JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Buxoro davlat universiteti O’zbek
adabiyoti kafedrasi professori,
filologiya fanlari doktori Axmedova
Shoira Ne’matovna taqrizi ostida
Nizomova Kamola Vohid qizi
BuxDU 1-kurs magistri
Email:
kamolanizomova46@gmail.com
TOSHPO’LAT AHMAD BAG’ISHLOVLARINING G‘OYAVIY-BADIIY
XUSUSIYATLARI
Annotatsiya:
Ushbu maqolada buxorolik shoir Toshpo’lat Ahmad ijodidagi bag’ishlovlar tahlil
qilindi. Ularni g’oyaviy-semantik guruhlarga bo’lib tasniflashgа, badiiyatini o’rganishga harakat
qildik. Zamonaviy adabiyotdagi bag’ishlovlarining ayrim nazariy xususiyatlarini shoir ijodi
misolida ko’rsatildi.
Kalit so’zlar:
bagishlov, mumtoz adabiyot, zamonaviy adabiyot, lirik tur, mazmun, shakl,
sarlavha, his-tuyg’u.
Kirish:
Adabiy tur va janrlar shakl va mohiyat kasb etgan holda uchga bo’lib o’rganilishi
ma’lum. Ularning har biri katta olam, bu olamda esa biz kashf etgan va kashf etmagan
yaratiliqlar bisyor. Buxorolik iste’dotli shoir Toshpo’lat Ahmad qalamiga mansub
bag’ishlovlarni mana shunday lirik yaratiliqlar safida ko’rsak bo’ladi. Biz ularga tadqiqotchi
nazari bilan tahlil qilishga kirishamiz
Materiallar va uslublar:
Bag’ishlovlar shoir shaxsiyati bilan uzviy bog’liq holda yuzaga
kelar ekan, ularni o’rganishdan oldin ijodkor hayotiga bir nazar tashlash o’rinli bo’ladi. Shoir
o’zi aytganidek, “II jahon urushining uchinchi yili yozning qizg’in pishiqshik kunlaridan birida
Shofirkon tumanining Denav qishlog’ida tug’ilganman”
. Maktabni kumush medal bilan
tamomlab, Samarqand dorilfuninida o’qigan shoir umrining qizg’in damlari aynan shu maskan
bilan bog’liq. Chunki Samarqandda Toshpo’lat Ahmad umriga tatigulik bilimlarni egalladi.
G’afur G’ulom, Mirtemir, Maqsud Shayxzoda, Said Ahmad, Asqad Muxtor, Sharof Rashidov,
Shuhrat singari mashhur o’zbek adiblari bilan ko’rishdi, ularning suhbatida bo’ldi. Shoir ilk
mashqlarini Toshkentga yuborganda ustoz Shuhratdan xat kelganini va uni sentabrda bo’lib
o’tadigan shoir va yozuvchilar seminariga taklif etganini eslaydi. Bu mashqlar katta ijodning
boshlanishi edi. Farzand sifatida o’z ona vatanini madh etgan Toshpo’lat Ahmad sermazmun va
sermahsul ijod qildi, juda ko’p insonlar bilan tanishdi, ayni paytda ularga bag’ishlab she’rlar ham
bitdi.
Natijalar va muhokamalar:
Toshpo’lat Ahmad tartib bergan kitoblarda bag’ishlovlarining
salmog’i anchagina. Biz tahlil qilmoqchi bo’lgan bag’ishlovlar ijodkorning “Umrim gulobi”,
“Imon qal’asi”, “Gavhari jonim” to’plamlaridan o’rin olgan.
