JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Imomatova Umida Mirpulatovna,
Chirchiq davlat pedagogika universiteti
“Tasviriy san’at va dizayn” kafedrasi o‘qituvchisi
Abdumajidova Komila Abrorbek qizi,
Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi 1- bosqich talabasi
TASVIRIY SAN’ATIDA RANGLARNING INSON HAYOTIDAGI O‘RNI VA TA’SIRI
Annotatsiya:
Ushbu maqola inson hayotiga ranglarning ahamiyati va uning ruhiyatiga qanday
ta’sir etishini yoritib beradi. Tasviriy san’atdagi suratlar va ularning rang-barangligi odamning
hissiy holati va kayfiyatini o‘zgaritirishi bilan bog‘liq. Xususan issiq va neytral ranglarning
psixologik ta’siri, tabiiy va sun’iy yorug‘likning hissiyotlarni shakllantirishi haqida muhum
ma’lumotlar keltirilgan va tasviriy san’atdagi rangli bo‘yoqlar haqida malumot beradi.
Kalit so‘z:
Ranglarning insonga ta’siri, psixologik, ranglarning ahamiyati, san’at.
Ranglar insonga juda katta ta’sir ko‘rsata oladi. Shu bilan bir qatorda uning ayni vaqtdagi ruhiy
holatni, kayfiyatni aniqlash mumkin. Avvalo ranglar qanday paydo bo‘lgan degan savolga
to‘xtalib o‘tsak. O‘rta Osiyoda ranglar haqidagi ta’limot qadimdan kitob miniatyurasi,
naqqoshlik va devorlarga fresko pannolar ishlash bilan bog‘liq holda rivojlanib kelgan. Chunki
musavvirlik hunari rang tanlash va ularni tayyorlay bilishni talab etgan. Shu tariqa ta’sviriy
san’at rivojlana boshlangan.
Asosiy ranglar: Biz ranglarni ikki xil uslubda ko‘rishimiz mumkin:
1- Additiv ranglar.
2- Subtraktiv ranglar.
Additiv ranglar nur tizimida bular- ko‘k , qizil , yashil. Subtraktiv ranglar esa bo‘yoqlar tizimida,
bular – to‘q pushti, moviy va sariq. Aslida san’at tizimida asosiy ranglar bu: moviy, sariq va qizil.
Shu bilan birga biz ranglarni yuqorida ko‘rsatilgani kabi talqin qilsak bo‘ladi. Rangtasvir
qadimda, taxminan XL-XIII ming – yillarda paydo bo‘lgan.
Ranglarni psixologik ta’siri inson kayfiyatining o‘zgartirishga, stressni kamaytirishga va uning
asab tizmiga ta’sir ko‘rsatadi. Endi esa neytral va issiq ranglarning qanday ta’sir etishi va
ma’nolari haqida ko‘rib chiqamiz.
1. Qizil rang bu – kuch, energiya, jasorat va kayfiyatning ko‘tarilishi.
Ta’siri: E’tiborni jalb qilishi.
2. Yashil rang bu – atrof-muhit yosharish va yangilanish.
Ta’siri: stressdan chiqishga yordam beradi va hotirjamlik hissini oshiradi.
3. Sariq rang bu – fikrni jamlaydi, optimizm va ijodkorlik energiyasi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Ta’siri: energiyani oshiradi, kayfiyatni yaxshilaydi va ijodkorlik oshiradi. Lekin sariqni atrofda
ko‘payishi charchash hissini oshishiga sabab bo‘lishi mumkin.
4. Moviy rang bu – intellekt hotirjamlik va osoishtalik.
Ta’siri: tinchlantiradi, konsentratsiyani kuchayishi va ishonchni oshiradi.
5. Qora rang bu – sir va jiddiylik.
Ta’siri: kuchlilik va mavqe. Lekin ko‘p qora depressiyaga olib kelishi mumkin.
6. Oq rang bu – tozalik va sokinlik.
Ta’siri: atrofni keng ko‘rsatadi va ongni yomon hayollardan tozalaydi.
