Авторы

  • D. A. Olimova
    Buxoro davlat universiteti II bosqich magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.72094

Ключевые слова:

Ko’pkari Sadriddin Ayniy shaxmat Abdulahadxon Karmana lochin ovi Ahmad Donish.

Аннотация

Ushbu ilmiy maqolada Buxoro amirligini boshqargan mang’it sulolasi (1753-1920-yillar) vakillarining diniy, siyosiy va ijtimoiy faoliyatidan tashqari kundalik hayotidagi mashg’ulotlari va qiziqishlari yoritib berilgan. Buni yoritishda esa mahalliy muarrixlar va boshqa millat vakillari tarixchilarining qimmatli esdaliklaridan foydalanilgan.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Buxoro Davlat Universiteti dotsenti

Bobojonova Feruza Hayatovna taqrizi

ostida

D. A. Olimova

Buxoro davlat universiteti II bosqich

magistranti

Dilsoraolimova4@gmail.com

BUXORO MANG’IT AMIRLARINING SEVIMLI MASHG’ULOTLARI

ANNOTATSIYA:

Ushbu ilmiy maqolada Buxoro amirligini boshqargan mang’it sulolasi (1753-

1920-yillar) vakillarining diniy, siyosiy va ijtimoiy faoliyatidan tashqari kundalik hayotidagi

mashg’ulotlari va qiziqishlari yoritib berilgan. Buni yoritishda esa mahalliy muarrixlar va boshqa

millat vakillari tarixchilarining qimmatli esdaliklaridan foydalanilgan.

Kalit so’z:

Ko’pkari, Sadriddin Ayniy, shaxmat, Abdulahadxon, Karmana, lochin ovi, Ahmad

Donish.

АННОТАЦИЯ:

В данной научной статье рассматриваются повседневная деятельность и

интересы представителей династии Мангитов (1753-1920), правивших Бухарским

эмиратом, а также их религиозная, политическая и общественная деятельность. Для

выяснения этого вопроса были использованы ценные воспоминания местных историков и

историков других национальностей.

Ключевые слова

: Копкари, Садриддин Айний, шахматы, Абдулахадхан, Кармана,

соколиная охота, Ахмад Дониш.

ANNOTATION:

This scientific article covers the daily life activities and interests of the

representatives of the Mangid dynasty (1753-1920), who ruled the Bukhara Emirate, in addition

to their religious, political and social activities. In this coverage, valuable memoirs of local

historians and historians of other nationalities were used.

Keywords:

Kopkari, Sadriddin Ayniy, chess, Abdulahadkhan, Karmana, falconry, Ahmad

Donish.

Kirish.

Mustaqillikka erishganimizdan so’ng milliy tariximizni o’rganish doimo dolzarblik

kasb etib kelgan va bu doimo rahbarlarimiz e’tibori va etirofida bo’lib kelmoqda. Birinchi

Prezidentimiz Islom Karimov 1998- yilda bir guruh tarixchilar bilan bo’lgan uchrashuvda

mamlakatimizning real tarixini o’rganish va uning haqqoniy versiyasini xalqqa taqdim qilish

vazifasini yuklaydi.

Haqiqatan ham, bugungi kunga kelib, tarixchilarimizning salmoqli mehnati orqali

xalqimizning sovet mafkurasidan xoli haqqoniy tarixi tiklanmoqda. Shu sababli biz endi o’z

tariximizni bir qancha tarixiy manbalarni o’qib real baholay olishimiz mumkin. Bu borada

prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham salmoqli ishlarni amalga oshirmoqda. 2017-yil 30-

iyunda “ O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O’zbekistonning eng yangi

tarixini o’rganish bo’yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to’g’risida” gi qarori

qabul qilingani ham fikrimizning yaqqol isbotidir.

Tadqiqot obyekti va qo’llanilgan metodlar.

18-asrdan boshlab Buxoro xonligi hududida

yangi siyosiy kuch yuzaga keldi va natijada mamlakat dastlab “ soxta xonlar” orqali

boshqariladigan, so’ngra esa rasman amir maqomini olgan yangi sulola mang’itlar qo’l ostiga


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

o’tdi. Ushbu ilmiy maqolaning asosiy tadqiqot obyekti ushbu sulola vakillari tomonidan

xayrixohlik ko’rsatilgan maishiy o’yinlardir.