Lirik turning bag’rida yuzlab janrlar yashaydi. Ularning ba’zilarida shakl ustuvorlik qilsa,
ba’zilarida mazmun asosiylik kasb etadi. Bag’ishlov mazmunga qarab belgilanadigan janrlarga
kiradi. Unda shoir g’oyasi mujassam, xoslik va atalganlik mavjud. Toshpo’lat Ahmad
bag’ishlovlarida ham bu jihatlar ko’zga tashlanadi. Shoir ilhom o’laroq she’r bitar ekan,
sarlavhadan so’ng zamona qahramonlari, dilga yaqinlarining nomlarini qayd etib qo’yadi. Biz
ularni atalganlik yuzasidan quyidagicha tasnifladik:
1
T.Ahmad. Izlaganim sensan, ona-Buxoro! Buxoro nashriyoti 2007-yil, 129-bet.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
1) oila a’zolariga bag’ishlangan bag’ishlovlar : “Baxtigul”(qizimga), “Gavhari jonim”(onasiga),
“Ming shukur…”(nevaram Orifjonga);
2) do’stlariga: “Bir oqshom zavqi” (do’stim Raxmatulloga), “Shahardan zerikkanda”(do’stim
Samandarga), “Mehrni mamlakat bilsak”(do’stim Shodmonga);
3) qardosh xalq vakillariga: “So’zlasin Fuzuliy bobom”(ozar xonandasi Zaynab Xonlarovaga),
“Ikki minora”(I.Kaipbergenov va I.Yusupov og’alarimga);
4) fan arboblariga: “Zanjirband sher” (S. Ayniy xotirasiga), “Posbon”(Shuhrat domlaga),
“Alpomish” (professor O.Safarovga), “Ildizlar” (urug’shunos Shodmonjon Mavlonovga);
5) xalq shoirlariga: sakkizliklar (A.Oripovga), “Rumiyga sig’ingil”(Jamol Kamolga),
“Tug’yoni bor…”(shoira Malika Mirzo qiziga);
6) turli kasb egalariga: “Saxovat”(dehqon Fayziyevga), “Toqi zargaron” (buxoroning zardo’z
qizlariga), “So’niq yulduzlar”(munajjim Ehsonga);
7) hayotdagi tanishlariga: “Kam ko’rdim”(M.Xolovga), “Shukrona” (S.Husenovga),
“Deydilar”(Sh.N.Davirovga).
Bag’ishlov atamasi bevosita mazmun bilan bog’liq holda o’rganilsada, u turli shakllarda
bo’lishi mumkin. Masalan, ijodkor o’zi yozgan qasidasini, marsiyasini, to’rtligini yoki butun
boshlik romanini ham kimgadir bag’ishlashi mumkin. Bu jihatdan ularning shakllari xilma-xil.
Toshpo’lat Ahmad bag’ishlovlarida ham mana shunday xilma-xillik ko’zga tashlanadi. Shoirning
-barmoq vaznidagi: “Baxtigul”(qiziga),
-sakkizlik shaklidagi: A.Oripovga,
-g’azal: “Bozor yo’li bor”(muarrix F.Qosimovga),
-doston: “Usta Hofiz va Shinavanda shoh”(O’lmas Rasulga) shaklidagi bag’ishlovlari mavjud.
Ularning barchasida qandaydir hayot haqiqati singdirilgan. Misralar o’quvchi so’zlashini kutmay,
o’zi so’zlayotgandek go’yo:
Nodonlar bilmaski,
Haqiqiy o’zbek
Bir o’zi yemaydi topgan nonini
Asal nima bo’pti, do’st-qardoshlik deb,
Qirq birda…tikkandi hatto jonini…(1,128)
O’zbekning o’zligi barchaga ma’lum, xalqimiz jahon urushlarida betakror jasorat va mardlik
ko’rsatgan, shoir esa o’zbekning qanaqaligini bilmaysanmi, unda 1941-yil voqealarini esla
deyapti. Bu parcha “Saxovat” she’ridan olingan bo’lib, sarlavhadan so’ng shoir “xalqimning chin
“Xotamtoy”i, shofirkonlik “Asal bola”-dehqon Fayziyevga bag’ishlayman” deya shoir
g’oyasining sababchisini eslaydi. Butun 4 band davomida saxovat so’zi, bu so’zning o’zbek
xalqiga qanchalar mos ekanligi ochib berilgan. “Saxovat” she’rida shoir barcha qofiyalar ustida
qattiq turmasa-da, uning ba’zi qofiyalari topib ishlatilgan jarangdorligi, ohangdorligi kuchli
bo’lgan baytlari ham mavjud.
O’lim-ku haq, hamma o’tadi,
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Lekin ona q olsa netadi?
Nahotki yer to’ymay ketadi?
