JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Qo’qon univetsiteti Andijon filiali
“Pedagogika,psixologiya va
filologiya”PHD Salahidinova Holida
taqrizi ostida
Toshtemirova Nigora Ibroximovna
Qo’qon universiteti Andijon filiali
psixologiya
fani o’qituvchisi, Andijon davlat
universiteti tayanch doktoranti.
O’zbekiston
nigoratoshtemirova48@gmail.com
ORCID ID: 0009-0003-5496-1654
MAKTAB O‘QUVCHILARINING OILAVIY MUNOSABATLAR TO‘G‘RISIDAGI
IJTIMOIY TASAVVURLARI
Annotatsiya:
Ushbu maqolada maktab o‘quvchilarining oilaviy munosabatlar haqidagi
ijtimoiy tasavvurlarning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar nuqtai nazaridan tahlil qilinadi.
Tadqiqotda umumta’lim maktab o‘quvchilarining oilaviy qadriyatlar, ota-ona va farzand
o‘rtasidagi munosabatlarga bo‘lgan qarashlari tahlil qilinadi. Shuningdek, yosh o‘sib borishi
bilan ushbu tasavvurlarning qanday o‘zgarishi va psixofiziologik holatlar bilan bog‘liqligi
o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari maktab o‘quvchilarining oilaviy ijtimoiy tasavvurlariga ta’sir
qiluvchi omillarni aniqlashga hamda ularning ijtimoiy moslashuvi jarayonini tushunishga
xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar:
ijtimoiy tasavvurlar, oilaviy munosabatlar ,ota-ona , maktab o‘quvchilari,
ijtimoiy omillar, umumta’lim maktabi.
SOCIAL IDEAS OF SCHOOLCHILDREN ABOUT FAMILY RELATIONSHIPS
Annotation:
This article analyzes schoolchildren in terms of factors affecting the formation of
social perceptions of family relationships. The study analyzes the views of general education
schoolchildren on family values, the relationship between parent and child. It is also studied
how these perceptions change as age progresses and are related to psychophysiological
conditions. The results of the study serve to identify factors that affect the family social
imagination of schoolchildren, as well as to understand the process of their social adaptation.
Keywords:
social perceptions, family relationships ,parents , schoolchildren, social factors,
general education school.
СОЦИАЛЬНЫЕ ПРЕДСТАВЛЕНИЯ ШКОЛЬНИКОВ О СЕМЕЙНЫХ
ОТНОШЕНИЯХ
Аннотация:
В данной статье будет проведен анализ с точки зрения факторов,
влияющих на формирование у школьников социальных представлений о семейных
отношениях. В исследовании анализируются взгляды учащихся общеобразовательных
школ на семейные ценности, взаимоотношения родителей и ребенка. Также исследуется,
как эти представления меняются с возрастом и связаны с психофизиологическими
состояниями. Результаты исследования служат для выявления факторов, влияющих на
семейное социальное восприятие школьников, а также для понимания процесса их
социальной адаптации.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Ключевые слова:
социальное восприятие, семейные отношения ,воспитание детей ,
школьники, социальные факторы, общеобразовательная школа.
KIRISH
Oila - har bir shaxsda bolaligidan boshlab shakllanadigan insoniy fazilatlar, ezgu-istaklar,
qadriyatlar takomil topadigan, ming yillar davomida shakllangan o‘zbek xalqining qadriyatlari
va ma’naviy merosi ravnaqini ta’minlovchi tarbiya maskanidir. Bola shakllanishining ilk
maktabi esa ota-onaning o‘zaro munosabatlari majmui hisoblanadi. Ota-ona munosabatlarida
namoyon bo‘luvchi o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, halollik, poklik, mehnatsevarlik,
insonparvarlik kabi oliy toifadagi qadriyatlar oilada o‘zaro munosabatlar maromini vujudga
keltiradi. Oiladagi ushbu ijtimoiy jarayon yosh avlodning moddiy olam, ijtimoiy turmush
haqidagi tasavvurlari, nuqtayi nazarlari, tushunchalari, dunyoqarashlari va sharqona odob-
axloq qoidalari va ularga amaliyotda rioya etishning to‘g‘ri yo‘l-yo‘riqlarini ko‘rsatadi. Yosh
avlodning ma’naviy qiyofasi, ularning xatti-harakati, xulq-atvori dastlab oilaviy munosabat
madaniyatida shakllanadi. Tarixiy ma’lumotlar oilaviy munosabatlar madaniyati sharq
xalqlarida juda qadimdan rivojlangan ijtimoiy voqelik ekanligini ko‘rsatadi. Qadimgi
xalqlardan qolgan asarlarda, muqaddas diniy manbalarda, o‘zbek xalqining og‘zaki ijod
durdonalarida, sharqning buyuk mutafakkirlari asarlarida sharq xalqlari, xususan o‘zbek
xalqiga xos oilaviy shaxslararo munosabatlarda namoyon bo‘ladigan odob-axloq qoidalari,
me’yorlari, insoniy fazilatlari to‘gʻrisida qimmatli ma’lumotlarni uchratish mumkin.