Maqolada umum qabul qilingan tarixiy metodlar – tarixiylik, qiyosiy- mantiqiy tahlil,

ketma-ketlik, xolisiylik, tamoyillari asosida yoritilgan bo’lib, azaldan Buxoro hududi O’rta

Osiyo mintaqasida turli madaniyatlar kesishgan hudud sifatida alohida ahamiyatga ega. Ushbu

ilmiy maqolada O.D. Chexovich va M.S. Andreev hammuallifligida yozilgan “Ark Buxari”

asarining “ Buxoro amirlarining bir kuni “ bobidan , shuningdek, mahalliy muarrixlardan –

Ahmad Donish, Sadriddin Ayniy, Fitrat va boshqalarning asarlari ma’lumotlaridan foydalanilgan.

Olingan natijalar va ularning tahlili

. Amirning bir qancha sevimli mashģulotlari bòlgan.

Masalan, shaxmat òyini , “ tagaljangi “ , “ kòpkari" , xòroz urushtirish , lochin va bedana ovi

shular jumlasidandir. Amir ertalab nahoridan sòng kimnidir shaxmat òynashga taklif etgan.

Shaxmat òyini qadimgi Sharqda haqiqiy shohlar òyini sifatida ommalashgan. Abu Rayhon

Beruniyning „Hindiston“, Abdurazzoq Samarqandiyning „Matlai sa`dayn va majmai bahrayn“,

Alisher Navoiyning „Majolis unnafois“, „Lison uttayr“, Zahiriddin Muhammad Boburning

„Boburnoma“ va boshqa tarixiy asarlarida shaxmatga oid qimmatli ma`lumotlar bor. Amir

Temur davrida kuchli shatranjchilar Samarqandda to`planishgan. Hatto Tabrizlik Ali ash-

Shatranjiy Samarqandda o`tkazilgan musobaqalar doimo g’olib chiqib , shatranj haqida kitob

yozgan va unga o`zining va 14-asrgacha O`rta Osiyoda yashagan ko`plab oliynasab

shaxmatchilar haqida ma’lumotlar kiritgan. Amir Temur bilan ham shatranj o`ynab turgan. Amir

Temurning ham bu òyinga ixlosi baland bòlib , janglarga borar ekan albatta òzi bilan shaxmat

ustasini hamroh qilib olib borgan. Ba'zi tarixchilarning yozishicha, shaxmatda ruh bilan raqibini

mot qilayotgan bir paytda òģil farzandli bòlgani xabari yetib keladi . Shuning uchun òģliga

Shoxrux deb ism qoyadi.

Manģitlar amirlari ham bu òyinda juda qobilyatli bòlishgan. Amir Muzaffar ruslar bilan

tòqnashuvda ularning kuchiga yetarli baho bermay chodirda shaxmat òynab òtirgani va oxir –

oxibat maģlubiyat xabari yetganida shaxmatni va tòn- u sallalarini tashlab qochib ketganini

Ahmad Donish òz asarida juda yaxshi tasvirlab beradi. Bundaan tashqari, Abdulahadxon

shaxmat òyinida juda mohir bòlgan . Ba'zilar qasddan “ amir hurmati “ uchun yutqazishmasa ,

Buxoroda amirga munosib raqib topilmagan. Ba'zida amir Jòyborxòjalardan Xòja Ahmadga

yutqazib qoygan.

Amirning yana bir sevimli mashģuloti lochin ovi bòlgan. Amir saroyida har doim 10-12

lochin va boshqa ov qushlari bo'lgan. Umuman olganda, lochinchilik juda mashhur bo'lib, har bir

hokim amirga taqlid qilib, hatto abdullaxon davrida yashagan mashhur o'zbeklardan biri bo'lgan

mashhur jòyborxo'jalar ham o'zlariga lochinlar olishga harakat qilganlar. Lochinlar bilan ov

qilish erta bahorda ikki oy davomida mashq qilingan, chunki keyinchalik qushlarning patlari

issiqda tushib ketgan va ular urishganda havoga ko'tarilishni istamagan va faqat qisqa masofaga

ucha olgan. Boshqa tomondan, bu vaqt ham tuxum qo'yish davriga to'g'ri , bu ham amirning

buyrug'i bilan hisobga olingan. Kuzgi ov ham bor edi, lekin u qandaydir mashhur emas edi. Ov

paytida lochinlar maxsus lochinchilar - "qushbon" nazorati ostida edi. Har ikki lochinga bitta

lochinchi to'g'ri kelgan va u o'z uyida bu hayvonlarini boqardi. Ammo katta lochinni saqlash

juda qimmatga tushgan, ayniqssa, bu qushlarga boqish kerak bo'lgan go'sht narxini hisobga

olinganda.

