Авторы

  • Davronova Dilnoza Istamovna,Ravshanov Sobir Abdimalik o‘g‘li
    GulDU

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.72095

Ключевые слова:

Internetning ta’siri axborot zamonaviy svilizatsiya vertual muloqot elektron tijorat stress.

Аннотация

Ushbu   maqolada internet va ijtimoy tarmoqlarning ijobiy va salbiy taraflari, inson ijtimoiy hayotiga ta’siri va omillari haqida so‘z boradi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Guliston davlat universiteti v.b

professori Sharapova Saboxat

Djabbarovna taqrizi ostida

Davronova Dilnoza Istamovna

GulDU, Psixalogiya yo‘nalishi talabasi

davronovadilnoza8119@gmail.com

Ravshanov Sobir Abdimalik o‘g‘li

GulDU, Pedagogika va psixologiya

kafedrasi o‘qituvchisi

sobirravshanov3@gmail.com

IJTIMOIY TARMOQLARNING IJOBIY VA SALBIY TARAFLARI

Anatatsiya:

Ushbu maqolada internet va ijtimoy tarmoqlarning ijobiy va salbiy taraflari, inson

ijtimoiy hayotiga ta’siri va omillari haqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar:

Internetning ta’siri, axborot , zamonaviy svilizatsiya ,vertual muloqot , elektron

tijorat , stress.

ПОЛОЖИТЕЛЬНЫЕ И ОТРИЦАТЕЛЬНЫЕ СТОРОНЫ СОЦИАЛЬНЫХ СЕТЕЙ

Аннотация:

В статье рассматриваются положительные и отрицательные стороны

Интернета и социальных сетей, их влияние и факторы на социальную жизнь человека.

Ключевые слова:

влияние Интернета, информация, современная цивилизация,

виртуальное общение, электронная коммерция, стресс.

POSITIVE AND NEGATIVE SIDE OF SOCIAL NETWORKS

Abstract:

This article discusses the positive and negative aspects of the Internet and social

networks, their impact and factors on human social life.

Keywords:

The impact of the Internet, information, modern civilization, virtual communication,

e-commerce, stress.

Hozirgi kunda butun dunyo boʻyicha koʻpgina insonlar ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanib

kelmoqda. Bu insoniyat uchun juda koʻp sohalarda keng imkoniyatlar ochib berdi. Lekin afsuski

har doim ham ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish biz uchun foydali boʻlmaydi. Bugun ijtimoiy

tarmoqlarning foydali va zararli tomonlari xaqida ma’lumotlar berilgan. Ijtimoiy tarmoqlarsiz

hayotimizni tasavvur qilish qiyin. Har kuni ertalab oʻrnimizdan turganimizda koʻp hollarda

albatta telefonimizni qoʻlimizga olamiz va telegram, instagram yoki facebook ga kiramiz.

Bulardan foydalanishning koʻpgina avfzalliklari bor. Biz bu ijtimoiy tarmoqlar orqali koʻpgina

kerakli maʼlumotlarga ega boʻlishimiz, yangi doʻstlar orttirishimiz, yangiliklardan xabardor

boʻlishimiz, yangi narsalar oʻrganishimiz, doʻstlarimiz bilan suxbatlashishimiz mumkin. Hattoki

hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali insonlar oʻz bizneslarini rivojlantirish imkoniyatiga ega.

Ular oʻz maxsulotlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali reklama qilib brendlarini tanitish, oʻzlari uchun

xaridorlar avditoriyasini yigʻish va yangi maxsulotlarini xaridorlarga eʼlon qilishlari mumkin. Bu

albatta ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning biz uchun avfzalliklari. Ammo bilamizki har bir

yaxshi narsaning yomon tomoni boʻlganidek ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning ham oʻziga

yarasha yomon tomonlari bor. Koʻpincha biz ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni meʼyoridan

oshirib yuboramiz va koʻp vaqimizni yoʻqotib qoʻyamiz. Vaholanki, bizda boshqa muhim

vazifalar yetarlicha boʻladi va biz bu vazifalarni yaxshi bajara olmaymiz yoki umuman

bajarmaymiz. Bu albatta juda yomon. Ijtimoiy tarmoqlar biz uchun juda muhim boʻlishiga


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

qaramasdan ulardan har doim maʼlum bir maqsad bilan foydalanish kerak, aks holda biz

shunchaki ijtimoiy tarmoqlarga qaram boʻlib qolishimiz mumkin.