7. Kulrang bu- bosiqlik va betaraflik.
Ta’siri: sokinlik, kuchli hissiyot va jiddiylikga sabab bo‘ladi. Lekin ko‘p kulrang hissiy sovug‘lik
va yolg‘izlikga olib keladi.
Yuqoridagi ko‘rsatib o‘tilgan ranglar ichida- iliq ranglarni 1,2,3-qatorlarda; Neytral ranglarni
esa 5,6,7- qatorlarda ko‘rishimiz mumkin.
Taniqli mutaxassis, Fransiya texnika estetika insitutining asoschisi Jak Venoning aytishi
bo‘yicha: “Rang har narsaga qodir: u nur, xotirjamlik va hayajonni keltirib chiqara oladi. U
garmoniya vujudga keltirishi va larzaga solishi mumkin; undan mo‘jizalar kutsa bo‘ladi, ammo
falokatga olib kelishi ham mumkin” deb ta’kidlab o‘tgan.
Tasviriy san’atdagi rasmlar o‘zining ishlanish texnikasi, ranglarning uyg‘unlashuvi va janrlari
bilan insonni ayni vaqtdagi kayfiyatini, hissiy holatiga katta ta’sir ko‘rsata oladi. Shuningdek
san’at asarlari insonni go‘zallikdan bahramand bo‘lishga va uni qadrlashga undaydi. Ko‘plab
suratlar insonni o‘tmishi va eski shirin xotiralarini yodga solishi katta ehtimol bilan mavjud.
Tarixiy va diniy suratlar ma’naviyatni ongning o‘sishiga hizmat qiladi. San’at asarlari insonni
stress, depressiya va real hayot tashvishlaridan bir muddatga bo‘lsada chekinishga va
xotirjamlikni saqlashga ancha yordam beradi. Ko‘pinchalik esa manzara va abstrakt suratlar
insonni ruhiyatini ancha tinchlantiradi va dam oldiradi. Shu o‘rinda aytib o‘tish mumkinki,
manzara janri asosan tabiatni aks ettirish, atmosferani va yorug‘likni tasvirlash, kenglik va
tinchlikni o‘z ichiga oladi. Rus rassomi Isaak Levitanning asarlarida aynan shu hislatlarni ko‘rish
mumkin. Abstraktda esa shakllar, chiziqlar va ranglar orqali insonni hissiyoti va kayfiyatini
ifodalab beradi. Vasiliy Kandinskiy bu yo‘nalishning asoschilaridan biri hisoblanadi. San’at
asarlar asosan insonni fikirlash doirasini kengaytirish, yangi g‘oyalarni yaratish va hayotni
boshqa tomonlama va boshqa burchakdan ko‘rishga undaydi.
Tasviriy san’atdagi rangli bo‘yoqlar haqida qisqacha ma’lumotlarga to‘xtalib o‘tsak. Bularga -
yog‘li bo‘yoqlar, akvarel, guash, akril, pastel, tush, rangli qalamlar va hokazo.
Akvarel (lotincha aqua – suv) degan ma’noni anglatadi. Suvda eriydi va shaffof, yengil ranglar
hosil qiladi. Akvarelda ishlashda maxsus qog‘ozdan foydalaniladi va asosan manzara va
natyurmort, shuningdek portret janrlarida qo‘llanilib, tez qurishi va ranglarni yengilligi bilan
ajralib turadi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Guash (fransuscha gouache so‘zidan olingan)- bu qalin va xira rang qoplami va u yorqin va zich
ranglar bilan ishlash hisoblanadi. Guash texnikasi asosan, plakatlar, illyustratsiya va grafik
ishlarda foydalaniladi.
Akril (yunoncha akros –“eng yorug” va hyle – “modda material”) so‘zidan olingan bo‘lib
materiallar, suv asosida va tez quriydigan bo‘yoqdir. Shuningdek akril tez quruvchan va suvga
chidamli bo‘lib rassomlarga qulaylik yaratib beradi.
Pastel so‘zi fransuzcha pastek “rangli bo‘yoq” yoki “yupqa bo‘yoq” degan ma’noni anglatadi.
Pastelning asosiy xususiyati quruq va yumshoq bo‘lib, asar yaratilayotganda osongina ranglarni
tarqalishi bilan mashhur. Bu asosan portretlar, manzara va boshqalarda jabrlarda ham ishlatiladi.