Ovga kelgan amir o'zining ov qilishga odatlangan sevimli lochinni, maxsus qalin qo'lqop

kiygan qo'liga olgan. Boshqa lochinlarni lochinchilar olib yurgan. Amir ham o‘z mulozimlaridan

bir necha kishini ovga olib kelgan.Odatda bular miroxòrboshi, xazinachi va buxchabardor edi.

Amirning ko‘rsatmasi bilan ba'zan o‘zi tanlagan tòqsoba va qarovulbegilar ham mulozimlar

safiga qo‘shilganlar. Ov joyiga borish va qaytishda amirga homiylik polkidan 20 kazakdan iborat


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

karvon hamroh bo'lgan. Oldinda o'n kishi, orqada o'n kishi otlangan . Belgilangan yerga yetib

kelgan so‘nggi amir Olimxon otda o‘tirmay, aravadan tushib, bir oz yurib, ko‘l qirg‘og‘idan ov

qilib, uchayotgan qushga lochinni tashlagan. Mulozimlardan taklif qilinganlar ham piyoda

ergashganlar. Ularning ham har birining qo'liga lochin berilgan. Ular kòpincha òrdaklarni

ovlashgan. Lekin kuzda amir baʼzan lochinlar bilan qirgʻovul ovlagan. Abdulahadxon otda ov

qilishni ma’qul ko‘rardi, garchi u tez-tez ov joyiga aravada yetib borib, keyin esa uni kutib

turgan otga minib borardi. Amirning ov joylari kòpincha qishloq saroylaridan ajratilgan va u

yerda amirdan boshqa hech kim ov qila olmas edi. 1,5-2 soatdan ko'p bo'lmagan va ko'pincha

kamroq davom etadigan bitta ovda 20-50 ga yaqin òljani o'ldirish mumkin edi. Òljaning bir

qismini amir ovda qatnashgan hamrohlariga bergan, lekin ko‘p qismini oshxonaga jo‘natib,

kechki payt dasturxonga tortilgan. Qamish va baland oʻtlarda yashiringan qirgʻovullarni ovlash

kuz va qishda boʻlgan. Bu vaqtda qamishlar qurib qolganidan foydalanib, avvaliga qamish va

o‘tlarni yoqib, so‘ngra olov to‘xtagach, itlarga qirg‘ovullarni qo‘shni dalalarda mayin o‘t bilan

qidirishga qo‘yib, o‘sha yerdan panoh topishgan. Amirlar hatto yirik ovlarda ham qurol bilan

qushlarni ovlamaganlar.

Amirning yana bir eng sevimli òyini - echki bilan ot o'yini , ya’ ni “kupkari” dir. Ushbu

Markaziy Osiyoda keng tarqalgan va hozirgacha o’z ahamiyatini yo’qotmay kelayotgan bu o’yin

nomining eski shakli “ko‘kbo‘ri” , ya’ni qadimgi davrning “Ko’ktangri” totemi bilan bog’lanadi.

Ko‘ktangri turkiy xalqlarda ilohlarning eng ulug‘i va turkiy xalqlarga jang- u jadallarda zafar

keltiruvchi, falokatlardan asrovchi va hoqonlarni taxtga chiqaruvchi hamda ularga “qut”(baraka)

ato etuvchi deya talqin qilingan. Hoqonlar yer yuzida Ko‘ktangrining vakillari deb qaralgan.

Shuning uchun bo‘lsa kerak turkiylarni anglatgan rang hamisha ko‘k bo‘lgan. Ikkinchi o‘zak esa

bo‘ridir. Ma’lumki, qadimgi turkiylarning muqaddas hayvoni, ya’ni totemi – bo‘ri bo‘lgan.

Qadimgi davrlardan beri bo‘ri turkiylarning yo‘l ko‘rsatuvchi, aql va jasorat beruvchi, erkinlik va

mustaqillikning ramzi sifatida qabul qilingan. Umumiy “ko’pkari “ atamasi “Tangribo‘ri” degan

ma’noni beradi.