Bugungi globallashuv sharoitida o‘sib kelayotgan yosh avlodda oilaviy munosabatlar haqida
to‘g‘ri tasavvurni shakllantirish, ajdodlardan yetib kelayotgan oilaviy an’analarga,
qadriyatlarga munosib javob qaytarish ko‘nikmalarini vujudga keltirish orqali, hozirgi kun
uchun muhim muammo sanalgan oilaviy ajrimlarning oldini olish mumkin, degan xulosaga
kelish o‘rinlidir. Bu borada Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev
“Oila men uchun muqaddas.
Muqaddasligi shuki, avvalambor qaerda ishlashidan qat’i nazar, kim bo‘lishidan qat’i nazar
agar oilada tarbiya, oilada muhit, oilada halollik, munosabat, tarbiyaga alohida e’tibor bermasa,
hech qachon natija bo‘lmaydi. Shuning uchun men farzandlarimning tarbiyasiga juda katta
e’tibor beraman. Har bir farzandimga ham, nevaramga ham alohida o‘zimning munosabatim
bor. Har bir nevaramning alohida xarakterini bilaman, orzusini, istagini bilaman. Odam
baxtliman deyishga qanchalik haqqi bor? Agar oilang bilan sen baxtli bo‘lsang, baxtliman
deyishga haqqing bor. Faqat oilam emas, xalqim baxtli bo‘lsa men o‘zimni baxtli deb bilaman”
deb ta’kidlagani bejiz emas.
Oila inson uchun muqaddas maskan, kishilik jamiyatining ijtimoiy poydevoridir. Oilaviy
turmushning asosiy maqsadi - farzand ko‘rish orqali avlodlar bilan ajdodlar vorisligi va
davomiyligini hamda yer yuzida insoniyat tarixiy taraqiyotini ta’minlashdan iboratdir.
MATERIAL VA USLUBLAR
Respublikamizda yoshlarga ta’lim va tarbiya berish tizimi takomillashtirildi, o‘quvchilarga
sifatli ta’lim berish, ular egallashi zarur bo‘lgan kompetensiyalarning, bilimlarni baholashning
me’yoriy asoslari yaratildi, moddiy texnika bazasi rivojlantirildi. “Biz uchun o‘z dolzarbligi va
ahamiyatini hech qachon yo‘qotmaydigan muhim masalalardan biri bu – farzandlarimizni
mustaqil fikrli, zamonaviy bilim va kasbhunarlarni egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga
1
https://www.gazeta.uz/oz/2018/07/25/prezident/.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash vazifasi”
– ustuvor etib belgilangan.
Bu borada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida oilaviy munosabatlar haqida tasavvurni
shakllantirishda jins farqlarini hamda oilaviy muhitning ta’sirini aniqlash imkoniyatlari
kengayadi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, barkamol avlodda oila, oilaviy
munosabatlar haqida to‘g‘ri, ijobiy tasavvurlarni shakllantirish, ularda oilaga hurmat, ota-
onaga ehtirom kabi sifatlarni tarbiyalash uchun ularning oila haqidagi fikrlarini o‘rganish,
tasavvur tizimini oilaviy munosabatlarga to‘g‘ri yo‘naltirish orqali kelajakda mustahkam oila
va baxtli turmush tarziga ruhan, ma’nan va jismonan tayyor shaxslar qilib yetishtirish mumkin.
Bola oila timsolida jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy qiyofasini ko‘radi, jamiyat talablari
mohiyatini ilk bora shu kichik jamoa orasida, oilaviy munosabatlarni tashkil etish jarayonida
anglaydi.
Oilaviy munosabatlar – ota-onalar yoki bolaning kamoloti uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar
(buva-buvilar) hamda farzandlar o‘rtasida turli yo‘nalishlarda tashkil etiluvchi munosabatlardir.
