Авторы

  • Utayeva Feruza Xolmamatovna
    Buxoro davlat universiteti dotsenti, t.f.f.d. (PhD)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.72092

Ключевые слова:

Iqtisod aholi ish o‘rinlari paxta yigiruv- to’quv fabrikalar rivojlanish yengil sanoat qurilish ishlari ishlab chiqarish ransiz va rangli matolar.

Аннотация

Mazkur maqolada XX asrning 70-90- yillarida Buxoro viloyati iqtisodini rivojlantirishda yengil sanoatning o‘rni masalasini yoritishda tumanlarda tashkil etilgan yigiruv-to‘quv fabrikalarning xususan, Vobkent, G‘ijduvon, Qorako‘l, Olotda  tashkil topishi tadqiq etiladi. Asosan tashkil etilgan to‘qimachilik fabrikalaridagi ish faoliyati, ish o‘rinlarining yaratilishi va ishlab chiqarish holatlari shu bilan birga viloyat, respublika iqtisodiyotining rivojiga qo‘shgan hissalari tahlil qilingan.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Buxoro davlat universiteti Temirov

Farrux Umidovich- t.f.f.d.,(PhD)

dotsent taqrizi ostida

Utayeva Feruza Xolmamatovna

Buxoro davlat universiteti dotsenti, t.f.f.d.

(PhD)

feruzautayeva07@gmail.com

BUXORO VILOYATI IQTISODINI RIVOJLANTIRISHDA YENGIL SANOATNING

O‘RNI

Annotatsiya:

Mazkur maqolada XX asrning 70-90- yillarida Buxoro viloyati iqtisodini

rivojlantirishda yengil sanoatning o‘rni masalasini yoritishda tumanlarda tashkil etilgan yigiruv-

to‘quv fabrikalarning xususan, Vobkent, G‘ijduvon, Qorako‘l, Olotda tashkil topishi tadqiq

etiladi. Asosan tashkil etilgan to‘qimachilik fabrikalaridagi ish faoliyati, ish o‘rinlarining

yaratilishi va ishlab chiqarish holatlari shu bilan birga viloyat, respublika iqtisodiyotining

rivojiga qo‘shgan hissalari tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

Iqtisod, aholi, ish o‘rinlari, paxta, yigiruv- to’quv, fabrikalar, rivojlanish, yengil

sanoat, qurilish ishlari, ishlab chiqarish, ransiz va rangli matolar.

РОЛЬ ЛЕГКОЙ ПРОМЫШЛЕННОСТИ В РАЗВИТИИ ЭКОНОМИКИ

БУХАРСКОЙ ОБЛАСТИ

Аннотация.

В данной статье в 70-90-х годах ХХ века с целью выяснения роли легкой

промышленности в развитии экономики Бухарской области было осуществлено создание

прядильно-ткацких фабрик в районах, особенно в Вобкенте, Гиждувоне. Каракол, Олот,

изучен. При этом были проанализированы трудовая деятельность, создание рабочих мест

и условия производства созданных текстильных фабрик, а также их вклад в развитие

экономики региона и республики.

Ключевые слова:

Экономика, население, рабочие места, хлопок, прядение и ткачество,

фабрики, развитие, легкая промышленность, строительные работы, производство,

окрашенные и цветные ткани.

THE ROLE OF LIGHT INDUSTRY IN THE DEVELOPMENT OF THE ECONOMY OF

BUKHARA REGION

Abstract.

In this article, in the 70s-90s of the 20th century, in order to clarify the role of light

industry in the development of the economy of the Bukhara region, the establishment of

spinning-weaving factories in the districts, especially in Vobkent, Gijduvon, Karakol, Olot, is

studied. At the same time, the work activity, job creation and production conditions of the

established textile factories were analyzed, as well as their contribution to the development of the

economy of the region and the republic.

Keywords:

Economy, population, jobs, cotton, spinning and weaving, factories, development,

light industry, construction works, production, dyed and colored fabrics.

Kirish.

Yengil sanoatning muhim tarmogi bo’lgan to’qimachilik fabrikasi 1970-yillarda Buxoro

shahrida tashkil etilgan bo’lib, davlat talabi va aholi ehtiyojlarini hisobga olgan holda,

viloyatningng to’rtta tumanda to’quv va yigiruv fabrikalari ham tashkil etilgan. Buxoro viloyati

iqtisodini rivojlantirishda 1970-1990-yillarda yengil sanoat alohida o’rnda turgan. Sababi, to’quv


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

va yigiruv fabrikalari aholi istiqomat qiladigan hududlarda tashkil etilgan bo’lib, aholining

ijtimoiy-iqtishodiy faolligini oshirgan.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili.