Oltoyda yashagan turkiy qavmlarning bu o‘yin paydo bo‘lishi haqidagi falsafiy-

mifologik qarashiga ko‘ra, ko‘kbo‘ri o‘yini chavandozlarining kuchi va quvvatini ko‘rsatgan,

bo‘rilar galasiga o‘xshagan insonlar guruhi ruhini anglatgan qadimiy sport turidir. Oltoyning

qadimgi turkiylarida ko‘kbo‘ri nomi “muqaddas bo‘ri – ona” ma’nosini beruvchi chuqur falsafiy

anglash bilan bo‘riga bo‘lgan munosabatni bildiruvchi hamdir. [1]

Amirlar qadimda otlarni juda yaxshi ko‘rgan va qadrlagan. Ayniqssa, Buxoro otlarining

o’zining savlati bilan butun olamga dovruq qozongan. Hatto Buxorodan xorijga ot ham eksport

qilingan. Bundan tashqari, buxoro otlari , ayniqssa, Rossiyaga yuborilgan qorabayir zoti 1914-

yildagi birinchi jahon urushida o’zining eng yaxshi ot ekanligini isbotlaydi.[2]

Boshqa amirlar bilan bir qatorda Abdulahadxon ot sportini yoshlikdan juda sеvib, u bilan

muntazam shug'ullangan. Tеz-tеz shikorga chiqib turgan va amirlikning eng mashhur chavandozi

hisoblangan. Ko'pkarilarda bеvosita o'zi ot minib ishtirok etgan. Tarixiy manbalar guvohligiga

qaraganda, hatto bir bor otdan yiqilib shikast xam topgan. Ayniqssa, Buxoroda o'tkaziladigan

sayllarning ko'pchiligi ko'pkarisiz o'tmagan. Buxoroning Shirbudundagi amir saroyi atrofida

bo'ladigan sayllarda 500 dan ortiq chodirlar tiklangan va ko'pkari bilan yakunlangan. Xuddi

shunday tadbirlarni amir Abdulahadxon Karmanada o'tkazilishida xam alohida e'tibor bеrgan.

Ayniqssa, Karmanada yashay boshlagan paytlari ko'pkarining shu mavzеda o'tkazilishi

jarayonida o'zi ham ishtirok etgan. Ayrim boy xonadonlar farzandlarining to'ylarida amir

Abdulahadxon ruxsati bilan ko'pkari o'tkazganlar. Shunday boylardan biri qorako'l tеri savdosi

bilan shug'ullangan Fayzulla Xo'jayеvning otasi Ubaydullo Xuja, tog’asi Latif Xo’jalar qatorida

turuvchi millonеr boy Jo’rabеk Arabov o'g'li Olimbеkka atab o'tkazgan to’yi haqida “Dalеkoе i

blizkoе” kitobi muallifi L.I. Rеmpеli quyidagicha hikoya qilgan: “ Jo'rabеk o'g'li Olimbеk bilan


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

amir Abdulahadxonning rеzidеnsiyasi Karmanaga 10 ta buxcha (buxchalarda zarbof to’nlar,

zargarlik buyumlari, uch dasta Qorako’l tеri (30 dona), bеsh dona qorako'l tеrining eng chiroyli

turli xillaridan tikilgan shuba, Buxoro, G'ijduvon, Qarshining xolva va turli xildagi shirinliklari,

pista, bodom, yong’oq, mayiz va boshqa xildagi quruq mеvalar)bilan kirib kеladi. Jo’rabеk

to'yning bir qismini, ayniqssa, ko'pkarini Karmanada o'tkazishga ijozat so’raydi. Jo'rabеkning

o'g'li Olimbеkning sunnat to'yi Karmanada boshlanib, Buxoroda davom etadi. Karmanada tashkil

etilgan to'yda ko'pkari uyushtirilib, amir Abdulahadxon ishtirok etadi. To’yda turli bеkliklardan

mеhmonlar o'z otlari bilan qatnashadilar va o'n mingga yaqin haloyiq 10-12 kun mobaynida

ko'pkarini tomosha etadilar “.