Oilaviy munosabatlar farzandlarning aqliy, ruhiy kamolotini ta’minlab, ota-onalarda o‘ziga hos
faollikni ham yuzaga keltiradi. Xususan, farzandlarning bevosita ta’siri tufayli ularning
qiziqish hamda faoliyatlari doirasi kengayadi, o‘zaro aloqalari mazmunan boyib boradi, real
hayot mohiyatini chuqurroq anglash, ya’ni, farzandlar kamoloti, kelajagi timsolida o‘z umri
davomiyligini kurish holati ro‘y beradi.
Oila va oila ichidagi munosabatlar muammolari doimo dolzarb bo‘lib kelgan va
tadqiqotchilarda qiziqish uyg‘otgan. Ammo, ehtimol, so‘nggi yillarda zamonaviy oilaning
inqirozli holati bilan bog‘liq holda oilaviy hayot masalalariga alohida qiziqish paydo bo‘ldi.
Tadqiqotlarning aksariyati oila hayotining iqtisodiy, ijtimoiy va pedagogik jihatlarini tahlil
qilishga bag‘ishlangan. Farzand tarbiyasi, shaxs kamoloti, kattalar va bolalar farovonligi bilan
bog‘liq ko‘plab masalalarni oilaga tayanmasdan hal qilib bo‘lmaydi. Bola shaxsini
shakllantirishda oilaning fundamental ahamiyati va ajralmasligi foydasiga ko‘plab faktlar
aniqlangan. Zamonaviy tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra (V. M. Tseluiko, A. I. Zaxarov, G. G.
Filippova va boshqalar), oila o‘zining an’anaviy funksiyalarini yo‘qotib, hissiy aloqa
institutiga, o‘ziga xos "psixologik panoh" ga aylanadi.
Oila ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq holda o‘zgarishlarni boshdan
kechirmoqda. Oilaning tabiiy asosini oila ichidagi munosabatlar tashkil etadi, ular ma’lum
ma’noda birlamchi hisoblanadi. Biroq, bolaning nafaqat kattalarni, balki tengdoshlarini ham
o‘z ichiga olgan ijtimoiy muhitini e’tiborsiz qoldirmaslik kerak. Hozirgi vaqtda
psixologlarning aksariyati (V.M.Ivanova, S.V.Kovalev, V.K.Katirlo, I.V.Grebennikov va
boshqalar) bolaning aqliy rivojlanishida tengdoshlarining ahamiyatini e’tirof etadilar.
Tengdoshning bola hayotidagi ahamiyati egotsentrizmni engish chegarasidan ancha uzoqlashdi
va uning rivojlanishining eng xilma-xil sohalariga tarqaldi. Shu munosabat bilan ko‘plab
tadqiqotchilar
(E.G.Eydemiller,
V.I.Bezlyudnaya,
V.M.Ivanova,
A.I.Ostrouxova,
A.S.Spivakovskaya, E.Erikson, E.Bern va boshqalar) bolaning xulq-atvori oila ichidagi
munosabatlar va uning xususiyatlarini mustahkamlaydi, degan xulosaga kelishdi. boshqalar
bilan keyingi aloqalarida namuna bo‘lib, bolaning ijtimoiy mavqeiga sezilarli darajada ta’sir
qiladi, bu esa bolalar munosabatlarining xarakterini belgilaydi. Bu masala J. Bruner, M.
Yappov, K. Zan-Veksler, E. O. kabi taniqli xorijiy va rus olimlar Smirnova, I.A. Zaysina, T.V.
Guskova
maxalliy olimlarimizdan
G‘.B.Shoumarov, V.M.Karimova, Sh.R.Barotov,
N.S.Safaev, B.M.Umarov, M.M.Mamatov, X.M.Alimov, va boshqalar tomonidan o‘rganilgan.
Shunday qilib, oila ichidagi munosabatlarning nafaqat bolaning umumiy hissiy-ruhiy holati va
rivojlanishiga, balki birinchi navbatda bolaning tengdoshlari guruhidagi ijtimoiy mavqeiga
ta’sirini o‘rganish zarurati tobora dolzarb bo‘lib bormoqda.
2
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Т.: Oʻzbekiston.