Maqolada O‘zbekistonning to‘qimachilik sanoati

taraqqiyotida Buxoro toqimachilik fabrikasining tashkil etilishi va xotin-qizlarni yengil sanoat

sohasida tajribasini orttirish va ishchi kadrlar tayyorlash tarixi va o‘rni haqidagi ma’lumotlar bir

qator adabiyotlar va ilmiy ishlarni ilmiy va metodologik tahlil qilgan holda bayon etilgan.

Asosan

1. Tadqiqot jarayonida olib borilgan suhbatlar

2. Sovet davrida yaratilgan ilmiy tadqiqotlar.

3. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda nashr yetilgan tadqiqotlar asosida bayon etildi.

Metodlari.

Mazkur maqolada tarix fanida tadqiqotlar olib borishning muammoli-xronologik,

obyektivlik, tizimli tahlil metodlaridan foydalanilgan.

Tadqiqot natijalari.

Buxoro viloyatida 1970–1990-yillarda to‘qimachilik sanoatining ishlab

chiqarish hajmi yildan-yilga o‘sib borgan. Alohida to‘qimachilik sohasiga qiziqish va yengil

sanoat mahsulotlariga ehtiyoj oshgan. Buxoro to‘qimachilik kombinati 1980-yillarda O‘rta

Osiyoda yetakchi o‘rinlarni egallagan. Belgilangan rejalarning ortig‘i bilan bajarilishi va eksport

salmog‘ining o‘sishi kombinatning yanada kengaytirish imkoniyati yaratildi va tumanlarning

imkoniyatidan kelib chiqib Buxoro to‘qimachilik sanoatining filiallarini bunyod qilish uchun har

tomonlama qulay joylar tanlangan.

Vobkent tumanini Buxoro viloyatining asosiy transport va iqtisodiy mintaqasi, yo‘lagi yoki

tarixiy geografik hududi deb baholash mumkin. Buxoro to‘qimachilik sanoati filiali uchun yo‘l

yoqasiga yaqin bo‘lgan va aholisi zich joylashgan Vobkent hududi tanlangan. Vobkent tumanida

1980-yil oktabr oyida aholi zich yashaydigan tuman markazida to‘quv fabrikasi qurilishi

boshlangan. Buxoro to‘qimachilik kombinatining 163

-

qurilish tresti qurilish ishlariga rahbarlik

qilgan. Qurilish ishlari bilan bir vaqtda Vobkent to‘quv fabrikasiga malakali ishchi xodimlarni

tayyorlash uchun tuman markazida Buxoro shahridagi 100

-

sonli kasb

-

hunar bilim yurtining

filiali tashkil etilgan. Tuman markazidan va qishloqlardan kelgan yosh yigit

-

qizlarga to‘quv

mashinalarini va dastgohlarini ishlatish uslublari o‘rgatilgan.

Buxoro to‘qimachilik kombinati Vobkent shahridagi to‘quv fabrikasi filiali xodimlariga turar

-

joy

uchun 200 o‘rinli yotoqxona, 280 o‘rinli bolalar bog‘chasi barpo etish maqsadida Vobkent

tumaniga 1981-yil 13-mayda ariza bilan murojaat qilingan. Yer uchastkasini tanlash uchun

kolxoz yig‘ilishlari bayonnomasini ko‘rib chiqib, Vobkent tuman ijroiya komiteti raisi

N. Buranov 1981-yil 14-iyul Buxoro to‘qimachilik kombinati Vobkent shahridagi to‘quv

fabrikasi filiali xodimlari uchun qishloq xo‘jaligida foydalanilayotgan maydondan 2,50 gektar,

foydalanilmayotgan maydondan esa 0,08 gektarga uy

-

joy qurish uchun yer ajratilgan. Ularning

narxlari mos ravishda 16250 rubl va 3000 rubl qilib belgilangan. Buxoro to‘qimachilik

kombinati tomonidan yerlarga ariza berilgan va sotib olingan.

Vobkent tumanidagi to‘quv fabrikani qurilish ishlarida butun tuman aholisining hissasi

qo‘shilgan. 1981-yil sentabr oyidan fabrika uchun keltirilgan mashina va uskunalarni hamda

to‘quv dastgohlarini o‘rnatish ishlari boshlangan. 1982-yil Buxoro to‘qimachilik kombinatining

Vobkentdagi filialida 560 dona to‘quv dastgohlari to‘liq o‘rnatilgan. To‘quv fabrikasi yonida

mexanika va asbob

-

uskuna zavodi, umumiy ovqatlanish boshqarmasi ishga tushirilgan. 1982-yil

Vobkent to‘quv fabrikasining ochilish marosimida respublikaning birinchi rahbari


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Sh.R. Rashidov qurilish ishlari bilan tanishib ochilish marosimida qatnashgan va nutq so‘zlagan.