Amir Abdulahadxon davrida barcha shahar va tumanlarda bunday sayl, to’y-tomosha va

ko'pkarilar uyushtirib turilgan.[3]

Ushbu o'yin bahor va kuzda o'tkazilgan. To‘rt nafar dovruģi butun Buxoroga yoyilgan

chempionlari bòlgan.Bular ulkan qaddi-qomatli Yoriqul, u asli qorako‘llik, Murod palvon

paykendlik, keyin vobkentlik Kali harof va buxoroda tug‘ilgan Qodirqulbek. Ayniqssa, Yoriqul

yerga tashlangan so'yilgan echki ustida egarlariga osilgan, to'plangan otliqlar orasida echkini

tortib olish kerak bo'lgan paytlarda to'liq qo'rqmaslikni ko'rsatib, ajralib turardi. U qamchining

yomg‘irli zarbalariga qaramay o‘zining kuchi tufayli echkini sug‘urib olib, u bilan birga marraga

yetib kelardi.Keyin echkini amir qarorgohiga yetkazib berayotgan Yoriqul chavandoz yuqoridan

qayoqdandir qarasa, gavjum olomon orasidan chopib o‘tib, qamchisini o‘ngga va chapga urib,

echkini yerga tashlab, otidan sakrab tushadi va uch marta ta'zim qiladi.Navbatchi mirzo ism-

sharifini yozib, o‘yin oxirida faxriy chopon kiydiradi.

Abdulahadxon va uning qoʻl ostidagilar mashhur “koʻpkari” ot oʻyinida ishtiyoq bilan

mulohaza yuritishgan va qatnashishgan. Buxoro amirligining hukmron sulolasi – mang‘itlarning

ko‘pkarida faol qatnashganliklarining sabablaridan biri shuki, ular o‘zlarining harbiy tayanchi

bo‘lgan yarim ko‘chmanchi o‘zbeklarga yaqinligini ko‘rsatgan. Ularning kuchi va boshqa

tomondan, ularning ishtiroki bu o‘yinning aholining qolgan qismi oldida obro‘li maqomga ega

bo‘lishini ta’minlagan.[4]

Ushbu o'yin bahor va kuzda o'tkazilgan. To‘rt nafar dovruģi butun Buxoroga yoyilgan

chempionlari bòlgan.Bular ulkan qaddi-qomatli Yoriqul, u asli qorako‘llik, Murod palvon

paykendlik, keyin vobkentlik kali harof va buxoroda tug‘ilgan Qodirqulbek. Ayniqssa, Yoriqul

yerga tashlangan so'yilgan echki ustida egarlariga osilgan, to'plangan otliqlar orasida echkini

tortib olish kerak bo'lgan paytlarda to'liq qo'rqmaslikni ko'rsatib, ajralib turardi. U qamchining

yomg‘irli zarbalariga qaramay o‘zining kuchi tufayli echkini sug‘urib olib, u bilan birga marraga

yetib kelardi.Keyin echkini amir qarorgohiga yetkazib berayotgan Yoriqul chavandoz yuqoridan

qayoqdandir qarasa, gavjum olomon orasidan chopib o‘tib, qamchisini o‘ngga va chapga urib,

echkini yerga tashlab, otidan sakrab tushadi va uch marta ta'zim qiladi.Navbatchi mirzo ism-

sharifini yozib, o‘yin oxirida faxriy chopon kiydiradi.

Amirlarning yana bir sevimli mashg’uloti “ tagal jangi “ , ya’ni qo’shqor jangidir.

Amirning yozgi saroyi Sitorayi Mohi Xosada bir qancha hayvonlar va qushlar saqlangan.

Maxsus bo'limda bir nechta qo'chqorlar ham bo’lgan. Ular bir-biri bilan urushmasliklari uchun

zanjirlar bilan bog'langan. Kuzda esa ularni bir – birlari bilan urushtirishgan. Buxoroliklar juda

katta qiziqish bildirgan bu o’yinda qo’chqorlar shu dajajada beshavqat bo’lishganki,

to’qnashganda bir- birlarining shoxlarini , hatto bosh suyaklarini sindirib tashlashgan. Bu

tomosha buxoroda ham, oʻrta osiyoning boshqa hududlarida ham qadimgi davrlarda katta oʻyin-

kulgu boʻlgan va hatto katta pul tikishgan. Havaskorlar esa qo’chqorlarni jangovar qilib

tarbiyalashga juda katta kuch sarflashgan. Har kuni ularning peshonalariga tesha kabi kuchli

jismlar bilan urishgan va natijada qo’chqorlar yoshligidan kuchli peshonaga ega bo'lib borishgan


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

va bu esa egasining kelajakdagi g’alabasini ta’minlagan. Hozirgi kunda ham Buxoroda bu o’yin

juda mashhur. Buxoroda mavjud boʻlgan koʻp sonli qoʻy zotlari orasida qorakoʻl qoʻchqorlari va

romitan qoʻchqorlari alohida oʻrin tutadi. Bu hayvonlar o’zlarining noyob jangovar qobiliyatlari

va ta’sirchan jismoniy xususiyatlari bilan tanilgan, bu ularni qo’chqor janglarida tengsiz

ishtirokchilarga aylantiradi.[5]

