtirish globallashuvning ilk va asosiy
kamchiligi hisoblanadi. Chunki bu xatti- harakat siyosiy gegemonlikka yo‘l ochishi mumkin[7].
Xulosa
“Arab bahori” inqilobiy jarayonlari to‘lqini bilan boshlangan keng ko‘lamli “demokratlashtirish”
jarayonlari yirik harbiy-siyosiy inqirozni kaeltirib chiqarish xavfini yuzaga keltirdi. Shu o‘rinda
90-yillar boshida shakllangan neokonservativ demokratlashtirish loyihalarining hali hanuz
amaliyoti borasida kurashlar ketayotganligini ta’kidlash joiz. Biroq, “yumshoq kuch”
vositasining qo‘llanishi har doim ham o‘zining kutilgan natijasini bermasligi ayon bo‘lmoqda.
Shu bois Amerika jamoatchiligida neokonservativ qarashlarga nisbatan keskin tanqidlar ham
ortgan.
Demak, AQSh neokonservativ g‘oyalarining “Yangi Yaqin Sharq” mintaqasidagi
geosiyosiy jarayonlarda tutgan o‘rni va ta’siri bilan bog‘liq quyidagi xulosalarni keltirish
mumkin:
Birinchidan, xalqaro terrorizmga qarshi kurash bilan boshlangan, demokratlashtirish va avtoritar
tuzumlarga barham berish g‘oyalari bilan uyg‘unlashgan tashabbuslar natijasida ijtimoiy-siyosiy
leksikonda “Yangi Yaqin Sharq” tushunchasi paydo bo‘ldi;
Ikkinchidan, yangilangan va boyitilgan Yaqin Sharq neokonservativ g‘oyalar ijrosini
ta’minlashning samarali mexanizmi sifatida namoyon bo‘ldi;
Uchinchidan, AQSh davlat boshqaruvida neokonervatorlar ta’sirining sezilarni kamayishiga
qaramasdan harbiy yoki noharbiy vositalar orali AQSh intervensionizmi faol davom ettirilmoqda;
To‘rtinchidan, AQSh neokonservatorlari manfaatlarining ijrosi AQShning xalqaro maydondagi
mavqeiga salbiy ta’sir o‘tkazishda davom etmoqda va yangi demokratlar hukumatining faol
internatsionalizm siyosatini olib borishi zarurati dolzarblashdi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Жўраев Т. Миллий давлатчилик: хавсизлик ва барқарорлик (Глобал контекст) -
Т.:Академия, 2007. – Б.101
2. Nazemroaya M.D. Plans for Redrawing the Middle East: The Project for a “New
MiddleEast”//http://www.globalresearch.ca/index.php?context=viewArticle&code=NAZ200611
16&articleId=3882. November 18, 2006.
3. Levine M. The New Creative Destruction // Asia Times . August 22,
2006.http://www.atimes.com/ atimes/Middle_East/HH22Ak01.html.
4. Brzezinski, Z.The Grand Chessboard: American Primacy and Its Geo-strategic Imperatives
(New
York
City:
Basic
Books,
1997)
//
http://www.perseusbooksgroup.com/basic/book_detail.jsp?isbn=0465027261
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
5. Грачева Т.В. Военная политика США сквозь призму философии и персоналий
//http://www.bestreferat.ru/referat-2126.html. - 16 декабря 2004 г.
6. Жўраев Т, Акобиров С. Миллий манфаатлар ва миллий хавфсизлик. – Т.:Академи. –
2007 . – Б.118
7. Жўраев С., Саодолимов С., Абдуғаниева З. Халқаро хавфсизлик. – Т ..Академия, 2007.
– Б.51
8.
Salokhiddinovich, T. A. (2024). Neoconservative “Think Tanks”: President J. Bush's
Foreign Policy and Middle East Strategy. Excellencia: International Multi-disciplinary Journal of
Education (2994-9521), 2(9), 514-521.
9. Turayev, A. S. (2024). AQSH TASHQI SIYOSATIGA TA’SIR KO‘RSATUVCHI
NEOKONSERVATIV “AQL MARKAZ” LARNING SHAKLLANISHI. Educational Research
in Universal Sciences, 3(1), 41-45.
