Авторы

  • Qabulova Dilnoza Rustamovna
    Urganch davlat universiteti tayanch doktoranti, Oʻzbekiston,

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.72122

Ключевые слова:

ismlar ayol ismlari antroponimlar qimmatbaho tosh nomlari oʻzbek ismlari motiv mintaqaviy antroponimlar.

Аннотация

Ushbu maqolada tabiat bilan bogʻliq ismlar qatorida qimmatbaho toshlar nomi bilan bogʻliq ayol ismlarining lisoniy xususiyatlari haqida soʻz yuritilgan boʻlib, toshlarning goʻzalligi, jilosi, qimmatbaholigi motivi asosidagi, shuningdek, qimmatbaho metal nomlaridan yuzaga kelgan ayol ismlari semantik jihatdan tahlilga tortilgan.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

UrDU Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi

dotsenti, PhD

Alimova Shahnoza Maqsudovna

taqrizi ostida

Qabulova Dilnoza Rustamovna

Urganch davlat universiteti tayanch

doktoranti, Oʻzbekiston,

Email: dilnozarustamovna@urdu.uz

QIMMATBAHO TOSHLAR NOMI BILAN BOGʻLIQ AYOL ISMLARINING LISONIY

XUSUSIYATLARI

ANNOTATSIYA:

Ushbu maqolada tabiat bilan bogʻliq ismlar qatorida qimmatbaho toshlar

nomi bilan bogʻliq ayol ismlarining lisoniy xususiyatlari haqida soʻz yuritilgan boʻlib,

toshlarning goʻzalligi, jilosi, qimmatbaholigi motivi asosidagi, shuningdek, qimmatbaho metal

nomlaridan yuzaga kelgan ayol ismlari semantik jihatdan tahlilga tortilgan.

KALIT SOʻZLAR:

ismlar, ayol ismlari, antroponimlar, qimmatbaho tosh nomlari, oʻzbek

ismlari, motiv, mintaqaviy antroponimlar.

KIRISH.

Oʻzbeklarda qadim-qadimdan chaqaloqning ismi baxt va omadga bogʻliq, ism inson

hayotida muhim ahamiyatga ega deb qaraladi. Ism bola tabiatiga mos tushmasa, u kasalikka

chalinaveradi, yaxshi inson chiqmaydi, degan qarashlar ham mavjud boʻlgan. Vaqtlar oʻtib

avlodlar almashib, fikrlar ham, odatlar ham zamonga va odamlar dunyoqarashiga mos tarzda

oʻzgarib boradi va, albatta, bu oʻzgarishlar ham tilda namoyon boʻladi.

Bir qator ismlarda chaqaloq tugʻilgan paytda tabiatning biror hodisasi yuz berayotganligi

tasvirlanadi: Yomgʻirboy, Yomgʻirchi, Yogʻinboy; Jalaboy; Yildirim (Chaqmoq); Oydin;

Dovulboy, Dovulli; Doʻlboy, Doʻlchi; Oytoʻldi, Oytoʻliq; Qirovboy (Shudring); Qorbola,

Qoryogʻdi, Qoryigit, Qorkeldi, Qorli va boshqalar

1

. Shuningdek, quyosh, oymomo, yulduz,

sayyora, daryo, dengiz kabi tabiat ne’matlari, uchqun, yashin, dovul, chaqmoq, toʻfon, toshqin

kabi tabiat hodisalari ham atoqli otga aylangan va oʻzbek ismlari tarkibiga kirgan. Turkman tili

tarixi bо‘yicha qimmatli tadqiqotlarni amalga oshirgan Z.B.Muhammedova ham bunday

ismlar haqida о‘z fikrini shunday bildirgan edi: “Bizningcha, eng qadimiy nomlar sifatida,

tabiat hodisalari, quyosh, oy, о‘simliklar va hayvonlar nomlariga borib taqaladigan

antroponimlarni hisoblash kerak”

2

.

Qozoq xalq antroponimikasini tadqiq qilgan tilshunos Farida Ashimxanova bu xususda quyidagi

fikrlarni ilgari surgan: “Ism farzand tugʻilgandan yetti kun о‘tib qо‘yiladi. Dastlabki ismlar qulay

va kundalik ishlatiladigan sо‘zlardan tanlanadi. Masalan: Bо‘ribay, Qо‘ylibay, Jetibay, Altin,

Kumis, Kumisbek, Bektay, Baris, Qutjan,Temirbek, Kunbek va hokazo. Kо‘rinib turganidek,

mazkur ismlarning qо‘yilishida etnomadaniy motivlar mavjud. Shuningdek, oy, quyosh,

togʻ, daryo, kо‘l kabi tabiiy jismlarga topinish bilan bogʻliq mifologik tushunchalar

1

Fathiddinova I. Antroponimlar lingvomadaniy kod sifatida. «Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar:

Nazariya va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya materiallari. –Toshkent. 2023. – B.11-

12.