Vobkent tumani xalqining to‘qimachilik sanoati rivojiga qo‘shgan hissalari alohida ta’kidlab

o‘tilgan.

1980–1982-yillarda Vobkent to‘quv fabrikasining qurilish ishlariga bevosita rahbarlik qilgan

Davirov Shukrullo Norovich fabrika ish faoliyatini boshlashi bilan direktor vazifasiga

tayinlangan. Dastlab fabrika bir smenada yilning oxirida ikki

-

uch smenada ishlay boshlagan.

Fabrikada 450 dan ortiq yigit

-

qizlar ish bilan ta’minlangan.

O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati rahbari X.M. Maqsumovning 1983-yil 14-apreldagi 54

-

son

buyrug‘iga asosan Vobkent to‘quv fabrikasida ilk ishlab chiqarish majburiyatlari bajarilgan.

Vobkent to‘quv fabrikasi ishlab chiqarishni boshlagandan so‘ng, 1983-yil Buxoro to‘qimachilik

kombinati yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan. 1982-yilga nisbatan momiq sochiqlar ishlab

chiqarish 315 ming donaga oshirilgan. Bunday yuqori natijalar Vobkent to‘quv fabrikasida ham

kuzatilgan.

Vobkent ip

-

yigiruv fabrikasida 1984-yil qurilish va montaj ishlari boshlangan. N. Mo‘minov

fabrikada direktor (1984–1987 yy) lavozimini bajargan. Vobkent to‘quv fabrikasi hisobotidagi

ma’lumotlariga ko‘ra, 1984-yil 7 tonna ip kalava tejalgan va mehnat unumdorligi oshirilgan.

Rejadan ortiq gazlama ishlab chiqarishda Vobkent to‘quv fabrika ishchilari yaxshi natijalarga

erishgan. O‘n birinchi besh yillikning yakuniy yilida ishlab chiqarish hajmi 48 million so‘mdan

oshgan. Fabrikada nazorat guruhi tashkil etilgan bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonini doimiy

nazorat qilib borilgan. Ularning ish samaradorligi rag‘batlantirib borilgan.

Vobkent to‘qimachilik va ip-yigiruv fabrikalari reja asosida bir

-

biriga yonma

-

yon qilib qurilgan.

Ip yigirilib kalava holiga keltirilgan va maxsus ip

-

kalavani yuklaydigan aravalarda Vobkent

to‘qimachilik fabrikasiga o‘tkazilgan. Oraliq masofa yaqin bo‘lganligi sababli ortiqcha xarajat va

vaqt sarflanmagan.

Fabrika ishchilarining farzandlari uchun 1987-yil yakunida ikkita bolalar bog‘chasi qurib

bitkazilgan va foydalanishga topshirilgan. Fabrikadagi yutuqlar bilan birga muammolar ham

yuzaga kelgan. Jahon standartlariga javob bermaydigan past sifatli ip va gazlamalar ham ishlab

chiqilgan. Vobkent ip

-

yigiruv binosini avtomatlashtirish va asosiy yukni yigiruv mashinalarda

bajarilishi davr talabi bo‘lishiga qaramasdan, ikkala fabrika binolari o‘rtasidagi masofaning

imkoniyatlari yetarli bo‘lmagan. Ip yigiradigan 60 ta mashinadan 20 tasi sifatli ishlagan. 1988-yil

31-oktabrda ip

-

yigiruv fabrikasiga yana 10 ta 76

-

5MY (yigiruv mashinasi) keltirilgan. Fabrika

binosida yigiruv mashinalari uchun sharoit bo‘lmaganligidan o‘rnatish ishlari uzoqqa cho‘zilgan.

Qabul qilib olingan yigiruv mashinalarini to‘liq o‘rnatib bo‘lganidan keyin yuqori sifatli ip

-

kalava ishlab chiqarishga kirishilgan. Buxoro to‘qimachilik kombinatidan Vobkent ip

-

yigiruv

fabrikasiga 1988-yilning oxirigacha ip

-

kalava ishlab chiqarish 60 foizga oshirilishi haqida

topshiriq berilgan.