Tush - san’at tizimida “tempera” deb ham ataladi. Tush asosan spirt yoki suv bilan to‘yintirilgan
pigment bo‘lib, biror bir chizmalar va qog‘oz ustida ishlashda qo‘llaniladi. Tush texnikasi asosan
an’anaviy san’at, ayniqsa kalligrafik va grafik ishlarda ishlatiladi.
Moybo‘yoq ruscha масляних so‘zidan olingan yog‘li boyoq turi. Bu bo‘yoq turi asosan xolstda
ishlanadi va ranglarning bir biriga aralashishi va qalin qatlam hosil qilishi bilan mashhur bo‘lib
klassik san’at turida keng foydalaniladi. Leonardo da Vinchi va Rembrand va boshqa juda
ko‘plab mashhur rassomlar tomonidan ishlatilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. A.T. Ankabayev. ‘‘Rangtasvir’’ fanidan 1-kurslar uchun o‘quv qo‘llanma. 1-qism. Toshkent.
“Ishonchli hamkor” 2021.
2. Seytimbetov, S. M., & Abdumannonova, M. H. qizi . (2024). Interyer dizayndagi ranglarning inson
psixologiyasiga ta'siri. Innovative development in educational activities, 3(13), 64–67.
3. Imomatova Umida, Nutfullayev Muxtor/ Tasviriy san’at darslarida yoshlarga o’zbek milliy
tasviriy san’atni o’qitishning psixologik asoslari/ Proceedings of International Conference on
Educational Discoveries and Humanities, 2(2), 204-207. 2023;
4. Umida Imomatova/ Mustaqillik davrida tasviriy san’atning rivojlanish tendensiyasi /
"Science and Education" Scientific Journal/ ISSN 2181-0842 Avgust 2022// Volume 3 Issue 8
Pages: 175-182;
5. Mirpulatovna I. U. Mustaqillik davrida haykaltaroshlik san’atining rivojlanish tendensiyasi
//Journal of new century innovations. – 2023. – Т. 27. – №. 5. – С. 37-42.
6. Имоматова У.М. Kомпозицияда эскиз бажариш орқали бадиий тасаввурни ошириш //
International scientific research conference/ a collection of scientific works of the International
scientific online conference (19th March, 2023) – BELARUS, MINSK : "CESS", 2023. Part 12.
Pages: 19-23.
7. Имоматова, У. (2023, December). Ўқувчиларнинг таълим ва тарбиясида тасвирий
санъат ўқитувчисининг аҳамияти. In
International scientific and practical conference on the
topic:“Priority areas for ensuring the continuity of fine art education: problems and
solutions”
(Vol. 1, No. 01).
8. Berdiyev Doston Abduvoitovich. (2024). Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida badiiy
studiyalarni tashkil etishning ahamiyati. Iqro indexing, 10(1), 177-181.
9. Doston Abduvoitovich Berdiyev Maktablarda tasviriy san’at fanini o’qitishda kelajak
ta’limi steam interaktiv ta’limini rivojlantirish //"Science and Education" Scientific Journal/
February 2022 Volume 3 Issue 2 Pages: 687-690;
10. Mirpulatovna, I. U. (2024). Artistic imagination and fantasy of students in visual art lessons.
Their role in artistic creation.
Web of Teachers: Inderscience Research
,
2
(11), 156-161.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
11. Mirpulatovna, I. U. (2024). Tasviriy san’at vositasida yoshlarning kasbiy-ijodiy
qobiliyatlarini shakllantirishning nazariy asoslari.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar
,
1
(1),
133-135.
12. Bеrdiyev Doston Abduvoitovich. (2023). Steam ta’limini tatbiq etish orqali tasviriy san’at
fanini o‘qitish metodikasi mazmunini takomillashtirish usullari. O‘zbekistonda fanlararo
innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar jurnali, 2(18), 187–193.;
13. Berdiyev Doston Abduvoitovich. (2024). The role of integrative education in student
activation.
Web of Teachers: Inderscience Research
,
2
(11), 151–155.