2017. B. 103.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
V.M.Karimova (1987, 1994) o‘zbek yoshlarida oila to‘g‘risidagi ijtimoiy tasavvurlar
shakllanishi, o‘zbeklarning oilaviy psixologiyasining o‘ziga xos tomonlari haqida salmoqli
tadqiqot ishlarini olib borgan. Muallif tadqiqotlari davomida o‘zbek xalq og‘zaki ijodida, islom
dinining muqaddas manbalarida, sharq mutafakkirlari asarlarida, taniqli pedagog va psixolog
olimlar asarlarida nikoh va oila, oilaviy hayot muammolariga doir materiallarni izchil o‘rganib,
psixologik tahlillari asosida bir qator ilmiy g‘oyalarni ilgari surgan.
Muallifning fikricha, oilaviy-ijtimoy tasavvurlar murakkab va ko‘p komponentli psixologik
tizimlar bo‘lib, ularning tarkibiga oilaning umumiy qadriyatlari, shaxslararo munosabatlarga
xos tasavvurlar, erkak va ayol fazilatlari, ularning oilaviy munosabatlardagi o‘rni va ahamiyati
to‘g‘risidagi, oilaviy rollar va ularni amalga oshiruvchi ijtimoiy ustanovkalar, reproduktiv
tasavvurlar va boshqa ijtimoiy-psixologik tushunchalar kiradi.
Oilaviy-ijtimoiy tasavvurlar asosan shaxs ijtimoiylashuvining dastlabki davridanoq shakllana
boshlaydi va uning o‘zgarishida ijtimoiy-psixologik omillar, ta’lim-tarbiya, oila muhiti, milliy-
ma’naviy va axloqiy qadriyatlar, shaxsning muloqot muhiti va shaxsiy faolligi muhim rol
o‘ynaydi. Oilaviy-ijtimoiy tasavvurlar har bir oila a’zosining bilish tizimida shakllangan ong
tarkiblaridan iborat bo‘lib, shaxsning ijtimoiy va individual tajribasi sifatida uning oilaviy
hayotga tayyorligini ta’minlaydi.
V.M.Karimova tadqiqotlarida oilaviy ijtimoiy tasavvurlar shakllanishida bola shakllanayotgan
oila va undagi o‘zaro munosabatlar xarakteri muhim ahamiyat kasb etishi, ya’ni oilaning katta
yoki kichikligi, to‘liq yoki noto‘liqligi, undagi rollar, jinsiy o‘zaro munosabatlar haqida va
reproduktiv tasavvurlar xarakterini belgilashi va shaxsiy ijtimoiy ustanovkalar yo‘nalishida aks
etishi aniqlangan.
Oiladagi o‘zaro munosabatlarning asosini tashkil etgan oilaviy rollarga oid tasavvurlar va
ularning differensiatsiyasi o‘zining yosh, hududiy va jinsiy xususiyatlariga ega bo‘lib, ular
avvalo har bir oilaning ruhiy ma’naviy muhiti, u yerdagi milliy qadriyatlar, an’analar, rasm-
rusumlar qanchalik saqlanib qolganligiga ham bog‘liqligi asoslangan. Muallif nikoh
yoshigacha bo‘lgan yoshlar bilan oilali er-xotinlarning oilaviy ijtimoiy tasavvurlari o‘rtasidagi
asosiy farqlarni psixologik nuqtai nazardan tahlil qilib, uning sabablarini ko‘rsatib o‘tgan.
Biz tomondan olib borilgan tadqiqotda
“Oila rasmi” proyektiv metodikasi orqali, bolaning
shaxslararo munosabatlar hamda uning oilaviy munosabatlarni idrok qilish sohasini tadqiq
qilishga harakat qildik.
Biz maqolada Eston psixologi G.Xomentaukas tomonidan ishlab chiqilgan «Oila rasmi» testi
orqali bolaning shaxslararo munosabatlar hamda uning oilaviy munosabatlarni idrok qilish
sohasini tadqiq qilishga harakat qildik.
NATIJA VA MUHOKAMA
Tadqiqotimizda jami 108 nafar oʻsmir yoshdagi oʻquvchilar ishtirok etgan. Sinaluvchilarning
yoshga koʻra 7 yoshdan 11 yoshgacha boʻlgan oʻquvchilarni tashkil etgan. Biz tomonimizdan olib
borilgan tadqiqotda respondntlarning 29 nafari 7 yoshni, 17 nafari 8 yoshni, 16 nafari 9 yoshni, 23
nafari 10 yoshni, 23 nafari 11 yoshni tashkil etdi.