Vobkent yigiruv

-

to‘quv fabrikalari va Buxoro to‘qimachilik kombinati rahbariyati o‘rtasida

kadrlar masalasida kelishmovchiliklar ko‘p marta yuzaga kelgan. Vobkent yigiruv

-

to‘quv

fabrikalari uchun tayyorlanayotgan xodimlarning hammasi o‘z joylariga yuborilmasdan Buxoro

to‘qimachilik kombinatida qoldirilgan. Avvalgidek ishchilar avtobuslarda Buxorodan Vobkentga

olib kelingan. Bu ancha qiyinchiliklarni keltirib chiqarganligini hisobga olib, 1988-yil noyabr oyi

oxirida 36 nafar asosiy kasb egalari Vobkent filialiga o‘tkazilgan. Ular orasida 12 ta yigiruvchi,

24 ta master va tarash dastgohi boshqaruvchisi bo‘lgan. Yil oxiriga qadar Vobkent yigiruv

-

to‘quv fabrikalarini zarur xodimlar bilan to‘ldirish rejalashtirilgan. Ishchilar ikki smenada

ishlashi uchun yana to‘rt yuz nafar tajribali ishchilar yetishmasligiga qaramasdan muammo

yilning oxirigacha hal etilmagan. Vobkent yigiruv

-

to‘quv fabrikasi zimmasiga oliy o‘quv yurti


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

va kasb

-

hunar dargohlarida o‘qishga qabul qilingan talabalardan o‘zlari uchun xodimlar

tayyorlash vazifasi qo‘yilgan, bu esa bir qadar vaqtni talab etgan.

Vobkentlik ishchilarning ko‘pchiligi Buxoro to‘qimachilik kombinati rahbariyatiga Vobkent

yigiruv

-

to‘quv fabrikasiga ishga o‘tkazishni so‘rab ariza yozishgan bo‘lsalar-da, bu arizalar tez

fursatlarda ko‘rib chiqilmagan. Rahbariyatga Vobkent filialidan ko‘ra Buxoro to‘qimachilik

kombinatidagi ishlab chiqarish rejasini bajarish muhim bo‘lganligi sababli Vobkent ishchilari o‘z

hududlariga ishlashga ruxsat berilmagan. 1989-yil Vobkent yigiruv

-

to‘quv fabrikasida

ishchilarning malakasizligi tufayli ishlab chiqarish rejalari bajarilmagan.

1989-yil 1-iyundan Buxoro to‘qimachilik kombinati “Buxoro ip

-

gazlama ishlab chiqarish

birlashmasi” deb almashtirilishiga qaror qilingandan so‘ng Buxoro to‘qimachilik kombinati

tarkibidagi filiallar kombinat tarkibidan ajratilib, Buxoro ishlab chiqarish birlashmasining

mustaqil fabrikasi maqomiga ega bo‘lgan. Shunga ko‘ra, Vobkent, G‘ijduvon, Qorako‘l va

Olotning hisob

-

kitobi alohida deb belgilanib, fabrikalar xo‘jalik hisobiga o‘tgan.

Filiallar mustaqil fabrika sifatida ish yuritsada, yuqoridan talab qilinadigan tovarlar ishlab

chiqaradigan uskunalarning ko‘rsatkichlari talab darajasiga to‘g‘ri kelmagan. Ko‘pincha

ma’muriyatning aybi bilan fabrikalarda ish asossiz to‘xtab qolishiga sabab bo‘lgan.

Buxoro to‘qimachilik kombinatining filiali G‘ijduvon ip

-

yigiruv fabrikasining qurilish ishlari

1981-yilda boshlanib, hunarmand va to‘quvchilarning markazlaridan biri bo‘lgan. G‘ijduvon

aholisi zich yashaydigan hudud hisoblanganligi sababli viloyatning asosiy transport qatnovi

iqtisodiy mintaqasi va tarixiy

-

geografik hududi bo‘lgan joy tanlangan. Qurilish ishlari Buxoro

to‘qimachilik kombinati rahnomaligida va nazoratida boshlangan. Buxoro to‘qimachilik

kombinat direktori A.I. Ismoilov (1976–1982 yy) kadrlar siyosati, uy

-

joylar va filiallar

qurilishiga katta e’tibor qaratgan. Aynan, A. Ismoilov rahbarligi davrida Buxoro to‘qimachiligi

ishlab chiqarish sanoat sohasida O‘zbekistonda yetakchi o‘rinda turgan. G‘ijduvon ip-yigiruv

fabrikasida yangi ish o‘rinlarining yaratilishi aholining turmush tarziga va iqtisodiga ijobiy ta’sir

ko‘rsatgan.

G‘ijduvon tuman markazidan Buxoro to‘qimachilik kombinatining ip-yigiruv fabrikasini qurish

uchun tuman ijroiya qumitasi raisi M. Maqsudov bilan hamkorlikda “Guliston” kolxozi

yerlaridan yer maydoni ajratib olingan. 1981-yil 11-yanvar G‘ijduvon tuman kengashi qaroriga

asosan 24 kvadrat metr yer maydoni, 20 ta ikki xonali uy va 2,6 gektar yerga qurilgan turar-joy

binosi Buxoro to‘qimachilik kombinati qurilish direksiyasi ixtiyoriga topshirilgan. 1981-yil 12-

yanvarda 2,6 gektar turar-joy binosi uchun O‘zbekiston SSR davlat bankining 81801 hisob

raqamiga 16.900 rubl mablag‘ni to‘lash, Buxoro to‘qimachilik kombinati qurilish direksiyasiga

yuklatilgan.