Axborot asrida zamonaviy texnologiyalar hayotimizga tobora koʻproq kirib boryapti. Bugun

hatto bogʻcha tarbiyalanuvchisi ham mobil telefondan, undagi ilovalar va internetdan

foydalanishni oʻrganib olyapti. Kattayu kichik orasida internetdan foydalanuvchilar, vaqtini

koʻproq u bilan oʻtkazuvchilar ortyapti. Kelajak hayotni internet va hali kashf etilmagan yuqori

texnologiyalarsiz tasavvur etib boʻlmaydi. Toʻgʻri, ular ijobiy va salbiy xususiyatlarga ega. Biroq

yuksak texnolgiyalardan unumli foydalanmaslik yoki yoshlarga olaboʻji qilib koʻrsatish faqat va

faqat zarar keltiradi, xolos.

Biz ongli ravishda sotsial tarmoq a’zosi bo'la turib, real hayot va virtual hayotni farqlay

bilishimiz lozim. Kun sayin jadal rivojlanib borayotgan axborot asrida zamonaviy texnika

vositalaridan foydalanmaslikning yoki ularga murojaat etmaslikning hech bir iloji yo'q. Chunki,

inson dunyoqarashining shakllanishida, ma'naviy olamining yanada kengayishida, ayniqsa

kampyuter texnologiyasi asosiy vosita rolini bajarmoqda. Bu bir tomondan quvonarli holat.

Bugungi kunda, biz yoshlar, mana shunday katta imkoniyatlardan xohlagancha foydalanib, o'qish

yoki ish davomida vaqtimizdan ancha unumli foydalanmoqdamiz. Hozirgi kun nuqtai nazar bilan

qaraydigan bo'lsak, allaqachon global tarmoqqa aylanib ulgurgan internet o'zining tezkorligi

chegara bilmasligi bilan ommaviy axborot vositalari orasida eng muhim sohaga aylanib ulgurdi.

Yuqoridagi fikrlar ijtimoiy tarmoqlarga ham tegishli. Internet va ijtimoiy tarmoqlardan

foydalanishda ham oltin qoidaga — meʼyorni unutmaslik shartiga amal qilish zarur. Keling,

ularning ijobiy jihatlari haqida mushohada yuritamiz.

1. Izlash va muloqotdagi qulaylik Ijtimoiy tarmoqlarda video, audio, surat, biror-bir shaxs yoki

maslakdoshlarni topish juda oson. Bunday saytlarda foydalanuvchilar roʻyxatdan oʻtish chogʻi

koʻpincha ismi sharifi, tugʻilgan vaqti, yashash manzili, oʻqigan, ishlagan joylari va ayni

damdagi faoliyati haqida maʼlumotlar kiritadi.

2.

Axborot topish va almashishdagi yengillik. Ijtimoiy tarmoqlarda biror mavzudagi axborotni

yengillik bilan topish mumkin. Deylik, salomatlik sohasiga qiziqqan kishi ayni shu yoʻnalishdagi

kanal va guruhlarga aʼzo boʻlishi mumkin. Turli sohalarda maslahatlar olish, kerakli bilim va

tasavvurlar hosil qilish imkoniga ega.

3. Shaxsiy tarbiya, oʻz-oʻzini rivojlantirish vositasi. Ijtimoiy tarmoqlarning eng maqtovli,

ahamiyatli jihatlaridan biri — ilm olish, kasb-hunar oʻrganishdagi beqiyos yordamidir. Kundalik

turmushda duch kelinadigan turli yumushlarni bajarishni ham internet, xususan ijtimoiy

tarmoqlar yordamida oson oʻzlashtirish mumkin.

4. Biznes yuritishda beminnat yordamchi. Bugun juda koʻp savdo, ishlab chiqarish va xizmat

koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanyapti.

Elektron tijorat rivojlangan dunyoda keng tarqalgan. Bugun birgina telegram orqali

ishbilarmonlik faoliyatini misli koʻrilmagan darajada yuksaltirib yuborayotganlar talaygina.