Tavsiflovchi statistika
1-jadval
Koʻrsatkichla
N
Mini
mal
Maksimal
qiymat
Oʻrta
cha
Standart
ogʻish
Assim
etriya
Eks
ess
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
r
qiym
at
qiyma
t
Onaga
bo'lgan
munosabat
108
6,00
12,00
8,5926
1,66344
,698
-
,342
Otaga
bo'lgan
munosabat
108
3,00
11,00
7,5278
2,08447
-,207
-
,526
Ota-onaga,
oilaviy juftga
bo'lgan
munosabat
108
,00
9,00
5,8981
1,79792
-1,142
1,63
0
Aka-
ukaga,opa-
singilga
bo'lgan
munosabat
108
2,00
8,00
5,3796
1,15781
-,198
-
,524
Buvi-buvaga
bo'lgan
munosabat
108
,00
8,00
4,2407
1,53386
-,621
1,33
0
Do'stga
bo'lgan
munosabat
108
,00
7,00
4,3333
1,60023
-,897
,846
O'qituvchiga
bo'lgan
munosabat
108
,00
8,00
3,7870
1,73502
,007
-
,177
Qiziquvchanl
ik darajasi
108
2,00
10,00
7,5463
1,83621
-1,104
1,15
9
Hukmronlikk
a intilish
108
1,00
9,00
5,3426
1,78342
-,633
,084
Muloqotchan
lik
108
1,00
7,00
4,6667
1,21517
-,509
,157
O'zini chetga
tortish
108
1,00
11,00
3,4167
1,40842
2,024
8,28
1
Xulq-
atvorning
ijtimoiy
o'xshashlik
darajasi
108
2,00
7,00
3,6019
1,02255
,494
1,47
3
Tadqiqotimiz davomida maʻlum boʻlishicha, onaga boʻlgan munosabat shkalasi boʻyicha minimal
qiymat 6.00 ballni, maksimal qiymat koʻrsatkichi 12.00 ballni, oʻrtacha qiymat koʻrsatkichi
8,5926 ni, standart ogʻish koʻrsatkichi 1,66344ni tashkil etdi. 8,5926±1,66344. Assimetriya
koʻrsatkichi (A=0,698)ni, eksess koʻrsatkichi (E=-0,342)ni tashkil etganligini koʻrishimiz mumkin.
Otaga boʻlgan munosabat shkalasi boʻyicha minimal qiymat 3.00 ballni, maksimal qiymat
koʻrsatkichi 11.00 ballni, oʻrtacha qiymat koʻrsatkichi 7,5278 ni, standart ogʻish koʻrsatkichi
2,08447 ni tashkil etdi.7,5278±2,08447. Assimetriya koʻrsatkichi (A=-0,207)ni, eksess
koʻrsatkichi (E=-0,526)ni tashkil etganligini koʻrishimiz mumkin. Ota-onaga, oilaviy juftga
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
bo'lgan munosabat shkalasi boʻyicha minimal qiymat 0.00 ballni, maksimal qiymat koʻrsatkichi
9.00 ballni, oʻrtacha qiymat koʻrsatkichi 5,8981 ni, standart ogʻish koʻrsatkichi 1,79792 ni tashkil
etdi. 5,8981±1,79792. Assimetriya koʻrsatkichi (A=-1,142)ni, eksess koʻrsatkichi (E=1,630)ni
tashkil etganligini koʻrishimiz mumkin. Aka-ukaga, opa-singilga bo'lgan munosabat shkalasi
boʻyicha minimal qiymat 2.00 ballni, maksimal qiymat koʻrsatkichi 8.00 ballni, oʻrtacha qiymat
koʻrsatkichi 5,3796 ni, standart ogʻish koʻrsatkichi 1,15781ni tashkil etdi. 5,3796±1,15781.
Assimetriya koʻrsatkichi (A=-,198)ni, eksess koʻrsatkichi (E=-0,524)ni tashkil etganligini
koʻrishimiz mumkin. Buvi-buvaga bo'lgan munosabat shkalasi boʻyicha minimal qiymat 0.00
ballni, maksimal qiymat koʻrsatkichi 8.00 ballni, oʻrtacha qiymat koʻrsatkichi 4,2407 ni, standart
ogʻish koʻrsatkichi 1,53386 ni tashkil etdi. 4,2407±1,53386. Assimetriya koʻrsatkichi (A=-
0,621)ni, eksess koʻrsatkichi (E=1,330)ni tashkil etganligini koʻrishimiz mumkin. Do'stga bo'lgan
munosabat shkalasi boʻyicha minimal qiymat 0.00 ballni, maksimal qiymat koʻrsatkichi 7.00
ballni, oʻrtacha qiymat koʻrsatkichi 4,3333 ni, standart ogʻish koʻrsatkichi 1,60023ni tashkil etdi.