1981-yil 14-yanvarda 2,2 gektar yer ajratilgan bo‘lib, xodimlarga 20 ta yakka tartibdagi turar-joy

binolari berilgan. Buxoro to‘qimachilik kombinati qurilish direksiyasi zimmasiga 14.300 rubl

mablag‘ni to‘lash yuklatilgan va bu topshiriqni bajarish ishlari tezlashtirilgan. 1982-yilda Buxoro

to‘qimachilik kombinatining G‘ijduvondagi ip-yigiruv fabrikasiga 33936 dona yigiruv

dastgohlari keltirilgan. Mexanika zavodi va umumiy ovqatlanish boshqarmasi qurilishi fabrika

ishchilarining iqtisodiy sharoitlarini yaxshilanishiga sabab bo‘lgan omillardan biri bo‘lgan. 1983-

yil 28-mayda G‘ijduvon ip

-

yigiruv fabrikasi maydonini kengaytirish uchun KPSS XXV syezdi

nomidagi Buxoro to‘qimachilik kombinati G‘ijduvon tumani ijroiya qo‘mitasi raisi

S. Raxmonovga murojaat bilan chiqqan. G‘ijduvon ip

-

yigiruv fabrikasiga 6,0 gektar yer maydoni

ajratilgan va 39.000 rubl bank hisob raqamiga o‘tkazilishi so‘ralgan. Bu murojaat Buxoro

to‘qimachilik kombinati tomonidan bajarilgan.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Toshkent to‘qimachilik institutida o‘qigan Sanobar Ravshanova G‘ijduvon ip

-

yigiruv fabrikasida

1981-yildan o‘z mehnat faoliyatini boshlagan, dastlab oddiy yigiruvchi keyin master vazifasini

bajargan. 1983-yildan 2012-yilgacha G‘ijduvon ip

-

yigiruv fabrikasida xodimlar bilan ishlash

bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. G‘ijduvon ip

-

yigiruv fabrikasida 1981-yil

boshlangan qurilish ishlari shiddat bilan olib borilgan va bir yarim yilda qurib bitkazilgan.

G‘ijduvon ip

-

yigiruv fabrikasi 1983-yilning qishida ishga tushirilgan.

Davlat rahbari

Sh.R. Rashidov 1983-yili qurilish ishlari bilan tanishgan va ochilish marosimida qatnashib nutq

so‘zlagan. G‘ijduvon ip

-

yigiruv fabrikasi qurilish ishlarida 1981–1983-yillarda 900 dan ortiq

quruvchilar ishlagan.

G‘ijduvon ip

-

yigiruv fabrikasida ishlab chiqarish jarayoni yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. O‘sha davrda

to‘quv fabrikasining yo‘qligi aholining ehtiyojiga sabab bo‘lgan. Sababi ip

-

kalava viloyatning

yigiruv

-

to‘quv fabrikasida to‘qilgan. Bu ishga biroz vaqt va mablag‘ sarflangan. G‘ijduvonda ip

-

kalavani to‘qiydigan to‘quv fabrikasi qurilishi haqida bir necha bor yig‘ilishlarda takliflar

kiritilgan. G‘ijduvon ahli mehnatkash, ilmga va hunarga intiluvchan bo‘lganligi, aholi gavjumligi

va mutaxassislar yetishib kelayotganligini hisobga olib, 1984–1985-yillarda G‘ijduvon ip

-

yigiruv

fabrikasi yonidan to‘quv fabrikasi qurilishi boshlangan. Atrof tumanlardan va Navoiy

viloyatidan ishchilar, quruvchilar, mutaxassislar kelib qurilish ishlarida qatnashgan. 1985–1986-

yillarda G‘ijduvon ip

-

yigiruv va G‘ijduvon to‘quv fabrikalarining ish faoliyati qizg‘in kechgan

.

U yerda 1,5 mingdan ortiq ishchilar mehnat qilgan. Bundan tashqari masofa hisobga olinib, 100

-

sonli kasbiy ta’lim maktabining 70 ga yaqin talabalari 3 ta avtobusda G‘ijduvondan Vobkent

to‘qimachilik fabrikasiga kelib to‘quv dastgohlarini ishlatishni o‘rgangan. Talabalar tayyorlov

sexi, yigiruv sexi, ip kalavalash sexlarida va to‘qimachilik stanoklarida amaliyot o‘tab

tajribalarini orttirgan. 1983-yil G‘ijduvon ip

-

yigiruv fabrikasi yillik ishlab chiqarish rejasini 60

foiz bajarishga va’da berib, bu vazifani 64,4 foizga ortig‘i bilan bajargan. Buxoro to‘qimachilik

kombinatiga ortiqcha ip kalava yetkazib berilishi O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati rahbari

X.M. Maqsumovning 1983-yil 14-apreldagi 54

-

son buyrug‘I hisobotlarida keltirib o‘tilgan.