Olimlarning fikricha, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarning bo‘sh vaqtini olib qo‘yadi, ular bu

vaqt davomida real insonlar bilan muloqot qilishlari mumkin. Bundan tashqari, ijtimoiy

tarmoqlar hamkasblar va do‘stlar hayotini kuzatish imkonini beradi, buning natijasida odamlarda

hasad yoki o‘z hayotidan qoniqmaslik hissi paydo bo‘lishi mumkin. Biz tabiatimizga ko‘ra,

ijtimoiy mavjudotmiz, biroq zamonaviy hayot bizni yaqinlashtirish o‘rniga bir-birimizdan

uzoqlashtirmoqda. Aftidan, ijtimoiy media muloqotdagi bo‘shliqni to‘ldirish imkonini beradi,

biroq tadqiqot bu insonlar umid qilishi mumkin bo‘lgan yechim emasligini ko‘rsatdi.

Biz maqola yozish davomida talaba-yoshlar ortasida internetga qamramlik darajasini aniqlash

maqsaddida psixologiya yo‘nalishi talabalaridan 1994-yilda ishlab chiqilgan Kimberly Yang


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

so‘rovnomasini (Internetga qaramlik diagnostikasi) oldik.

Rus psixologi V.A.Loskutova

tomonidan takomillashtirilgan Kimberli Yang texnikasi asosida test 20 ta savolni o‘z ichiga

oladi va respondentning Internetga qanday aloqasi borligini aniqlash imkonini beradi (befarqlik

bosqichidan qaramlikkacha). So‘rovnoma davomida quyidagi natijalar aniqlandi.

1-jadval

Kurs

Siz aqlli Internet

foydalanuvchisiz.

(20-49 ball)

Internetga

haddan

tashqari

qiziqish

bilan

bog‘liq

muammolaringiz

bor.

(50-79 ball)

Internetdan

foydalanish

hayotingizda jiddiy

muammolarni

keltirib chiqaradi.

(80-100 ball)

1

1-kurs

18

3

1

2

2-kurs

16

6

0

3

3-kurs

19

3

0

Yuqoridagi internetga qamramlik darajasini aniqlash so‘rovnomasiga 3 ta kurs talabaridan jami

66 nafar talabadan so‘rovnoma olindi. 1-kurs

talabalarining 18 nafari ijobiy, aqlli internet

foydalanuvchi ekanligi namoyon bo‘ldi. 3 nafarida esa internetga haddan tashqari qiziqish bilan

bog‘liq muammolaringiz borligi anqilandi. 1 nafar talabada esa internetdan foydalanish

hayotingizda jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi aniqlandi.

2-kurs talabalarining 16 nafari ijobiy, aqlli internet foydalanuvchi ekanligi namoyon bo‘ldi. 6

nafarida esa internetga haddan tashqari qiziqish bilan bog‘liq muammolaringiz borligi anqilandi.

Internetdan foydalanish hayotingizda jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi aniqlanmadi.

3-kurs talabalarining 19 nafari ijobiy, aqlli internet foydalanuvchi ekanligi namoyon bo‘ldi. 3

nafarida esa internetga haddan tashqari qiziqish bilan bog‘liq muammolaringiz borligi anqilandi.

Internetdan foydalanish hayotingizda jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi aniqlanmadi.

Doimiy ravishda ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lish bizning miyamiz va aqliy qobiliyatimiz uchun

yaxshi faoliyat emas. Buning o‘rniga kitob o‘qish yoki do‘stlar bilan sayr qilish bilan

shug‘ullanishimiz bizga ko‘proq foyda beradi. Ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishning barcha salbiy

tomonlari bilan bir qatorda ijobiy tomonlari ham bor. Lekin birinchi navbatda qachon to‘xtash

kerakligini va undan kerakli maqsadda oqilona foydalanish kerak. Internet

zamonaviy

svilizatsiyaning ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Hozirgi yoshlar internetga asosiy axborot

manbai va asosiy aloqa vositasi sifatida qarashadi.

Internet sababli bolalar kitob o‘qishni to‘xtatdilar. Vaqt o‘tishi bilan ularning dunyoqarashi,

fikrlash darajasi qisqarib boradi. Ular faqat chat va forumlarda virtual muloqot bilan

cheklanadilar. Ular haqiqiy hayotda har xil davralarda masalan do‘stlari bilan suhbatlarida ,ilmiy

uchrashuvlarda ma’ruza paytida yoki yaqin odamlarining tug‘ulgan kunlarida nutq so‘zlashga,

tabrik yo‘llashga qiynaladilar. Ular o‘z fikrlarini xulosa qilib ayta olmaydilar, fikrlari tarqoq

holda umumlashmagan holatda bo‘ladi. Bunday qiyin vaziyatlarga tushib qolmaslik uchun kitob

o‘qib o‘z fikr doiramizni kengaytirib borishimiz kerak deb o‘ylaymiz.[3]