4,3333±1,60023. Assimetriya koʻrsatkichi (A=-0,897)ni, eksess koʻrsatkichi (E=0,846)ni tashkil
etganligini koʻrishimiz mumkin. O'qituvchiga bo'lgan munosabat shkalasi boʻyicha minimal
qiymat 0.00 ballni, maksimal qiymat koʻrsatkichi 8.00 ballni, oʻrtacha qiymat koʻrsatkichi
3,7870ni, standart ogʻish koʻrsatkichi 1,73502 ni tashkil etdi. 3,7870±1,73502. Assimetriya
koʻrsatkichi (A=0,007)ni, eksess koʻrsatkichi (E=-0,177)ni tashkil etganligini koʻrishimiz mumkin.
Qiziquvchanlik darajasi shkalasi boʻyicha minimal qiymat 2.00 ballni, maksimal qiymat
koʻrsatkichi 10.00 ballni, oʻrtacha qiymat koʻrsatkichi 7,5463ni, standart ogʻish koʻrsatkichi
1,83621ni tashkil etdi. 7,5463±1,83621. Assimetriya koʻrsatkichi (A=-1,104)ni, eksess
koʻrsatkichi (E=1,159)ni tashkil etganligini koʻrishimiz mumkin. Hukmronlikka intilish shkalasi
boʻyicha minimal qiymat 1.00 ballni, maksimal qiymat koʻrsatkichi 9.00 ballni, oʻrtacha qiymat
koʻrsatkichi 5,3426ni, standart ogʻish koʻrsatkichi 1,78342ni tashkil etdi. 5,3426±1,78342.
Assimetriya koʻrsatkichi (A=-0,633)ni, eksess koʻrsatkichi (E=0,084)ni tashkil etganligini
koʻrishimiz mumkin. Muloqotchanlik shkalasi boʻyicha minimal qiymat 1.00 ballni, maksimal
qiymat koʻrsatkichi 7.00 ballni, oʻrtacha qiymat koʻrsatkichi 4,6667 ni, standart ogʻish
koʻrsatkichi 1,21517 ni tashkil etdi.4,6667±1,21517. Assimetriya koʻrsatkichi (A=-0,509)ni,
eksess koʻrsatkichi (E=0,157)ni tashkil etganligini koʻrishimiz mumkin. O'zini chetga tortish
shkalasi boʻyicha minimal qiymat 1.00 ballni, maksimal qiymat koʻrsatkichi 11.00 ballni, oʻrtacha
qiymat koʻrsatkichi 3,4167 ni, standart ogʻish koʻrsatkichi 1,40842 ni tashkil etdi. 3,4167±1,40842.
Assimetriya koʻrsatkichi (A=2,024)ni, eksess koʻrsatkichi (E=8,281)ni tashkil etganligini
koʻrishimiz mumkin. Xulq-atvorning ijtimoiy o'xshashlik darajasi shkalasi boʻyicha minimal
qiymat 1.00 ballni, maksimal qiymat koʻrsatkichi 11.00 ballni, oʻrtacha qiymat koʻrsatkichi
3,6019 ni, standart ogʻish koʻrsatkichi 1,02255ni tashkil etdi. 3,6019±1,02255. Assimetriya
koʻrsatkichi (A=0,494)ni, eksess koʻrsatkichi (E=1,473)ni tashkil etganligini koʻrishimiz mumkin.
Maktab o‘quvchilarining oila haqidagi g‘oyalarini shakllantirish jarayonini o‘rganish E.K.
Vasileva, N.I. Demidova, S.I. Ochlik, A.G. Xarchevlarning bir qator asarlarida o‘z aksini
topgan.. Ushbu olimlarning ishlarida bu g‘oyalar noaniqlik va to‘liqlik, nomuvofiqlik va
shubhalilik bilan ajralib turishi, bu yoshdagi bolalar xayolparastlik qilishlari va ko‘pincha
oilaviy munosabatlar haqida noto‘g‘ri fikrlarga ega bo‘lishlari aniqlangan.