G‘ijduvon yigiruv

-

to‘quv fabrikasida ish uch smenada olib borilgan. Kechki navbatda

ishlaydiganlarga qo‘shimcha haq to‘langan. G‘ijduvon yigiruv

-

to‘quv fabrikasida bosh injener

bo‘lib ishlagan M.A. Umarov 1987-yil fabrika direktori lavozimigacha ko‘tarilgan. Ikkala

fabrikaning xavfsizlik masalasi va ta’mirlash ustalari ishlarini o‘rganib chiqqan. 1987-yil 16-

iyulda M.A. Umarov tomonidan master va ustalarga ogohlantirish yoki hayfsanlar berilgan.

Jumladan, yigiruv sexida xavfsizlik qoidalarini buzganligi uchun Matluba Salimjonovaga,

tayyorlov sexi ustasi Dilmurod Soliyevga qayta qoidabuzarlik sodir etganligi uchun tanbeh

berilgan. To‘qimachilik sexi ustaxonasi ishchilarining xavfsizligini nazorat qilish yetarli

bo‘lmaganligi uchun Toshpo‘lat Xo‘jayev va usta Vohid Choriyevlar ogohlantirilgan,

shuningdek, mehnat jamoalariga qaytadan qat’iy ko‘rsatmalar berilgan. Bunday vaqtlarda

albatta, ularning ish haqlaridan chegirmalar qilinib, mukofot pullaridan mahrum qilingan,

qo‘shimcha ish haqi olmaganlar. Fabrika ishchilarining ish haqlari 70 so‘mdan 210 so‘mgacha

bo‘lgan.

Talab va ehtiyojga qarab Buxoro to‘qimachilik kombinati o‘z hududlarini tumanlarda kengaytira

boshladi. Qorako‘l tumanida ip-yigiruv fabrikasi qurilishi rejalashtirildi. Qorako‘l tarixiga nazar

tashlaydigan bo‘lsak, paxta tozalash zavodi dastlabki sanoat korxonalaridan hisoblangan. 1985-

yilda Qorako‘l paxta tozalash zavodining ishga tushganligiga 87 yil bo‘lgan. 1885-yil Buxoro

amirligi davrida bu yerdan temir yo‘lning o‘tishi bilan taraqqiyot ham kirib kelgan. 1898-yil

paxtani qayta ishlash sanoati Qorako‘lda ishga tushirilgan. Aynan, shu kabi jihatlar ham hisobga

olinib, Qorako‘l tumani ip

-

yigiruv fabrikasi uchun tanlangan.

Buxoro to‘qimachilik kombinatining filiali sifatida Qorako‘l ip-yigiruv fabrikasi qurilishi 1985-

yilda rejaga kiritilib, qurilish ishlari boshlangan. 1986-yilda tezlik bilan qurib bitkazilib ishga


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

tushirilgan. Aynan, Qorako‘l ipakdek mayin paxta tolasini tarashlashga moslashtirilgan fabrika

bo‘lgan. Ingichka va uzun tolali ipni qayta tarash ishi murakkab bo‘lib, ishchilar soni ko‘p talab

etilgan. O‘zbekistonda ipni qayta tarash fabrikalari Toshkentda va Buxoroda bo‘lgan. Qorako‘lda

yetishtirilgan paxta respublikada ikkinchi o‘rinda turgan. Tolaning uzunligi 38–39 mm bo‘lib,

paxta Qorako‘l ip

-

yigiruv fabrikasida eksportbop qilib qayta taralgan. Eksport salohiyatini

oshirish uchun Rossiya, Chexiya va Italiyadan ipni tarash dastgohlari keltirilgan.

Aholini ish bilan ta’minlanishiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, 1987-yillarda 500 kishi 1990-

yillarda 600 kishi ish bilan ta’minlangan. Uzoqdan qatnaydiganlarga avtobuslar tashkil etilgan.

To‘rtta avtobus fabrika ishchilariga xizmat qilgan. Ip

-

kalavani Buxoro shahriga yetkazib

berishda ortiqcha xarajatlarni kamaytirish va aholini ish bilan ta’minlash maqsadida Olot to‘quv

fabrikasini tashkil etishga kirishilgan. Qorako‘l va Olot tumanida yetishtirilgan paxta navining

sifati jahon bozorida xaridorgirligini hisobga olib, Olot tumanida to‘quv fabrikasi ishga

tushirilishi tezlashtirilgan.

