Авторы

  • Sabinabonu Muxaramova Zavqiddin qizi
    Buxoro davlat pedagogika instituti 2-Ped 22 guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.72117

Ключевые слова:

ta’lim tarbiya ekologiya ma’naviyat bilim axloq din organizm madaniyat falsafa jamiyat savodxonlik.

Аннотация

Maqolada Sharq xalqlari orasida yo‘lga qo‘yilgan ekologik tarbiya: ko‘chat va o‘simliklar ekib bo‘sh yerlarni ko‘kalamzorlashtirish, suv havzalarini iflos qilmaslik, hayvonlarga g‘amxo‘rlik qilish, tabiatning inson hayotidagi o‘rni, hamda Qomusiy olimlarimizning ekologik fikrlari bayon etilgan.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Buxoro davlat pedagogika instituti

Pedagogika va ijtimoy fanlar fakulteti

"Pedagogik ta'lim" kafedrasi, PhD,

Nusratov Anvar taqrizi ostida

Sabinabonu Muxaramova Zavqiddin qizi

Buxoro davlat pedagogika instituti 2-Ped 22 guruh

talabasi

Email:

sabinamuharramova@gmail.com

Telefon raqam:

+998934158999

SHARQ PEDAGOGIKASIDA EKOLOGIK TARBIYA MASALALARIDAGI

QARASHLAR XUSUSIDA

Annotatsiya:

Maqolada Sharq xalqlari orasida yo‘lga qo‘yilgan ekologik tarbiya: ko‘chat va

o‘simliklar ekib bo‘sh yerlarni ko‘kalamzorlashtirish, suv havzalarini iflos qilmaslik,

hayvonlarga g‘amxo‘rlik qilish, tabiatning inson hayotidagi o‘rni, hamda Qomusiy

olimlarimizning ekologik fikrlari bayon etilgan.

Kalit so‘zlar:

ta’lim, tarbiya, ekologiya, ma’naviyat, bilim, axloq, din, organizm, madaniyat,

falsafa, jamiyat, savodxonlik.

Аннотация:

В статье изложены экологическое воспитание среди народов Востока:

посадка саженцев и растений для озеленения пустующих земель, предотвращение

загрязнения водоемов, забота о животных, роль природы в жизни человека, а также

экологические взгляды наших великих ученых.

Ключевые слова:

образование, воспитание, экология, духовность, знания, мораль,

религия, организмы, культура, философия, общество, грамотность.

Annotation:

The article discusses ecological education among Eastern peoples: planting

saplings and plants to green barren lands, preventing water bodies from pollution, caring for

animals, the role of nature in human life, as well as the ecological views of our renowned

scholars.

Keywords

: education, upbringing, ecology, spirituality, knowledge, morality, religion,

organisms, culture, philosophy, society, literacy.

Kirish:

Tabiat o‘ziga xos murakkab tizim bo‘lib, inson va jamiyat uning hosilasidir. U tabiat

evaziga mavjud va rivojlanadi. Inson o‘z ehtiyojlarini tabiat hisobiga qondiradi. U tabiatdan havo,

suv, oziq-ovqat, mineral va yonilg‘i xomashyolarini oladi va o‘zining hayot faoliyati davomida

tabiatga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Insoniyat paydo bo‘lgan davrdan boshlab asosan hayot kechirish

uchun chorvachilik va dehqonchilik bilan shung‘ullangan. Mavsumlarga qarab yerga ishlov

berishgan. Hayvonlarni qo‘lga o‘rgatib ulardan go‘sht va sut mahsulotlari olish va yerlarga

ishlov berishda foydalanishgan. Bunday qimmatli ma’lumotlarni olimlarimiz moddiy va

ma’naviy ash’yolar asosida o‘rganib, fanga olib kirishgan . Moddiy ash’yolar: inson qo‘li bilan

yasalgan tosh qurollar va mehnat qurollari, bilakuzuk, taqinchoq, ko‘zalar va shu kabi

buyumlarni o‘z ichiga oladi. Ma’naviy ash’yolaga esa bugungi kunga qadar saqlanib qolgan

qoyatosh suratlari va yozuvlar, qo‘lyozma asarlarni o‘z ichiga oladi. Ularda dorivor o‘simliklar

va ularni parvarishlash usullari, hayvonlarga g‘amxo‘rlik qilish, ularni ko‘paytirish, suvni iflos

qilmaslik va atrof-muhitni toza tutish kabi nafaqat qadimgi davr uchun balki bugungi kun uchun

ham qimmat bo‘lgan ta’limiy-tarbiyaviy va ekologik ma’lumotlar berilgan. Qomusiy olim Abu