Oilada bolaning farovonligi, sog‘lom shaxsni tarbiyalash uchun sharoit yaratish oilaning eng
muhim vazifalaridan biridir. Buning uchun bolalar dunyoqarashining quyidagi muhim
xususiyatlarini hisobga olish kerak:
1.Bolaning o‘zi oilani va undagi o‘zini anglaydi, uning xatti-harakatlarini, oilaga va o‘ziga
bo‘lgan munosabatini belgilaydi, u shunchaki ta’lim mahsuli emas. Ma’lum darajada, bola
o‘zini tarbiyalovchi hisoblanadi.
2.Bolalar o‘zlarining cheklangan tajribasi, o‘ziga xos fikrlashlari tufayli atrofida sodir
bo‘layotgan narsalarni boshqacha qabul qiladilar va baholaydilar. Ularning xulq-atvorini, his-
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
tuyg‘ularini, kechinmalarini tushunish va dunyoga faqat ularning ko‘zlari bilan qarash orqali
yordam berish mumkin.
3.Bolalarga nafaqat bizning qasddan ta’sir qilishimiz, balki ota-onalarning xatti-harakatlarining
barcha xususiyatlari teng yoki hatto ko‘proq darajada ta’sir qiladi.
Oila, shuningdek, quyidagi g‘oyalarga asoslangan oilaviy tarbiya tamoyillari tizimini qurishi
kerak :
•bolalar yaxshi niyat, sevgi va baxt muhitida o‘sishi va tarbiyalanishi kerak; - ota-onalar o‘z
farzandini qanday bo‘lsa, shunday tushunishi va qabul qilishi, undagi eng yaxshi fazilatlarni
rivojlantirishga hissa qo‘shishi kerak;
•tarbiyaviy ta’sirlar yosh, jins va individual xususiyatlarni hisobga olgan holda qurilishi kerak;
•shaxsga samimiy, chuqur hurmat va unga bo‘lgan yuksak talabning dialektik birligi oilaviy
tarbiyaning asosi bo‘lishi kerak; - ota-onalarning o‘zlari shaxsi
•bolalar uchun ideal namuna;
•ta’lim bolaning ijobiy resurslariga asoslangan bo‘lishi kerak;
•optimizm oiladagi bolalar bilan muloqot qilish uslubi va ohangining asosidir.
Shunday qilib, oila bolaning shaxsiyatini rivojlantirishga eng muhim ta’sir ko‘rsatadi, bu ham
ijobiy, ham salbiy bo‘lishi mumkin.
Hamma narsa oilaning turiga, unda to‘g‘ri tarbiyalash uchun zarur bo‘lgan muayyan shart-
sharoitlarning mavjudligi yoki yo‘qligiga, ota-ona va bola munosabatlarining tabiatiga
bog‘liq.Bu hissiy jihatdan jozibali kattalar - ota-onalarga yo‘naltirilganlik bolaning oila
haqidagi g‘oyalarning zarur mazmunini o‘zlashtirishiga hissa qo‘shadi; oiladagi xulq-atvor
namunalarini takrorlashga intilishda rag‘batga aylanadi.
Bularning barchasini hisobga olgan holda, biz yosh o‘quvchilarda oila haqidagi g‘oyalarni
shakllantirish tamoyillarini shakllantiramiz:
1)Pozitivizm tamoyili ijobiy misollarda oilaning jozibali g‘oyasini shakllantirishda amalga
oshiriladi.
2)Gumanizm tamoyili ota-onalar ham, bolalar ham oila haqidagi g‘oyalarni shakllantirish
jarayonida ishtirok etganda va ularga his-tuyg‘ular va fikrlarning namoyon bo‘lishida teng
ravishda erkinlik va mustaqillik berilganda, bola bilan muloqot va o‘zaro munosabatlarning
maqbul modelini tanlashni o‘z ichiga oladi.
Ushbu tamoyilni qo‘llash bolada oilaviy
qadriyatlarni shakllantirish va uning kelajakdagi oilasi qiyofasini aniqlashtirishni anglatadi.
3)Faoliyat tamoyili ota-onalarning oila haqidagi tushunchalarini faoliyat asosida etkazishni o‘z
ichiga oladi. Birgalikdagi faoliyat jarayonida maktabgacha tarbiyachining oila haqidagi
g‘oyalari aniqlashtiriladi.