Olot tumani mamlakatimizning xorijiy davlatlarga chiqadigan hududlardan biri sanaladi. Olot

to‘quv fabrikasi 1986-yilda loyihalashtirilgan va 1986–1987-yillarda qurilish ishlari olib borilgan.

Olot tuman markazi Xalfa qishlog‘ida qurilish loyihasi asosida qurilgan. Buxoro to‘qimachilik

kombinati buyurtmalari asosida ish olib borilgan. Olot xo‘jaliklararo qurilish boshqarmasi

rahbari Bolta Elmurodov va ish boshqaruvchi Sayli Yo‘ldoshev bevosita qurilish ishlariga

ma’sul qilib belgilangan. O‘sha paytlar tuman ijroiya qo‘mitasi raisi Doniyor Toshev

boshchiligida qurilish shtabi tuzilib, bevosita qurilish ishlari nazorat qilib borilgan. Qurilish

ishlari 1987-yilda tugatilib, Olot to‘quv fabrikasiga 560 dona AT

-

100 to‘quv dastgohi o‘rnatilgan.

Yillik gazlama ishlab chiqarish hajmi 24 million metrga moslashtirilgan.

Olot to‘quv fabrikasi 1987-yil avgust oyida to‘qimachilik mashinalari to‘liq ishga tushirilib,

foydalanishga topshirilgan. Murakkab texnologiyalar va zamonaviy asbob-uskunalar keltirilgan.

Ko‘plab olotlik yigit

-

qizlarga yengil sanoatga doir kasb hunarlar o‘rgatila boshlangan. Fabrika

ma’muriyati va ishlab chiqarish binolari bilan yonma-yon ishchilar istiqomat qiladigan to‘rt

qavatli turar-joy binosi qurilishi tezlashtirilgan.

Olot to‘quv fabrikasiga ip

-

kalava Buxorodan va Qorako‘ldan keltirilgan va rangsiz mato

Buxoroga ranglash uchun yuborilgan. Jondor, Qorako‘l va Olot aholisi maydoni 13 gektardan

ortiq joyda qurilib faoliyat yuritayotgan Olot to‘quv fabrikasiga kelib ishlagan. Ish unumini

oshirish va sifatli gazlama ishlab chiqarish uchun Buxoro to‘qimachilik kombinatidan mutaxassis

kadrlar, masterlar jalb qilingan. O‘zbekiston SSR yengil sanoat vazirligi tomonidan Buxoro

to‘qimachilik kombinati direktori O.U. Ishoqovga Olot shahrida tashkil etilgan to‘quv fabrikasi

Buxorodagi ip

-

bo‘yash va pardozlash fabrikalari bilan hamkorlikdagi ishlarini tezlashtirish va

belgilangan rejani ortig‘i bilan bajarishi sizning kombinatingizga bog‘liqligini ma’lum qilamiz

deb bayon etilgan. Olot to‘qimachilik dastgohlari Buxoro to‘qimachilik kombinatidagi mexanika

zavodi mexaniklari tomonidan ta’mirlangan. To‘qimachilik dastgohlarining yili eski yoki jahon

standartiga javob beradigan dastgohlar soni kam bo‘lgan. Shunga qaramasdan, olotlik

to‘quvchilar uch smenali ishni davom ettirib berilgan majburiyatni o‘z vaqtida bajarishga harakat

qilgan. Fabrika atrofida bog‘cha, oshxona va dam olish maskanlari qurilish ishlari olib borilgan.

Asosan fabrikada o‘zbek, turkman, rus va ozarbayjonlar ishlagan.

Buxoro to‘qimachilik sanoati xodimlari aholiga tayyor gazlamalar yetkazib berishdan tashqari

vatanparvarlik ishlarida ham faol bo‘lgan. 1988-yil 7-dekabrda Armanistonning shimoliy

hududlarida kuchli zilzila sodir bo‘lgan. 1988-yil 11-dekabrda Buxoro to‘qimachilik kombinati

va filiallaridagi fabrikalar jamg‘armalaridagi mablag‘laridan yordam sifatida zilzila bo‘lgan

hududga dori

-

darmonlar, kiyim

-

kechaklar va sochiqlar yuborilgan. Olot to‘quv fabrikasi

ishchilari ham bir kunlik ishlagan mablag‘larini zilziladan talafot ko‘rganlar uchun tashkil


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

etilgan jamg‘arma hisobiga o‘tkazganlar. Xuddi shunday voqea 1989-yil 23-yanvarda

Tojikistonda kuchli zilzila sodir bo‘lgan. Qardosh xalqlarga yordam berish an’anasida Olot

to‘quv fabrikasi ishchi masterlari, mexaniklar ham bir kunlik oyliklarini jamg‘armaga

o‘tkazganlar va beminnat yordam berilgan.