Nasr Farobiy " Baxt‐ saodatga erishuv to‘g‘risida" asarida ta’lim va tarbiyaga birinchi bo‘lib

ta’rif beradi. Ta’lim– so‘z va o‘rgatish asosida nazariy bilim berish; Tatbiya– inson uchun zarur


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

bo‘lgan axloqiy normalarni o‘rgatishdir, deydi olim[1;109]. "Ekologiya" atamasiga birinchi

bo‘lib nemis olimi E. Gekkel "organizlarning atrof-muhit bilan munosabati", deb ta’rif bergan.

Materiallar va uslublar:

Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo‘lgan "Avesto"

xaIqimizning bebaho mulki sanaladi. Bu nodir kitob bundan o‘ttiz asr muqaddam shu zaminda

yashagan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma’naviy tarixiy merosidir. «Avesto», ayni

zamonda, bu qadim o‘Ikada buyuk davlat, yuksak ma’naviyat va madaniyat bo‘lganligidan

guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdir. «Avesto» tabiat, jamiyat va inson o‘rtasidagi munosabatlarni

ma’naviy, ruhiy va axloqiy mezonlar orqali uyg‘unlashtiruvchi, kishini qurshab olgan olamni

o‘rganishga chorlovchi falsafadir. «Avesto»da noyob dorivor giyohlar haqida qimmatli

ma’lumotlar mavjud. Bundan tashqari, uyjoy, atrof–muhit, tabiatni muhofaza qilish, uni asrash

to‘g‘risida tavsiyalar berilgan. Jumladan: "Zardushtiylik ta’limotida 15 yosh balog‘at yoshi

sanalgan. O‘smirlar balog‘at yoshiga yetganda unga Zardush qonunlari– falsafa, axloq-odob

qoidalari va axloqiy yo‘riqlar mazmuni o‘rgatilgan. O‘smirlarning xudojo‘y, mehnatkash,

adolatli bo‘lib voyaga yetishlari, o‘y-niyat, so‘z va ishida halollikka tayanishlariga alohida

e’tibor berilgan. Bolalarga ularning yoshligidanoq ko‘chat o‘tqazish, daraxtlarni parvarish qilish,

uy-ro‘zg‘or buyumlarini yasash, yerga ishlov berish hamda chorva mollarini boqish borasidagi

bilimlar berilib, amaliy ko‘nikmalarning hosil bo‘lishiga alohida e’tibor qaratilgan. Diniy

g‘oyalarga ko‘ra Zardushtiylikda suv, havo, tuproq hamda quyosh muqaddas sanalgan. Shuning

uchun ham ular suv havzalariga hayvonlar o‘ligini tashlamaganlar, agarda biror jonzot o‘ligi

tushgan bo‘lsa suv havzasini bir necha bor yomg‘ir yoki daryo suvlari bilan to‘ldirib chiqarib

tashlashgan"[2;28]. Bu ishlar atrof-muhitni asrash va odamlar orasida turli xil kasalliklarni kelib

chiqishini oldini olish uchun qo‘llanilgan.

Islom dinida ham atrof-muhitni asrash bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berilgan. Unda har bir musulmon

atrofga ibrat nazari bilan qaramog‘i va tabiatga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lmog‘i

lozimligi uqtiriladi.

Alloh taolo "Qur’on"ning «Abasa» surasi 24-32-oyatlarida shunday marhamat qiladi:

«Endi inson o‘zining taomiga (ibrat ko‘zi bilan) boqsin! Biz (osmondan) suvni mo‘l yog‘dirdik.

So‘ngra Biz unda donlarni undirdik, uzum va ko‘katlarni, zaytun va xurmolarni, qalin daraxtzor

bog‘larni meva–yu giyohlarni ham. Bular sizlar uchun va chorva hayvonlaringiz uchun

manfaatdir»

Demak, barchamiz o‘zimiz yashab turgan joylarga, mahalla-ko‘ylarga turli daraxt ko‘chatlarni

ekib obod qilsak, bundan nafaqat insonlar, balki hayvonlar va qushlar ham manfaat topadi.