Xo'roz janglari ham Buxoro amirlariga juda katta qiziqish uyg’otgan. "Kulanti" zotidan

maxsus ulkan jangovar xo'rozlar boqilgan. Bundan tashqari, donning pishishi davrida bedana

janglari tashkil etilgan. Ularni ovlash, shuningdek, bedana janglari va yoqimli qo’shiqdek ovoz

chiqarishi tufayli qafaslarda saqlash, ayniqssa, buxorolik oddiy odamlar orasida juda keng

tarqalgan. Bedana boqish Buxoroda , Afg’oniston va Hindistonda mashhur bo’lgan.

Mang’it amirlarining yana bir sevimli mashg’uloti “dekchapazi” - palov tayyorlash

musobaqasidir. Bu o’yin palovning O’rta Osiyodagi o’rni va ahamiyatining naqadar muhim

ekanligini ko’rsatib beradi.

Palov so’zi fors tilidan olingan bo’lib, “ qaynatilgan guruch” , “guruch to’pi” degan

ma’nolarni anglatadi. Ushbu taomning paydo bo’lish tarixi miloddan avvalgi 3-2 – asrlarga borib

taqaladi. Arab mashhur afsonalari jamlanmasi bo’lmish “ Ming bir kecha “ asarida uchraydi.

Ushbu taom O’rta Osiyoga taxminan 9-10-asrlarda kirib kelgan va Ibn Sino haqidagi rivoyatga

asoslantirilgan. Unga ko’ra Buxoro amirining o’g’li kambag’al bir hunarmandning qiziga oshiq

bo’ladi va bu nikoh ilojsizligini tushunib kundan – kunga rangi zafaron bo’lib kasallanib qoladi.

Shunda hukmdor Ibn Sinodan uni davolashini so’raydi. Ibn Sino esa kuch- quvvat

beruvchi ,lekin semirtirmasdan faqatgina damlatadigan palov bilan uni davolaydi. Yoki boshqa

rivoyatlarda Amir Temur o’zining ko’p sonli qo’shini bilan Anqaraga urushga otlanayotgan bir

paytda ularga quvvat beruvchi taomni tayyorlashini oshpazlariga buyuradi. Ular esa ushbu

taomni askarlarga tortiq etishadi va Amir Temur qo’shining misli ko’rilmagan g’alabalariga o’z

hissalarini qo’shishadi.[6]

Amirlik xonadonida ham palovga juda katta e’tibor berilgan. Mazkur asarimizda ham

amirning maxsus oshi doimo tayyor holda turishi kerakligi ta’kidlanib o’tilgan. Amirlarning

palovga bo’lgan e’tiborini Sadriddin Ayniy ham o’z esdaliklarida shunday eslaydi : “...Uning

aytishiga ko‘ra, amir Abdulahad podsho bo‘lganining uchinchi yilida bir odat chiqargan: bu odat

bo‘yicha, amir markaziy saroy — arkdan tashqari biron hovliga tushsa, u hovlining tevaragidagi

madrasalardan palov so‘rab olar ekan. Amirning bu buyrug‘ini amalga oshirish uchun oshxona

xodimlaridan biri madrasaga kirib: «Kimning tayyor palovi bo‘lsa, janobi oliyning humoyun

(muborak) oshxonalariga keltira bersin» deb chaqirar va hujralardan olib chiqilgan oshlarni

qozoni bilan egasiga ko‘tartirib, amirning oshxonasiga olib borar ekan. Unda bosh bakovul

qozonlarni ochib boqib bittasini tanlar va boshqasini qaytarar ekan.