Qayta qurish siyosati va bozor iqtisodiyotiga o‘tish tamoyillari, 1989-yildan filial fabrikalariga

moliyaviy mustaqillik berilishi fabrikada bir qancha yangiliklar va erkinliklarni yarata boshlagan.

Yangi to‘qimachilik mashinalari sotib olinishiga imkoniyatlar berila boshlangan. Fabrikaning

rejasida to‘quv fabrikasi yonida yigiruv fabrikasini bunyod etish talabini o‘rtaga tashlab, yuqori

tashkilotlarga murojaatlar qilingan. Chunki qo‘shma fabrika bo‘lmasa, yuqori ko‘rsatkichlarga

erishib bo‘lmagan.

To‘quv sexida 1989–1992-yillarda 320 ishchi ishlagan. Sexda bir chorakda 2 million 910 ming

metr gazlama ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Yonida zamonaviy oshxona bo‘lib, ovqatlar arzon

narxlarda tashkil etilgan. Sababi, 10 gektar maydonga sabzavot, poliz va boshqa oziq-ovqat

ekinlari ekilgan. To‘qimachilik fabrikasi ishchilari oshxonasi uchun kichik chorvachilik firmasi

bo‘lib unda 70 dona qo‘y parvarish qilingan.

Xulosa

o‘rnida qayd etish kerakki, tumanlarda tashkil etilgan to‘quv, yigiruv fabrikalarida

Buxoro to‘qimachilik kombinati tomonidan berilgan rejalarni bajarish uchun ish jarayonlari

yaxshi tashkil etilgan. Ichki tartiblar ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan holatda sifatli ip va gazlamalar

ishlab chiqarilgan. Albatta, buning uchun G‘ijduvon, Vobkent, Qorako‘l va Olot tumani

fabrikalarda rejani ortig‘i bilan bajarish uchun uch smenada tun

-

kun ishlar amalga oshirilgan.

O‘zbekiston va Ittifoq manfaatlari uchun ip

-

kalavalar va tayyor gazlamalar tayyorlangan.

To‘qimachilik sanoatini rivojlantirish uchun Buxoro hududida paxta maydonlari hisobsiz

kengaytirilgan. Ittifoq respublikalaridan Buxoro to‘qimachilik sanoatiga buyurtmalar ko‘plab

tushib turganligi sababli buyurtmalarni bajarish uchun tumanlardagi filiallarga ham rejalarni

bajarish mas’uliyati yuklangan. G‘ijduvon va Qorako‘l tumanidagi paxta tozalash zavodlarida

1989–1990-yillar ingichka tolali paxta navini rejadan ortiq qilib bajargan. Bu esa to‘qimachilik

salohiyatiga yetarli paxta tolalari mavjudligidan darak beradi.

Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxati

1.Солиев А., Назаров М., Қурбонов Ш. Ўзбекистон ҳудудлари ижтимоий-иқтисодий

ривожланиши. –Тошкент, 2010. – Б. 60.

2.Vobkent tuman davlat arxivi, 157

-

fond, 1

-

ro‘yxat, 696

-

yig‘ma jild, 41

-

42 – varaqlar.

3.Сааков В. В Сотни адресов (История Бухарского текстильного комбината) – Ташкент:

Меҳнат, 1991. – С. 63.

4.O‘zbekiston milliy arxivi, Р

2792 - fond, 1 - ro‘yxat, 238 - yig‘ma jild, 61 - varaq.

5.Muallifning H. Ma’mirov bilan shaxsiy muloqoti. 2022-yil 23-avgust.

6.Olot tuman davlat arxivi, 30 - fond, 1 - ro‘yxat, 85 - yig‘ma jild, 34 - varaq.

7.

Ражабов Қ., Иноятов С. Бухоро тарихи. – Тошкент: Tafakkur, 2016. – 460 б.

Библиографические ссылки

Солиев А., Назаров М., Қурбонов Ш. Ўзбекистон ҳудудлари ижтимоий-иқтисодий ривожланиши. –Тошкент, 2010. – Б. 60.

Vobkent tuman davlat arxivi, 157 - fond, 1 - ro‘yxat, 696 - yig‘ma jild, 41 - 42 – varaqlar.

Сааков В. В Сотни адресов (История Бухарского текстильного комбината) – Ташкент: Меҳнат, 1991. – С. 63.

O‘zbekiston milliy arxivi, Р – 2792 - fond, 1 - ro‘yxat, 238 - yig‘ma jild, 61 - varaq.

Muallifning H. Ma’mirov bilan shaxsiy muloqoti. 2022-yil 23-avgust.

Olot tuman davlat arxivi, 30 - fond, 1 - ro‘yxat, 85 - yig‘ma jild, 34 - varaq.

Ражабов Қ., Иноятов С. Бухоро тарихи. – Тошкент: Tafakkur, 2016. – 460 б.