Hadisi sharifda aytilishicha, ekilgan har bir daraxtning aytayotgan tasbehi, o‘sha daraxtni ekkan

kishining nomai a’moliga yoziladi hamda uning mevasidan boshqalar yesa yoki soyasida o‘tirsa

ekkan kishining amal daftariga sadaqa savobi yozib qo‘yiladi. Mo‘min kishiga vafotida keyin

ham bu amallarining savobi tegib turadi.

O‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda yashab ijod etgan olimlardan Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr

Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqa olimlarimiz tabiat fanlarini

riojlanishiga katta hissa qo‘shganlar. Ular hali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrda tabiat va

undagi mufozanat, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tabiatni e’zozlash xaqidagi qimmatli fikrlarni

aytganlar. "Buyuk alloma Muhammad Muso al-Xorazmiy 847-yilda “Kitob sur’at al-arz” nomli

asarini yozgan. Unda dunyo okeanlari, quruqlikdagi qit’alar, qutblar, ekvatorlar, cho‘llar, tog‘lar,

daryo va dengizlar, ko‘llar, o‘rmonlar va undagi o‘simlik va hayvonot dunyosi, shundaydek,

boshqa tabiiy resurslar – Yerning asosiy boyliklari haqida ma’lumotlar berilgan[3;2].


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Dunyoda okeanlar va yer sharining aylana ekanligi nazariyasini birinchi bo‘lib fanga kiritgan

Qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy o‘zining "Minerologiya", "Saydana", "Hindiston" va boshqa

asarlarida o‘simliklar va hayvonlar haqidagi ma’lumotlarni va atrof-muhitni muhofaza qilish

bo‘yicha o‘zining qimmatli fikrlarini yozib qoldirgan. Abu Rayhon Beruniyning– "Agar insonlar

tabiatga nisbatan zo‘ravonlik qilib, uning qonunlarini qo‘pollik bilan buzsalar, bir kun kelib

tabiat ularni boshiga shunday kulfat solishi mumkinki, buni hech qanday kuch qaytara

olmas"[4;2] degan g‘oyani ilgari surgangan.

Yer yuzida aholi sonining keskin o‘sib borishi, fan va texnikaning shiddatli taraqqiyoti,

mamlakatlar hududida tabiiy resurslarning bir tekis tarqalmaganligi mavjud tabiiy resurslardan

imkon qadar ko‘proq foydalanish va shu yo‘l bilan jamiyat taraqqiyotini tezlatishni taqazo qiladi.

Natijada tabiat va inson o‘rtasidagi o‘zaro munosabat qonunlari buziladi. Bu qonunlarning

buzilishi esa ertami-kechmi ekologik inqirozga olib keladi. Hozirgi kunga kelib, butun

dunyodagi ekologik holat ko‘pchilikni birdek bezovta qilmoqda. Ekologik halokat ko‘z

o‘ngimizda dahshatli tus olmoqda. Atrof-muhitni muhofaza qilish va mavjud tabiiy resurslardan

samarali foydalanish masalalari dolzarbligicha qolmoqda. Hozirgi ekologik inqirozning

sababchisi va o‘z aqli zakovati bilan shu inqirozdan xoli etuvchisi ham inson ekanligi ma’lum

bo‘lib qoldi. Atrof-muhitni ifloslanishdan saqlash, tabiiy boyliklardan tejab-tergab foydalanish

ko‘p jihatdan insonlar qaysi jamiyatda yashashlaridan qat’iy nazar insonlarning ekologik

savodxonlik darajasiga va ekologik madaniyatiga bog‘liq. Mustaqil respublikamizdagi ekologik

muammolarni hal qilish uchun aholining ekologik savodxonligini oshirish eng ustuvor

vazifalardan hisoblanadi.

Natijalar va muhokamalar:

Sharq pedagogikasidagi ekologik tarbiya muhokamalari va

natijalari haqida gapirganda, sharq xalqlari tarixan tabiat bilan uyg'unlikda yashashni, uning

qonuniyatlarini o'rganishni va unga g'amxo'rlik qilishni muhim deb hisoblaganlar. Sharq

pedagogikasida ekologik tarbiya ko'pincha axloqiy, diniy va falsafiy qadriyatlarga tayangan.