Bosh bakovul ma’qullagan oshni amirning tovog‘iga suzib, bo‘shagan qozonni

oshxonadagi tayyor oshlardan to‘ldirar va bundan boshqa amirning buyrug‘iga muvofiq, qabul

bo‘lgan oshning egasiga o‘n tanga — bir yarim so‘m pul ham berilar ekan.Amirning bu odati

Buxoro madrasalarining hammasiga ma’lum bo‘lgani sababli, u qaysi hovligaki qo‘nsa, u

hovliga yaqin bo‘lgan madrasalarning hamma hujralarida amirga qabul bo‘lish umidida o‘sha

kecha palov pishirilar ekan. U kecha amir Mir Arab madrasasiga yaqin bo‘lgan bir hovliga

qo‘nganidan, bu madrasaning bir yuz qirq uch hujrasining hammasida osh damlangan, holbuki

bu hujralarning bir qismida butun qish bo‘yi biror marta ham osh damlamaydigan qashshoq

talabalar turar ekanlar. Usha kecha shunday qashshoq mullabachchalar ham qassob va baqqoldan

osh masalliqini nasyaga olib, osh damlabdilar ...” .[7]


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

“Dekchapazi” o’yiniga to’xtaladigan bo’lsak, bu musobaqa mang’itlarning so’nggi

amirlari davrida ,ayniqssa, avj olgan. Tejamkor amir sifatida talqin etilgan Abdulahadxon

qishloq ahli orasidan musobaqaga atigi 8-10 tanlab taklif qilgan. Uning vorisi Olimxon esa

atrofiga xushomadgo’y mulozimlarni yig’ib ikki baravar ko’p mehmonlar bilan bu musobaqani

uyushtirgan. Maxsus bo’lim qo’mondoni Ibrohimbek tomonidan 18 yoshdan 22 yoshgacha

bo'lgan 15-20 kishini tanlab olib musobaqaga jo'natgan. Amir ham bu ishda juda faol ishtirok

etgan. Ba’zida raqobatchilar bir – birlarining oshlariga ko’p miqdorda tuz va zira solib, g’alaba

imkoniyatini yo’qqa chiqarishgan. Chunki palav tayyor bo'lgach, amirning yoniga o’z oshlarini

suzib laganda olib kelishgan hamda amir Olimxon tatib ko’rganida unga ma’qul tushsa bu

oshpazni porloq istiqbol kutar edi. G’olib ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar amir tomonidan

maxsus lavozimlar bilan siylanar edi.

Bu mashhur musobaqa to’g’risida Fitrat batafsil ma’lumot beradi: “...Olimxon bogʻda

bolalar bilan «dekchapazi» oʻyinini boshlar edi. Bu o’yin quyidagicha - taxminan yigirmaga

yaqin qozonchalarni amir huzuriga keltirib, shu qozonchalarga moslab qurdirgan oʻchoqlarga

qoʻyadilar (Mohi xossa chorbogida katta hovuz yonidagi qishlik gulxonalar yonida bu oʻchoqlar

hali ham bor). Har bir qozonning oldida zarur miqdorda goʻsht, guruch, sabzi, piyoz, oʻtin

tayyorlab qoʻyishadi. Olimxon, yuqorida ta'rifi zikr etilgan bolalar bilan birga boʻladi va har kim

bir qozonchani egallab palov pishirishga kirishishadi. Albatta, hurmatli oʻquvchilar har bir tirik

jon osh pishirib yeydi, buning oʻyinga hech qanday dahli yo’q, deb e'tiroz bildirishi mumkin.

Lekin biz amir saroyida maxsus podshohlik oshxonasi mavjud boʻlganligini ham bilamiz. U erda

mohir oshpazlar har qanday sharq va gʻarb taomlarini istagan paytda pishirib, amirni manzur etar

edilar. Bu ish shu darajada yoʻlga qoʻyilgan ediki, amir kecha-kunduzning istagan soatida

koʻngli tilagan taomini yangi pishirilgan holda tanovul etar edi. Har qanday “ eskirgan “ taomni

darrov chiqarib odamlarga berar edilar yoki toʻkib tashlar edilar. Xuddi oʻsha paytda yana bir

qozon ovqat pishirilib, toʻkilishini kutib turishardi. koʻpini qanchadan-qancha odamlar yeyishga

topa olmagan bir paytda, ular esa, chiqarib yer bilan yakson etardilar. Shuning uchun bizning

yuqorida zikr etgan «dekchapazi» haqidagi fikrimiz, bu mashgʻulotning oʻyindan boshqa narsa

emasligiga qanoat hosil qildiradi. Shunday qilib, amir ham bolalar qatori bir qozonchani egallab

palov pishirishga kirishardi...” .[8]

Xulosa.