Xulosa:

Maskur maqolada internet va ishtimoiy tarmoqlarning ijobiy va salbiy taraflarini bilib

oldim . Albatta biz hayotimizni ijtimoiy tarmoqlarsiz tasavvur qila olmaymiz lekin , uning ham

o‘ziga yarasha salbiy taraflari bor . Shu uchun ishtimoiy tarmoqlarga sarflaydigan vaqtingizni

ko‘proq kitob oqishga sarflasangiz o‘zingiz uchun ham juda yaxshi bo‘ladi. Albatta ijtimoiy

tarmoqlarning ijobiy taraflari ham bor lekin , biz ijtimoiy tarmoqlarga kiradigan vaqtimizni

to‘g‘ri belgilab olib vaqtimizdan t o‘gri foydalansak o‘zimiz uchun juda yaxshi bo‘ladi. Shu

uchun biz avvalan bor vaqtimizni to‘g‘ri sarflashimiz kerak.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati

1. O'zbekiston Respublikasi Qonuni. Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida. 2016-yil 14-

sentabr.

2. Qodirov U. Yoshlar va axboriy psixologik xavfsizlik. 2014-yil 153 b.

3. Yahyo Muhammad Amin. Internetdagi tahdidlardan himoya T.: “Movaraunnahr”, 2016.

672 b.

4. Тоффлер Э. Третья волна. Москва, 2010. с.795. 8. Rajabov H.I “Globallashuv

sharoitida axborot tahdidlariga qarshi kurashishning zamonaviy texnologiyalarini yaratish

muammolari”

mavzusidagi xalqaro ilmiyamaliy konferentsiya materiallari T:. “Fan va

texnologiya” 2020 yil, B-207

5. Ташметов, Т. Х. (2020). Миллий ғояни ёшлар онгига сингдиришнинг замонавий

усуллари. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 326-331.

6.

Alimov B. S. Yoshlarning ijtimoiy tarmoklar orqali mamlakat imijini oshirishdagi roli

// Yoshlar innovasion faolligini oshirishning dolzarb vazifalari: Resp. ilmiy-amaliy konf.

material. toʻp. 2019 yil 27 aprel. — Toshkent, 2019. — B. 75-78

7. Mirzayev Jamshid Turdalievich. SOCIAL AND PSYCHOLOGICAL OPPORTUNITIES

OF INFORMATION AND PSYCHOLOGICAL SECURITY IN ADOLESCENTS. International

Conference on Developments in Education Hosted from Bursa, Turkey. July15th2022. 45-48 P

http://econferencezone.org/index.php/ecz/article/view/1279/1161

Библиографические ссылки

O'zbekiston Respublikasi Qonuni. Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida. 2016-yil 14-sentabr.

Qodirov U. Yoshlar va axboriy psixologik xavfsizlik. 2014-yil 153 b.

Yahyo Muhammad Amin. Internetdagi tahdidlardan himoya T.: “Movaraunnahr”, 2016. 672 b.

Тоффлер Э. Третья волна. Москва, 2010. с.795. 8. Rajabov H.I “Globallashuv sharoitida axborot tahdidlariga qarshi kurashishning zamonaviy texnologiyalarini yaratish muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiyamaliy konferentsiya materiallari T:. “Fan va texnologiya” 2020 yil, B-207

Ташметов, Т. Х. (2020). Миллий ғояни ёшлар онгига сингдиришнинг замонавий усуллари. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 326-331.

Alimov B. S. Yoshlarning ijtimoiy tarmoklar orqali mamlakat imijini oshirishdagi roli // Yoshlar innovasion faolligini oshirishning dolzarb vazifalari: Resp. ilmiy-amaliy konf. material. toʻp. 2019 yil 27 aprel. — Toshkent, 2019. — B. 75-78

Mirzayev Jamshid Turdalievich. SOCIAL AND PSYCHOLOGICAL OPPORTUNITIES OF INFORMATION AND PSYCHOLOGICAL SECURITY IN ADOLESCENTS. International Conference on Developments in Education Hosted from Bursa, Turkey. July15th2022. 45-48 P

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Davronova Dilnoza Istamovna,Ravshanov Sobir Abdimalik o‘g‘li, IJTIMOIY TARMOQLARNING IJOBIY VA SALBIY TARAFLARI , ИКРО журнал: Том 14 № 02 (2025)