Sharqning ko'plab xalqlari (islom, buddizm, hindizm, konfutsiylik) ekologiyani tabiatga nisbatan

axloqiy mas'uliyat sifatida ko'rganlar. Masalan, Islomda tabiatni muhofaza qilish va hayvonlarga

g'amxo'rlik qilish buyurilgan. Hindizmda esa tabiatning har bir elementi, jumladan o'simliklar va

hayvonlar, inson bilan uyg'unlikda yashashi kerakligi ta'kidlanadi. Bu nuqtai nazardan, ekologik

tarbiya diniy e'tiqodlar bilan chambarchas bog'liq. Sharq pedagogikasi ekologik tarbiyaga e'tibor

qaratishda tabiat bilan bevosita aloqada bo'lishni, amaliy mashg'ulotlar (masalan, o'simlik ekish,

hayvonlarga g'amxo'rlik qilish) orqali yoshlarni tarbiyalashni afzal ko'rgan. Bu, nafaqat tabiatni

sevish, balki unga nisbatan hurmatni oshirishga yordam beradi. Sharq pedagogikasida ekologik

tarbiya yoshlarni tabiatga nisbatan ongli munosabatda bo'lishga o'rgatadi. Tabiatning har bir

elementi muhimligini tushunish, odam va tabiatning o'zaro bog'liqligini anglash ekologik

mas'uliyatni oshiradi. Bu orqali yoshlar o'zlarining ekologik ta'sirini tushunib, atrof-muhitni

asrashga va uning holatini yaxshilashga intiladilar. Tabiatni hurmat qilish va uni muhofaza

qilishga bo'lgan yondashuv yoshlarni ekologik muammolarga diqqat bilan qarashga undaydi.

Xulosa:

Inson tabiatning tarkibiy qismi sifatida u bilan birgalikda yashaydi. Insondan o‘z

manfaatlari yo‘lida foydalanish jarayonida unga turli ta’sirlarni o‘tkazadi. Masalan, ozuqa va

xomashyo olish maqsadida ko‘plab maydonlarda o‘zi xohlagan ekinlarni yetishtiradi, yerlarni

haydaydi, sug‘oradi yoki turli sanoat ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish uchun konlar

ochadi. Insonning bunday ishlab chiqarish faoliyatlari turlarini sanab adog‘iga yetish qiyin.

Insonlar va ulardan tashkil topgan jamiyat mavjudligini taraqqiyotning moddiy negizi

hisoblangan tabiatsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Inson tabiat ne’matlaridan va kuchlaridan

foydalanuvchi hamda ularni boshqaruvchi kuch sifatida o‘zini namoyon qiladi. Insonlarning

tabiatga ta’siri boshqa tirik mavjudotlardan tubdan farq qiladi. Insondan boshqa barcha tirik

organizmlarning tabiatga ta’siri oddiy tabiiy jarayonlardan iborat bo‘lib, tabiat qonunlari orqali


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

boshqariladi va tabiatga kuchli ta’sir ko‘rsatmaydi. Insonlar esa ongi tufayli tabiatga sezilarli

ta’sir o‘tkaza oladi.

Foydalanilgan adabiyotlat:

1. K. Hoshimov, S. Nishonova, M. Imomova, R. Hasanov. Pedagogika tarixi. –Toshkent.:

"O‘qituvchi", 1996, –109 bet.

2. K. Hoshimov, S. Nishonova. Pedagogika tarixi. –Toshkent.: "Alisher Navoiy nomidagi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti", 2005, –28 bet.

3. D. Allabergenova. O‘rta Osiyolik allomalarning tabiat va ekalogiya haqidagi fikrlari.–

Toshkent. 2018,– 2 bet.

4. Sh. Ibragimova. Yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirishda buyuk alloma Abu Rayhon

Beruniyning qarashlari.– Farg‘ona. 2021, –2 bet.

Библиографические ссылки

K. Hoshimov, S. Nishonova, M. Imomova, R. Hasanov. Pedagogika tarixi. –Toshkent.: "O‘qituvchi", 1996, –109 bet.

K. Hoshimov, S. Nishonova. Pedagogika tarixi. –Toshkent.: "Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti", 2005, –28 bet.

D. Allabergenova. O‘rta Osiyolik allomalarning tabiat va ekalogiya haqidagi fikrlari.–Toshkent. 2018,– 2 bet.

Sh. Ibragimova. Yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirishda buyuk alloma Abu Rayhon Beruniyning qarashlari.– Farg‘ona. 2021, –2 bet.