2

Мухаммедова З.Б. Исследование по истории туркменского языка XI-XIV вв. –Ашхабад, 1973.

–Б.45.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

negizida shakllangan ismlardir: Aysulu, Ayxan, Ayday, Kunay, Kunbek, Aykun, Tautay,

Taubay, Kо‘lbay, Kо‘ltay, Bо‘ribay va boshqalar

3

.

MUHOKAMA.

Tabiat bilan bogʻliq ismlar ayol ismlari orasida ham koʻpchilikni tashkil

qiladi. Biz tabiat bilan bogʻliq ismlar qatorida, ayniqsa, qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq ismlar

diqqatimizni tortdi. Kishilar qadimiy davrlardan beri ba’zi nodir metallar, ma’dan, toshlar,

masalan, dur, zumrad, oltin, la’l, marvarid, marjon, lojuvard, yoqut va boshqalar chaqaloqni

kasalliklardan, balo-ofatlardan asraydi deb bilishgan. Mana shu e’tiqodga koʻra bolalarga

(koʻproq qiz farzandlarga) Durdona, Durbek, Zumrad, Gavhar, Oltinoy, Marvarid, Yoqutoy,

Marjonbibi, La’liхon kabi ismlar berilgan. Keyinchalik bu nomlar goʻzallik, nafosat, azizlik,

qadr-qimmat ma’nolarini ham ifodalaydigan boʻlgan. Ushbu ismlar Xorazm mintaqaviy

antroponimikasida quyidagi shakllarda uchraydi: Zumrad, Brilliant, Yoqutjon, Olmos, Marjona,

Marvarid, Durdona, Feruza, Gavhar, Oltin, Kumush kabi. Dastlab qimmatbaho toshlarning

goʻzalligi, jilosi, qimmatbaholigi motivi asosidagi antroponimlarni koʻrib chiqsak. Masalan:

Zumrad –

yashil tusli qimmatbaho tosh, zumraddek qimmatli, bebaho, noyob, zebo, latofatli,

suluv qiz yoki koʻk koʻzli qiz ma’nolariga ega. Zumradoy, Zumradbonu, Zumradxon shakllarida

oʻzbek tilida uchraydi. Xorazmda esa Zumrad shaklida qoʻllanib, Zummi, Zumush kabi

qisqargan variantlarga ega.

Yoqutjon –

qizil rangli qimmatbaho toshning goʻzalligi motividan shakllangan. Turkiy xalqlar

yoqut kishini turli kasalliklardan asraydi, davo boʻladi deb hisoblaganlar. Shundan kelib chiqib,

odamlar dardiga malham boʻluvchi, dardkash, qalblarga shifo beruvchi ma’nosida ham qoʻyiladi.

Xorazmda Yokichchan, Yokijjan, Yakitjan shakllarida fonetik variantlarda uchraydi.

Feruza –

baxtli, iqboli baland, toʻleyi porloq, saodatli qiz yoki firuza (koʻk tusli tovlanuvchi

qimmatbaho tosh)dek aziz, qimmatli, qadrli, bebaho, chiroyli, zebo, nafis; nurli nur sochuvchi

ma’nolariga ega. Bu XX asrning 2-yarmida urfga kira boshlagan. Zamonaviy antroponimikada

ham e’tibordan chetda qolayotgani yoʻq.

Brilliant –

Oʻzbek ismlari lugʻatida ham oʻzbek ismlari.com saytida ham bu ismni kuzatmadik.

Lekin Xorazmda bu ism mavjud boʻlib, albatta bu ism brilliant toshining qimmatbaholigi-yu

jozibasining goʻzalligi motivi asosida shakllangani ajab emas.

Gavhar –

dur, marvariddek bebaho qiz yoki asl, aslzoda ma’nolariga ega. Gavhargul, Gavharoy,

Gavharxon, Gavhara, Gavharzod, Gulgavhar, Gavharbonu, Gavharbibi, Gavharniso, Gavhartosh,

Gavharshod, Gavharoyim, Mohigavhar, Gavharnigor, Gavharposhsha shakllarida uchraydi.

Xorazmda Gävär/Gövär kabi qisqargan shakllarda ishlatiladi.

Durjon –

bu ism oʻzbek ismlar lugʻatlarida oʻgʻil bola ismi sifatida qayd qilinadi

4

, lekin

Xorazmda bu ism ayollar ismi hisoblanadi, bunga misollar anchagina. Ism durdek aziz, suyukli,

qimmatli boʻlsin deya qoʻyiladi. Shuningdek bu ismning Xorazmda Durxanim, Durposhsha

shakllari uchraydi.

Shuningdek, Durdona, Marjona, Marvarid

kabi ismlar ham XX asr oxirlariga kelib

antroponimika tarkibiga kirib keldi, ushbu ismlar oʻzbek antroponimikasida umumiy ravishda

3

Ашимханова Ф.М. Қазақ тилиндеги антропонимдердинг лингвомедени жуйеси. Филол.