Mang’it amirlari ,ayniqssa, so’nggi mang’it amirlari bu kabi ko’ngilochar

o’yinlarga haddan ortiq berilib ketishganligi sababli davlat ichki va tashqi siyosatiga

sustkashliklar qilishgan. Natijasi esa Rossiya imperiyasi tomonidan O’rta Osiyo hududini to’liq

egallanishi bo’ldi. Garchi Abdulahadxon va uning vorisi Olimxon tomonidan ko’ngilochar

mashg’ulotlardan tashqari, ilm – fan va qurilish ishlariga salmoqli ishlar amalga oshirilgan

bo’lsa-da , ammo vaziyat Amir Muzaffar davrida yetilib bo’lgan edi. Hatto xalq yurtning tichligi

va osoyishta hayotiga ishonishi uchun har kun saroyda bazm-u jamshid va ko’ngilochar

tomoshalar avj olgan.

Yana shuni xulosa qilib aytishimiz mumkinki, amirlarning ko’pkari, tagal, xo’roz

janglarining qo’llab – quvvatlanishi bu kabi o’yinlarimizning asrlar osha kelajak avlodlarimizga

yetib kelishi va rivoj topishi uchun zamin yaratgan.

Foydalingan adabiyotlar

1.

Кljashtornyj, S. G. (2006). Al-Bīrūnī’s Version of an Old Turkic Genealogiocal Legend. on

the Semantics of Turkic Baraq. Памятники древнетюркской письменности и этнокультурная

история Центральной Азии. Санкт-Петербург. Наука. 446-454.

2. Амир Саййид Олимхон. БУХОРО ХАЛҚИНИНГ ҲАСРАТИ ТАРИХИ. «ФАН»

НАШРИЁТИ. ТОШКЕНТ— 1991. 18-b


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

3. С. Иноятов , Х. Тураев, О. Хайитова. Амир Абдулахад даврида Кармана. Шарк

нашриёт матбаа аксиядорлик компанияси бош тахририятию. Тошкент - 2004. Б-34-35

4. Malikov, A. M. Kupkari Kak Element Gorodskoy İdentichnosti i Kulturi Samarkanda v XIX

- Nachale XX v. Markaziy Osiyo Tarixi va Arxeologiyasi: An'analar, İnnovasiyalar va İstiqbollar

Xalqaro İlmiy-Amaliy Anjuman Materiallari. Toshkent-2021. 448-451-b.

5.

https://www.uzbekbet.com/blog/uz/sport-tikish/ozbekistonda-qochqor-jangi-anana-va-

mohiyati/

6. Mahmudov K., Oʻzbekcha palov, Toshkent – 1979.

7. Sadriddin_Ayniy._Asarlar._8_jildlik._5-jild._Esdaliklar - Т О Ш К Е Н Т. ЁЛДИИЙ

АДАБИЁТ НАШРИЁТИ - 1965 121_б.

8. Fitrat . Amir Olimxonning hukmronlik yillari. “Minxoj” Xayriya nashriyoti. Toshkent –

1992. 39-b

Библиографические ссылки

Кljashtornyj, S. G. (2006). Al-Bīrūnī’s Version of an Old Turkic Genealogiocal Legend. on the Semantics of Turkic Baraq. Памятники древнетюркской письменности и этнокультурная история Центральной Азии. Санкт-Петербург. Наука. 446-454.

Амир Саййид Олимхон. БУХОРО ХАЛҚИНИНГ ҲАСРАТИ ТАРИХИ. «ФАН» НАШРИЁТИ. ТОШКЕНТ— 1991. 18-b

С. Иноятов , Х. Тураев, О. Хайитова. Амир Абдулахад даврида Кармана. Шарк нашриёт матбаа аксиядорлик компанияси бош тахририятию. Тошкент - 2004. Б-34-35

Malikov, A. M. Kupkari Kak Element Gorodskoy İdentichnosti i Kulturi Samarkanda v XIX - Nachale XX v. Markaziy Osiyo Tarixi va Arxeologiyasi: An'analar, İnnovasiyalar va İstiqbollar Xalqaro İlmiy-Amaliy Anjuman Materiallari. Toshkent-2021. 448-451-b.

Mahmudov K., Oʻzbekcha palov, Toshkent – 1979.

Sadriddin_Ayniy._Asarlar._8_jildlik._5-jild._Esdaliklar - Т О Ш К Е Н Т. ЁЛДИИЙ АДАБИЁТ НАШРИЁТИ - 1965 121_б.

Fitrat . Amir Olimxonning hukmronlik yillari. “Minxoj” Xayriya nashriyoti. Toshkent – 1992. 39-b