Onajonim- ko’zda mujgonim,
Munisginam, obro’yim-shonim.(2,45)
“Gavhari jonim” nomli ushbu she’r Toshpo’lat Ahmadning onasiga bag’ishlangan, shoir
sarlavhadan so’ng “mehribon onam Qurbonoy Qo’chqor qizi xotirasiga” deb qayd qiladi o’z
maqsadini. She’rda ohangdorlik kuchli, bu ohangdorlikni qofiyalar ta’minlab bergan, 8 baytning
har biri 5qatordan tashkil topgan bo’lsa, har bir bayt o’z ichki qofiyalariga va bandlar ham o’z
qofiyadosh so’zlarga ega. 9 bo’g’inli barmoqda, 4+5 turoqlanishdagi she’r o’quvchiga ham
tushunarli. Ushbu she’riy na’muna boshqalardan o’ziga xos qofiyalarga egaligi, misralar tuzilishi,
ritm, xalqona ohangga egaligi bilan ajralib turadi.
Shoir bag’ishlovlarining ayrimlarida talmehlardan ya’ni tarixiy nomlar va joylardan unumli va
o’rinli foydalangan:
Bir tomon Erjon botir,
Bir yonda Manas tursin.
Bir tomon Go’ro’g’libek,
Bir yonda Avas tursin.
Avvalgiday o’rtada
O’zing oqsoqol bo’lgin.(1,149)
Bu she’r nomi “Alpomish” va u professor Oxunjon Safarovga atalgan. Mashhur professor
Oxunjon Safarovning fandagi xizmatlari beqiyos, olim umrining sarhisobi o’laroq yuzlab
kitoblar, minglab ilmiy maqolalar yozgan. Ustoz tashkil etgan ilmiy adabiyotshunoslik
maktabining davomchilari bugun ham bu yo’lni davom ettirishyapti. Olimning Alpomishga
mengzalishi besabab emas, “Alpomish” dostoni nafaqat o’zbek balki qardosh xalqlar uchun ham
qadrli. Baxshilar mahorati tekshirilganda, “Alpomish” dostonini kuylab berish soraladi. U ayni
paytda murakkab va boshdan oxir milliylik, qadriyat ildizlari bilan bog’liq. Oxunjon Safarov
ham folklorshunoslikda juda ko’p ilmiy tadqiqotlar olib brogan. Xalq dostonlarini, xalq og’zaki
ijodi namunalarini o’rgangan. Olimning Alpomishga nisbat berilishi ham shu sababdan.
Ramziylik va ko’chimlarni yana ko’plab she’rlarda kuzatish mumkin. “Ikki minora” she’rida
ham ramziylik mavjud. Bu she’rni ijodkor To’lapbergan Kaipbergenov va Ibrohim Yusupovlarga
bag’ishlaydi. Nomidan ham bilish mumkinki, ikki minora qoraqalpoqning mashhur ikki ijodkori:
Men ikki og’omning bo’yiga boqsam,
Esimga tushadi shahrim minori.
Bilsam: shular ekan qoraqalpoqning
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Amir minoriyu, ko’rkam chinori (2,30)
Toshpo’lat Ahmad bag’ishlovlarining ayrimlarida atalganlik yaqqol bilinib turmasa-da, ularda
shunday o’xshatishlar qo’llanilgan-ki, ular boshqa ijodkorlarda uchramaydi:
Hayot-ummondagi oltin bir kema,
Seno son yo’llarni aslo yo’l dema,
Unga ilashgaydir kim pok-beta’ma,
Rumiy etagin o’p-kulgay iqboling,
Ko’zni yumgil, ko’zga aylansin diling.(1,97)
Bu parcha “Rumiyga sig’ingil” she’ridan olingan bo’lib, u shoir Jamol Kamolga bag’ishlangan.
Unda shoir hech narsaga o’xshatilmaydi, ramziylik yo’q, lekin she’r g’oyasi chiroyli, unda
hayotni ummondagi oltin bir kemaga o’xshatilishidek topilmalar mavjud yoki
Quvonchmi, armonmi umr degani?