фанлари канд. ...дисс. Алмати, 2007. –Б.18.

4

Бегматов Э. Ўзбек исмлари маъноси. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси давлат

илмий нашриёти, 1998. – Б.119.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

ishlatiladi.

Durdona –

inju donasi, a’lo marvarid; eng aziz, qadrli, chiroyli, nafis, suluv qiz

ma’nolariga;

Marvarid –

dur, inju; qimmatli, bebaho qiz ma’nolariga;

Marjona –

dur, inju,

marvaridlar tizimi, qizil rangli yirik munchoq, marjondek qimmatbaho, latofatli, goʻzal, yorqin,

zebo va suluv qiz ma’nolariga ega. Bu ismlar nafaqat qimmatbaho toshlarning nomi boʻlganligi

uchun, balki jarangdor eshitilganligi uchun ham ota-onalarni oʻziga jalb qilib kelmoqda.

Shuningdek,

Olmos

ismi ham oʻzbek ismlari tarkibida erkaklar va ayollar ismi, deb qayd

qilingan boʻlib, lekin Xorazm antroponimikasida bu ism ishlatilmaydi.

Qimmatbaho metal nomlari ham nominatorlarni oʻziga jalb qilib kelgan. Masalan,

Oltin

ismi,

butun turkiy xalqlarda antroponim sifatida nafaqat ayollarga, balki erkaklarga ham qoʻyilib

kelingan. Oltin

tilladek qimmatli, aziz inson boʻlsin, deya qizlarga qoʻyiladi. Oʻzbek ismlari

lugʻatida “oltin” asosida hosil qilingan 19 antroponim mavjud boʻlib, shundan 10 tasi ayol ismi,

9 tasi erkaklar ismi sifatida qayd qilingan. Xorazm antroponimikasida Oltin, Oltinoy shakllarida

ayollar ismi sifatida ishlatiladi. Xorazmda erkaklarga bu ism ishlatilmaydi.

Kumush –

kumushdek qadrli, qimmatbaho, e’tiborni tortuvchi qiz yoki oq yuzli, oq badan, nafis,

goʻzal qiz ma’nolariga ega. Kumushbibi, Kumushoy, Kumushxon, Oykumush, Oqkumush,

Jonkumush, Zarkumush kabi shakllari mavjud boʻlib, Xorazmda Kumushoy shakli faol

ishlatiladi. Oʻzbek tili izohli lugʻatida ham kumush soʻzining toʻrtinchi ma’nosi aynan xotin-

qizlar ismi sifatida qayd qilingan

5

.

XULOSA.

Xullas, mintaqaviy antroponimlarning mavzuiy kо‘lami uning ijtimoiy hayotdagi

о‘rni va foydalanish doirasiga mos tarzda shakllanib, asosan, tabiat (inson ham biologik tur

sifatida mana shu doiraga kiradi), atrof-muhit, maishiy hayot, ijtimoiy munosabatlar, siyosiy-

ijtimoiy hayot tarzi, inson idroki anglaydigan darajadagi borliqni ifoda etuvchi birliklardan iborat

bо‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. Fathiddinova I. Antroponimlar lingvomadaniy kod sifatida. “Zamonaviy dunyoda

innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot” nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya

materiallari. –Toshkent. 2023. – B.11-12.

2. Oʻzbek tilining izohli lug’ati. II tom. –Toshkent. 2023. –B.935

3. Ашимханова Ф.М. Қазақ тилиндеги антропонимдердинг лингвомедени жуйеси.

Филол. фанлари канд. ...дисс. Алмати, 2007. –Б.18.

4. Бегматов Э. Ўзбек исмлари маъноси. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси

давлат илмий нашриёти, 1998. – Б.119.

5. Мухаммедова З.Б. Исследование по истории туркменского языка XI-XIV вв. –

Ашхабад, 1973. –Б.45.

5

Oʻzbek tilining izohli lugʻati. II tom. –Toshkent. 2023. –B.935.

Библиографические ссылки

Fathiddinova I. Antroponimlar lingvomadaniy kod sifatida. “Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot” nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya materiallari. –Toshkent. 2023. – B.11-12.

Oʻzbek tilining izohli lug’ati. II tom. –Toshkent. 2023. –B.935

Ашимханова Ф.М. Қазақ тилиндеги антропонимдердинг лингвомедени жуйеси. Филол. фанлари канд. ...дисс. Алмати, 2007. –Б.18.

Бегматов Э. Ўзбек исмлари маъноси. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси давлат илмий нашриёти, 1998. – Б.119.

Мухаммедова З.Б. Исследование по истории туркменского языка XI-XIV вв. –Ашхабад, 1973. –Б.45.