4)Yaxlitlik prinsipi bola atrofidagi dunyoni va undagi bunday hodisani oila sifatida yaxlit idrok
etishni nazarda tutadi. Bundan tashqari, bu bolaning oila dunyosi bilan birlik darajasini
ko‘rsatishga yordam beradi.
XULOSA
Oila haqidagi g‘oyalarni shakllantirishda o‘qituvchilar va ota-onalar oldida quyidagi vazifalar
turibdi:
1.Pedagogik ta’lim doirasida birgalikda tasdiqlangan sa’y-harakatlar bilan bolalarda oila
haqida aniq g‘oyalarni shakllantirish va shu asosda - oilaviy munosabatlar bo‘yicha o‘zlarining
ijobiy pozitsiyasini shakllantirish;
2.Bolalarda oila dunyosini o‘zlashtirishda ota-onalari bilan birgalikda harakat qilish istagining
barcha turlarini ko‘rsatish;
3.Bolalarni o‘qituvchilar va ota-onalarning yordami bilan oila tajribasini tushunish uchun
harakat qilish usullarini o‘rgatish.
Hozirgi vaqtda oilaning o‘zi tarbiyalash vositalari bilan bolalarni kelajakdagi oilaviy hayotga
tayyorlashning an’anaviy va tabiiy mexanizmini sezilarli darajada buzish holatlari mavjud.
Bolaning shaxsiy rivojlanishiga, uning ijtimoiy hayot me’yorlari, shu jumladan oilaviy
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
munosabatlar haqidagi g‘oyalarini shakllantirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan asosiy omillar
orasida, birinchi navbatda, oila madaniyatining yo‘qolishi va ota-onalarning xatti-
harakatlarining yo‘qolishi (bu ota yoki onaga bog‘liq emas). Shu sababli, maktab
o‘quvchilarining oila haqidagi g‘oyalarini shakllantirishga ota-onalarning ongli ta’siri masalasi
ayniqsa dolzarbdir .
Zamonaviy jamiyatning farovonligi faqat an’anaviy qadriyatlarni tiklash, shu jumladan oilaviy
turmush tarzini, oilaga hurmatli munosabatni targ‘ib qilish bilan bog‘liq holda namoyon
bo‘ladi.
Maktab o‘quvchilarida yosh xusususiyatiga, ijtimoiy ahvoliga va oilaviy turmush tarziga ko‘ra
oila haqida tasavvurlar farq qilib, bu ularning individual-psixologik xususiyatlarida, xulq-
atvorida, kognitiv sohasida va shaxslararo munosabatlarda yuzaga chiqadi. Turli sinf
o‘quvchilarida oilaviy munosabatlar haqida tasavvurlar xilma-xillik kasb etadi degan xulosaga
kelish mumkin.
Oilaviy munosabatlar farzandlarning aqliy, ruhiy kamolotini ta’minlab, ota-onalarda
o‘ziga hos faollikni ham yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin .
Oilaning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini bilish, ularga xos muammolarni o‘rganish,
oilaviy hayotda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan noxushliklarning oldini olish imkonini berishi
mumkin deb hisoblaymiz.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni
sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar
bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 18-
fevraldagi PF-5938-son Farmoni.
2. “O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil
etish to‘g‘risida” 2020-yil 18-fevraldagi PQ-4602-son qarori.
3. Шоумаров Ғ.Б. Оила психологияси: Академик лицей ва касбҳунар коллежлари
ўқувчилари учун /Ғ.Б. Шоумаров таҳрири остида. – Т.: “Шарқ”, 2000. – Б. 146-152.
4.
М.Файзиева, А.Жабборов. «Оилавий муносабатлар психологияси». «Янги аср авлоди»,
2007 йил.
5. Носкова М.В. Социально-психологические особенности родительско-детских
отношений в неполных отцовских семьях. Диссертация и автореферат на соискание
учёной степени кандидата психологических наук. – Москва, 2010.
6. Кильдюшова, П.Е., Валеева Р.А. К вопросу о формировании у младших
школьников ценностного отношения к семье // Современные проблемы
науки и образования. – 2015.
7. Эйдемиллер Э.Г., Добряков И.В., Никольская И.М. Семейный диагноз и семейная
психотерапия. Учебное пособие для врачей и психологов. – СПб.: Речь, 2003. - 336 с.
8. Эйдемиллер Э.Г., Юстицкас В. Ю. Психология и психотерапия семьи. 4 изд. – СПб.:
Питер, 2008. – 672 с.