O’ylasang, bir o’rik pishig’iday gap,
Goh anglab yetasan ushbu dunyoni,
Goh esa o’tasan bag’ringni o’rtab. (1,143)
“Mehrni mamlakat bilsak…” sarlavhali she’rda olingan bu misralardagi shoir topilmasi-
umrning bir o’rik pishig’iga o’xshatilishi ya’ni juda qisqa sifatini shu ikki so’z mazmuniga
singdirilishi. Bu o’xshatilishlar shoir uslubining o’ziga xosligidan darak.
Zamonaviy adabiyotda bag’ishlovlar yangicha mazmun va shakl kasb etdi ya’ni mumtoz
adabiyotda debochalar tarkibida kelgan bag’ishlanmalar hozirda alohida ajralib chiqdi.
Adabiyotshunoslik terminlarining izohli lug’zatida bag’ishlovga uch xil ta’rif berilgan, ulardan
ikkinchisi va uchinchisi- zamonaviy adabiyot bag’ishlovlariga to’g’ri keladi. Ikkinchi ta’rif-
asarning muallif hurmati, e’zozi, minnatdorligi, muhabbati va hokazo tuyg’ular ifodasi sifatida
biron-bir shaxs, uning xotirasi, muayysan bir joy,muassasa, voqea-hodisa va shu kabilarga
bag’ishlanishi. Masalan, “Zanjirband she’r” (S.Ayniy xotirasiga). Uchinchi ta’rif- lirik janr,
biron-bir shaxsga murojaat shaklida yozilib, ko’proq uni ta’riflash, unga munosabatni
ifodalashga qaratilgan she’riy asar.
Bellinskiy lirik asarga shunday munosabat bildirgan: “Asarda his bor ekan, fikr bo’lishi
muqarrarligi ham juda tushunarli bir hol. Tabiiyki, his teran bo’lgan joyda fikr ham teran bo’ladi
va aksincha… Shoirning boshida tug’ilgan fikr, aytish mumkinki, uning jismiga turtki berib,
hayajonga soladi, qoniga o’t yoqib, ko’ksida tipirchilab uyg’onadi”.
She’r yaratilishi shoirda shu
yo’sinda kechsa, bag’ishlovlar yozilishiga sabab bo’lgan o’y-fikr va his-tuyg’u oddiy she’rga
2
D.Quronov va boshqalar.Adabiyotshunoslik lug’ati, Toshkent, Akademnashr-2013
3
J.Kamol. Lirik she’riyat.T., Fan-1980
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
nisbatan ancha kuchli. Bu his-tuyg’u masalasida ham mumtoz va zamonaviy bag’ishlovlarda
yuksalish borligiga guvoh bo’lamiz.
Xulosa.
Biz mustaqillik davri adabiyoti namunalaridan Toshpo’lat Ahmad qalamiga mansub
bag’ishlovlarni tahlil qilish jarayonida yuqoridagi jihatlar ko’zga tashlanishini ko’ramiz. Ular
zamonaviy bag’ishlovlarга xos o’ziga xosliklarga ega. Shoir bag’ishlovlarining ichida g’oya,
mazmun, shakl, badiiylik jihatdan ustuvorliklar bo’lsa-da, ularning ba’zilarida qofiyabozlikka,
shaklga e’tibor berilgan holatlar ham uchraydi. Shunday bo’lsa-da, Toshpo’lat Ahmad uslubi
o’ziga xos, qalami chiroyli. U shunchaki yozmaydi, u jo’shib, birovlarga ichi kuyib,
hamdardlikda, birov uchun quvonib, baxtli bo’lib, birovning xizmatlarini madh etib, go’zal
Turkiston, jannatmakin O’zbekiston farzandlaridan faxrlanib bag’ishlovlar bitganini ko’ramiz.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.Toshpo’lat Ahmad “Umrim gulobi” Toshkent, Navro’z-2013.
2.Toshpo’lat Ahmad “Gavhari jonim” A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti-2002.
3.Toshpo’lat Ahmad “Izlaganim sensan, ona-Buxoro!” Buxoro nashriyoti-2007.
4.Dilmurod Quronov va bosh. Adabiyotshunoslik lug’ati Toshkent, Akademnashr-2013
5.Jamol Kamol. Lirik she’riyat.T., Fan-1980
6.Hotam Umurov. Adabiyot nazariyasi Toshkent, Sharq-2002.
